Uzluksiz ma’naviy tarbiyaning kontseptual asoslari


Ma’naviyat tushunchasi, uning mazmun va mohiyati


Download 147.62 Kb.
bet2/13
Sana29.04.2023
Hajmi147.62 Kb.
#1401742
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
02.10. Uzliksiz ma\'naviy tarbiya o\'quv uslubiy majmua yangi

Ma’naviyat tushunchasi, uning mazmun va mohiyati. Ma’naviyat tarixiy hodisa sifatida. «Ma’naviyat nima?» degan savolga ilmiy, siyosiy, publitsistik adabiyotlarda turlicha yondashuvlar asosida har xil fikrlar bildirilib ketiladi.
Ba’zi mualliflar ma’naviyatning mohiyatini ilohiy deb biladilar. Ma’naviyat hodisotini esa ongning to‘liq tushuntirib berish mumkin bo‘lmagan sirli jihatlari, insonning ruhiy kuchi, undagi tug‘ma diyonat, vijdon, iymon, Xudo insonning ko‘ngliga solgan ijtimoiy va ijodiy moyillik, intilish, deb talqin qiladilar. Boshqacha qilib aytganda, ma’naviyat insonga ato etilgan iymon-e’tiqod va o‘lchab berilgan aqliy, ishqiy, umuman insoniy imkoniyat. Bu qarashlarda ma’naviyat ilohiy yoki tabiiylikdan ustun hodisa sifatida tushuntiriladi. Mana bir misol: «Ma’naviyat va qadriyat aslida ilohiy bo‘lib, oila, avlodlar, mahalla, millat, davlat va davr qadriyatlari va ma’naviyatlari orqali bayon qilinadi»1.
Fikrning tavtalogiyasidan («ma’naviyat va qadriyat... qadriyatlari va ma’naviyati orqali bayon qilinadi») ham muallifning ushbu hodisalarni ilohiy ekanligini uqtirayotganligi diqqatni jalb qiladi.
M. Imomnazarov esa uni «ilohiynur», deb hisoblaydi va tushunchaning mazmunini ochishga intilmaydi. «Ma’naviyat inson qalbidagi ilohiy nur. Oliy haqiqat nuri bo‘lib, shu sababdan buyuk bobokalonlarimiz inson qalbini «Haqiqat asrorining ganjinasi», deb ataganlar. Haq asrori esa shunday sehrli tilsimki, uni tugal echishga ahli bashar qudrati etmaydi»2.
Ilohiy hodisalar, shu jumladan, «oliy haqiqat nuri» abadulabad o‘zgarishsiz, mutlaq bo‘ladi, faqat ularni tushunish, idrok etishgina o‘zgarishi mumkin. Ma’naviyat haqida gapirganda esa, biz uning yuksalishi, ayrim umuminsoniy qadriyatlardan tashqari boshqa aksariyat qadriyatlarning yangilanishi yoki aksincha tanazzuli, qashshoqlinishini, ya’ni o‘zgarishini, nisbiyligini ta’kidlaymiz.
SHubhasiz, zardushtiylik negizida shakllangan uzoq ajdodlarimiz ma’naviyatidan islom negizida shakllangan ota-bobolarimiz ma’naviyati keskin farq qiladi. Xalqimizning bugungi kundagi ma’naviyati zamonaviy qadriyatlar va mustaqillik ta’sirida nafaqat o‘tgan asrdagi, hatto bundan o‘n yil burungi sotsializm davridagi ma’naviyatidan ajralib turadi. Zero, I. Karimov ta’kidlaganidek: «Ma’naviyat uzluksiz harakatdagi jarayondir. Fikr, tafakkur, histuyg‘u tinim bilmaganidek, ularning mahsuli o‘laroq ma’naviyat ham doimo o‘zgarish va yangilanishda bo‘ladi»3.
Fanda masala M. Imomnazarov qo‘ygan tartibda qo‘yilishi mumkin emas. CHunki fanning vazifasi o‘zi tadqiq etadigan hodisalarni tushuntirishdan iborat. Balki fan tushuntirishda xatolarga yo‘l qo‘yar, adashar, noto‘g‘ri talqin qilar, ammo u doimo mantiqqa asoslanadi, tahlildan, talqindan, tushuntirishdan, xulosa qilishdan qochmaydi.
CHop etilayotgan ba’zi kitoblarda ma’naviyat ba’zan ongning, ba’zan axloq va e’tiqodning, ko‘pincha ma’naviy madaniyatning sinonimi, ba’zan hatto ularning hammasini ifodalaydigan yig‘ma tupguncha sifatida ishlatiladi.
«Ma’naviyat jamiyat taraqqiyoti jarayonida shakllangan madaniyatning insoniyat, shaxs ongida ifodalanishidir. Madaniyat mazmun jihatdan nihoyatda keng bo‘lib, har bir tarixiy davrdagi ma’naviyat uning barcha tomonlarini qamrab ololmaydi»4, — deb hisoblaydi E. YUsupov.
Ko‘rinib turibdiki, ma’naviyat bu erda ongning madaniyatni aks ettirishiga ko‘ra mazmun jihatdan nisbatan ajralib turadigan bir bo‘lagi, deb talqin qilinmoqda.
SHo‘ro davrida bitilgan asarlarda ham ma’naviyat tushuncha sifatida tahlil qilinmagan. Boz ustiga doimo «ma’naviy hayot» va «ma’naviy dunyo» haqida so‘z yuritilgan. Ular esa asosan quyidagi tarkibiy qismlarga ajratib ko‘rsatiladi: ijtimoiy ong shakllari, ma’naviy-mafkuraviy munosabatlar, ma’naviy ishlab chiqarish va iste’mol, jamiyatning ma’naviy tashkilotlari va institutlari hamda ular o‘rtasidagi bog‘liqlik5. YUqoridagilardan xulosa qilish mumkinki, «ma’naviy hayot» tushunchasi «ma’naviyat» tushunchasidan ancha kengdir. Ammo bu tushuncha doirasida «ma’naviyat» alohida tahlil etilmagan.
Mustaqil taraqqiyotning ma’naviy omillarini mustahkamlash, ulardan samarali foydalanish zaruriyati esa ma’naviyat tushunchasini har tomonlama tahlil etishni taqozo etadi.
«Ma’naviyat» rasmiy hujjatlarda, ilmiy adabiyotlarda, matbuotda tobora keng qo‘llanilishiga qaramasdan, u ilmiy tushuncha sifatida alohida maxsus va atroflicha keyingi yillarda o‘rganila boshlandi.
Hattoki sovet davrida o‘zbek tilida chop etilgan «Filosofiya lug‘ati»da bu tushunchaga o‘rin ham berilmagan. Vaholanki, «ma’naviyat» va uning o‘zagidan yasalgan «ma’naviy» tushunchalarining qo‘llanilish doirasi keskin kengayib, ularning lug‘aviy va terminologik mazmunlari shunchalik boyib bormoqdaki, bu ma’naviyatni alohida ilmiy tushuncha sifatida o‘rganishni, uning madaniyat, ong, tafakkur, dunyoqarash, ruhiyat hamda badiiy, siyosiy, axloqiy qadriyatlar va h. k. tushunchalar tizimidagi o‘rnini aniqlashni, ular bilan o‘zaro munosabatlarini tahlil qilishni taqozo etmoqda.
Ma’naviyat tushunchasi juda keng mazmunga ega. CHunki bu tushuncha uzoq tarixiy davrdan rivojlanib kelgan. Uning atama sifatida shakllanishiga islom falsafasi, ilohiyot fani — kalom, keyinchalik, ayniqsa, tasavvuf katta ta’sir ko‘rsatgan.
Kundalik hayotda «ma’naviyat» ko‘pincha insonning va jamiyatning moddiy ishlab chiqarishga bevosita oid bo‘lmagan aqliy faoliyati mahsulotlariga (ma’naviy madaniyatiga) hamda axloqiy, diniy qarashlarga va iymon-e’tiqod amaliyotiga nisbatan ishlatiladi. Rus tilida bizning «ma’naviyat»ga «duxovnost» tushunchasi mos keladi. Lekin «duxovnost» o‘zbek tiliga aynan ag‘darilsa, «ma’naviyat» emas, «ruhiyat» yoki «ruhoniyat» bo‘ladi. G‘arb tillarida ham bu tushunchani ifodalaydigan atama «ruh» o‘zagidan yasalgan.
Bizning tilimizda bu tushunchaning dastlabki shakllanishiyoq rus va Evropa tillaridagiga nisbatan boshqacha kechgan.
«Duxovnost» asosida «dux» tushunchasi yotibdi. «Dux» yahudiy va xristian an’analariga ko‘ra ikki mazmunda qo‘llaniladi: 1) ruh va 2) nafas. Har ikki mazmun ham Xudoga borib taqaladi. Xudo odamni yaratgandan keyin, unga puflab ruh, ya’ni jon ato etgan. Demak, ruh — bu Xudoning nafasi — insonning joni, ichki dunyosi, qalbi. Tavrotning 2-bobi 7-oyatida shunday deyilgan: «Xudovandi karim erning tuprog‘idan odam yasab, uning dimog‘iga hayot nafasini pufladi. SHu yo‘sinda odam tirik jon bo‘ldi».
Xudoning o‘zi ham ruh sifatida voqe’ bo‘lishi mumkin (xristianlarda Xudoning uch shamoyilidan biri ruhdir); Tavrotning 1-bobi 2-oyatida o‘qiymiz: «Er hali shaklsiz va bo‘m-bo‘sh bo‘lib, tubsizlik uzra qorong‘ilik hukm surar edi. Xudoning ruhi esa suv yuzida parvoz etar edi». Shu boisdan xristianlarda inson hayvondan farqli o‘laroq nafaqat yurakka, balki qalb (dusha)ga ham ega, deyiladi.
«Duxovnost» insonda «Xudoning uchquni», hayvonot olamida uchramaydigan, unga Xudo ato etgan fazilatlar — ong, tafakkur, iymon-e’tiqod, axloq va muhabbat(ishq)dir. Inson tafakkuriga xos bo‘lgan ijodkorlikka, umuman insonning iqtidoriga, iste’dodiga, insoniy intilishlariyu ehtiyojlariga «duxovnost» deb qaralgan. Balki, shuning uchun bo‘lsa kerak, materialistik falsafa «duxovnost» o‘rniga ko‘proq «duxovnaya kultura» (ma’naviy madaniyat) va «soznanie»(ong) tushunchalarini ishlatadi.
Bizning tilda «duxovnost» atamasi «ruhiyat» emas, «ma’naviyat» deb shakllangan. Nega shunday bo‘lgan? Vaholanki, islomda ham yahudiy va xristian dinlaridagidek, mazmunga yaqin qo‘llaniladigan ruh tushunchasi mavjud. Qur’onning al-Isro surasi 85-oyatida shunday deyiladi: «Sizdan ruh haqida so‘raydilar. Ayting: «Ruh yolg‘iz Parvardigor biladigan ishlardandir. Sizlarga juda oz ilm berilgandir»6.
YA’ni ruhning mohiyati ilohiy bo‘lganligi uchun, uni hatgo payg‘ambar ham tushunmaydi. Odamiy zotlar faqat ruh mavjuddigini, bu ruhni Alloh ato etganini biladilar, xolos. Ayni paytda tor diniy yo‘nalishda mulohaza yuritilganda, islom, xususan, tasavvuf atamalari orasida «ruhoniyat» tushunchasi yuqoridagi mazmunda qo‘llanilgan. Alisher Navoiyning «Lison ut-tayr»ida o‘qiymiz:

Download 147.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling