K I R I S H
“Bugungi zamon talabi,
ertangikelajagimizning tashvishlari
bizdan xalq ta`limi tiziminiisloh qilish
zarurligini taqozo etmoqda”
I.A. KARIMOV
Tadqiqotning dolzarbligi. Istiqlol barcha sohalarda bo’lgani kabi xalq
ta’lim sohasida ham buyuk burulishlar qildi. Endilikda milliy pedagogikamiz jadal
sur’atlarda taraqqiy etayotir. Ota-bobolarimiz azal-azaldan
bola tarbiyasiga alohida
e’tibor qaratganlar. Al-Buhoriy, At-Termiziy, Beruniy, Az-Zamaxshariy, Navoiy,
Bobur, Ogohiy, Abdulla Avloniy singari ulug’ olimi adiblar, fozilu fuzolalar
ta’lim-tarbiya borasida ko’p asarlar bitganlar. Ular ta’limdagi milliy
xususiyatlarga
diqqat e’tiborni qaratilgan. Mustaqillik yillariga qadar ularning pand-o’gitlari etarli
darajada o’rganilmadi. Tarixdan ma’lumki, bir vaqtlar Sharq pedagogikasi
nihoyatda gullab-yashnagan. Olmon olimi Xerler “Sharq Yevropaning muallifidir’’
deganda ana shu rivojlanish davrlarini ko’zda tutgandir ehtimol.
Mamlakatimizda demokratik huquqiy davlat va
fuqarolik jamiyatini barpo
qilishda barkamol avlod tarbiyasi katta ahamiyat kasb etadi. Kelajagimiz
poydevori bo`lgan yoshlarni tarbiyalashda sog`lom ijtimoiy muhitni yaratish,
ta`lim-tarbiya tizimini tubdan isloh qilish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni
tiklash va e`zozlash muhimdir.
1
Prezidentimiz aytganidek, faqatgina ma`rifatli
odam inson qadrini, millat qadriyatlarini, bir so`z bilan
aytganda, o`zlarini anglash,
erkin va ozod jamiyatda yashash, mustaqil davlatimizning
jahon hamjamiyatimida
o`ziga munosib, obro`li o`rin egallashi uchun fidoyilik bilan kurashish mumkin.
Pedagogika jamiyatning rivojlanish qonun-qoidalariga tayangan holda
taraqqiy etadi. Bugungi kunda esa ana shu jarayon avj pallasiga kirdi. Xususan,
huquqiy davlat barpo etish yo’lida amalga oshirayotgan ishlar, milliy ong kun
sayin yuksalayotganidan dalolat beradi. Inson ongi taraqqiy etmas ekan, ijtimoiy
hayot jabhalarida hech bir o’zgarish sezilmaydi. Zotan “Faqatgina chinakam
1
Do'stlaringiz bilan baham: