Uzum yetishtirish texnologiyasi


Download 320.08 Kb.
bet13/14
Sana22.02.2023
Hajmi320.08 Kb.
#1220173
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Uzumdoshlar oilasi

Saperavi


oʻrtapishar, qadimiy gruzin vinobop uzum navi. Qora dengiz boʻyi ekologik-geografik navlar guruhiga kiradi. Gruziya (Kaxetiya), Ozarbayjon, Oʻzbekiston, Krim, Rossiya janubida tarqalgan. Tupi kuchli va oʻrtacha oʻsadi, bargi yirik, tuxumsimon yoki toʻgarak, 3—5 boʻlmali, orqasi tukli. Guli 2 jinsli. Uzum boshi 150 g atrofida, konussimon, gʻujumi gʻavol, oʻrtacha zich, toʻq yashil, qora mum-gʻubor bilan qoplangan. Pusti yupqa, eti suvli. Faol harorat yigʻindisi 3000° da 140—150 kunda (iyulda) yetiladi. Novdalari yaxshi pishadi. Hosildorligi 90—160 s/ga. Zamburugʻli kasalliklarga chidami oʻrtacha. Sovuqqa chidamli. Uzumidan desert, oʻrtacha shirin, ovqat ustida ichiladigan hamda shampan vinolari tayyorlanadi.

Soyaki


Zambilbosh — xalq seleksiyasida yaratilgan xoʻraki va vinobop uzum navi. Toshkent viloyati Parkent tumanida koʻp ekiladi. Tupi kuchli oʻsadi, bargi yirik, uch boʻlmali, bet tomoni yaltiroq, silliq. Guli ikki jinsli. Uzum boshi gʻavol, sershingil, ikki yoni boʻrtib chiqqan, 700—800 g (3—4 kg gacha boradi). Gʻujumi oʻrtacha, dumaloq, boʻyi 18—19 mm, quyoshga qaragan tomoni sargʻimtir, och yashil, poʻsti yupqa, eti suvli. Tarkibida 20— 22% qand, 6—7 g/l kislota bor. Hosili faol harorat yigʻindisi 3100° da 150 kunda, avgust oxiri — sentyabr oʻrtalarida toʻliq pishadi. Hosildorligi 150—160 s/ga. Eng yuqori hosildorligi 234 s/ga. Uzumi yangiligida isteʼmol qilinadi, oq musallaslar, shampan vinolari tayyorlanadi; uzum boshlarini osib, qish fasligacha sakdash mumkin.

Sugʻdiyona kishmishi


oʻrtapishar xoʻraki uzum navi. Bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutining Samarqand filialida Pobeda va Qora kishmish navlarini chatishtirib chiqarilgan (K.V.Smirnov, Yo.P.Perepelitsina). Sharqiy ekologik-geografik navlar guruhiga kiradi. Tupi kuchli oʻsadi. Bargi oʻrtacha, 5 boʻlmali, yuzasi biroz burmali, ostki qismi tuksiz. Guli ikki jinsli. Uzum boshi yirik, ogʻirligi 800—900 g, shingillari oʻrtacha gʻavol, gʻujumi yirik — 5 g gacha, mum gʻubor bilan qoplangan. Poʻsti yupqa, taʼmi shirin, xushxoʻr. Toʻliq pishganda qand moddasi 25—26% ga yetadi. Hosili avgust oxiri — sentyabr boshlarida toʻliq yetiladi. Oʻrtacha hosildorligi 180—200 s/ga, yangiligida isteʼmol qilinadi, mayiz solinadi (25—26,2% mayiz tushadi).
Xulosa.
Mamlakatimizda bog'dorchilikni rivojlantirish va eksport salohiyatini oshirishga ustuvor vazifa sifatida qaralmoqda. Ayniqsa, uzum yetishtirish, tokzorlarni ko'paytirish va ularga ishlov berish, sug'orishda yangi texnologiyalarni joriy etishga katta e'tibor qaratilyapti.
Bu boradagi ishlar o'z samarasini berayotgani sababli joylarda tokzorlar nafaqat kengaymoqda, balki uning hosildorligi ham yildan-yilga ortib boryapti. Ayni vaqtda yurtimizda fermer xo'jaliklari tomonidan 90 ming gektar maydonda uzum etishtirilayotgani, bu tarmoqda 900 ming aholi doimiy va mavsumiy ish bilan bandligi fikrimiz isbotidir.
E'tiborli jihati, so'nggi to'rt yilda 52 ming gektar yangi tokzorlar tashkil etilib, sohaga 210 milliard so'm subsidiyalar ajratilgani natijasida shu davr mobaynida meva-sabzavotlar eksportida uzumning ulushi 2 baravarga ko'paydi. Lekin yurtimizda bu sohada bundan-da katta imkoniyatlar borligini hisobga olsak, uzumchilik sohasiga tejamkor texnologiyalar, ayniqsa, tomchilatib sug'orish va boshqa ilg'or agrotexnologiyalarning joriy qilish orqali uzum etishtirishda yanada katta natijalarga erishsa bo'ladi. 
Uzum yetishtirish, uni sanoat usulida qayta ishlashni rivojlantirish hamda hududlarda enoturizmni yo'lga qo'yish chora-tadbirlari yuzasidan kuni kecha Prezidentimiz raisligida o'tkazilgan videoselektor yig'ilishida so'z yuritilib, uzumchilikni keng ko'lamda rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Albatta, mamlakatimizda uzumchilikni rivojlantirish, uzum mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash va eksport qilishga bu darajada katta e'tibor qaratilayotgani bejiz emas. Chunki uzumchilikning iqtisodiy samaradorligi ham, ijtimoiy ahamiyati ham katta. Masalan, 1 gektar xo'raki uzum yetishtirish uchun o'rtacha 100 million so'm xarajat qilib, 4 yildan keyin yiliga 250 million so'm sof foyda olish mumkin.
Yana bir quvonarli tomoni, 1 gektar g'alla maydonida 2 kishi ishlab, ko'pi bilan 20 million so'mlik mahsulot yetishtirilsa, uzumchilikda, ayniqsa, shpaler usulida 10 nafargacha aholini ish bilan ta'minlab, 300 million so'mlik mahsulot ishlab chiqarish hamda o'rtacha 25 ming dollarlik eksport qilish imkoni bor.
Yig'ilishda tog'oldi tumanlarida yirik uzumchilik plantatsiyalarini tashkil etish zarurligi, o'tgan yili Oltiariq tumanida g'alla maydonlari qisqartirilib, 2 ming gektar yerda yirik uzumzorlar barpo etilgani va ularda tumandagi 5 ming nafar aholi doimiy ish bilan ta'minlangani ta'kidlandi.
Forish, G'allaorol, Yangiobod, Chiroqchi, Payariq, Qo'shrabot tumanlarida yangi tokzorlar barpo etilgani qayd etilgan holda, shunday tajriba asosida Qoraqalpog'iston va viloyatlardagi 44 ta tumanda yangi eksportbop uzum plantatsiyalari tashkil etish vazifasi qo'yildi.


Download 320.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling