Uzoq umr ko'ruvchilar psixologiyasi reja
Uzoq umr ko‘ruvchilar psixologiyasi
Download 77.47 Kb.
|
Uzoq umr ko\'ruvchilar psixologiyasi reja — копия
Uzoq umr ko‘ruvchilar psixologiyasi
Yirik jahon psixologlari S. Pako, G. Offre, L.Bine, U.Maynot, E.Medovir, A.Komfort, I.V.Davidovskiy, B.G.Ananev, I.V.Nogorniy, E.D. Aleksandrovna va boshqalar uzoq umr ko‘rish sirlarini ekologik omillar orqali tushintirishga harakat qiladilar. Aksariyat olimlarning orqali tushintirishga harakat qiladilar. Aksariyat olimlarning fikricha, ekologik omillar insonning yashash sharoitiga, kamol topishiga bevosita yoki bilvosita ta’sir qiladigan omillardir. Insonning ijtimoiy muhit sharoitlari ichiga kasb mehnati, turmish tarzi, madaniyati va manaviyati kabilar kiradi. Jahon fani to‘plagan ma’lumotlarga kshra ochiq havoda ortiqcha zo‘riqishsiz jismoniy mehnat bilan shug‘ullangan odamlarda harakatning tezligi, qad-qamotning tikligi, ma’naviy tetiklik, ruhiy faollik uzoqroq saqlanadi. Mana shu holat jismoniy tarbiya bilan doimiy shug‘ullanuvchi kishilarda ham bo‘ladi. “Umr uzaytirish muammolari” nomli (1952) kitobda dog‘istonliklarda uzoq umr ko‘rishning asosiy sabablari quydagilar ekanini ta’kidlagan: 1. Respublikaning tog‘li qismidagi iqlim sharoiti va jug‘rofiy omillar; 2. Sutkasiga 3-4 marta iste’mol qilinadigan go‘shtli, o‘simlik moyli va sutli oziq-ovqatar, chekish, ichish va ortiqcha jinsiy aloqaning taqiqlangani; 3. Avloddan-avlodga asrlar davomida o‘tib kelayotgan madaniy an’analar, o‘ziga xos turmish tarzi va an’analar, o‘ziga xos turmish tarzi va uning xususiyatlari; 4. Gigienaning barcha qonun va qoidalariga rioya qilishi va butun umr bo‘yi jismoniy mehnat bilan shug‘illanish; 5. Bir maromda ham passiv, ham aktiv hordiq chiqarish; 6. Aholi turmish darajasining moddiy – maishiy jihatdan yaqinlanishi va hakozalar. S.Pako va uning izdoshlari ta’kidlaganidek, keksayish jarayonida ayrim psixofiziologik va psixologik jarayonlarning barqarorlashuvi inson umrining uzayishiga, unda ijodiy faollik uzluksiz davom etishiga yordam beradi, aqliy mehnat bilan doimo shug‘ullanuvchi keksa odamlarda mantiqiy xotira saqlanadi. SHu bilan birga iqtidorli va aqlnipeshlash mashqlari bilan shug‘ullangan kishilarda ham intellektning yuksak darajasi saqlanib, boshqa bilish funksiyalarining faoliyati bir tekis xarakati vujudga keladi. Uzoq umr ko‘rishning, umr uzayishining muhim omillaridan yana bittasi kasb-korlik faoliyatiga bog‘liq psixik holatningbarqarorlashuvidir. Ana shu holatga insonning ko‘rish idrokida fazoni farqlash (fazoviy tasavvur) qobiliyati kiradi. Fransuz gerontologi va oftolmologi G.Offre “Gerontologiya asoslari” (1960)asarida ilmiy-amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan ma’lumotlar keltirgan. Uning fikricha, keksalikda presbioniya (grekcha, qarilikda ko‘rishning zaiflashuvi) hodisasi ro‘y berib, yaqinni ko‘rish yomonlashadi. G.Offrning fikricha, 10 yoshdan ko‘rish akkomadatsiyasining kuchi pasayishi, agarda (grekcha optik o‘lchov) teng bo‘lsa 40-45 yoshda -4, keyinchalik esa bir diattriyaga tushib ketishi mumkin. 50-60 yoshlarda akkomadatsiya o‘zining eng quyi darajasiga tushadi, biroq shundan keyingi yosh davrlarida barqororlashib boradi. Jahon psixologiyasi fani ma’lumotlariga qaraganda akkamadatsiyaning kuchi shunchalik kamayib boradiki, yaqinni faqat ko‘zoynak bilan ko‘zi uzoqni ko‘rishga o‘rgangan odamda akkomadatsiya yuksak darajada saqlanishi, ko‘z xiralashuvi juda sekin, gohobutunlay ro‘y bermasligi mumkin. Uzoq umr ko‘ruvchilar uchun yaxshi munosabat juda muhim rol o‘ynaydi. SHu bilan birga shirin muommala, samimiy muloqot, iolaviy totuvlik, asab sistemasini asrash, barqaror histuyg‘u, hamdardlik, psixik faollik, irodaviy tetiklik bo‘lishi zarur. Uzoq umr ko‘ruvchilar o‘zlarini kamroq bezovta qilishga, jismoniy kuch-quvvatni ayashga, ehtiyotkorlik bilan harakat qilishga odatlanadilar, ortiqcha axborotlarni qabul qilmaydilar. Agar uzoq umr ko‘ruvchilar er-xotin munosabatida oilaviy hayot kechirayotgan bo‘lishsa juda bir-biriga suyanib qoladilar. Tez-tez birgalikda kechirgan hodisalarini eslab turadilar va suyanadigan shaxsga muxtoj bo‘ladilar. I.V.Davidovskiyning fikricha, uzoq umr ko‘ruvchilar asosan ozg‘in, faol xarakatchan odamlar bo‘lib, havodan erkin nafas olishni juda yoqtiradilar, organizm faoliyatiga daxldor tinka quritar kasalliklardan holi bo‘ladilar. Uzoq muddatli xotira kuchsizlanadi. 90 yoshda nutqning ichki bog‘lanishi buziladi. Xotiraning obrazli, hissiy turlari nutqning tuzilishiga bo‘ysunmay qoladi. Albatta bu fiziologik o‘zgarishlar uzoq umr ko‘ruvchilarda fe’l-atvorida ham psixologik o‘zgarishlar sabab bo‘ladi. Hozirgi paytda iqtisodiy-ijtimoiy qiyinchiliklar, jamiyatda bo‘lgan mafkuraviy o‘zgarishlar ham atrofimizdagi keksa insonlarga hozirgi hayot tarzi bilan ko‘nikishda anchagina ta’sir ko‘rsatmoqda. Yoshlar tomonidan katta yoshliklarga ko‘proq diqqat, e’tibor va mehribonlik ko‘rsatish zarur. Download 77.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling