Uzoqov ilhom shoniyozivich XIX asr oxiridan mustaqillik yillarigacha o


Aholi ro’yhatlari va statistik materiallarda arablar


Download 0.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana08.05.2020
Hajmi0.77 Mb.
#104194
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
xix asr oxiridan mustaqillik yillarigacha ozbekistonda arablar hayoti tarixi manbashunosligi


1.2. Aholi ro’yhatlari va statistik materiallarda arablar 

O’rta Osiyo, shuningdek, O'zbekiston arablari haqidagi ma’lumotlar qisman 

Rossiya  imperiyasi,  asosan  esa  sovet  davrida  o’tkazilgan  aholini  ro’yhatga  olish 

natijalari va statistik hujjatlarda o’z aksini topgan. Binobarin, Rossiyadagi 1917 yil 

                                                           

16

Doniyorov X. O'zbek  xalqining shajara va shevalari. - T.: Fan, 1968. - 36-37- betlar. 



17

 Rajabov.R. O’zbekistondagi arablar tarixi va etnografiyasi-T.Sharq.2012-172.b. 



16 

 

Oktyabr  to’ntarishidan  ko’p  o’tmay  Turkiston  o’lkasida  o’tkazilgan  birinchi 



aholini  ro’yhatga  olish  jarayonida  aniqlangan  rasmiy  ma’lumotlarning  e’lon 

qilinishi  natijasida  o’lka  aholisining  miqdori  va  etnik  tarkibi  haqida  muayyan 

tasavvurlar hosil qilish imkoniyati paydo bo’ladi. 

Xususan,  elshunos  olim  I.I.  Zarubin  o’tkazilgan  mazkur  aholi  ro’yhatiga 

asoslanib,  Buxoro  va  Samarqand  viloyatlaridagi  arablar  haqida  quyidagilarni 

yozadi: “Samarqand viloyatida ko’proq, shuningdek, Buxoroning ba’zi qismlarida 

nisbatan  kamroq  saqlanib  qolgan  arablarni  til  bo’yicha  turkiylar  guruhiga 

qo’shishga  to'g'ri  keladi.  Binobarin,  o'zbeklar  orasida  yashab,  ular  o’z  tillarini 

unutganlar  va  uni  o'zbek  tiliga  almashtirganlar  (Buxoro  arablari  ayrim  joylarda 

tojik tilini qo’llaydilar, ba’zi mavzelarda esa hali o’z tilini saqlagan). 

O’z  ona  tilini  unutgan  bo’lishiga  qaramay  Samarqanddagi  arablar,  aytish 

joizki, milliy o’zligini, qabilaviy bo’linishini va ba’zi bir  maishiy xususiyatlarini 

saqlab qolgan”. 

 

XX  asrning  20-yillari  boshlarida  sovet  hukumati  tomonidan  mahalliy 



xalqlarni, ularning etnik tarkibini o’rganishga jiddiy kirishildi. Xususan, Turkiston 

aholisining etnografik xaritasini tuzish maqsadida 1921 yilning bahorida Turkiston 

ASSR  Xalq  Komissarlari  Soveta  huzurida  “Turkistonning  tubjoy  aholisining 

turmush  tarzini  tekshirish  bo’yicha  ilmiy  komissiya”  tuzilib,  komissiya  oldiga 

mahalliy xalqlarning, elatlarning milliy tarkibini, pirovard natijada, boshqarish va 

idora  qilish  asoslarini  mustahkamlashga  xizmat  qiladigan  negizlarini  aniqlash 

vazifa qilib qo’yilgan edi. 

 

V.N.  Kun  boshchiligida  tuzilgan  ushbu  ilmiy  komissiya  tarkibiga 



professor A.E. Shmidt, N.G. Mallitskiy, A.A. Divayev va M.S. Andriyevlar kiradi. 

(Komissiya  tarkibiga  mahalliy  aholi vakillari  kiritilmaganligi  ajablanarli hol  edi.) 

Ilmiy komissiya, eng avvalo, Turkiston etnografik xaritasini yaratish va qolaversa, 

yo’l-yo’lakay  Turkiston  tubjoy  aholisining  etnik  xususiyatlarini  tavsiflash 

maqsadida, etnografik dalillarni to’plashni ham ko’zda tutgan.  

 

Mamlakatda  og’ir  iqtisodiy  ahvol  tufayli  ilmiy  komissiyaning  keng 



ko’lamda  ish  olib  borishi  mumkin  bo’lmagan.  Shu  sababli,  dastlabki  tajriba 

17 

 

tariqasida, Sirdaryo va Samarqand viloyatlarida tekshiruvlar o’tkazish uchun ikkita 



ekspedisiya tashkil etish maqsadga muvofiq topilgan. 

Samarqand  etnografik  ekspeditsiya  guruhiga  M.S.  Andriyev  boshchilik 

qilgan

18

.  Uning  hamrohlari  Rossiya  FA  Sharqshunoslik  institutining  hodimlari  va 



talabalaridan N.A. Burov, Ye.M. Peshcherova, A.L. Troitskaya va E.A. Shmidtlar 

bo’lgan.  Samarqand  etnografik  ekspeditsiyasi  1921-yilning  25-iyulidan  ish 

boshlab, shu yilning 19 avgustida tadqiqotni nihoyasiga yetkazgan. 

Samarqanddagi  ishlar  yakun  topgandan  so’ng,  ekspeditsiya  a’zolari 

Kattaqo’rg’on uyezdiga o’tib, u yerda izlanishlar olib borganlar. Kattaqo’rg’ondagi 

ilmiy  kuzatuvlar  juda  qisqa  muddatda  tugallangan.  Ekspeditsiya  a’zolari  31 

avgustdayoq  Jizzax  uyezdida  ish  boshlaydilar.  Ammo  mablag’  tanqisligi  sababli 

ilmiy kuzatuvlarni to’xtatishga to'g'ri kelgan. 

M.S.  Andriyev,  Ye.M.  Peshchereva  va  E.A.  Shmidtlar  yana  bir  oz  vaqt 

Kattaqo’rg’onda qo’shimcha etnografik izlanishlar olib borganlar. 

Samarqand  ekspeditsiyasi  qisqa  muddatda  va  ko’p  qiyinchiliklar  bilan  amalga 

oshirilganligiga  qaramay,  yaxshi  natijalar  qo’lga  kiritilgan.  Ekspedisiya  davrida 

okrugning 50 ta volostida tekshiruvlar o’tkazilib, viloyatning etnografik xaritasini 

tuzish  uchun  yetarli  darajada  dalillar  to’plangan.  Xususan,  Samarqand, 

Kattaqo’rg’on  va  Jizzax  uyezdlarining  (Jizzax  uyezdining  yarmi)  joy  nomlariga 

ham qator aniqliklar kiritilgan

19

. M.S. Andreyevning ta’kidlashicha, mazkur ilmiy 



ekspeditsiyaga  qadar  mavjud  bo’lgan  xaritalarda  tubjoy  aholi  yashaydigan  joy 

nomlari buzib qayd etilgan. Komissiya a’zolari joy nomlarini qayta yozib olishda 

mahalliy  aholi  ularni  qanday  talaffuz  qilishiga  e’tiborni  qaratganlar  va  fonetik 

transkripsiyani amalga oshirganlar. Faqat bu bilan cheklanib qolmay, ular ana shu 

joy nomlarining mahalliy aholi yozib kelgan shaklini arab alifbosi nusxasida  ham 

yozib olganlar. Joy nomlarini kirill va arab alifbolarida yozish bilan bir vaqtda ular 

aholidan  eshitgan  u  yoki  bu  nomning  kelib  chiqishi,  qishloq  manzillari  haqidagi 

                                                           

18 

Андреев М.С. Некоторые результаты этнографической экспедиции в Самаркандскую область в 1921 году. 



- Т., 1921. - С. 11 

19

 Rajabov.R. O’zbekistondagi arablar tarixi va etnografiyasi-T.Sharq.2012-172.b. 



18 

 

afsona va  rivoyatlarga  ham  diqqat qilganlar, zarur hollarda  ularni  yozib  olganlar. 



Shu  bilan  birga,  yo’l-yo’lakay  xalqning  turmush  tarzi,  ba’zi  bir  urf-odatlari, 

etnomadaniy xususiyatlari ham tadqiqotchilar e’tiboridan chetda qolmagan. 

Ilmiy  ekspeditsiya  a’zolarining  hisobotlarida  e’tirof  etilishicha,  ular 

tekshirish  ishlari  olib  borgan  Samarqand  viloyati  pasttekisligi  bir-biridan  keskin 

farq  qiluvchi  ikki  qismga  bo’lingan.  Birinchi  qismga  Zarafshon  daryosi 

vodiysining  sun’iy  sug’orish  ishlari  keng  yo’lga  qo’yilgan,  aholisi  zich  bo’lgan, 

g’allachilik va boshqa ziroatkorlik madaniyati yuksak darajaga ko’tarilgan, bog’ va 

polizchilik  rivoj  topgan  hududlari,  ikkinchi  qismga  esa  suv  olib  chiqish  mumkin 

bo’lmagan  dasht  joylar  kiritilgan.  Tog’  etaklaridan  boshlanib,  uncha  keng 

bo’lmagan tasma shaklidagi Zarafshon vodiysiga - “viloyat”ga qo’shiluvchi yerlar 

katta maydonlarni ishg’ol qilgan. 

   Bu  joylarda  qishloqlar  siyrak,  arpa  va  bug’doy  ekilgan  dalalarda  yovvoyi 

o’tlar  ko’p  bo’lgan.  Ekin  maydonlari  o’rab  olinmagani  singari  dala  o’rtasidagi 

qishloqlardagi  uylar  ham  tartibsiz,  rejasiz  qurilgan.  Suv  taqchilligi  sababli 

paxsadan - loydan qilinadigan uylar past, uncha katta bo’lmagan xonalar va ayvon 

tarzida  solingan.  Quduq  bo’ylarida  onda-sonda  tol  yoki  qayrag’och  daraxti 

ko’ringan.  Quduqlarning  suvi  ham  sho’r  bo’lib,  ulardan  suv  ko’pincha  qovg’alar 

bilan  tortib  olingan.  Quduqlar  yonida  nov  -  oxurlari  bo’lgan,  undan  mollar 

sug’orilgan. Dashtda yashovchi kishilarning asosiy mehnati lalmikor dehqonchilik 

va chorvachilikdan iborat bo’lgan

20



Dashtdagi hayot “viloyat”da yashovchilarning turmush tarzidan keskin farq 



qilgan. Ushbu holatni nazarda tutish Zarafshon vohasining tarixiy kechmishini va 

aholisining o’zaro munosabatlarini to'g'ri anglashga yordam beradi. 

Xullas,  ekspeditsiya  ish  olib  borgan  hududda  Turkistonda  yashovchi  deyarli 

barcha  mahalliy  xalqlar    vakillarini  uchratish  mumkin  edi.  Unda  etnografik 

manzaraga  asosiy  tus  beradigan  tubjoy  aholi  o'zbeklardan  tashqari,  tog’lik  va 

                                                           

20

Андреев М.С. Некоторые результаты этнографической экспедиции в Самаркандскую область в 1921 году. 



- Т., 1921. – 119-120. 

 


19 

 

pasttekisliklarda yashaydigan tojiklar, o’zlarini o'zbeklardan alohida hisoblaydigan 



bir  qator  millat  va  elatlar,  shu  jumladan,  turkmanlar,  qoraqalpoqlar,  qozoqlar, 

qirg’izlar,  arablar,  eroniylar,  ko’p  urug’li  lo’lilar  va  mahalliy  yahudiylar  ham 

istiqomat qilishgan. Ekspeditsiya a’zolari hududda o’tkazgan kuzatuvlarini jamlar 

ekan,  o'zbeklar,  turkmanlar  va  lo’lilardan  so’ng  arablar  haqida  ma’lumotlar 

beradilar.  Ularning  mazmuni  quyidagicha:  Samarqand  viloyati  Kattaqo’rg’on 

uyezdining sharqiy qismida, temir yo’lning Nagornaya va Juma oralig’i atroflarida 

yashaydigan  aholining  etnik  tarkibi, ularning bu  yerda  uchraydigan  diniy  e’tiqodi 

bilan bog’liq o’ziga xos jihatlari e’tiborni tortgan. Kattaqo’rg’on uyezdida asosan 

ko’pchilikni  tashkil  etuvchi  o'zbeklar  bilan  bir  qatorda,  bu  yerda,  shubhasiz, 

qachonlardir  Movaronnahrga  Arabistondan  ko’chib  kelgan  arablarning  avlodlari 

yashaganlar. Ular butun boshli qishloqlarda istiqomat qilib, Kattaqo’rg’on uyezdi-

ning  turli  joylarida,  shuningdek,  unga  tutashib  ketgan  Samarqand  uyezdining 

g’arbiy  qismida  sochilib  yashaganlar.  Shu  bois,  ushbu  qishloqlarga  doir 

ma’lumotlarda uzviylik yetishmaydi. Hatto V.I. Masalskiyning anchagina mufassal 

yozilgan “Turkiston o’lkasi” asarida ham mintaqa arablari haqida faqat quyidagilar 

eslatiladi: “Qachonlardir Turkistonni fath etgan va unda islomni qurol kuchi bilan 

tarqatgan  arablar  mahalliy  o'zbek  aholisi  bilan  tamomila  aralashib  ketganlar.     

1897  -yilgi  ro’yhat  Sirdaryo  viloyatida  hammasi  bo’lib  624  arab  kishisini  qayd 

etgan  edi.  Biroq  haqiqatda  ularning  soni  shu  viloyatda,  ayniqsa,  Samarqand  vilo-

yatida  ancha  ko’pdir.  Darvoqe,  qishloqlar,  shaharlar,  mahallalarning  nomlari 

(Arabxona),  shuningdek,  qadimiy  dalillar,  yaqin  kechmishda,  ehtimol,  hozirgi 

paytda ham arablar yashaydigan manzillar mavjudligini ko’rsatadi”

21



Samarqand viloyatidagi arablar o’zlarining kelib chiqishi, etnogenezi haqida 



aniq xotiralarni saqlab qolganlar. Ular o’zlarining kimligi haqida berilgan savolga 

tamomila  ravshan  qilib,  arab  deb  javob  qaytarganlar.  Shuningdek,  tevarak-

atrofdagi qo’ni-qo’shni bo’lgan o'zbek, tojik, turkman va boshqa tub joy aholi o’z 

                                                           

21

Масальский В.И. Туркестанский край // Россия: Полное географическое описание отечества. Т. 19. - СПб.: 



Изд. АФ Девриена, 1913. - С. 413. 

 


20 

 

muhitidan  ajratib  ko’rsatganlar.  Ayni  vaqtda  Turkiston  arablari,  chamasi, 



allaqachon  o’z  ona  tilini  yo’qotgan  va  barchasi  o'zbekcha  gaplashganlar. 

Kattaqo’rg’on  uyezdidagi  keksa  arablarning  xotirlashicha,  shuningdek,                     

ota-bobolaridan eshitgan so’zlarni keltirishlaricha, kam deganda 100-150 yil avval 

arablar o’z tillarini unutganlar va o'zbekcha gaplashishga o’tganlar. 

Arablar o’z qo’shnilaridan til bilan birga kiyim-kechak, uy-joy va, umuman, 

turmush  tarzini  o’zlashtirganlar.  Biroq,  o’zlarining  asl  shamoyillarini  nisbatan 

yaxshi  saqlaganlar.  Odatda,  qisman  malakasi  bo’lgan  kishi  arabni  tashqi 

qiyofasiga qarab, darrov o'zbekdan farqlay olgan. 

Arablar  odatda  o'zbeklardan  ko’ra  qoramtirroq  bo’lganlar.  Ayniqsa,  ularning 

somiylarga  xos  kattagina,  pastki  qismi  go’shtdor,  o’rtasida  bukrisi  bo’lgan 

burunlari  alohida  ajralib  turgan.  Ulardagi  o’ziga  xoslik  timqora,  ba’zan  qora-

qo’yko’z,  ko’pincha,  bodomsimon,  o'zbeklarnikidan  katta  bo’lgan  ko’zlarida  aks 

etgan. 

Ular  hammadan  ko’proq,  arabiy  kelib  chiqishidan,  Hatto,  boshqa  mahalliy 



elatlar  soni  ko’proq  qo’shilgan  hollarda  ham  bu  haqda  maqtanib  so’zlashni 

yoqtirganlar.  Samarqand  tumani  arablari  uchun  tamomila  timqora,  ammo  bir  oz 

jingalakroq  soch-soqol  xosdir.  Bu,  ayniqsa,  keksa  arablarda  ko’zga  yaqqol 

tashlanib,  ularning  soqoli  qadimiy  yahudiylarnikiga  o’xshagan.  Odatda,  ularning 

lablari  birqadar  qalin,  pastki  labi  osilibroq  tushgan.  Yanoq  suyaklari  bo’rtib 

chiqmagan.  Afsuski,  antropometrik  o’lchovlar  amalga  oshirilmagan  (ekspeditsiya 

hisobotida  shunday  yozilgan)

22

.  Yuqorida  keltirilgan  antropologik  tavsifdagi 



shamoyil  uyezdning  ayrim  qismlari  arablariga  xos  bo’lib,  boshqa  joylarda  kam 

uchraydi.  Chamasi,  bu  hammadan  ko’proq  Kattaqo’rg’on  uyezdining  sharqiy 

qismida  -  Arabxona,  Bog’li,  Qo’yboqar  qishloqlarida  ko’zga  tashlanadi.  Shu 

uyezdning  g’arbiy  hududida,  masalan,  Kalqo’rg’on  va  Damariq  volostlarida 

turkiylar qonining sezilarli darajada aralashgani kuzatiladi. 

Bu  holat  arablarning  tevarak-atrofdagi  mahalliy  turkiy  aholi  bilan  aralashuv 

                                                           

22

Андреев М.С. Некоторые результаты этнографической экспедиции в Самаркандскую область в 1921 году. 



- Т., 1921. - С. 119-120. 

21 

 

jarayoni  jadal  borganligini  ko’rsatadi.  O’zlarining  kelib  chiqishlaridan, 



Payg’ambarning  qabiladoshlari  bo’ganliklaridan  g’ururlangan  arablar  (ayniqsa, 

xo’ja  va  sayyidlar)  o’z  qizlarini  boshqa  millat  kishilariga  uzatmaslikka  harakat 

qilganlar, erkaklari esa onda-sonda o'zbek qizlariga uylanishgan. 

Kattaqo’rg’on  uyezdining  sharqiy  qismidagi  arablar  o’z  qizlarini  boshqa  elat 

vakillariga turmushga berishdan saqlanganlar. Uyezdning g’arbiy qismida esa bu 

odat  xiyla  so’ngan,  ba’zi  joylarda  esa  deyarli  amal  qilinmagan.  Bunday  hollar 

ba’zan eski an’analarni mahkam ushlagan oqsoqollarning qarshiligiga olib kelgan. 

Samarqanddagi  arablar  o’zlarini  kelib  chiqish  jihatdan  bir  necha                         

qabilaga  -    iskandariy,  mirhaydariy,  boluiy  (bu  nomni  turli  kishilar  turlicha: 

boluiy,  boliuy,  boliiy,  va  hatto,  noodatiy  bir  shaklda,  bolibek  tarzida  aytadilar), 

baxshivoyi, bonsari va gurjilarga bo’lganlar. 

Ko’pgina arablar da o’zlarining O’rta Osiyoga kelish vaqti va sharoiti haqida 

har xil xotiralar saqlangan

23

. Arablarning ko’pchiligi o’zlarini Amir Temur davrida 



Arabistondan kelganmiz, boshqa bir qismi esa Movaronnahrga undan ancha oldin 

kelganmiz,  deb  xisoblar  ekan...

24

  Ko’rinib  turibdiki,  ekspeditsiya  a’zolari  to-



monidan  arablarning  ko’chib  kelishi,  assimilyatsiyalashuvi,  turmush  tarzi, 

e’tiqodlari va etnomadaniy xususiyatlari haqida qimmatli ma’lumotlar to’plangan. 

Ular  XX  asr  boshlarida  arablarning  ijtimoiy-geografik  joylashishi  haqida  ham 

zarur ma’lumotlar beradi. Lekin etnografik izlanishlar hali keng miqyosda amalga 

oshirilmaganligidan  ekspeditsiya  ayrim  viloyatlar  hududlarini  o’rganish  bilan 

cheklangan.  Moddiy  ta’minotning  yetarli  emasligi  esa  ilmiy  izlanishlarni 

chuqurroq o’tkazish imkonini bermagan. 

Ammo ko’p o’tmay  O’rta Osiyoni rayonlashtirish komissiyasi (1924 yilda) 

O’rta Osiyo Iqtisodiy Kengashining topshirig’iga binoan birinchi marta Zarafshon 

(Buxoro va Karmana), Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarining aholisini yalpi 

tekshiruvdan  o’tkazgan.  Natijada  ushbu  viloyatlardagi  arablar  haqida  ham 

ma’lumotlar  to’plangan.  Mazkur  ma’lumotlardan  ma’lum  bo’lishicha, 

                                                           

23

Винников И.Н. Арабы в СССР // Советская этнография. Т. IV. - М.-Л.: Изд. АН СССР, 1940. - С. 4. 



 

24

Андреев М.С. Некоторые результаты этнографической экспедиции в Самаркандскую область в 1921 году. 



- Т., 1921. - С.  130-132. 

22 

 

Qashqadaryo,  Surxondaryo  va  Buxoro  viloyatlarida  jami  44398  nafar  arablarga 



mansub kishi ro’yhatga olingan. 1924 yildagi Rayonlashtirish komissiyasi vakillari 

Qashqadaryo  okrugi  Koson  tumaniga  qarashli  17  qishloq,  jumladan,  454 

xo’jalikka va 2223 nafar fuqarodan iborat bo’lgan Po’lati manzili aholisi o’zlarini 

arablarga mansub deb bilishlarini qayd etishgan

25

 Shuningdek, 1924-1925 yillarda 



o’tkazilgan yalpi tekshiruv, jadvalda ko’rsatilganidan tashqari, Konimex tumanida 

685,  Buxoro  shahrida  75,  Kogon  shahrida  14,  Behbudiy  (Qarshi)  shahrida  136, 

Boysunda  6,  Sherobodda  132  nafar  arablarga  mansub  kishilar  yashashini 

aniqlagan  edi.  Shu  tariqa,  O’zbekiston  bo’yicha  jami  arablar  miqdori  45446 

nafar

26

, deb hisob qilingan. 



Bu keltirilgan raqamlar va joy nomlari ham arab nufusining mutloq sonini va 

ular  yashaydigan  barcha  mavzelarni  to’liq  qamraydi  yoki  ifoda  etadi,  deb 

bo’lmaydi.  Masalan,  Qashqadaryodagi  arablar  eng  gavjum  yashaydigan,  o’z  ona 

tilini ma’lum darajada saqlab qolgan Jeynov (Mirishkor) va u yerda yashaydigan 

arablar  soni  yalpi  tekshiruv  paytida  hisobga  olinmagan

27

.    O’rta  Osiyoni 



rayonlashtirish  komissiyasi  tomonidan  Buxoro  va  Xorazmda  o’tkazilgan  yalpi 

tekshirish  jarayonida  esa  urug’  va  qabilalarning  nomlariga,  ularning 

tarmoqlanishiga  e’tibor  qaratilgan.  Masalan,  Romitanda  arablarning  birendi 

qabilasiga mansub 1305 nafar kishi, jamali (Xayrobod va Romitan) urug’idan 1215 

kishi, shayboniy qabilasidan (ko’rsatilgan joylar va Hargushda) 2475 ta, Varganza 

(Vangoze)da  arab  xo’jalaridan  120  kishi  yashab  turganligi  aniqlangan.  Bundan 

tashqari,  hozirgi  Qiziltepa  tumanining  O’rtacho’l  qismida  yashaydigan  qorabayir 

urug’idan 2310, qo’yi sarhadlarda istiqomat qiladigan mushqoqi qabilasidan 1080, 



hoshim  shoxobchasidan  1925,  xojaki  tarmog’idan  1925  nafar  arab

28

  hisobga 



olinadi. 

Arabshunos olim I.N. Vinnikovning fikricha, 1924-1925 yillarda o’tkazilgan yalpi 

tekshiruv  ancha  mukammal  bo’lgan  va  uning  hisoblari  haqiqatga  yaqinroqdir. 

                                                           

25

Записки Коллегии востоковедов при Азиатском Музее АН СССР. Т. 5, - Л., 1930.-С. 534 



26

Записки Коллегии востоковедов при Азиатском Музее АН СССР. IV - Л., 1930.-С. 534. 

27

  Винников И.Н. Арабы в СССР // Советская этнография. Т. IV. - М.-Л.: Изд. АН СССР, 1940.-С. 7. 



28

 Rajabov.R. O’zbekistondagi arablar tarixi va etnografiyasi-T.Sharq.2012-179.b. 



23 

 

Garchand  tekshiruv  har  bir  shaxs  bilan  alohida  suxbat,  so’rov  asosida  o’tmagan 



bo’lsada,  qishloq  oqsoqollari  bilan  suhbatlar  o’tkazilgan.  Shuning  uchun           

I.N.  Vinnikov  O’rta  Osiyoni  Rayonlashtirish  komissiyasi  taqdim  etgan  va 

arablarning  umumiy  soniga  oid  bo’lgan  raqamlarni  “haqiqatga  yaqinroq”,  deb 

baholaydi.  Aslida  esa  uzoq  asrlar  davomida  shakllangan  va  tarixiy  vaziyat 

taqozosiga  muvofiq  ko’pgina  arablar  o’zlarini  milliy  mansubliklarini  oshkor 

qilmaslik  yo’lini  tutganlar,  millatini  o'zbek  yoki  tojik  deb  ko’rsatganlar.  Bu  hol 

1926  yilda  Butunittifoq  miqyosida  o’tkazilgan  aholi  ro’yhati  natijalarida 

yaqqolroq  namoyon  bo’ladi.  XX  asrning  yigirmanchi  va  undan  keyingi  yillariga 

taalluqli arablar soniga oid barcha hujjatlardagi nomuvofiqliklarni ushbu sabab bi-

lan izohlash mumkin.

 

Bu  o’rinda  I.N.  Vinnikovning,  hamma  ro’yhatlarda  ham,  baribir,  arablar 



soni ularning o’z tashabbusi bilan kamaytirib ko’rsatilgan, degan fikriga qo’shilsa 

bo’ladi. 

Demak,  yuqoridagilardan  ma’lum  bo’ladiki,  XX  asr  boshlarida  O’rta 

Osiyoda eng kamida 50000 kishidan oz bo’lmagan arablar yashagan. 

Shuning  uchun  1924  yildagi  Rayonlashtirish  komissiyasining  raqami 

(44398)  1926  yildagi  aholi  ro’yhatida  keltirilgan  raqamga  (27977)  nisbatan 

haqiqatga  yaqinroqdir.  Biroq  ular  ham  O’rta  Osiyo  respublikalarida  yashaydigan 

jami  arablar  sonini  aks  ettira  olmaydi.    Chunki  mazkur  ro’yhatlarda  Tojikiston, 

Turkmaniston,  Qozog’iston  va  Qirg’izistondagi  arablar  nazarda  tutilmagan. 

Bundan  tashqari,  sovet  hokimiyatining  o’rnatilishi  bilan  bog’lik  qatag’on  davrida 

ko’plab  arablar  o’zlarining  millatini  oshkora  aytishga  botina  olmaganlar. 

Ro’yhatga  olish  chog’ida  oqsoqol,  aminlar,  balki,  qishloq  vakillarining  o’zi  ham 

arab qishloqlarida yashovchi aholini o'zbekning arab urug’i hisoblab, “o'zbek” deb 

taqdim etgan bo’lishlari ham  mumkin. Bunda asosiy diqqat etnik kelib chiqishga 

emas, balki tilga qaratilgan bo’lishini nazardan soqit qilib bo’lmaydi. 

O’tkazilgan  aholi  ro’yhatining  qishloq  manzillari  mundarijasida  “arab” 

komponentli  joy  nomlari  o’rin  olgan.  Buxoro,  Zarafshon,  Samarqand,  Farg’ona, 

Andijon,  Surxondaryo,  Qashqadaryo,  Xorazm  okruglari  va  Konimexni  qo’shib 



24 

 

hisoblaganda, bunday etnotoponimlar 60 tani tashkil etgan. 



Sitnyakovskiy  ro’yhatida  esa birgina  Zarafshon  vodiysida bu  xildagi  joy  nomlari 

78 ta bo’lgan

29

. Biroq “arab” komponentli joylarning barchasida faqatgina arablar 



yashagan, deb bo’lmaydi. Chunki mintaqada nomi “arab” atamasi bilan bog’liq bir 

nechta aholi manzillarida arablarga mansub kishilar yashamasligi aniqlangan. 

Rossiya  imperiyasi  ham,  sovet  hukumati  ham  Turkiston  uchun  islom 

dinining  ahamiyati  katta  ekanligini  yaxshi  bilgan.  Shuning  uchun  ular 

Turkistonning  nufusli  ruxoniylari  qatori,  islom  dini  asoschilarining  avlodlari 

bo’lgan arablarni ham nishonga olgan. 

Sovet  hokimiyatining  milliy  siyosati  nafaqat  arablar,  balki  boshqa  millatlar 

taqdiriga  ham  ayanchli  ta’sir  etgan.  Xolbuki,  XIX  asr  mobaynida  O’rta  Osiyoga 

kelib  ketgan  rus  olimlari,  sayyohlari  mahalliy  hukumatda  arablarga  nisbatan 

tazyiqli  siyosat  kamligiga  guvoh  bo’lgan  edilar.  Bu  mahalliy  arablarning 

miqdoriga doir keltirilgan ma’lumotlarda ham o’z aksini topgan. Jumladan, 1820 

yilda  G.  Meyendorf  birgina  Buxoro  amirligida  50000  arab  yashashini  yozib 

qoldirgan  bo’lsa,  40  yildan  keyin  Buxoroga  kelgan  H  Vamberi  esa  bu  raqamni 

60000 deb qayd etgan. A. Grebenkin esa birgina Samarqand okrugida 10000 nafar 

arablarga mansub kishilar yashashini, ularning 2000 xo’jalikka ega ekanini yozgan. 

Bu  hisobga  O'zbekistonning  boshqa  hududlarida  hayot  kechirayotgan  arablar 

kirmagan,  albatta.  Bu  ma’lumotlar  1926  yilgi  aholi  ro’yhatida  keltirilgan 

O'zbekistonda  30  mingga  yetar-yetmas  arablar  yashaydi,  degan  mazmundagi 

ma’lumotlarga mutlaqo ziddir. 

Ayniqsa,  sovet  davrida  diniy  e’tiqodga  qarshi  qarashning  avj  oldirilishi 

arablarni  ba’zi  hududlarda  o’z  milliy  mansubligini  yashirishga  majbur  etgan. 

Bundan  tashqari,To’ron  (Turkiston)ga  dastlab  kelib  o’rnashgan  arablardan  keyin 

oradan 13 asrdan ortiq vaqt o’tdi. Ming yildan oshiq ushbu vaqt mobaynida tarixiy 

vatani  bilan  aloqalarini  unutgan  ko’pchilik  arablar  mahalliy  sharoitga,  aholiga 

assimilyatsiyalashib,  moslashib  o’zlarini  mahalliy  aholining  bir  qismi  deb 

                                                           

29

 O’sha asar-181.b 



25 

 

hisoblab,  yashash  joyiga  nisbat  bergan  holda  o’zlarini  turkistonlik  deb  atashlari 



tabiiy  edi.  “O'zbeklarning  arab  urug’i”  yoki  “turkiy  arablar”  degan  atamalar  ana 

shundan  kelib  chiqqan.  Darvoqe,  XX  asrning  20-30-  yillarida  sovet  hokimiyati 

siyosati natijasida xorijga bosh olib ketgan Turkiston muxojirlari orasida arablarga 

mansub kishilar ham bo’lib, ular o’zlarini turkistonlik deb atashgan. 

Arab  xalifaligining  yurishlari  mintaqamizni  istilo  etishga  qaratilgan 

bo’lsada,  arablar  bu  hududda  bir  tekis  o’rnashib,  joylashib  qolmaganlar.  Ammo 

tarixiy  manbalar  ko’rsatadiki,  keyingi  asrlarda  arab  qo’shinlari  yetib  bormagan, 

maxsus  harbiy  yurishlar  uyushtirilmagan  hududlarda ham  arablarga  mansub  aholi 

paydo  bo’lgan.  Bu  jarayonlar,  birinchidan,  arab  chorvadorlarining  qir-adirlarda 

ko’chib  yurishi,  ikkinchidan,  ularning  mahalliy  aholi  bilan  yaqinlashish  natijalari 

edi, albatta. 

Sovet  hokimiyatining  1924  yilda  o’tkazgan  milliy-hududiy  chegaralanish 

siyosati  Turkistonda  asrlar  davomida  qaror  topgan  yaxlitlikka  barham  berdi

30



Shuningdek,  1926  yilda  o’tkazilgan  aholi  ro’yhatida  nufus  sonini,  uning  qaysi 

xalqlardan  tarkib  topganini,  kishilarning  ona  tilini  bilish  darajasini,  yoshini, 

savodxonligini, kasb-korini va ko’chmas mulkini hisobga olish asosiy maqsad qilib 

qo’yilgan  bo’lsada,  biroq  ba’zi  masalalarda  bir  yoqlamalikka  yo’l  qo’yilgani 

ko’zga  tashlanadi.  Arablar  nufusi  bilan  bog’liq  yuqorida  ko’rib  chiqilgan  dalillar 

buning bir misolidir. 

Shu  o’rinda  mazkur  aholi  ro’yhatidan  ancha  yillar  oldin  arablarga  doir 

to’plangan  ma’lumotlar  mintaqa  arablari  miqdori  borasida  yanada  mufassalroq 

tasavvur  beradi.  Jumladan,  N.F.  Sitnyakovskiy  tomonidan  1900  yilda  tuzilgan 

Zarafshon  vohasining  aholi  yashash  manzillari    qishloq  nomlari  ro’yhati  bunga 

yaqqol misol bo’la oladi. Uning ro’yhatida Zarafshon vohasida jami 78 ta qishloq 

mavjudligi,  ulardan  Arab  deb  nomlanuvchi  qishloqlar  -  12  ta,  Arablar  -  4  ta, 

Arabon - 14 ta, Arabxona - 40 ta ekanligi ko’rsatilgan. Ulardan tashqari Arabtepa, 

                                                           

30

 Мадамиджанова 3. Арабы Южного Таджикистана (историко этнографические очерки). - Душанбе, 1995. - 



С. 6-7. 

26 

 

Qo’ldosharab, Mulkiarab, Chilon- guarab kabi joy nomlari ham tilga olingan



31

N.F. Sitnyakovskiy qishloqma-qishloq yurib aniqlagan bu joy nomlari 1926 



yilda  o’tkazilgan  aholi  ro’yhatidagi  qishloq  nomlari  orasida  qayd  etilmagan. 

Ayniqsa,  1926  yildagi  rasmiy  ro’yhatda  Zarafshon  okrugidagi  bevosita  “arab” 

so’zi  bilan  ataladigan  qishloqlar  soni  keskin  kamayib  ketganligi  juda  ajablanarli 

holdir.  40  ta  Arabxonadan  9  tasi,  14  ta  Arabondan  faqat  1  tasi,  12  ta  Arabdan 

boryo’g’i 1 tasi ro’yhatga olingan, xolos. 

Biroq 1926 yilgi aholi ro’yhatida N.F. Sitnyakovskiyda uchramaydigan Lani 

(Labi) arab, Arab qiyot, Arab olchin, Arabboy, Katta arab singari joy nomlari esa 

qayd  etilgan.  Masalan,  1926  -yilgi  aholi  ro’yhatida  Buxoro  viloyatida  Arabxona 

debataluvchi qishloqlar soni 7 ta, Arabon - 6 ta, Arab qishloq; - 2 ta, Arabla(r) - 2 

ta;  shuningdek,  Arabsho,  Qum  Arabxona,  Arabxona  ubat,  Arabxona  safkarda, 

Arabxona  bolo,  Arabxona  Amirobod,  Arabxona  uba,  Arabxona  quram(a),  Yangi 

Arabxona kabi qishloqlar mavjudligi qayd etilgan

32



Qashqadaryo hudududa Arabxona - Qarshi shahri, guzar. Arabxona- Qarshi 



tumani,  qishloq.  Arabxona  –  G’uzor  tumani,  qishloq.  Arabxona  -  Koson  tumani, 

qishloq.  Arabxona  -  Koson  shahri,  mahalla.  Arabxona  -  Shahrisabz  tumani, 

qishloq.  Arabxona  -  Shahrisabz  tumani,  qadimiy  qishloq.Arabxona  -  Shahrisabz 

tumani, aholi manzili. Arabxona - Shahrisabz tumani, paxta maydoni. Arabxona  - 

Kitob  shahri, guzar. Arabxona  -  Kitob  tumani, qishloq. Arab  qishloq  -  Yakkabog 

tumani,  qishloq.  Arab  qishloq-  G’uzor  tumani,  qishloq.  Arab  qishloq  -  Chiroqchi 

tumani, qishloq

33



Bu  yerda  diqqatga  sazovor  jihat,  keltirilgan  ushbu  aholi  manzillari                      

1924-  yilgacha  tuzilgan  ro’yxatlarda  mavjud  bo’lgan.Shuningdek,  T.  Nafasov 

Arabariq  nomli  joylardan  5  tasini,  Arabtepadan  3  tasini,  Arabsoydan  3  tasini 

aniqlagan.  Bundan  tashqari,  tadqiqotchi  Arabovul,  Arabkir  deb  ataluvchi  joylar 

ham  bo’lganini  qayd  etadi.1926  yilgi  aholi  ro’yhatida  Surxondaryo  viloyatida  2 

                                                           

31

 Rajabov.R. O’zbekistondagi arablar tarixi va etnografiyasi-T.Sharq.2012-188.b 



32

Зарубин  И.И.  Население  Самаркандской  области.  Его  численность,  этнографический  состав  и 

территориальное распределение. - Л.: Изд. АН СССР, 1926.-С. 7-10. 

33

Nafasov T. O'zbekiston toponimlarining izohli lug’ati. - T.: Fan, 1988. -48-bet. 



27 

 

nafargina Arab deb ataluvchi qishloq hisobga olingan



34

. Vaholanki, viloyatning bir 

necha  tumanlarida  yana  arab  va  “Arabqishloq”  deb  ataluvchi  aholi  manzillari 

bo’lgan


35

 

Shuni  alohida  ta’kidlash  kerakki,  Arabxona,  Arabon,  Arablar  kabi  nomlar 



bilan  ataluvchi  qishloqlarda  faqat  arab  millatiga  mansub  fuqaralar  yashaydi  deb 

tushunmaslik lozim. To'g'ri, bu qishloqlarda vaqtida arab nufusiga mansub kishilar 

ko’pchilikni tashkil etgan. Vaqt o’tishi bilan esa arablar o'zbeklashgan yoki qaytib 

ketgan,  ammo  qishloq  nomi  saqlanib  qolgan.  Masalan,  G’ijduvon  tumanidagi 

Davkent qishloq shurosiga qarashli Arabxona qishlog’ining aholisi 1926- yilda  77 

xo’jalikdan  iborat  bo’lgan.  Bu  xo’jaliklarda  300  kishi  (160  erkaklar,  140  xotin-

qizlar)  yashagan.  Aholi  ro’yhatiga  ko’ra,  ular  o’zlarini  o’zbeklar  deb  qayd 

ettirganlar

36

. Demak, birgina nomga qarab, bu qishloqda arablar, unisida o'zbeklar, 



boshqasida  boshqa  millatga  mansub  kishilar  yashaydi,  deb  xulosa  chiqarish 

mumkin  emas.  Chunki  O’zbekiston  hududida  shunday  qishloqlar  borki,  ularning 

nomi  “arab”  so’zi  bilan  umuman  aloqador  emas,  lekin  ularda  o’zlarini  arablarga 

mansub deb hisoblaydigan fuqaralar yashaydi. Aholi ro’yhatlariga ham o’zlarining 

haqiqiy milliy mansubligini yozdirganlar. Masalan, Buxoro viloyatidagi Shitmomo 

(Shahidmomo)  qishlog’ida  40  xo’jalik  ro’yhatga  olingan  va  bu  qishloqda 

yashovchi  jami  172  kishining  millati  arab  deb  ko’rsatilgan.  Rabot-                          

o'zbek qishlog’idan 25 xo’jalik, Asbob qishlog’idan 70 xo’jalik, Qo’rg’on-Romitan 

qishlog’idan 67 xo’jalik, Jugari qishlog’idan 121 xo’jalik, Pirirasta qishlog’idan 38 

xo’jalik  (Buxoro  viloyatidan)  1926  yildagi  aholi  ro’yhatiga  muvofiq  o’zlarining 

arab millatiga mansubliklarini qayd ettirganlar. Bular ro’yhatning bir qismi, holos. 

Yuqoridagi  misollardan  ma’lum  bo’ladiki,  arablarning  O’rta  Osiyoga  kirib 

kelishi  dastlab  bosqinchilik  harakteriga  ega  bo’lsada,  ammo  islom  dinidagi 

insonparvar  g’oyalarning  kishilarni  jipslashtirish  xususiyati  mahalliy  aholini 

arablarga  ijobiy  munosabat  bildirishga  undagan.  O’lkamiz  xalqlaridagi 

mehnatsevarlik,  inoq  yashashga  intilish,  bag’rikenglik  kabi  xususiyatlar  esa 

                                                           

34

  Rajabov.R. O’zbekistondagi arablar tarixi va etnografiyasi-T.Sharq.2012-193.b 



35

 O’sha asar-194 b. 

36

Nafasov T. O'zbekiston toponimlarining izohli lug’ati. - T.: Fan, 1988.-49-bet. 



28 

 

arablarni  mahalliy  aholining  tili,  madaniyati,  urf-odatlarini  o’rganishga, 



o’zlashtirishga,  pirovardida  ulardan  aksariyatining  o'zbeklashuviga  olib  kelgan. 

Keyingi  asrlarda  tashqi  dushmanlarga  qarshi  birgalikda  kurash  arablarning 

mahalliy  aholi  bilan  qon-qarindosh  bo’lib  ketishini  tezlashtirgan.  Lekin  bu  ayrim 

arablarning  o’z  milliy  xususiyatlarini,  xususan,  tili,  madaniyati  va  urf-odatlarini 

asrab qolishiga xalaqit bermagan. 

Shu  o’rinda,  I.N.  Vinnikov  1940  yilda  arablarga  atab  yozgan  maqolasida 

Rayonlashtirish  komissiyasi  arablar  soni  haqida  aniqlagan  raqam  (44398)  1926 

yildagi  aholi  ro’yhatida  berilgan  sondan  (27977)  ko’ra  haqiqatga  ancha  yaqin 

ekanligini  ta’kidlaganini

37

  keltirib  o’tish  mumkin.  Ammo  1926  yilgi  aholi 



ro’yhatining  ahamiyati  shundan  iboratki,  bu  ro’yhatda  ma’lumotlarning  aniqlik 

darajasi  yetishmasada,  undagi  ma’lumotlar  aholining  qaysi  millatga  mansubligi 

bilan  birga  ular  til  xususiyatlari,  jinsi,  toponimikasi  (qishloq  yoki  shaharda 

yashayotgani)  nuqtai  nazardan  ham  tasniflashtirilgan.Yuqorida  ta’kidlaganidek, 

1926  yilda  o’tkazilgan  aholi  ro’yhatida  qaysi  xalqda  mansublik  masalasi  ham 

qo’yilgan. Agar ushbu aholi ro’yhatida 189 millat, elat nomi qayd etilgan bo’lsa, 

1989  yildagi  ro’yhatda  ularning  soni  128  taga  tushib  qolgan

38

.  Yarim  asrdan 



ortiqroq vadt ichida 60 dan ortiq millat va elatning aholi ro’yhatidan tushib qolishi 

sovet hukumati o’tkazgan “milliy” siyosatning natijasi edi, albatta. 

Taqqoslash maqsadida, garchi ancha keyingi yillarga to'g'ri kelsada, mintaqa 

arablarining  nufusi  bo’yicha  ayrim  nashrlarda  joy  olgan  ma’lumotlarni  keltirib 

o’tishni lozim topdik. 1971 yil- da chop etilgan “O'zbek sovet ensiklopediyasi”dagi 

“Arablar”,  “O’rta  Osiyo  arablari”  kabi  maqolalarda  arablar  haqida  ma’lumotlar 

berilgan.  Ularda  O’rta  Osiyo  arablari  (1959  yil)  6400  kishi,  O'zbekistan  arablari 

5400 kishi deb ko’rsatilgan va arab tili ikkinchi til sifatida ayrim hududlar (Buxoro 

oblastining G’ijduvon rayonidagi Jugari, Vobkent rayonidagi Arabxona, Qorako’l 

rayonidagi  Moskva  kolxozi,  Qashqadaryo  oblast  Beshkent  rayonidagi  Jeynov 

                                                           

37

Винников И.Н. Арабы в СССР // Советская этнография. Т. IV. - М.-Л., 1940.-С. 9. 



38

 Rajabov.R. O’zbekistondagi arablar tarixi va etnografiyasi-T.Sharq.2012-206.b 

 


29 

 

qishlog’i)da  saqlanib  qolgani,  ammo  unda  yerlik  xalqlar  tilining  ta’siri  katta 



ekanligi qayd etilgan. 

Albatta, bu ma’lumotlar yuqorida ko’rib chiqilgan va tahlil qilingan tarixiy 

tafsilotlarga  to'g'ri  kelmaydi.  Binobarin,  bugungi  kunda  olib  borilgan  dala 

kuzatuvlari  jarayonlarida  qo’lga  kiritilgan  natijalar  ham  sovet  hukumatining 

O’zbekistonda  yashovchi  arablar  xaqidagi  ma’lumotlarida  aniqlik  yetishmasligini 

tasdiqlaydi.  Lekin  shuni  aytish  lozimki,  1926  yildagi  ro’yhatga  olish  jarayonida 

arablarning  ijtimoiy-geografik  joylashishi  ham  e’tiborga  olingan  bo’lib,  bu 

ma’lumotlar  ilgari  o’tkazilgan  hisob-kitoblar  chog’ida  nazardan  chetda  qolgan 

jihatlarni, arablarning etnomadaniy belgilarini qayd etgani bilan ham ahamiyatlidir. 

Aholi  eng  tarqoq  joylashgan  hududlar  O’rta  Zarafshon,  Surxondaryo  va 

Qashqadaryo  hisoblangan.  Masalan,  O’rta  Zarafshon  okrugida  1  chaqirimga 

o’rtacha  18,4  odam  to'g'ri  kelgan  bo’lsa,  Surxondaryo  vohasida  bu  xildagi 

joylashuv 11,4 kishini tashkil etgan. Qashqadaryo okrugida bir chaqirim hududda 

o’rtacha  13,1  kishi  yashagan.  Arablar  nisbatan  ko’proq  hayot  kechirib  kelgan 

Buxoro  okrugida  ham  aholi  zichligi  nisbatan  past,  ya’ni  bir  chaqirim  hududda 

o’rtacha 27,5 kishi istiqomat qilgan

39



Respublika  umumiy  aholisidan  65  mingtasi  yarim  ko’chmanchi  hayot 



kechirgan.  Bu  qishlovda  yashovchi  barcha  nufusning  2  foizga  yaqinini  tashkil 

etgan.  Respublika  qishloq  aholisining  asosiy  qismini  o'zbeklar  tashkil  etgan. 

Ulardan  keyin  tojiklar,  qozoqlar,  qirg’izlar  va  arablar  turgan.Ushbu  dalillardan 

ko’rinadiki,  arablar  o’tgan  asrning  boshlarida  mintaqa  aholisining  sezilarli  bir 

qismini tashkil etgan va bu o’sha davrdagi ro’yxatlarda  o’z aksini topgan. Biroq 

keyingi  yillarga  taalluqli  ro’yxat  va  ma’lumotlarda  arablarning  nufusi  xususuda 

farq  va  kamchiliklar  ko’zga  tashlana  boshlaydiki,  bu  bir  qator 

anglashilmovchiliklar  kelib  chiqishiga  sabab  bo’ladi.Masalan,1926  yilda 

o’tkazilgan  aholi  ro’yxati  to’plamida  arablar  haqida  quyidagilar  yozilgan: 

                                                           

39

Всесоюзная перепись населения 1926 года. T. XV. Узбекская ССР. Народность. Родной язык. Возраст. 



Грамотность. - М., 1928. - С. 18-19. 

30 

 

“Mahalliy aholidan keyingi o’rinda  IX asrda o’t va qilich bilan islomni joriy etgan 



arablarning avlodlari bo’lgan arablar turadi. 

O'zbekistonda  arablar  respublikaning  markaziy  va  janubiy  viloyatlarida 

ko’proq joylashgan bo’lib, ular asosan qishloqlarda boshqa elatlarga aralashmagan 

holda  alohida  ajralib  yashaganlar.  Arablar  qishloq  xo’jaligida  dehqonchilik  va 

chorvachilik bilan shug’ullanib, ayniqsa, arabi qo’ylarning qo’zilaridan olinadigan 

qorako’l terilari yetishtirishda alohida malaka va mavqega ega bo’lganlar. Bundan 

tashqari,  ular  yilqichilik  bilan  ham  shug’ullanganlar.  Umuman  olganda, 

respublikada  arab  xo’jaliklarining  nufusi  anchagina  bo’lib,  ular  ijtimoiy-iqtisodiy 

hayotda yetakchi o’rinlardan birida turgan. Buxoro okrugida o'zbek va tojiklardan 

keyin  arablar  turgan.  Yuqorida  ham  to’xtab  o’tilganidek  1924  yildagi 

Rayonlashtirish  komissiyasining  raqami  (44398)  undan  keyingi  1926  yildagi 

ro’yhatning raqamiga (27977) nisbatan haqiqatga yaqinroq bo’lib, aslida ular ham 

O’rta  Osiyo  respublikalarida  yashaydigan  jami  arablar  sonini  aks  ettira  olmaydi. 

Buning  sababi,  ularda  O’rta  Osiyoning  boshqa  respublikalarida  istiqomat  qilgan 

arablarning soni nazarda tutilgan. 

Buxoroda uzoq vaqt tadqiqotlar olib borgan OA. Suharevaning keltirishicha, 

Buxoro  shahrida  ikkita  Arabon  mahallasi  bo’lib,  ularda  asosan  arablar  yashagan. 

Shaharning  markaziy  qismida,  Arkdan  shimoli-sharq  tomondagi  hududda 

joylashgan birinchi Arabon mahallasida 110 ta uy bo’lib, uning 40 tasi arablarga 

taalluqli bo’lgan. Ularda 100 - 150 nafar odam yashagan deb hisoblash mumkin. 

Ikkinchi  Arabon  mahallasidagi  (Sallaxona  darvochasi  yonida)  120  ta  uydan 

aksariyati  arablarga  tegishli  edi.  Bu  mahallada  arab  aholisi  kam  deganda  200 

kishini  tashkil  etgan.  Demak,  Buxoroning  mazkur  ikki  mahallasida  yashovchi 

arablar  soni  300  dan  kam  emas  edi.  Bundan  tashqari,  Buxoroning  boshqa 

mahallalarida yashovchi aholi orasida ham arablardan bo’lgan kishilar bor edi

40



1926 yilgi aholi ro’yhatida yanglish ravishda arablar sifatida ko’rsatilgan aholi 

vakillari ham uchraydi. Buni, masalan, Qashqadaryo viloyatidagi Puluk degan joy 

                                                           

40

Сухарева О.А. Бухара XIX - начало XX века. - М.: Наука, 1966. - С. 149-150. 



31 

 

misolida  ko’rish  mumkin.  XX  asrning  20-yillari  boshlarida  Chandir  qishloq 



shurosiga  qarashli  bo’lgan  Puluk  degan  manzilning  asl  nomi  Pomuqdir.  Hozirda 

ham  bu  qishloq  shu  nomda  atalib  kelinadi.  Aholini  ro’yhatga  oluvchilar  aybi 

bilanmi  yoki  uni  nashrga  tayyorlaganlar  xatosimi,  Pomuq  Pulukka

41

  aylangan  va 



arablar  maskani  sifatida  ko’rsatilgan.  Ajablanarlisi  shundaki,  Puluk  qishlog’ida 

yashovchi  432  xo’jalikning  hammasi  arablar  deb  qayd  etilgan.  Holbuki,  Puluk 

nomli  qishloq  Chandir  hududida  yo’q,  Qolaversa,  bu  joyda  asosan  turkmanlarga 

mansub Pomuk aholisi istiqomat qiladi. 

O’rta  Osiyoni  Rayonlashtirish  komissiyasi  ma’lumotlari  va  1926  yildagi 

ro’yhat  mundarijasi  shuni  ko’rsatadiki,  O'zbekistonning  Farg’ona  va  Xorazm 

viloyatlarida ham “arab” komponentli joy nomlari mavjud bo’lgan. I.N. Vinnikov 

shu  xususda  quyidagilarni  yozadi:  “Arab,  Arabxona,  Arabon,  Arablar,  Arab 

qishloq,  Arabmozor  va  boshqa  qishloqlarda  bunday  nomlarning  saqlanib  qolishi 

arablarning  mintaqaga  dastlab  kelib  joylashuvi  haqidagi  masalaga  ba’zi  bir 

aniqliklar kiritadi. 

Arab  ko’chmanchilarining  navbatdagi  oqimi  Quyi  Qashqadaryoda,  Jeynov, 

Qamashi  va  Maymanoq  ariqlari  tegralarida  va  Po’lati  hududlari  bo’ylab  makon 

tutadilar. 

Arablarning O’rta Osiyoda joylashish xaritasiga ko’ra, O'zbekiston birinchi 

o’rinda turadi. Etnografik va etnotoponimik izlanishlar shuni ko’rsatadiki, “arab” 

so’zi bilan bog’liq joy nomlari, arablarning hayoti, e’tiqodi, og’zaki ijodi, turmush 

tarzi,  xullas,  etnografik  xususiyatlari  bilan  bog’liq  afsonalar,  rivoyatlar 

respublikamizdagi deyarli barcha viloyatlarda uchraydi. 

Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, Buxoro, Qashqadaryo va O’rta Zarafshon 

okruglarida joylashgan qishloqlarda arab urug’lari yetarlicha aniqlanmagan bo’lib, 

faqat  Buxorodagi  Jugari  qishlog’i  arablari  o’zlarini  sanoniy  yoki  sandoniy 

guruhiga  mansub  deb  hisoblashlari,  Qashqadaryodagi  Jeynov  arablari  esa 

shayboniy  (ko’pincha,  shaymoniy  deb  yuritadilar),  xoshim  va  quraysh  guruhidan 

                                                           

41

 Материалы Всесоюзной переписи населения 1926 г. в Узбекской ССР. Вып. I. Поселенные итоги. - 



Самарканд, 1927. - С. 85. 

32 

 

ekanliklarini  zikr  etadilar



42

.  Karmana  yaqinidagi  Qiziltom  qishlog’i  aholisi 

o’zlarini shayboniy va sanoniy, sanoniylarmiz, deyishgan. 

Buxoro  okrugi  G’ijduvon  tumanidagi  Jugari  qishlog’i  arablari  o’zlarining 

mintaqaga kelishi sabablari haqida  rivoyatlar naql qilishadi. Rivoyatga ko’ra, ular 

Afg’onistonning  Andxuy  viloyatidan    Eski  Buxoroga  musulmonlar  tomonidan 

e’zozu  ehtirom  etiladigan  tabarruk  avliyo  Baxouddin  mozorini  tavof  qilish 

maqsadida ziyoratchilar sifatida kelganlar. Baxouddinping qabri Buxoro shahridan 

uncha uzoqda emas. Ziyoratga kelgan arab oilalarining to’rt tasi bu joyda qolishga 

xohish  bildiradi.  Zamonlar  o’tishi  natijasida  bu  oilaviy  tarmoq  ko’payib,  hozirgi 

vaqtda 121 oilaga yetgan. Umuman, Jugari arablarining tan olib aytishlaricha, ular 

bu joyga boshqa arablardan ancha keyinroq kelganlar... 

Jugariliklar  Jeynov arablari kabi, qizlarini faqat arablarga, shunda ham eng 

yaqin  qarindoshlariga  berganlar.  Shu  bilan  birga,  o'zbek  va  tojik  qizlariga  ham 

uylanishga  rozilik  berilgan.  Bu  O'zbekistondagi  barcha  arablarga  xos  xususiyat 

edi


43

Jeynovda  mozorlariga  arabdan  bo’lak  kimsani  dafn  etishlariga  yo’l 



qo’yilmagan.  Qolaversa,  o’zga  elatlarning  qabristoni  arablar  yashaydigan 

qishloqdan kam deganda 13 chaqirimdan narida bo’lishi talab qilingan. 

Jeynov arablari o’zlarini ikki guruhga bo’ladilar: 1. Arabcha gapiruvchi sof 

arablar.  2.  Arabchani  bilmaydigan  Andxuy  arablari.  Bu  ikki  guruhning  birinchisi 

Arab,  ikkinchisi  Arab-Andxuy  degan  mahallalarda  yashagan

44

.  Birinchisida  200, 



ikkinchisida 290 oila bo’lgan. 

  N.N.Burikina  o’z  hisobotida  Behbudiy  (Qarshi)shahridan  Karmanaga,  undan 

Nurotaga  o’tganini  yozib  qoldirgan.  Ammo  u  faqat  Karmana  tumani  arablarini 

tadqiq etish bilan cheklanishga majbur bo’lgan. Uning ma’lumotlariga Qaraganda, 

bu tumandagi qishloqlarda arablar g’uj bo’lib emas, balki o’zbek va tojik aholilari 

                                                           

42

Церетели  Г.В.  К  характеристике  языка  среднеазиатских  арабов  //  Сб.  Труды  второй  сессии  асоциации 



арабистов. - М.-Л.: Из-во АН СССР, 1941. - С. 135. 

43

Saidov M. Ravshanov P. Jeynov tarixi. - T.: Abu Ali ibn Sino nomidagi tibbiyot nashriyoti, 1996. - 67-bet. 



44

Nafasov T. Janubiy O'zbekistan toponomiyasining etnolingvistik analizi. - T.: O’qituvchi, 1985. - 51-52-betlar. 



33 

 

orasida uncha ko’p bo’lmagan holda, sochilib yashaganlar



45

Qaraqalpog’istonlik  arablar  orasida  1989-1990  yillari  dala  kuzatuvlari 



o’tkazish  mobaynida  bu  yerda  ham  arablarga  mansub  aholiga  doir  muayyan 

dalillar  to’plashga  muvaffaq  bo’ldik.  Yiqqan  ma’lumotlarimizga  ko’ra,  Nukus, 

Xo’jayli,  Amudaryo  hududlarida  o’zining  milliy  kelib  chiqishini  arab,  deb 

hisoblovchi fuqarolar anchagina miqdorni tashkil etadi. Masalan, birgina Xo’jayli 

hududida o’zini arablar deb hisoblovchi 3 ta ko’cha va 1 ta mahalla kabi aholi turar 

joylari mavjud. O’rta hisobda ularning har birida 50-60 kishi yashaydi. 

Ushbu  raqamlarni  uchga  ko’paytirsak,  demak,  150  dan  ziyod  arablar  birgina 

Xo’jayli  hududida  yashagan  degan  xulosaga  kelamiz.  Afsuski,  1979  yilgi  aholi 

ro’yhatida  ushbu  hududdagi  arablarning  soni,  tili,  millati,  kelib  chiqishi  hisobga 

olinmagan. 

Sovet  tuzumi  sharoitida  O'zbekistondagi  turli  millat  va  elatlar  qatorida 

arablar haqida tarixiy va etnografik ma’lumotlar to’plangan yillariga qarab ba’zan 

nisbatan  haqiqatga  yaqinroq,  ba’zan  esa,  aksincha,  noto'g'ri  dalillarni  o’z  ichiga 

olganligi ko’zga tashlanadi.  Bu holat o’sha  davrdagi  mavjud  siyosiy  tuzum  bilan 

bog’liq bo’lib, Markazdan kelgan buyruq  va  rejalar asosida  aholi  ro’yhatlari olib 

borilganligi,  shu  bois  bu  kabi  ro’yhat  va  statistik  ma’lumotlarda  katta  farq  kelib 

chiqqanligi ayon bo’ladi. 

Aslida,  barcha  elatu  millatlarda  son  jihatdan  o’sish  kuzatilishiga  qaramay, 

kam  sonli  etnik  guruhlarning  miqdori  borgan  sari  aholi  ro’yhatlarida  kam  qilib 

ko’rsatilishi bu sovet davlatining “yagona sotsialistik millat” yaratish g’oyasining 

yaqqol  ifodasi  edi.  Afsuski,  bu  siyosat  o'zbekistonlik  arablarni  ham  chetlab 

o’tmadi. 

Statistik ma’lumotlarning ko’rsatishicha, bu davrda mamlakatimiz hududida 

arablarning  viloyatlar  bo’yicha  tarqalishi  aholi  soni,  “Arab”  etnotoponimi  bilan 

bog’liq qishloqlar miqdoriga ko’ra  eng ko’p Buxoro va Qashqadaryoga, keyingi 

                                                           

45

Бурыкина  Н.Н.,  Измайлова  М.  М.  Некоторые  данные  по  языку  арабов  кишлака  Джугары  Бухарского 



округа и кишлака Джейнау Кашкадарьинского округа Узбекской ССР // Зап. Коллегии востоковедов. Т. V. - 

Л., 1930. - С. 527

-549.

 

 



34 

 

o’rinda  esa  Samarqand,  Navoiy  va  Surxondaryoga,  undan  keyin  esa  Xorazmga 



to'g'ri  keladi.  Shu  jihatdan  olib  qaraganda  Qaraqalpog’iston,  Farg’ona  va 

Andijonda istiqomat qiluvchi arablar nisbatan kam miqdorni tashkil qilishadi. 

Demak, XIX asr o’rtalari - XX asrning 80-yillaridagi tadqiqot va manbalarda 

O’rta  Osiyo  arablari  haqidagi  ma’lumotlar  va  aholi  ro’yhatlarida  arablar  va  ular 

yashagan  manzilgohlar  haqidagi  statistik  dalillar  tahlil  mavzuga  doir  muayyan 

tasavvurlar  hosil  qilish  imkonini  beradi.  Xususan,  XIX  asr  ikkinchi  yarmidan 

boshlab  O’rta  Osiyoga  tashrif  buyurgan  yevropalik,  asosan,  rossiyalik  ko’plab 

sayyohlar, sharqshunos va geograf olimlar mintaqaning tubjoy aholisi qatorida shu 

yerda  yashab  qolgan  arablar  haqida  ham  ma’lumotlar  to’plaganlar.  Ular 

arablarning  soni,  manzilgohi,  urf-odatlariga  doir  qayd  etgan  ma’lumotlar  ayrim 

hollarda noaniq bo’lsada, umuman olganda, muayyan xulosalarga asos bo’ladi. 


Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling