Uzum yetishtirish texnologiyasi
Download 320.08 Kb.
|
Uzumdoshlar oilasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Goʻzal qora
- Kattaqoʻrgʻon
Oq kishmishoʻrtapishar, mayizbop uzum navi. Vatani — Markaziy Osiyo va Yaqin Sharq. Uning Kishmishi Safed, Bedona mayiz, Kishmish, Sultonina (Fransiya), Tompsson Sidlesse (AQSH) nomlari bor. Sharqiy ekologik-geografik navlar guruhiga kiradi. Tupi kuchli oʻsadi. Bargi oʻrtacha kattalikda, dumaloq, 3—5 boʻlakchali, guli ikki jinsli. Uzum boshi oʻrtacha kattalikda (boʻyi 17, eni 10 sm), shakli silindr-konussimon, shingillari zich. Gʻujumi urugʻsiz, yumaloq, rangi och sariq, yupqa, karsillaydi. Sentyabr boshlarida toʻliq pishadi. Tarkibida 25—26% qand, 4—4,5 g/l kislota bor. Oq kishmish navi qurgʻoqchilikka chidamli, sovuqqa chidamsiz. Kul, atrakioz, barg oʻrovchilardan zararlanadi. Hosildorligi 200—250 s/ga. Uzumi yangiligida yeyiladi, mayiz qilinadi. Oʻzbekistonning barcha viloyatlarida rayonlashtirilgan. Samarqand viloyatida koʻp ekiladi. Goʻzal qoraOʻrtapishar xoʻraki uzum navi. Butunittifoq oʻsimlikshunoslik ilmiy tekshirish institutining Oʻrta Osiyo tajriba stansiyasida M.S.Juravel, AM.Negrul, G.K.Muhamedovlar tomonidan yaratilgan. Tupi kuchli oʻsadi. Guli ikki jinsli. Uzum boshi oʻrtacha, yumaloq, 500—600 g keladi. Chingil va gʻujumlari oʻrtacha tigʻiz. Mevasi yirik, koʻkish-qora rangda. Gullash qadar kurtak yozgandan boshlab faol harorat yigʻindisi 2800°da 136 kunda — avgust oyi oxirlarida pishadi. Hosildorligi 220—240 s/ga. Kasalliklar bilan kam zararlanadi. Asosan yangiligida isteʼmol etiladi va mayiz solinadi. Oʻzbekistonning barcha viloyatlarida rayonlashtirilgan. KattaqoʻrgʻonKechpishar xoʻraki, mayizbop uzum navi. Sharqiy ekologik-geografik navlar guruhiga kiradi. Vatani — Oʻrta Osiyo. Tupi kuchli oʻsadi. Bargi oʻrtacha va yirik, 3—5 boʻlakchali, oz kertikli, bir oz qabariqli, ustki sirti toʻq yashil, yaltiroq, ostki sirtida tuklari yoʻq. Guli funksional urgʻochi. Uzum boshi yirik (boʻyi 12—26 sm, eni 14—25 sm), gʻujumi yirik, ovalsimon yoki tuxumsimon och yashil, etdor, sershira, poʻsti yupqa, urugʻi yirik. Hosili faol harorat yigʻindisi 3400—3800° da 150—160 kunda, sentyabrning 2-yarmida pishib yetiladi. Hosildorligi 70—80 s/ga. Kattaqoʻrgʻon funksional urgʻochi gulli boʻlganligi sababli unga Oq kishmish, Qora kishmish, Pushti Toifi, Saperavi, Sultoniy navlari eng yaxshi changlovchilar hisoblanadi. Sovuqqa va zamburugʻ kasalliklariga chidamsiz. Novdalarining 6—14-koʻzlaridan eng koʻp miqdorda hosilli novdalari shakllanadi va novdani uzun kesish talab qilinadi. Yangiligida yeyiladi, quritiladi, germiyon mayizi tayyorlanadi. Uzoq yerlarga tashishga yaroqli. Oʻzbekistonning janubiy viloyatlarida rayonlashtirilgan. Download 320.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling