Узбекистон республикаси урта махсус ва олий таълим вазирлиги


 Modul tizimining zamonaviy me’morchilikdagi roli va ahamiyati


Download 6.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/160
Sana21.07.2023
Hajmi6.71 Mb.
#1661574
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   160
Bog'liq
Arxitektura shakllarini uygunlashtirish va bezash

7.4. Modul tizimining zamonaviy me’morchilikdagi roli va ahamiyati 
Biz yuqorida sof handasaviy shakllarning mutanosib nisbatlarga asoslanib 
qurilgan me’moriy shakllar modul tizimi bilan mushtarak tarzda birikib ketishi 
mumkinligiga amin bo‘ldik. Biroq, mutanosiblik asoslarini bilish me’moriy ijodda 
muvaffaqiyatga erishishning yagona garovi emasdir. Yuqorida keltirilgan 
mutanosiblik qonunlari doimo takomillashtirilib borilgan. Chunonchi, yunon 
orderlarining shakllari va proporsiyalariga toki ular Afina Akropolining noyob 
me’moriy yutuqlari darajasiga ko‘tarilguncha arxitekturaning eng mohir ustalari 
yuzlab yillar davomida ishlov berganlar. Biroq, mutanosiblik asoslarini o‘rgangan 
oddiygina hunarmand ustalar ham yaxshigina imoratlar barpo etganlar. Shu zaylda 
qurilish jarayonini amalga oshirishda zarur bo‘ladigan modulli yasalmalar (misr 
uchburchagi, me’morning o‘lchov tayog‘i, reja ipi, pargor, modul to‘ri va 
boshqalar) arxitekturada uyg‘unlikni ta’minlovchi aslahaga aylangan.
O‘rta Osiyoning o‘rta asr me’morlari qo‘llagan me’moriy loyihalash 
uslubining asl mohiyati shundaki, unda bir yo‘la uch xil mutanosiblik doimo birga 
yonma-yon bo‘lgan. Bular handasaviy, arifmetik va miqyosiy (modulli) 
mutanosibliklardir. Agar handasaviy mutanosibliklar hajmlar, vaznlar, 
bo‘linishlarni aniqlasa, arifmetik mutanosiblik handasaviy shakllarni qurilish 
amaliyotiga o‘tkazish hisoblarini, ya’ni qurilish materiallarining hajmini va sonini 
aniqlashga xizmat qilgan, miqyosiy, ya’ni modulli mutanosiblik esa handasaviy 
munosabatlarni ishchi chizmalarda (bino tarhi va hajm-fazoviy yechimlarida) 
amalga oshirishda binoning miqyosiy yaxlit o‘lcham birligi vazifasiini bajargan. 
Bunda me’mor, odatda, miqyos turidan foydalangan. Miqyos to‘ri esa o‘lchov 
birligining etaloniga muhtoj emas, shu boisdan O‘rta Osiyo me’morlarida bunday 
etalonga zarurat sezilmagan. Miqyos tarzida "gaz" olinganmi yoki o‘lchov birligi 
vazifasini oddiy g‘isht bajarganmi buning ahamiyati bo‘lmagan. Zero "gaz" har 
qanday sharoitda ham o‘z tarkibiga butun sonli g‘ishtlarni kiritish lozim bo‘lgan, 


94 
yo‘qsa u miqyos rolini bajarolmagan. Modul to‘ri ushbu bino uchun 
qo‘llanilayotgan g‘isht o‘lchamiga arifmetik mutanosiblikda, ya’ni karrali 
munosabatda bo‘lgan.
Me’moriy mutanosiblik qoidalari qadimda va o‘rta asrlarda qanchalik muhim 
rol o‘ynagan bo‘lsa bugungi kunda ham o‘shanchalik dolzarbdir. Shuning uchun 
ham zamonaviy me’morlar modulli hamohanglikning cheksiz imkoniyatlariga o‘z 
e’tiborini qaratmog‘i lozim. Bino tarhlari, tarzlari, ichki ko‘rinishlarining 
proporsiyalari, ustunlar oralig‘i, devoriy panellar o‘lchamlari, derazalar va 
eshiklarning kengliklari o‘zaro uyg‘un munosabatlarga asoslangan modulli 
hamohanglikda ifodalangan bo‘lishligi me’moriy loyihalash jarayonida alohida 
qoida tarzida qabul qilinmog‘i zarurdir.
51a-rasmda zamonaviy me’morchilikda modul tizimini qo‘llashga doir 
chizmalar berilgan bo‘lib, ulardagi modul qatorining o‘lchamlari inson 
parametrlariga, ya’ni uning tinch va harakat holatidagi o‘lchamlariga mos keladi. 
Masalan, 3M (30 sm) ikkita predmet orasidan insonning yonbosh tarzda o‘tishiga 
kerak bo‘lgan eng kichik masofa bo‘lsa, 6M (60 sm) – bu oraliqdan odamning 
erkin o‘tishi mumkin bo‘lgan me’yoriy o‘lchamdir; 
12M (120 sm) esa ikki kishining bemalol o‘tish oralig‘i yoki odamning 
kresloda o‘tirib oyog‘ini cho‘zishi mumkin bo‘lgan o‘lchamdir. Biroq, modul 
tizimini zamonaviy "metr"ga asoslangan qatorlar tizimiga tenglashtirib

Download 6.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling