Uzluksiz ta’lim tizimida ommaviy sport harakatining tashkiliy va boshqaruv asoslari


Download 52.45 Kb.
bet3/8
Sana17.02.2023
Hajmi52.45 Kb.
#1207131
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Чори курс иши СМО лотин (1)

Tadqiqot metodlari: ilmiy, o’quv va uslubiy ma’lumotlar, internet manbalar, huquqiy-me’yoriy xujjatlarni tahlil qilish va umumlashtirish.
Ishning tuzilishi. Kurs ishi kirish qismi, 5 bo’lim, xulosa va foydalangan adabiyotlar ro’yxatidan iborat. Kurs ishi hajmi 25 sahifadan iborat.
Ishning metodologik asosini quyidagi qonun hujjatlari tashkil etdi: “Yuqumli bo’lmagan kasalliklar profilaktikasi, sog’lom turmush tarzini qo’llab-quvvatlash va aholining jismoniy faolligi darajasini oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori, “O’zbekistonda sog’lom turmush tarzini keng targ’ib qilish va aholini jismoniy tarbiya va ommaviy sportga jalb etish to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, “2019 - 2023 yillar davrida O’zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash to’g’risida” O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, “O’zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni yanada takomillashtirish va ommalashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni, 5. “Sog’lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida” O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni, “Aholining sog’lom turmush tarzini qo’llab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida” gi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori.
1. Uzluksiz ta’lim tizimi haqida tushuncha

Uzluksiz ta’lim - o’zaro mantiqiy izchillik asosida bog’langan hamda soddadan murakkabga qarab rivojlanib boruvchi va birbirini taqozo etuvchi bosqichlardan iborat yaxlit ta’lim tizimi.


O’zbekiston Respublikasida kadrlar tayyorlash tizimining asosi, ta’lim sohasida davlat siyosatining asosiy tamoyillaridan biri. 1997 yil 29 avgustda qabul qilingan «Ta’lim to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturida alohida tamoyil sifatida qayd etilgan. Uzluksiz ta’lim milliy modelning asosiy tarkibiy kismlaridan biri, O’zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlovchi, shaxs, jamiyat va davlatning iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy ehtiyojlarini qondiruvchi ustuvor sohadir. Uzluksiz ta’lim ijodkor, ijtimoiy faol, ma’naviy boy shaxs shakllanishi va yuqori malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi. Uzluksiz ta’lim tizimining faoliyat olib borishi davlat ta’lim standartlari asosida, turli darajalardagi ta’lim dasturlarining izchilligi asosida ta’minlanadi va maktabgacha ta’lim, umumiy o’rta ta’lim, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, oliy ta’lim, oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash, maktabdan tashqari ta’limni o’z ichiga oladi.
Uzluksiz ta’limning faoliyat ko’rsatish tamoyillari kuyidagilardan iborat: ta’limning ustuvorligi - uning rivojlanishining 1-darajali ahamiyatga ega ekanligi, bilim, ta’lim va yuksak intellektning nufuzi; ta’limning demokratlashuvi - ta’lim va tarbiya uslublarini tanlashda o’quv yurtlari mustaqilligining kengayishi, ta’limni boshqarishning davlatjamiyat tizimiga o’tilishi; ta’limning insonparvarlashuvi - inson krbiliyatlarining ochilishi va uning ta’limga bo’lgan turlituman ehtiyojlarining qondirilishi, milliy va umumbashariy qadriyatlar ustuvorligining ta’minlanishi, inson, jamiyat va atrofmuhit o’zaro munosabatlarining uyg’unlashuvi; ta’limning ijtimoiylashuvi - ta’lim oluvchilarda estetik boy dunyoqarashni hosil qilish, ularda yuksak ma’naviyat, madaniyat va ijodiy fikrlashni shakllantirish; ta’limning milliy yo’naltirilganligi - ta’limning milliy tarix, xalq an’analari va urfodatlari bilan uzviy uyg’unligi, O’zbekiston xalklarining madaniyatini saklab qolish va boyitish, ta’limni milliy taraqqiyotning o’ta muhim omili sifatida e’tirof etish, boshqa xalklarning tarixi va madaniyatini hurmatlash; ta’lim va tarbiyaning uzviy boglikligi, bu jarayonning qar tomonlama kamol topgan insonni shakllantirishga yo’naltirilganligi; iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularga ta’limning eng yuqori darajasida, izchil ravishda fundamental va maxsus bilim olishlari uchun shart-sharoitlar yaratish.
Uzluksiz ta’lim ta’lim jarayonida samarali natijalarga erishish uchun asos bo’lib xizmat qiladi.

Download 52.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling