“Uzluksiz kasbiy rivojlantirish – 2022” loyihasi


Individ bo‘lib tug‘ilinadi, shaxs shakllantiriladi, individuallik uchun esa


Download 208.09 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana18.02.2023
Hajmi208.09 Kb.
#1211794
1   2   3
Bog'liq
Fundamental faktorlar inson xarakteri 1

Individ bo‘lib tug‘ilinadi, shaxs shakllantiriladi, individuallik uchun esa 
kurashiladi. Asmolov A.G. 
Shaxsga tegishli asosiy tushunchalar klassifikatsiyasi 


− INSON – Nutq, ong, mexnat vositalarini yaratish va ulardan foydalanish 
qobiliyatiga ega bo‘lgan biologik mavjudot. 
− INDIVID – Mustaqil ravishda mavjud bo‘lgan organizm. 
− SUBYEKT – O‘z amaliy faoliyatiga ega bo‘lgan, o‘zining jismoniy
psixologik va ma’naviy kuchlarining boshqaruvchisi sifatidagi inson. 
− SHAXS – Insonning ijtimoiy-madaniy faoliyat va muloqot jarayonida 
egallaydigan maxsus sifati. 
− INDIVIDUALLIK – Biror-bir hodisaning, organizmning, odamning o‘ziga 
xosligi. 
2. O‘sish va rivojlanish tushunchalari va ularning asosiy maqsadlari 
O‘qituvchini kasbiy faoliyatga tayyorlashni doimiy kasbiy malaka 
oshirishning bir shakli sifatida ko‘rib chiqish kerak. 
Jon Dyui (1859 – 1952)
Insonning o‘sishi va rivojlanishi - uning butun hayoti davomida sodir 
bo‘ladigan uzluksiz jarayon bo‘lib, bunda miqdoriy o‘zgarishlar fundamental sifat 
o‘zgarishlariga olib keladi. 
O‘SISH - bu alohida jarayonlar strukturasida sezilarli o‘zgarishlarsiz, ichki 
struktura va uning tarkibining, unga kiruvchi alohida elementlar (ma‘lum 
miqdordagi axborot, ko‘nikma, tajriba va h.k.z) to‘planmasining miqdoriy o‘zgarish 
jarayonidir. 
RIVOJLANISH sifat o‘zgarishlari, yangi mexanizmlar, yangi jarayonlar, yangi 
tuzilmalar (yangi bilim, ko‘nikma, qobiliyatlarning paydo bo‘lishi yoki ularning 
vaqt o‘tishi bilan yo‘qolib ketishi va h.k.z) bilan xarakterlanadi. 
Odamda o‘sish va rivojlanish jarayonlari bir-birini qo‘llab-quvvatlaydi va bir-
birini bosqichlar bilan almashtiradi. Bu gorizontal va vertikal harakatning 
almashinishi shaklida namoyon bo‘lishi mumkin: bilim va ko‘nikmalar to‘planadi 
(bu gorizontal o‘sish), keyin o‘sish, yangi darajaga o‘tish bo‘ladi (rivojlanish sodir 
bo‘ldi, yuqoriga sakrash), keyin yana bu yangi darajani o‘rganish (gorizontal harakat 
sifatida o‘sish) bosqichi keladi. 



Download 208.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling