Uzluksiz ma’naviy tarbiyaning kontseptual asoslari
-Mavzu: Uzluksiz tarbiya - ijtimoiy-tarixiy zarurat
Download 147.62 Kb.
|
02.10. Uzliksiz ma\'naviy tarbiya o\'quv uslubiy majmua yangi
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘zbekiston Konstitutsiyasida yakka mafkura hukmronligini taqiqlanishi va buning sabablari. 26-Mavzu: “Uzluksiz ma’naviy tarbiya” Konsepsiyasi istiqbollari
- Ma’naviy barkamol, komil inson tushunchalarining sharqona ta’rifi.
3-Mavzu: Uzluksiz tarbiya - ijtimoiy-tarixiy zarurat.
Reja: 1. O‘zbekiston Konstitutsiyasida yakka mafkura hukmronligini taqiqlanishi va buning sabablari. 2. Milliy g’oya, mafkura tushunchalari. Milliy mafkura va ma’naviyat nisbati. 3. Milliy g‘oyaning siyosiy, iqtisodiy ma’naviy jihatlari va ularning o‘zaro uyg‘unligi masalasi. “Ozod Vatan”, “Obod Vatan”, “Erkin va farovon hayot” tushunchalarining mazmun va mohiyati. Mamlakatimizda milliy g‘oyani singdirish amaliyoti bilan bog‘liq jarayonlar. 4. Inson va jamiyat hayotida uch etakchi soha - siyosat, iqtisod va ma’naviyatning o‘zaro uyg‘unligini ta’minlash masalasi. O‘zbekiston Konstitutsiyasida yakka mafkura hukmronligini taqiqlanishi va buning sabablari. 26-Mavzu: “Uzluksiz ma’naviy tarbiya” Konsepsiyasi istiqbollari Reja: 1. Ma’naviy barkamol, komil inson tushunchalarining sharqona ta’rifi. 2. Inson, shaxs, fuqaro tushunchalari va ularning ma’naviy jihatlari. 3. Shaxs ma’naviyati taraqqiyoti tushunchasining mazmuni. Shaxs ma’naviy takomilida kitobxonlikning o‘rni. 4. Davlatimiz rahbarining kitobxonlik bilan bog’liq amaliy tashabbuslari. Ma’naviy tahdid va ma’naviy barkamol insonni tarbiyalash zarurati. 5. Ma’naviy barkamol inson tushunchasi, uning mohiyati komil inson va uning sharqona fazilatlari. Ma’naviy barkamol, komil inson tushunchalarining sharqona ta’rifi. Al-Inson al-Komil (arabcha: الإنسان الكامل — soʻfiylikda Allohning yerdagi noibi va uning sifatlari va ismlarining namoyon boʻlgan ideal shaxs. Bu atama Halloj tomonidan kiritilgan boʻlib, gʻoyasi esa Ibn Arabiy tomonidan ishlab chiqilgan. Keng maʼnoda — diniy amaliyot orqali oliy maʼnaviy yetuklikka erishgan mo'min. Al-inson al-komil taʼlimoti borliq muammosi bilan bogʻliq ontologik muammodir. Ibn Arabiyning fikricha, dunyo dastlab ruhsiz edi; Odam Atoning koʻrinishi uni ruhlantirdi; inson barcha mukammal ilohiy sifat va ismlarning timsoliga aylandi; olamdagi ahamiyatsizligiga qaramay, u olamda mavjud boʻlgan barcha moddiy va maʼnaviy darajalarni oʻz ichiga olgan haqiqat idishiga aylandi. Alloh taolo uning barcha ismlarini faqat insonga nozil qilgan. Alloh taoloning barcha sifatlarining eng oliy timsoli va haqiqiy al-inson al-komil - Muhammad paygʻambardir. U Odam alayhissalom hali boʻlmaganida, dunyodagi barcha mavjudotlardan ustunlik darajasiga sazovor boʻlgan. Al-inson al-komil butun dunyoning maqsadi va mantiqiy xulosasidir. Ilohiy iroda faqat u orqali ifodalanadi. Agar al-inson al-komil boʻlmaganida, Alloh yaratilgan dunyoda zohir boʻlmas edi. Al-inson al-komil har bir insonda oʻzini namoyon qilishi mumkin, lekin bunga faqat soʻfiylik ruhiy amaliyoti bagʻrida erishiladi . Halloj va Ibn Arabiy gʻoyalarini fors tilida “ Inson-i Komil ” asarini yozgan Aziz ad-Din Nasafiy (vafoti 700/1300) yanada rivojlantirdi. Nasafiyning fikricha, al-inson al-komil eng yaxshi odobga ega va haqiqiy ideal insondir. Unga koʻp nomlar berilgan, jumladan, shayx, hadiy, mahdiy, imom, xalifa. Bu ideal Sulaymonda namoyon boʻldi (Injilda Sulaymon paygʻambar), jinlar unga itoat qilgan va hayvonlar va qushlarning tilida gapirgan; Iso a.s.da (Injil. Iso Masih), oʻliklarni tiriltirgan; Xizr a.s.da „ tirik suv “ ichib, oʻlmas boʻldi. Al-inson al-komil har zamonda mavjud boʻlib, u uchun Allohning izni bilan tabiatning sirlari boʻlmaydi. Ma’naviy barkamol, komil inson tushunchalarini bilib olishdan avval inson, shaxs, fuqaro tushunchalarining mazmun-mohiyatini bilib olish lozim bо‘ladi. Inson nihoyatda murakkab, kо‘p qirrali va kо‘p о‘lchamli mavjudot bо‘lib, uning mohiyatini anglash yuzasidan turli qarashlar ilgari surib kelinmoqda. Sharq falsafasi tarixida ham inson bosh mavzulardan biri bо‘lib kelgan.Masalan, Forobiy falsafasida inson butun borliq taraqqiyotining mahsuli sifatida izohlanadi. Mutafakkir insoning barcha olijanob fazilatlari ilm tufayli ekanligini, inson hayotining mazmuni-baxtli bо‘lish va baxtli qilishga intilish, bunga esa faqat ilm va ma’rifat orqali erishish mumkinligini kо‘rsatdi. Beruniy va Ibn Sino insonning boshqa mavjudotlardan ustunligi aql va tafakkur tufayli ekanligini isbotlashga harakat qildilar. Abu Homid G‘azzoliy insonning boshqa mavjudotlardan ustunligi aqlda emas, balki inson qalbida ekanligini kо‘rsatdi.Ulug‘ mutasavvuf Abduholiq G‘ijduvoniy insonni “kichik olam” deb hisoblagan.Hayot gо‘zaldir, - deydilar shoir va mutafakkirlar, lekin hayot inson bilan gо‘zaldir. Inson gо‘zalligini belgilovchi asosiy mezon uning ma’naviyligi, ya’ni ahloq va odobi hisoblanadi. О‘zbek xalqining “Inson odobi bilan gо‘zal” degan maqolining mohiyatida chuqur falsafiy ma’no yotadi.Konfusiy insonni о‘z mohiyatini ma’naviy-ahloqiy fazilatlari va kamoloti orqali namoyon etadigan jonzot sifatida talqin etadi. U insonning insonligi о‘zidagi har qanday tabiiy ehtiyoj, his va tuyg‘uni ma’naviylikka bо‘ysundira olishidir. Faqat insondagi ma’naviy mas’ullik ularga nima qilish keragu, nima qilish kerakmasligini о‘rgatadi. Shu jihatdan qaraganda insondagi ma’naviylik inson va insonlar faoliyatiga maqsad, yо‘nalish va mazmun beradigan omildir.G‘arb ilmida esa insonga, asosan biologik mavjudot, tabiatdagi evolyusion о‘zgarishlarning mahsuli deb qaraldi.Inson tushunchasiga aniq ta’rif berish uchun uni boshqa biologik mavjudotlardan ajratib turuvchi eng muhim xususiyatlarini aniqlash zarur. Bular qatoriga quyidagilar kiradi. Inson eng avvalo boshqa mavjudotlardan о‘zining xotirasi, tafakkuri, tili borligi bilan ajralib turadi. Boshqa mavjudotlardan insonning tub sifatiy farqini ifodalovchi xususiyatlardan yana biri uning о‘z amaliy faoliyatini tartibga sola bilishidir. Shuningdek, inson о‘z turmushi uchun zarur bо‘lgan moddiy va ma’naviy boyliklarni ishlab chiqarish, yaratish malakasiga ega ekanligi ham ana shunday xususiyatlardan biri hisoblanadi. Inson hayotida mehnat asosiy rol о‘ynaydi. Mehnat tufayli inson о‘zi yashayotgan tabiatga ta’sir etadi, uni о‘zgartiradi, moddiy va ma’naviy boyliklarni yaratadi. Amerikalik olim B.Franklin “Inson mehnat qurollarini yaratuvchi jonzotdir”, deb ta’riflagan.Oilaviy munosabatlar va ma’naviy-ahloqiy meyorlar insonni hayvondan farq qiluvchi eng muhim xususiyati sanaladi.Inson о‘z aqli tufayli butun koinot, tabiat taraqqiyotida buyuk yaratuvchi kuch sifatida namoyon bо‘ladi, о‘z tarixini yaratadi, uni avaylab-asraydi. Inson faoliyati va tajribalari jamiyatning takomillashuvi va kishilarning har tomonlama kamol topishi uchun manba bо‘lib xizmat qiladi.Bugungi kunda faylasuflar inson uchta buyuk qudrat – tana, ruhiyat va ma’naviyatning yig‘indisi ekanligini ta’kidlamoqdalar. Insonning biologik xususiyatlariga ovqatlanish, himoyalanish, zurriyot qoldirish, sharoitga moslashish kabilar kirsa, uning ijtimoiy xususiyatlariga til, muomala, bilim, ong, mahsulot ishlab chiqarish, taqsimlash, iste’mol qilish, boshqarish, о‘zini-о‘zi idora etish, ahloq, nutq, tafakkur, qadriyatlar bilan ish kо‘rish va boshqalar kiradi. Psixik xususiyatlarini ruhiy kechinmalar, hayratlanish, g‘am-tashvish, iztirob chekish, zavqlanish, kayfiyat kabilar tashkil etadi.Inson о‘z hayoti davomida tana va ruh ehtiyojlarini qondirishga intiladi. Tana ehtiyojlarini qondirish inson yashashining birlamchi, asosiy sharti hisoblanadi. Biroq hayotning ma’nosi faqat moddiy ne’matlardan bahramand bо‘lish, qorin tо‘yg‘azish, lazzatlanish, boylikka ruju qо‘yishdangina iborat emas. Inson ruhi ham о‘ziga xos oziqqa ehtiyoj sezadi. Bu ehtiyoj insonda ma’rifatparvarlik, odamiylik, adolatlilik, rahm-shafqat, diyonat, vijdon, oliy himmatlilik, vatanparvarlik kabi ma’naviy fazilatlarni shakllanishiga olib keladi.Yuksak ma’naviyat insonni ruhan poklaydi, iymon-e’tiqodini mustahkamlaydi. Yuksak ma’naviyatgina inson ehtiyojlarini oqilona qondirishga, ijtimoiy adolatni о‘rnatib, sahiy va oliyhimmat bо‘lishga undaydi. Yuksak ma’naviyatda haqiqiy insoniy mohiyat mujassamdir.Shaxs - alohida kishi, ijtimoiy-ahloqiy, ma’naviy mohiyatni о‘zida mujassamlashtirgan individ. Kishilar shaxs bо‘lib tug‘ilmaydi, balki jamiyatdagina shaxs bо‘lib shakllanadi va rivojlanadi.Inson ta’lim-tarbiya, mehnat, о‘zaro muloqot jarayonida ijtimoiy tajriba, bilim, turli munosabatlar, ahloqiy-ma’naviy meyorlar, siyosiy qarashlar ta’siri ostida faoliyat yuritadi, ularni о‘zlashtiradi va shu jarayonda asta-sekin ijtimoiylashib boradi, ya’ni shaxs bо‘lib shakllanadi. Natijada insonda irsiy bо‘lmagan yangicha fazilatlar paydo bо‘ladi. U yaratuvchan mavjudot sifatida faoliyat kо‘rsata boshlaydi.Shaxs tushunchasi inson tushunchasining yuksak kо‘rinishi, oliy maqomidir. U о‘zida inson mohiyatini, uning mavjudot sifatidagi qadriyatini mujassam etadi.Insonning olijanob fazilatlari yetuk shaxslar timsolida о‘z aksini topadi. Insonga xos bо‘lgan barcha xususiyatlar shaxs faoliyatida, uning jamiyatda tutgan о‘rnida, uning о‘z moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirishda, muayyan g‘oyalarni amalga oshirishda yaqqol kо‘rinadi.О‘zbekistonda bozor munosabatlariga о‘tish sharoitida fozil va barkamol inson shaxsini shakllantirish dolzarb vazifalardan biri bо‘lib qoldi. Mamlakatimizda ta’lim-tarbiya sohasida keng kо‘lamda amalga oshirilayotgan islohotlar о‘z oldiga ana shunday shaxsni tarbiyalab voyaga yetkazish va shakllantirishni maqsad qilib qо‘ygan.Demokratik qadriyatlar tizimida shaxs erkinligi alohida о‘rin tutadi. Erkinlik – insonning intellektual-ma’naviy kamolotga erishuvining zarur sharti. Erkinlik tufayli inson yaratuvchilik qobiliyatini namoyon etadi, shaxsiy mas’uliyat va insoniy burchni tо‘la his etadi. Shaxs erkinligi, avvalo ahloqiy, sо‘z, vijdon, matbuot erkinligida rо‘yobga chiqadi.Inson, shaxs tushunchalari bilan birga fuqaro, fuqarolik tushunchalari ham yonma-yon ishlatib kelinadi. “Fuqaro” sо‘zi “faqir” sо‘zidan olingan bо‘lib, hozirgi davrda uning ma’nosi о‘zgarib ketgan.Fuqarolik tushunchasi antik Yunoniston va Rimda mavjud bо‘lsa-da, asosan о‘rta asrlar oxirida feodalizm inqirozga uchrab, jamiyatdagi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy hayot demokratiya va bozor munosabatlari zaminiga о‘ta boshlaganida, hozirgi shakl va mazmunda paydo bо‘la boshlagan. Ilk bor fransuzchada “situayyan”, inglizchada “sitizen” – “shaharli”, ruscha “gorojanin - grajdanin”, ya’ni qoloq qishloqdan, mustabid feodal munosabatlardan ozod inson, jamiyatning teng huquqli a’zosi, degan ma’noni bildirgan. Mustaqillik e’lon qilingandan sо‘ng, о‘zbek tilida о‘tmishdagi “grajdanlik” sо‘zi о‘rniga “fuqarolik” degan atama qabul qilindi.Fuqarolik – jamiyatning demokratik rivojlanishida insoniyat qо‘lga kiritgan ulkan yutuqlardan biri. U – shaxsning muayyan davlat qaramog‘ida bо‘lishi, shu davlatga, mamlakat ichida ham, uning tashqarisida ham mansub ekanligi, shu mansublikning huquqiy hujjatlar yordamida tasdiqlanganligini bildiradi. Shaxs fuqarolikka ega bо‘lgach, davlat uning hamma huquq va erkinliklarini e’tirof etadi, ularni amalga oshishini ta’minlash choralarini kо‘radi.О‘z navbatida fuqarolar davlat qonunlari va qoidalariga sо‘zsiz amal qiladilar, о‘zlari uchun belgilangan majburiyatlarni bajaradilar.Mustaqillik yillarida Prezidentimiz tomonidan “Kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati sari” g‘oyasi ilgari surildi. Demakki, bizning bosh maqsadimiz demokratik, fuqarolik jamiyatini qurish va barpo etishdir. Fuqarolik jamiyati-insonga uni iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayoti shakllarini erkin tanlashi kafolatlanadigan, qonun ustivorligi va inson huquqlari hamda erkinliklari qaror topadigan, kо‘p partiyaviylik, siyosiy institutlar, mafkura va fikrlarning xilma-xilligi ta’minlanadigan hamda о‘zini-о‘zi boshqarish organlarining mavqei baland bо‘lgan ijtimoiy tuzum.Mamlakatimizda bunday jamiyatni barpo etish barkamol inson shaxsini shakllantirishni talab etadi, chunki fuqarolik jamiyati asoslarini barpo etishni inson omilisiz tasavvur etib bо‘lmaydi. Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek, hozirgi sharoitda inson omili va mezoni barcha islohotlarimizning bosh yо‘nalishi va samaradorligining pirovard natijasini belgilab beradi. “Fuqarolik jamiyati asoslarini barpo etishning eng muhim tarkibiy qismi ma’naviyat va ma’rifat sohasida, shaxsni muntazam kamol toptirish borasida uzluksiz ish olib borishdan iborat”. Download 147.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling