Uzluksiz ma’naviy tarbiyaning kontseptual asoslari


Ma’naviyatning jamiyat hayotidagi o‘rni


Download 147.62 Kb.
bet4/13
Sana29.04.2023
Hajmi147.62 Kb.
#1401742
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
02.10. Uzliksiz ma\'naviy tarbiya o\'quv uslubiy majmua yangi

Ma’naviyatning jamiyat hayotidagi o‘rni. Ma’naviyatning asosiy kategoriyalari. Ma’naviyat — faqat inson uchun xos. Lekin u ilohiy yoki g‘ayritabiiy hodisa emas, balki ijtimoiy hodisa bo‘lib, inson faoliyati bilan bog‘liq. Tabiatda ma’naviyat yo‘q. Biz hayvonot dunyosi turlari, xillari, nasli va boshqa belgilariga qarab ularni odobli va diyonatli, nozik didli, xudojo‘y yoki vijdonsiz, kufr botqog‘iga botgan va h.k. deya olmaymiz. Agar yanada aniqroqva jonli misol yordamida aytadigan bo‘lsak, «mana bu to‘ng‘iz va eshak — nozik ta’b, nafosat oshuftalari, ana u ikkalasi o‘ta xudojo‘y, mana bulari esa noinsof va tamagir», degan iboraga aql bovar qilmaydi. O‘simlik dunyosi haqida ushbu munosabat bilan gapirishning o‘zi ortiqcha.
Tabiat har qanday mukammal tizim kabi, go‘zallikning birlamchi ob’ektiv mezoni — uyg‘unlik va ichki simmetriyaga asoslangan bo‘lsada, u ma’naviyatning sub’ekti emas.
Ammo ta’kidlash joizki, tabiat ma’naviyatning sub’ekti bo‘lmasada, u ma’naviyatning ob’ektidir. Tabiatdagi mavjud go‘zallik, uyg‘unlik san’at asaridan aks etishi (rassom, bastakor, shoir, yozuvchi asarlari, foto, tele,kinotasvirlarda va h.k.) alohida kishining yoki ekskursantlar guruhining zavq-shavq olish manbaiga aylanishi mumkin.
Inson ma’naviyati bilan hayvondan, jamiyat esa tabiatdan farq qiladi, deyish juda o‘rinlidir.
Agar moddiy ishlab chiqarishda va moddiy ne’matlarni iste’mol qilishda insonning ijtimoiy-biologik mavjudot sifatidagi mohiyati namoyon bo‘lsa, ma’naviyatda (ma’naviy ne’matlarni yaratishda va ulardan foydalanishda, ma’naviy faoliyatda) insonning ijtimoiy-madaniy mavjudot sifatidagi mohiyati ro‘yobga chiqadi.
Ma’naviyat insonning ijtimoiy-madaniy mavjudot sifatidagi mohiyatidir, ya’ni insonning mehr-muruvvat, adolat, to‘g‘rilik, vijdon, ornomus, vatanparvarlik, go‘zallikni sevish, undan zavqlanish, yovuzlikka nafrat, iroda, matonat va shu kabi ko‘plab asl insoniy xislatlari va fazilatlarining uzviy birlik, mushtaraklik kasb etgan majmuidir.
Ushbu xislat va fazilatlar hayvonot uchun xos emas. Ammo ularning muqobillari — axloqsizlik, g‘araz, hasad va hokazolar ham hayvonlarda uchramaydi. Keyingilarning esa ma’naviyatga hech qanday aloqasi yo‘q. Demak, ma’naviyat bu shunchaki insoniy xislatlar majmui emas, balki ijobiy xislatlar, fazilatlar majmuidir. Xuddi shunga o‘xshash fikrni boshqa tadqiqotchilar ham bildirishgan: «Inson ongli faoliyatining, tafakkur salohiyatining har qanday shakli ma’naviyat bo‘la olmaydi. Inson ruhiy olamidagi muayyan ijobiy ijtimoiy ahamiyat kasb eta oladigan fazilatlargina ma’naviyat deb ataladi»9.
Insoniy fazilatlar jamiyatda tarixan shakllanadi. Ular ijtimoiy taraqqiyotning mahsuli. Kishilar o‘rtasidagi turli munosabatlarni anglash, ularni baholash, qo‘llab-quvvatlash, rag‘batlantirish yoki, aksincha, qoralash, cheklash, bartaraf etish zaruriyati turli axloqiy (keyinchalik huquqiy ham), estetik, diniy va boshqa me’yorlarni, urf-odat va marosimlarni yuzaga keltiradi. Ular qadriyat darajasiga ko‘tariladi. Qadriyat — bu ijtimoiybaholar, me’yorlar va vdeallarning umumiy atamasi va ob’ektivlashgan voqeligi: badiiy, ilmiy asar, obvdalar yoxud udum, marosim, axloq va h.k.
Qadriyatlarni o‘zlashtirish jarayonvda kishvda insoniy fazvdatlar qaror topadi. Insoniy fazvdatlar, shunday qilib, ijtimoiy munosabatlarning (shu jumladan, jamiyatning tabiatga munosabatining ham) inson ongi va faoliyatida o‘zlashtirilgan qadriyat sifatvda zohir bo‘lishidir. Boshqacha qilib aytganda, insoniy fazilatlar va ularning majmui — ma’naviyat — ijtimoiy qadriyatlarning mushtaraklashgan ifodasidir.
Qadriyatlarni o‘zlashtirish insonning qay darajada ma’naviy shaxsga aylanganini ko‘rsatadi, unga ichki kuch, e’tiqod bag‘ishlaydi. SHularni nazarda tutib YUrtboshimiz Islom Karimov: «Ma’naviyat — ruhan poklanish, qalban ulg‘ayishga chorlaydigan, odamning ichki dunyosi, irodasini baquvvat, iymon-e’tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg‘otadigan beqiyos kuch, uning barcha qarashlarining mezonidir», — deb e’tirof etgan10.
Ma’naviyat insoniy fazilatlar bilan birga «ma’naviy madaniyat» deb atalmish dunyoviy ilm-fan, falsafa, axloq, huquq, adabiyot va san’at, xalq ta’limi, ommaviy axborot vositalari, urf-odatlar, an’analar hamda din va diniy amaliyot — ibodat, taqvo, diniy marosimlar va hokazo, diniy adabiyot, diniy san’at kabi boshqa ko‘plab tarixiy va zamonaviy qadriyatlarni qamrab oladi.
Insonning hayotga munosabati rivojlanishi jarayonida uning ongi, ayniqsa, ilmiy, falsafiy, diniy tasavvurlari boyib boradi, o‘zgaradi. SHu boisdan turli tarixiy davrlarda yashagan kishilarning qarashlari, ijtimoiy baholari va mo‘ljallari, qadriyatlari ham nisbatan farq qiladi.
Ong to‘laligicha ma’naviyatga kirmaydi, chunki unda o‘zgaruvchan, muvaqqat, tasodifiy holatlar ko‘p uchraydi. Ongga o‘tkinchi kayfiyatlar, ehtiroslar katta ta’sir ko‘rsatadi. Ma’naviyat esa bir zumda o‘zgarib qolmaydi. U chuqur tarixiy, madaniy ildizlarga ega. To‘g‘ri, unga ham sobit tuyg‘ular, or-nomus, milliy g‘urur va iftixorga oid hishayajon va ehtiroslar ta’sir ko‘rsatadi. Ammo ular o‘tkinchi emas. Demak, ma’naviyat ongning mohiyatli tomoni yoki ongdagi mohiyatlilikdir. Ushbu jihatdan ma’naviyat ong kabi ideal hodisadir, ammo ilohiy hodisa emas.
Ideallik ma’naviyatning mohiyatini to‘liq ochmaydi: ideallik ma’naviyatning faqat bir jihatidir. Materialistik yondashuvga binoan, «Ongda mustaqil mavjudlik yo‘q. U faqat miyaning ob’ektga nisbatan funksiyasi sifatidagina mavjud... Ongning o‘ziga xosligi shundaki, u qandaydir sub’ektiv, ideal narsadir. U o‘zining moddiy substratlariga — miya va in’ikos ob’ektiga — munosabatidan tashqari mustaqil mavjudlikka ega emas»11.
Ma’naviyat esa masalaga hatto materialistik yondashganda ham, mustaqil mavjudlikka egadir. Ma’naviyat eng avvalo, madaniyat orqali mustaqil mavjudligini namoyon etadi. Bu haqda keyinroqto‘xtalamiz. Hozircha ma’naviyat va ong munosabatlari to‘g‘risidagi fikrni davom etgiramiz.
Ma’naviyat jamiyatda qaror topgan etakchi g‘oyalarga hamda kishilarning dunyoqarashiga, e’tiqodiga bog‘liq. Haqiqatan, ma’naviyat ongdagi tasodifiy, ikkinchi darajali, vaqginchalik holat bo‘lishi mumkin emas. U sobit e’tiqodga aylangan, qadriyat darajasiga ko‘tarilgan bo‘lib, jamiyatdagi munosabatlarni va inson xatti-harakatini belgilashda hal qiluvchi rol o‘ynaydi.
E’tiqodsiz ma’naviyat bo‘lmaydi. E’tiqod ma’naviyatning eng asosiy ustunlaridan biridir. U ma’naviyatga mushtaraklik va jipslik bag‘ishlaydi. Uning turli tarkibiy qismlarini o‘zaro birlashtiradi hamda ma’naviyatni amaliyotga bog‘laydi. E’tiqod ma’naviyatning mohiyatini ochib beruvchi tushunchalardan biridir.
Ma'naviyat kategoriyalari – ma'naviyat fanining tayanch tushunchalaridir. Ma'naviyat kategoriyalari 2 guruhga bo'linadi:

1. Milliylikka oid tushunchalarga milliy o'z-o'zini anglash, milliy g'urur, millatparvarlik, vatanparvarlik, millat taqdiriga mas'uliyat, milliy til, milliy tarix, adabiyot, san'at, urf-odatlar, qadriyatlar, davlat tuzumiga, qonunlarga hurmat va itoatkorlik, vazminlik, kasbining mohir ustasi bo'lish, mamlakat ichki va tashqi faoliyatidan xabardor bo'lish va uni qo'llab-quvvatlash, mamlakat ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, ma'naviy hayotida faollik va boshqalar kiradi.
2.Odob-axloqqa oid tushunchalarga shaxsning o'z-o'zini anglashi, bilimdonlik, qalb tozaligi, sahiylik, samimiylik, hayrixohlik, iymon, halollik, e'tiqod, diyonat, poklik, mehr-shafqat, vijdon, rostgo'ylik, adolat, ota-onaga hurmat, oilaga sadoqat, vafo, to'g'rilik kabilar kiradi.
Ma'naviyat qonunlari 2 guruhga bo'linadi:
Birinchi guruh qonuniyatlariga shaxs, millat yoki jamiyatning ichki salohiyati bilan bog'liq bo'lgan qonuniyatlar kiradi. Shaxs, millat yoki jamiyat ichki salohiyati mustahkam, zaminlari chuqur bo'lishi ma'naviyat rivojlanishining asosini tashkil qiladi. Ichki salohiyat nochor bo'lsa millatning bir butunligini saqlash, shaxs ma'naviyatini rivojlanishiga o'zining salbiy ta'sirini o'tkazadi.
Ikkinchi guruh qonuniyatlariga shaxslar va millatlarning o'zaro munosabatlari jarayonida sodir bo'ladigan «o'zaro ta'sir» va «o'zaro boyitish» orqali namoyon bo'ladigan jarayonlar kiradi.
Shaxsning ma'naviy kamoloti uning tug'ilishi bilan yuzaga kelmaydi. Xuddi shuningdek millat ham tarixiy taraqqiyotning ma'lum bosqichlarida boshqa xalqlar, millatlar bilan hamkorlik natijasida yuzaga keladi. Inson boshqa insonlarsiz yashay olmaganidek, millat ham boshqa millatlar bilan aloqa qilmasdan rivojlana olmaydi.
Ma'naviyatni rivojlantirish - davlat siyosatining asosi
Ma'naviyatning rivojlanishi davlat yuritayotgan siyosatga bog'liqligi uning jamiyatning rivojlanishiga asosiy turtki beruvchi hodisaligida namoyon bo'ladi. Masalan, sobiq sho'rolar tuzumi davrida ma'naviyat va u bilan bog'liq masalalarga sust e'tibor berilgan, buning oqibati o'laroq davlatda manqurtlar sonining ortib borishi hamda davlatning har sohada ortda qolib ketishi va ma'naviy parokandalik, ruhiy qashshoqlikning kuchayib ketishiga va davlatning inqirozga yuz tutishiga olib keldi.
Ma'naviyatning davlat siyosati darajasiga ko'tarilishining asosiy sabablari:
Birinchidan, jamiyatda amalga oshiriladigan barcha vazifalarning taqdiri, unda yashaydigan odamlarning tafakkuri, ongi qay darajada o'sishi bilan bog'liqdir. Ularning ongi va tafakkurini amalga oshirmoqchi bo'lgan vazifalar mohiyati va manfaati yo'nalishidan kelib chiqqan holda o'zgartirmasdan turib ko'zlangan maqsadga erishib bo'lmaydi.
Ikkinchidan, ittifoq tarqalib ketishi bilan uning mafkurasidan kechish va har qanday mafkuraga qarshi kurashish jarayoni boshlandi. Bu esa odamlarning ma'naviyatiga, qadriyatlariga o'zining salbiy ta'sirini o'tkazdi. Ba'zi olimlar avval iqtisodiy tafakkurni rivojlantirish zarur, ana o'shanda ma'naviyat ham o'z iziga tushib ketadi degan fikrlarni aytdilar. Bu esa insonlarni bir tomonlama ya'ni shaxsiy manfaatlarga ustuvorlik berish tuyg'usini kuchaytirib yubordi xolos, vatanparvarlik va milliy manfaatlardan o'zining manfaatlarini ustun qo'yish boshlanib ketdi.
Bunday salbiy jarayonning yuzaga kelishi esa yangi jamiyat qurish uchun xatarli. Uchinchidan, ittifoqning tarqalib ketishi, iqtisodiy munosabatlarning uzilishi nafaqat bizda balki butun MDH hududida keskin iqtisodiy muammolarni yuzaga kelishi odamlarni dovdiratib qo'ydi, ko'pchilik hollarda yoshlarning ta'lim olish, kasb o'rganish o'rniga bozorga chiqish, pul topishga intilish xavfi yuzaga keldi. Pul topish, o'z iqtisodiy ehtiyojlarini qondirish albatta yaxshi, lekin bu shaxs va millat kamoloti manfaatlariga zid kelmasligi, ularning ma'naviy qashshoqlashib ketishiga olib kelmasligi lozim. Bunday xavfli jarayonning oldini olish zarur.
To'rtinchidan, ittifoq davrida erishilgan barcha yutuqlar faqatgina Rossiya manfaatlariga xizmat qilib keldi, O'zbekistonga turli bahonalar bilan rus millati vakillarining ko'chib kelishi va bu yerda ruscha turmush tarzi, rus tili, rus an'analarini singdirish, mahalliy xalqlarni boshqarish hisobiga rus millati ma'naviyati ustivorligiga erishish va rus turmush tarzini shakllantirishga ham xizmat qilib keldi. Bunday ayyor va zo'rovona siyosat oqibatida millatlarning o'zligini anglashga bo'lgan intilishiga zarba berildi. Bu narsa millatning yo'q bo'lib ketish xavfini tug'dirdi. Bu salbiy jarayonning oldi olinmasdan, millat rivojiga erishib bo'lmaydi. Uni bartaraf etish faqat milliy ma'naviyatni tiklash va rivojlantirish orqali amalga oshirilishi mumkin.
Beshinchidan, millat katta yoki kichik bo'lishidan qat'iy nazar ma'lum moddiy va ma'naviy boyliklarni yaratuvchisi, istemolchisi, boshqalarda uchramaydigan, o'ziga xos xususiyatlari mavjudligini va o'zining mustaqil o'rniga ega bo'lish kabi omillarni, ya'ni chinakam millat sifatidagi maqomini tiklash hayotiy zarurat darajasiga ko'tarilgan edi.
Oltinchidan, o'zbeklar jahon sivilizatsiyasiga o'zining katta hissasini qo'shgan xalqdir. Uning ma'naviyat, fan, madaniyat sohasidagi yutuqlari hozirgi kunda ham o'z ahamiyatini yo'qotganicha yo'q. Ittifoq esa bizdagi bu yutuqlarni, bobokalonlarimizni unutishga intilar edi.
Mustaqillik sharoitida esa uni qayta tiklash, jahonda o'zining munosib va adolatli o'rnini tiklash zarur edi. Bunga esa faqat ma'naviyatni rivojlantirish orqali erishish mumkin.
Yettinchidan, ma'naviyat millatni va butun mamlakat aholisini ma'lum maqsadlar sari davlat atrofida uyushtiruvchi, ularni faollashtiruvchi, yorqin kelajakka ishontiruvchi, inson zotini ulug'lovchi, uning qadrini anglatuvchi ulkan mexanizmdir. Bu muhim mexanizmdan mustaqillikni mustahkamlash, islohotlarni amalga oshirish, millatimizni qaddini ko'tarishda foydalanishga bo'lgan ehtiyoj davlatimiz hukumati tomonidan o'z vaqtida anglab yetildi.
Mustaqillikdan so'ng ma'naviyatni rivojlantirish va milliy merosni qayta tiklashni davlatimiz hayotida ustuvor siyosat darajasiga ko'tarildi. Shu sababli Prezident tomonidan 1994 yil 23 aprelda «Ma'naviyat va ma'rifat» jamoatchilik markazini tashkil qilish to'g'risida»gi, 1996 yil 9 sentyabrda ushbu markaz faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish to'g'risidagi, 1999 yil 3 sentyabrda «Respublika ma'naviyat va ma'rifat kengashini qo'llab-quvvatlash to'g'risidagi» farmonlari chiqarildi. Ushbu farmonga muvofiq oliy o'quv yurtlarida 1997 yildan buyon «Ma'naviyat asoslari» fani va maktablarda «Odobnoma» darslari o'tilmoqda, viloyatlarda va korxonalarda markazlar ishlab turibdi.
Uzluksiz ma’naviy tarbiyaning kontseptual asoslari” fanining metodologik asosi masalasi. Tarbiya, eng avvalo, insonning o‘ziga qaratilganligi mamlakatimizda ishlab chiqilgan, butun dunyo hamjamiyati tan olgan qadam-baqadam amalga oshirilayotgan ,,o‘zbek modeli“da juda to‘g‘ri belgilandi. Dunyoda birinchi bor insonning diqqat-e’tibori o‘zlikni anglashga qaratildi. 0‘zligini anglash, birinchidan, uning ozod, erkin, nodir, ulug‘ siymoligini anglash va o‘zida unga amal qilish sifatlarini shakllantirib borish bo‘lsa, ikkinchidan, uning o‘ziga xos milliy-insoniy asoslarini anglash va ularga amal qilishdan iboratdir. Yuqorida sanab o‘tilgan ikki sifat komil inson sifatining asosini tashkil etadi. Chunki komil inson sifatlarini, tarbiya sohasidagi ilmlarini xulosalab, mujassamlashtirsa. ular, asosan, 3 ta:

  1. Ezgu niyat, fikr;

  2. Ezgu so‘z, xushmuomila;

  3. Ezgu ish, ezgu faoliyatdan iboratdir.
    Shu uchta sifat o‘qitishning, ta’lim-tarbiyaning bosh maq­sadi hisoblanadi. Bu bosh maqsad insonlarda, ayniqsa, yoshlarda komillik sifatlarini takomillashtirish, ularni zamonaviy bilim, malaka, ko'nikmalar bilan qurollantira borish, mutaxassislarda har bir sohaga mos ilm, bilim hosil qilishdan iborat bo‘lgan zamonaviy pedagogika fani asoslarining kengayganligini ko‘rsatadi. Tarbiyaviy ishlar metodikasi fani ta’lim-tarbiyaning zamonaviy usullari va ularning mazmuni, vositalari bilan qurollantiruvchi fan bo‘lganligi uchun, uning metodologik asoslari, maqsad va vazifalari dunyoning moddiy-ma’naviy rivojida shaxs kamoloti uyg‘unligi qonuniyatlaridan kelib chiqadi. Ta’lim sohasida o‘qitishning vazifasi yoshlarning eng asosiy konstitutsiyaviy huquqlaridan biri bo’lgan har bir kishining aqliy-axloqiy imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish, ijodiy qobiliyatlarini namoyon etish, intellektual jihatdan rivojini ta’minlash, o‘zi xohlagan kasbini tanlash. o‘zi xohlagan shu sohada faoliyat ko‘rsatishi uchun moddiy-ma’naviy tarbiyaviy-didaktik shart-sharoit yaratishdan iboratdir. Tarbiya ma’naviy manbalar va hozirgi zamon talablari va ehtiyojlarini nazarda tutgan holda, o'qituvchining o‘quvchi bilan aniq bir maqsadga qaratilgan o'zaro amaliy va nazariy muloqotidir.

Tarbiya jarayonining jamiyat taraqqiyotidagi roli nihoyatda beqiyos. Insonni tarbiyalash, uni bilim olishga, mehnat qilishga undasn va bu xatti-harakatini asta-sekin ko'nikmaga aylantirib borish lozim. Insonni mushohada qilish qobiliyati tarbiyalaydi va mushohada qilish aqlni peshlaydi. Aql ongni saqlaydi. Ong esa moddiy va ma’anaviv manbaga aylanadi. Shu tarzda inson asta-sekin takomillashib, komillikka erishib boradi. Ammo buning uchun tarbiyachi va tarbiyalanuvchidan uzoq davom etadigan mas’uliyat, sharafli mehnat va qunt, iroda talab etiladi. Buning uchun bolalarriing yosh xususiyatlarini hisobga olish zarur. Ma’naviy, insoniy sifatlarning shakllanishida oiladagi, atrofdagi, jamiyatdagi muhit va bolalarga bo’lgan munosabat muhim rol o'ynaydi. Ota-onalarimiz va atrofdagilaming bir-birlariga bo'lgan munosabatlarini ko'rgan bola shunga qarab shakllana boradi. Ular avval katlalarga taqlid qiladilar. So‘ng asta-sekin qilayotgan ishlarining mohiyatini anglaydilar. Bolalarni to'g‘ri tarbiyalashda ota-onaning ongi, ma’naviyati, bilimi tarbiyaianganligi ham muhim ahamiyatga ega. Olada bollalarni to’g’ri tarbiyalash ota-ona va barcha Yoshi kata oila a’zolari zimmasidadir.
2019 yil 31 dekabrda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Uzluksiz ma’naviy tarbiya kontseptsiyasi»ni tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risidagi 1059-son qarori qabul qilindi. Kontseptsiyaning maqsadi - yosh avlodda mustaqil va baxtli hayot uchun zarur ijtimoiy malaka hamda fazilatlarni yoshiga mos, bosqichma-bosqich shakllantirishdan iborat.
Ushbu maqsadga erishish, uni amalda ro’yobga chiqarish uchun quyidagi vazifalarni amalga oshirish talab etiladi: ma’naviy-axloqiy tarbiyani baholashning ilmiy asoslangan indikatorlarini ishlab chiqish;
tarbiyaning homiladorlik davridan boshlanib voyaga yetgunga qadar davom etadigan, tadrijiylik va uzluksizlik tamoyillariga asoslangan metodikasini ishlab chiqish va hayotga tatbiq etish;
bola tarbiyasida milliy va zamonaviy pedagogikaning ilg’or yutuqlaridan samarali foydalanish;
tarbiyalanuvchilar bilan birga tarbiyachilarning ham bilimi va malakasini muntazam oshirib borish;
ma’naviy tarbiyani shakllantirishda oila, mahalla va ta’lim muassasalari, shuningdek, ommaviy axborot vositalari va boshqa ijtimoiy tuzilmalar o’rtasida samarali hamkorlik mexanizmini yo’lga qo’yish;
ma’naviy tarbiyaning tadrijiy rivojlanish va uzluksizlik tamoyillariga asoslanishi.
Uzluksiz ma’naviy tarbiya Kontseptsiyasi quyidagi bosqichlarni qamrab oladi:
birinchi bosqich — oilalarda (ikki davr asosida: birinchi davr — homila davri, ikkinchi davr — bola tug’ilganidan 3 yoshgacha bo’lgan davr);
ikkinchi bosqich — maktabgacha ta’lim 3 — 6 (7) yoshgacha bo’lgan davr;
uchinchi bosqich — umumiy o’rta ta’lim tizimida (ikki davr asosida: birinchi davr — 7 (6) — 10 yosh boshlang’ich sinf, ikkinchi davr — 11 — 17 yosh o’rta va yuqori sinflar);
to’rtinchi bosqich — ishlab chiqarishda faoliyat ko’rsatayotgan va band bo’lmagan yoshlar, shuningdek, o’rta maxsus kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalari tizimida (ikki davr asosida: birinchi davr — o’rta maxsus kasb-hunar va oliy ta’lim bilan qamrab olinmagan, shuningdek, ishlab chiqarishda faoliyat ko’rsatayotgan va band bo’lmagan yoshlar — 17 — 30 yosh, ikkinchi davr — o’rta maxsus kasb-hunar, oliy ta’lim muassasalarining o’quvchi-talabalari 15 — 22 (24) yosh).
Jamiyatimizning, xalqimizning ming yillik ma’naviy-axloqiy yuksalish tajribasini o’zida jamlagan Islom madaniyatini tiklash o’z taqdirini o’zi belgilash, tarixiy xotiraga, madaniy-tarixiy birlikka ega bo’lish yo’lidagi g’oyat muhim qadam bo’ldi. Ma’naviy qadriyatlarning yana bir qudratli manbayi an’anaviy oila va qarindoshlik munosabatlari odobidan iboratdir. Kattalarni hurmat qilish, o’zaro yordamlashish, kelajak avlod haqida g’amxo’rlik qilish hamisha uning asosiy qoidalari bo’lib kelgan.
Yosh avlodga ta’lim-tarbiya, bilim berish, uni ijtimoiy hayot va faoliyatga tayyorlashning asosiy mezonlaridan biridir. Ta’lim - tarbiya orqali yoshlarning milliy qadriyatlar sirasiga kiruvchi ahloqiy fazilatlari shakllanadi, jamiyatdagi g’oyaviy, mafkuraviy jarayonlarga nisbatan munosabati o’zgaradi va barkamol shaxs bo’lib yetishishida imkoniyatlar paydo bo’ladi. SHaxsning ijtimoiy mavqeini aniqlashda, jamiyatning ijtimoiy-siyosiy tizimini isloh qilish, ijtimoiy tartib va barqarorlikni qo’llab-quvvtlash, ishtimoiy nazoratni amalga oshirishda ta’lim-tarbiya jarayoni muhim ahamiyat kasb yetadi.
Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov oila qadriyatlari yoshlarning barkamol insonlar bo’lib shakllanishiga alohida ahamiyatga egaligi, xalqimiz mustabidlik davrida ham o’z qiyofasini unutmagani, insoniylik o’zbek xalqi qadriyatini asosi ekanligini ta’kidlaydi. Har qaysi mamlakat, eng avvalo, o’zining yuksak madaniyati va ma’naviyati bilan qudratlidir. Mustaqilligimizning boshidayoq yurtimizda ma’niviy merosga asoslangan qadriyatlarni tiklash, ma’naviy va ma’rifat ishlariga alohida ahamiyat bergani muximdir.
O’zbekistonda umuminsoniy qadriyatlarga xurmat, azaliy milliy yondashuv sanaladi. Xalqimizga xos bo’lgan mehmondo’stlik, birodarlik, do’stlik, sadoqat, halimlik umuminsoniy hamjihatlikning asosini tashkil yetadi. Umuminsoniy manfaatlarga milliy tiklanish g’oyasining uyg’unlashuvi istiqlolga erishgan vatanimiz tashqi va ichki siyosatining o’zagini tashkil etadi. Milliy o’zlikka egalik, ozodlik, hurriyatni qo’ldan bermaslik, uni oliy qadriyat deb bilish milliy mentalitetimizning negizidir.
SHu bois, yoshlarni ezgulikka yo’g’rilgan qadriyatlar asosida tarbiyalash, ularga vatanparvarlik g’oyalarini singdirish muhimdir. Vatanparvarlik, eng avvalo, davlatimiz ramzlari bayroq, madhiya. gerbimizda o’z ifodasini topgan. Til orqali esa yurtimizni ululaymiz, yoshlarimizni uning qadriga yetishga chaqiramiz. Ramzlarda xalqimizning orzu-umidlari, hayot yo’li, urf-odatlari, tabiatga bo’lgan munosabati, qadriyatlariga sodiqligi, mehr-muhabbati kabilar o’z aksini topgan. Vatan ona allasiga yo’rilgan beshikdan boshlanib, ota-onani tanlab bo’lmaganidek, Vatan ham tanlanmaydi. U Vatanni sevish, ardoqlash, taraqqiy yetishiga hissasini qo’shish imkoniyatiga ega. SHu orqali u hayotda ham o’ziga, ham oilasiga baxt bera oladi. Xalqimizda ota-ona qanchalik ulug’lanib, ardoqlansa, tug’ulib o’sgan Vatan shunchalik qadrlidir. Kattalarga hurmat, kichiklarga izzat o’zbek mentalitetiga xos xususiyatdir. SHuning uchun ham yoshlar ongiga milligimizga xos bo’lgan or-nomus, milliy g’urur, mehribonlik, vijdonlilik, sadoqat, mehmondo’stlik, ahillik, ota-bobolardan faxrlanish, nasl-nasabini ulug’lash kabilar yoshlarni vatanparvar bo’lishga undaydi.
“O’zbekiston tanlagan yo’l-umuminsoniy va umume’tirof etilgan demokratik qadriyatlarga erishishga qaratilgan, ko’p asrlik madaniyatimizning eng sara yutuqlari, milliy an’analarimiz” ajdodlarimiz diniga bo’lgan sadoqatimiz bilan uyug’nlashib ketgan yo’l-biz uchun o’zgarmasdir. Yoshlar tarbiyasida barqaror qadriyatlarning ahamiyati katta.
Yoshlarimiz orasida ba’zida loqayd, ijtimoiy-taraqqiyotning o’ziga xos tomonlaridan bexabar, xudbin, mustaqil fikrdan yiroqlari ham uchrab turadiki, aynan shular orasidan ommaviy madaniyatga berilib, o’zligini unitayotganlar, giyohvandlar, ichkilikka berilganlar chiqayotgani achinarli holdir.Albatta, yoshlarning bunday yo’llarga kirib ketishi jamiyatimiz va ijtimoiy taraqqiyotimiz uchun katta xavfdir. CHunki yoshlar jamiyatimizning tayanchi ekan, nafaqat ularning jismonan sog’lomligi, balki ruhan ma’naviy sog’lomligi ham katta ahamiyatga egadir. Qadriyatlarni teran anglagan yoshlar ota-onalari yaratib bergan imkoniyatlar va sharoitlardan foydalanibgina qolmay, o’zlari ham kelajaklari uchun harakat qiladilar. Bu borada mukammal bilim olib, uni hayotga tadbiq eta bilish katta ahamiyatga egadir.
Qadriyatlar uyg’unligi insonning komil inson darajasiga yetish uchun intilishida, erkin yashashida, farovon hayot kechirishida alohida vosita hisoblanadi. Qadriyatlarni asrab-avaylash, rivojlantirish ijtimoiy taraqqiyot uchun muhimdir. Demak, hayot tarzini o’zgartirish uchun tafakkurni o’zgartirish kerak. Yoshlar o’z fikrlash tarziga ega bo’la borgan sari o’zligini, ma’naviy merosimizning ahamiyatini anglay boshlaydilar. SHuning uchun avvalo yoshlarda fikrlash qobiliyatini shakllantirishga alohida e’tibor berish kerak. Donolik insonni shahardagi o’nta hukmdordan qudratliroq qiladi. Inson yaxlit bir menga yetishi kerak.O’zlikni tanish degani ana shu. Nafsni yo’lga solgandan keyin ahloqiy me’yorning qadri oshadi.
SHunday qilib, istiqlol davrida erishilgan eng katta ijtimoiy taraqqiyotdagi yutiq bu milliy o’zlikni anglash davri bo’ldi. Ajdodlarimizga xos mehnatsevarlik, adolatparvarlik, halollik, insonparvarlik milliy istiqlol g’oyasi yoshlarga yetkazilmoqda va shakllantirilmoqda. Mustaqillikni asrash va uni taraqqiy ettirish e’tiqodli, elim deb, yurtim deb yashash, har bir insonning yuragidan joy olmoqda. Milliy o’zlikni anglashda yangi qadriyatlarning o’rni muhimdir. Ularni xalqimiz o’zining ehtiyojlariga muvofiq umuminsoniy qadriyatlar bilan uyg’unlashtirilmoqda. Qaysidir xalq uchun qadriyatli bo’lgan voqea, jarayon, narsa predmet boshqa millat uchun ahamiyatsiz bo’lishi mumkin. Ma’naviy madaniyati yuksak o’zbek xalqining qadriyatlari ham ajdodlari merosi kabi yuksakdir. Qadriyatlarni xalqning ijtimoiy ongidan, ma’naviyati va madaniyatidan, hech qachon siqib chiqarish mumkin emas. O’zbekiston jamiyatining ma’naviy yangilanishi jarayonida xalqimiz ongida yuksalish ro’y berdi. Zero, mustaqillikning ma’naviy asoslarini mustahkamlashda milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg’unligi muhim ahamiyatga ega.
Uzluksiz ma’naviy tarbiyaning kontseptual asoslari” tarixiy-nazariy fan sifatida. Uning ijtimoiy-gumanitar fanlar tizimidagi o‘mi. Tarbiyaviy ishlar jarayonining ijtimoiy ahamiyati. Respublikamiz mustaqillikka erishgach ta’lim-tarbiya jarayonini rivojlantirish uchun bir qancha yangi asoslar yuzaga keldi. Jumladan “Ta’lim to’g’risidagi” Qonun , “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ning yaratilishi ta’limni tubdan halos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma’naviy va ahloqiy talablarga javob beruvchi malakali kadrlar tayyorlash imkoniyatini beradi. O’zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti I.A.Karimov o’zining bir qancha nutq va risolalarida istiqbolga erishishning yo’llari, tamoyillarini aniq va ravshan ko’rsatib bergan. Ayniqsa, “Istiqlol va ma’naviyat”, “O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida”, “ Barkamol avlod orzusi ” kabi asarlarida jamiyatning ma’naviy jihatdan yangilanishi va rivojlanishi, tarbiya masalalari, ijtimoiy tarbiyaning aosiy negizlari bayon etilgan. Tarbiya tushunchasi millat tarixi va jamiyat taraqqiyotining turli davrlarida turlicha mohiyatga ega bo’lib, har xil tarzda izohlanib kelindi. O’zbekiston mustaqillikka erishgach, tarbiyani izohlashda yangi sog’lom pedagogik tafakkurga tayangan holda yondashuv qaror topa boshladi. Endilikda tarbiyaning irsiy-biologik jihatlari va milliyligiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Milliy tarbiya xalq nomi va uning tarixi chambarchas bog’liqdir. Buning uchun xalq pedagogikasi boyliklari, mutufakkirlarning pedagogik qarashlari tizimli sinchkovlik bilan o’rganilmoqda.
Tarbiya jarayonini amalga oshirishda ijtimoiy tarbiya alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki tarbiya jarayoni ijtimoiy xarakterga ega bo’ladi. Ijtimoiy tarbiya bolada ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan fazilatlarni rivojlantirish jarayonidir.
Tarixdan ko’pgina allomalarimiz tarbiyaga katta ahamiyat berib jamiyatning asosiy vazifalaridan deb bilishgan . “Tarbiya biz uchun yo hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidir’’ A.Avloniyning ushbu so’zlaridan ham tarbiya naqadar muhum ijtimoiy jarayon ekanligini bilib olishimiz mumkin. Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanining predmeti bo’lajak o’qituvchi-tarbiyachilarga kelajak avlodni ma’naviy yuksak fazilatlar egasi qilib tarbiyalash sanatining qirralari, shakl va yo’llari hamda bilim, ko’nikma va malaka hosil qilish haqida bahs yuritadi. Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanining o’rganish obyektini esa ta’lim muassalaridagi uzluksiz ta’lim –tarbiya jarayoni tashkil etadi. Tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish metodikasi ijtimoiy faollikni shakllantirishga xizmat qiladi. Tarbiya - yosh avlodni har tamonlama voyaga yetkazish, unda ijtimoiy ong va xulq-atvorni tarkib toptirishga yo’naltirilgan faoliyat bo’lib, shaxsni aqliy ,jismoniy, ahloqiy, ma’naviy sifatlarini shakllantirishga qaratilgan bo’lib, insonning jamiyatda yashashini ta’minlash uchun zarur bo’lgan xususiyatlarini tarkib toptirishning jarayonlaridir. Tarbiya shaxsni tarkib toptirishga qaratilgan bo’lib, shaxs va jamiyatning mavjudligini ta’minlaydigan qadriyatlar asosida rivojlanadi. Tarbiyaviy ishlarni tashkil qilishning asosiy maqsadi, bugungi kuntalabiga javob beradigan barkamol shaxsni shakllantirishga qaratilgan ekan, aynipaytda bu o’qituvchilarga katta mas’uliyatni yuklaydi. Shu jihatdan ham o’qituvchining pedagogik faoliyat yuritishi davr talabiga javob bermog’i lozim. O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida” gi Qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturining bosh masalalaridan biri ham yosh avlodni barkamol etib tarbiyalashdan iborat etib belgilangan. Shu jihatdan ham yosh avlodni barkamol qilib voyaga yetkazish uchun Respublikamizda ijtimoiy – tashkiliy, tarbiyaviy ishlar amalga oshirilmoqda. Barkamol avlodni tarbiyalash, ma’naviy, ma’rifiy, tashkiliy uslubiy, ijtimoiy-iqtisodiy jihatlari bilan murakkab tarbiyaviy ishlar tizimi kundan-kunga takomillashib bormoqda. Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanining asosiy vazifasi yosh avlodni ma’naviy-ahloqiy jihatdan tarbiyalashda xalqning boy milliy, ma’naviy-tarixiy merosimizga, umumbashariy qadriyatlarga, urf-odatlar va ananalarga tayanib,ongli shaxslarni intelektual salohiyatli qilib tarbiyalashdir. Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanining vazifalari quyidagilardan iborat: - o’quvchilar jamoasining tarbiyalanganlik darajasini o’rganib, unga tarbiyaviy ta’sir ko’rsatish mahoratiga ega bo’lish ; - tarbiyaviy ish va tadbirlar uchun zarur bo’lgan metodlarni tanlab, ko’zlangan maqsadga erishish chora-tadbirlarini ko’ra bilish ; - ilg’or tajribalarni tahlil qilish va uni o’z faoliyatida ijodiy foydalanish ; - tarbiyaviy ishlarning o’quvchilar ruhiyatiga qanchalik ijobiy ta’sir etganini kuzatib, uni yanada rivojlantirish va takomillashtirish ; - tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirishda o’z bilimini doimiy rivojlantirib borishi lozim. Darsda va darsdan tashqari mashg’ulotlarda tarbiyaviy ishlarni tashkil etish bilan birga DTS lariga mosligiga e’tibor qaratish zarur bo’ladi. 1. Tarbiyaviy ishlar jarayonida barkamol avlodni tarbiyalash muhim o’rin tutadi. Aniq maqsadga qaratilgan tarbiya ishida jamoaga va ba’zi bir talablarga ta’sir qilishini tashkil etish tarbiyaviy ishlarning asosini belgilaydi. 2. Tarbiyaviy ishlarning asosiy jihati barkamol avlodni har tomonlama kamol topishini hisobga olgan holda ularning tarbiyaviy jihatiga e’tiborni qaratish zarur bo’ladi. Shuning uchun o’qituvchi va tarbiyachilar yoshlar bilan tarbiyaviy ishlarni tashkil qilishda metodikaga tayanish maqsadga muvofiqdir. -Tarbiya - yosh avlodni har tamonlama voyaga yetkazish, unda ijtimoiy ong va xulq-atvorni tarkib toptirishga yo’naltirilgan faoliyat bo’lib, shaxsni aqliy , jismoniy, ahloqiy, ma’naviy sifatlarini shakllantirishga qaratilgan bo’lib, insonning jamiyatda yashashini ta’minlash uchun zarur bo’lgan xususiyatlarini tarkib toptirishning jarayonlaridir.

-Tarbiya katta avlod tomonidan yosh avlodga berilaigan hayotiy tajriba bo’lib yosh avlodning ijtimoiy hayotga moslashishi uchun muhum ahamiyat kasb etadi. Bunga misol qilib ‘’Agar katta avlod yo’qolib ketganida insoniyat yo’qolib ketmasdir balki lekin jamiyat rivojlanishi ancha sekinlashardi balki umuman yo’qolib ketishi ham mumkin’’ degan so’zlarni keltirishimiz mumkin.

- Har qanday fanlarni o’qitishning maqsadi yosh avlodga to’g’ri tarbiya berish, ularning dunyoqarashini shakllantirishni bilish nazariyasining umumiy qonuniyatlari asosida hosil bo’lib, har qanday shaxs faoliyatida metodologik asos bo’lib xizmat qiladigan falsafa fanining roli beqiyosdir. Shuning uchun shaxs tarbiyasi jarayoni bilan shug’ullanadigan tarbiyaviy ishlar metodikasi fani falsafa fani bilan bog’liqdir.SHuning dek bolalarga to’g’ri tarbiya berish sirlarini o’z chiga olgan pedagogika fani va bolalar ruxiy holati, diqqati, ong taraqqiyoti qonunlarini o’zlashtirgan psixologiya fanlari bn uzviy bog’liq hisoblanadi. Bundan tashqari anatomiya, fiziologiyadan ham foydalaniladi chunki o’quvchilarning organizmi haqidagi bilimlarni tarbiya jarayonida qo’llash tarbiya sifatini oshirishga hizmat qiladi.


Tarbiya ijtimoiy borliqning o‘ta murakkab shakllaridan bi-ridir. Shuning uchun ham u turli ijtimoiy funksiyalarni bajaradi. Mafkuraviy ishlar samaradorligini insonparvar, de-mokratik jamiyat talabi darajasiga ko‘tarmoq uchun avvalo ushbu jarayon tashkilotchilari tarbiya bajaradigan turli ijtimoiy funksiyalarning mohiyatini, ushbu funksiyalarning birini ikkinchisidan farq qiluvchi xususiyat va xossalarini aniq ajrata bilishlari zarur. Chunonchi, bir holatda tarbiya ajdodlarni avlodlarga, o‘tmishni bugunga, bugunni esa kelajakka bog‘lovchi vorislik vazifasini bajarsa, ikkinchi bir holatda ajdodlarimiz va avlodlarimiz to‘plagan ja’miki yaxshi fazi-latlar va xislatlar, qadriyatlarning to‘plami, yig‘indisi, ular to‘plagan tarixiy-ijtimoiy tajriba, barcha bilimlar va ilmlarni bilish manbai bo‘lib xizmat qiladi. Uchinchi bir holatda tarbiya tarbiya beruvchi shaxsning professional maho-ratini ifodalaydi. Shuning uchun ham tarbiyani ba’zan mahorat, san’at deb ham talqin qiladilar. To‘rtinchi bir holatda tarbiya ajdodlarni avlodlarga bog‘lovchi vorislik funksiyasini bajaradi. Shuningdek, tarbiya insonning mustaqil shaxs bo‘lib ka-mol topishida hal qiluvchi omil, jamiyatning barcha sotsial institutlari, mafkuraviy muassasalar amalga oshirgan tarbiyaviy ishlarning natijasi, hosilasi deb ham sharhlanadi.
Tarbiya ma’lum bir maqsadga qaratilgan, aniq dastur, reja asosida amalga oshiriladigan ongli, mafkuraviy faoliyat hamdir. Xuddi shunday mafkuraviy ta’sir yordamida inson bolasining faoliyati, jamiyatdagi ma’lum bir sotsial guruh yoki tabaqa, sinf yoki shaxs, millat yoki elat, partiya yoki davlat, oila yoki kollektiv manfaati tomon burib yuboriladi. Lekin bundan inson shaxsi faqat mafkuraviy ta’sirning mahsuli degan xulosa kelib chiqmaydi. Chunki inson shaxsining kamol topishida hech qanday dastursiz, rejasiz, stixiyali ta’sirning (do‘stu-birodarlar, hamkasblar, qarindosh-urug‘lar suhbati, poyezd yoki samolyot, bozor yoki choyxonadagi gurung) ham ahamiyati katta bo‘ladi. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, bunday ta’sir ma’lum bir tuzma (sxema) yoki andoza asosida emas, erkin stixiyali, reglamentsiz sodir bo‘ladi. Shuning uchun inson shaxsni ma’lum bir maqsadga qaratilgan mafkuraviy ta’sirning mahsuli bo‘lish bilan birga stixiyali sodir bo‘ladigan tabiiy-ijtimoiy muhit ta’sirining ham natijasidir.
Fan va texnika taraqqiyoti yutuqlari turmush tarzimizning barcha jabhalariga tezkorlik bilan kirib borayotganligi oqiba-tida informatsiyalar oqimi uzluksiz ortib borayotir.(3-9) Bunday informatsiyalar ta’sirida jamiyatning turli sotsial insti-tutlari amalga oshirayotgan maqsadga muvofiq mafkuraviy ta’siridan ba’zan tabiiy-ijtimoiy muhitning stixiyali ta’siri ustunlik qilmoqda. Bunday tendensiya ayniqsa res-publikamiz bozor iqtisodiyoti tomon borayotgan hozirgi sharoitda ko‘zga yaqqol tashlanmoqda. Xuddi shuning uchun ham adolatli, in-sonparvar, demokratik jamiyat barpo etilayotgan O‘zbekiston sharoitida xalq, millat, davlat manfaatiga qaratilgan mafku-raviy ta’sirni, tabiiy-ijtimoiy muhitning stixiyali ta’-siridan ustunligini ta’minlamoq, jamiyatning barcha sotsial institutlari amalga oshirayotgan mafkuraviy tadbirlarni muvofiqlashtirish, ularni yagona maqsad - mamlakatimizda bun-yod etilayotgan insonparvar, demokratik jamiyat, huquqiy davlat manfaati tomon yo‘naltirish, umumdavlat, umumxalq ahamiyatiga ega bo‘lgan tarixiy zaruriyatdir.
Mamlakatimizda insonparvar, demokratik jamiyat, huquqiy davlatni barpo etish uchun ommaviy harakat avj olishi bilan ijtimoiy tarbiya jarayonini takomillashtirishga bo‘lgan ehtiyoj kundan-kunga ortib borayotir. Ushbu muammoga bag‘ishlangan turli munozaralar, bahslashuvlar bo‘lmoqda. Insonshunos olimlarimiz tomonidan bir qator sermazmun asarlar yaratildi, maqolalar e’lon qilindi. Lekin ijtimoiy tarbiya haqidagi fikr-muloha-zalar obyekti qilib aksariyat hollarda umumiy ta’lim maktab-lari, qolaversa maktabgacha tarbiya muassasalari olinayotir. Boshqacha qilib aytganimizda, ijtimoiy tarbiyaning obyekti qilib odamning inson bo‘lib shakllanishi jarayonining bolalik va o‘smirlik davrlari ajratib tahlil qilinayotir. Inson umrining xuddi shu davrlarida bo‘ladigan tarbiyaviy ta’sir haqida turli mulohazalar yuritilib, uning ongi va faoliyati shakllanishi jarayonining keyingi davrlari orasidagi aloqadorlikka, o‘zaro ta’sirga e’tibor berilmayotir. Inson umrining bolalik, o‘smirlik davrlaridagi tarbiyaviy ta’sir ja-rayoni bilan uning go‘daklik, yoshlik, yetuklik, keksalik davrlari-dagi o‘zaro aloqadorlik mexanizmini takomillashtirish tadqi-qotchilarimiz e’tiboridan chetda qolayotir. Nazariy tadqiqotlarimizda dialektik yaxlit yondashuvning yetishmasligi tarbiyaviy ishlar amaliyotiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Oqibatda jamiyatning turli sotsial institutlari amalga oshirayotgan tarbiyaviy ishlarda o‘zaro aloqadorlik mexanizmi ishdan chiqdi. Tarbiyaviy ishlarda hamkorlik, vorislik mexanizmini takomil-lashtirish, jamiyatning barcha sotsial institutlari mafkuraviy imkoniyatlarini muvofiqlashtirish, ularni bir maromda ishlatish yo‘llari, uslublari va usullari aniq belgilab berilmaganligi tufayli keyingi yillarda yaratilgan dasturlar, tavsiyalar, konsepsiyalarda olg‘a surilgan g‘oyalar, takliflar ommaning ma’naviy mulkiga aylanmadi, mehnatkashlarning ongi va faoliyati, turmush tarziga singib ketmadi. Amalga oshirilgan ilmiy tadqiqotlarning natijalari tarbiya jarayoni tashkilot-chilarining kundalik ish faoliyatidan, munosib o‘rin topmayotir. Boshqacharoq aytadigan bo‘lsak, ijod etilgan turli ilmiy-naza-riy taxminlar, tavsiyalar amalga tatbiq etilishi sekinlashib qolayotir. Buning asosiy sababini qayerdan izlashimiz lozim? Bizning fikrimizcha, buning asosiy sababi tarbiya borasida yara-tilayotgan ilmiy-nazariy taxminlarimiz, tavsiyalarimiz metodologik zaminlarining zaifligidir.


Download 147.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling