Uzoq bosilish sindromida jarrohlik amalioti. Uzoq muddatli siqilish sindromi


UMBSning klinik kechishida 3 davr farqlanadi


Download 1.15 Mb.
bet3/6
Sana07.02.2023
Hajmi1.15 Mb.
#1176127
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Presentation title

UMBSning klinik kechishida 3 davr farqlanadi:

  • I davr — erta yoki gemodinamik o‘zgarishlar davri (kasallikning 1—3 kuni).
  • II davr — oraliq (3—4 kundan 8—12 kungacha) o‘tkir buyrak yetishmovchiligi bilan xarakterlanadi.
  • III davr — kechki (9—12 kundan 1—2 oy oxirigacha) to‘qimalar shikastining mahalliy simptomiari bilan xarakterlanadi.

UMBS ning turli davrlaridagi klinikasi.

  • I davr. Jabrlanganlarning oyoq-qo'li bosilishdan ozod etilgandan so‘ng umumiy ahvoli yomonlashuvi bilan birga kuchli shish rivojlanadi. Bemorni holsizlik, tormozlanish, ko‘ngil aynishi, qusish bezovta qiladi. Bemorning rangi oqaradi, tanasi sovuq ter bilan qoplanadi, puls tezlashadi (100-120 ta). AQB og'ir hollarda 60-80 mm sim. ust. va undan ham past. Bu davrda UMBSning klinik ko‘rinishi shokning torpid fazasini eslatadi.
  • II davr. Oraliq davr. UMBSning 4-kuni o ‘tkir buyrak yetish­movchiligi simptomiari yuzaga chiqadi: past diurez, ko‘ngil aynishi, qusish, holsizlik, apatiya, belda og‘riq kuchayadi.
  • III davr. Kechki davr. Birinchi o'ringa mahalliy simptomlar chiqadi, Mushak to'qimasi o'lib, o'rniga biriktiruvchi to'qima o‘sadi, to‘qimalar atroflyasi, bo‘g‘imlarda harakat cheklanishi, kontrakturalar rivojlanadi.

UMBSning klinik kechishining og‘irligi bo‘yicha 4 klinik forma ajratiladi (M .I. Kuzin, 1954).

  • 1. Yengil: qo‘l yoki oyoqning segmentlaridan birining bosilishi 4 soatdan oshmagan.
  • 2. O‘rta: qo‘l yoki oyoqning butunligicha bosilishi 6 soat. Buyrak funksiyasi unchalik o‘zgarmagan.
  • 3. Og‘ir: qo‘l yoki oyoqning butunlay bosilishi 7—8 soat. Buyrak yetishmovchiligi va gemodinamik o‘zgarishlar simptomi yaqqol namoyon bo‘lgan.
  • 4. O'ta og‘ir: ikkala qo‘l va oyoqni 6 soat va undan ortiq vaqt mobaynida ezilishi. Bemorlar 2—3 sutkada o‘tkir buyrak yetishmovchiligidan halok bo‘ladilar.

Birinchi tibbiy yordam. Jabrlanganni bosilishdan bo‘shatishdan oldin sog‘ to‘qima chegarasidan yuqoriroq sohadan jgut qo‘yish. Bo‘shatib bo'lgandan keyin esa shu sog‘ to‘qimalarni bint bilan siqib bog'lash kerak. Bu shishni kamaytiradi va ezilgan to‘qimalardagi parchalanuv mahsulotlarini so'rilib ketishiga yordam beradi. Keyin jgutni yechish va giperkalimiya, to‘qimalarni gipoksiyaga sezuvchanligini kamaytirish maqsadida sovuq (muz, qor, suv) qo'llash kerak. Keyin qo‘l-oyoqlar immobilizatsiyasi, og'riq qoldiruvchilar, antibiotiklar qilish kerak.

  • Birinchi tibbiy yordam. Jabrlanganni bosilishdan bo‘shatishdan oldin sog‘ to‘qima chegarasidan yuqoriroq sohadan jgut qo‘yish. Bo‘shatib bo'lgandan keyin esa shu sog‘ to‘qimalarni bint bilan siqib bog'lash kerak. Bu shishni kamaytiradi va ezilgan to‘qimalardagi parchalanuv mahsulotlarini so'rilib ketishiga yordam beradi. Keyin jgutni yechish va giperkalimiya, to‘qimalarni gipoksiyaga sezuvchanligini kamaytirish maqsadida sovuq (muz, qor, suv) qo'llash kerak. Keyin qo‘l-oyoqlar immobilizatsiyasi, og'riq qoldiruvchilar, antibiotiklar qilish kerak.
  • Vrachgacha yordam. Birinchi tibbiy yordam hajmi kengaytiriladi. Agar qo‘l yoki oyoqlar siqib bog'lanmagan bo'isa bog'lanadi va sovutish choralari qo'llanadi, yurak-qon tomir va og'riqsizlantiruvchi vositalar qo'llanadi.Ishqorli eritmalar ichishga beriladi. Birinchi vrachlik yordamiga tezlikda ko'chiriladi.

Download 1.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling