Uzum Business qanday ishlaydi
Tovarlarni tayyorlash va omborga jo'natish
Download 116.13 Kb.
|
UZUM manuals Uzb (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6.1 Tovarlarni tekshirish va qadoqlash
6. Tovarlarni tayyorlash va omborga jo'natish
Muhim: Mahsulot kartalarini yaratganingizdan so'ng, moderatsiyani kutishingiz shart emas. Siz darhol hisob-fakturani yaratib, tovarlarni omborga yuborishingiz mumkin. Moderatsiya tovarlar omborga qabul qilinib, sotuvga chiqarilgandan keyin umumiy navbat tartibida amalga oshiriladi. Shu bilan birga, mahsulot kartalari ularni yaratish vaqtida avtomatik ravishda xatolarining mavjudligiga tekshiriladi. Tovarlarni omborga jo'natish uchun tayyorlashda qo'llanmaning ushbu bo'limiga e'tibor berish zarur. Mahsulotlarni qabul qilish sifati va tezligi ularning to'g'ri qadoqlanishi va tayyorlanishiga bog'liq. Agar bu yerda ko'rsatilgan qoidalarga rioya qilinmasa, ombor tovarlarni qabul qilishdan bosh tortishi mumkin va sotuvchi tovarni o'z kuchi olib chiqib ketishiga majbur bo'ladi. Tovarlarni tez sotuvga tayyorlash uchun siz bizning Tovarlarni tayyorlash markazimiz (CPT) xizmatlaridan foydalanishingiz mumkin. Ular tovar sifatini tekshirish, uni qadoqlash, SKU bo'yicha saralash, shtrix-kodlarni yopishtirish, hisob-fakturani yaratish va siz uchun mahsulotni omborga yetkazishlari mumkin. #6.1 Tovarlarni tekshirish va qadoqlashYetkazib berish paytida tovarning yetarli darajada yaxshi qadoqlanmaganligi sababli shikastlanishi uchun sotuvchi javobgar hisoblanadi. Ehtimol, mijoz buzilgan mahsulotni qabul qilib, salbiy sharh qoldirishi va kartangiz reytingini tushirishi mumkin. Xaridorlarga sifatli xizmat ko'rsatilishi va ulardan siz ijobiy sharhlar olishingiz uchun nafaqat mahsulotning o'zi, balki uning qadoqlash sifatini ham diqqat bilan nazorat qilishingiz kerak. Mumkin bo’lgan parametrlar: • Qadoqning o'lchami uch tomonning yig'indisi bo'yicha 190 sm dan oshmaydi (kenglik + chuqurlik + balandlik). • Yon tomonlaridan birining maksimal uzunligi 120 sm dan oshmaydi. • Tovarning ruxsat etilgan maksimal og'irligi - 15 kg. *Katta maishiy texnika bundan mustasno Mahsulot turiga qarab, qadoqlash uchun zip-lock paketlar, stretch plyonka, kraft paketlar, termo-qisqaruvchi plyonka, BMPP sumkalar, karton qutilar va boshqalar ishlatilishi mumkin. #Download 116.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling