Uzum yetishtirish texnologiyasi


Download 320.08 Kb.
bet12/14
Sana22.02.2023
Hajmi320.08 Kb.
#1220173
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Uzumdoshlar oilasi

Pobeda (Gʻalaba)


oʻrta kechpishar xoʻraki uzum navi. Butunittifoq oʻsimlikshunoslik institutining Oʻrta Osiyo tajriba stansiyasida Bolqon uzumi va Gamburg muskati navlarini chatishtirib chiqarilgan (M. Juravel, A. Negrulʼ; 1944). Tupi kuchli oʻsadi. Bargi yirik, koʻp kertikli, orqasi tukli. Guli ikki jinsli. Uzum boshi silindr-konussimon, boʻyi 25 sm, eni 16 sm, vazni 650—700 g, gʻujumi yirik, choʻziq, silindrsimon, rangi qora, poʻsti qalin, koʻk mumgʻubor bilan qoplangan, seret. Tarkibida 22—25% qand bor, hosildorligi 400 s/ga ga boradi. Avgust oxirlari — sentyabr boshlarida pishadi. Yangiligida yeyiladi, shuningdek, germiyon mayizi tayyorlanadi. Sovuqqa chidamsiz. Chuning uchun zang novdalarini koʻmish (oʻrash) tavsiya etiladi. Oʻzbekistonning hamma viloyatlari uchun rayonlashtirilgan.

Qora kishmish


Shivilgʻoni, Blek manuka — mahalliy ertapishar xoʻraki va mayizbop urugʻsiz uzum navi. Oʻzbekiston va Tojikistonda keng tarqalgan. Sharqiy ekologik-geografik navlar guruhiga kiradi. Tupi oʻrtacha oʻsadi. Bargi oʻrtacha, toʻgarak, oʻrtacha kertikli. Guli ikki jinsli. Uzum boshi oʻrtacha (boʻyi 18—25 sm, eni 11 — 13 sm), konussimon; shingillari gʻavol. Gʻujumi oʻrtacha tigʻiz, tuxumsimon, uchi toʻmtoq, poʻsti qora; yupqa, eti shirali, karsillaydi. Tarkibida 2 4 - 2 5 % qand bor, nordonligi 4,5 — 5,5%. Hosili 130-145 kunda, iyul oxiri— avgustning 2-yarmida toʻliq pishadi. Kul, antraknoz, oidium va serkosporozdan zararlanadi. Uzumidan sifatli mayiz tayyorlanadi (25—27% mayiz chiqadi). Oʻzbekistonning hamma viloyatlarida oʻstiriladi.

Risling (nem. Riyesling)


Reyn rislingi — vinobop oʻrtapishar uzum navi. Reyn daryosi vohasida xalq seleksiyasida yaratilgan qadimiy navlardan biri. Risling jahondagi tok ekiladigan barcha mamlakatlarda tarqalgan. Oʻrta Osiyoda, Moldaviya, Ukraina, Qozogʻiston va Ozarbayjonda ham ekiladi. Tupi oʻrtacha oʻsadi. Bargining diametri 14— 16 sm, yumaloq, besh boʻlmali, tusi toʻq yashil, arra tishli, ters tomoni siyrak tukli. Guli ikki jinsli. Hosili faol harorat yigʻindisi 2700—3000° boʻlganda 155—170 kunda, avgust oyi boshlarida pishadi. Uzum boshi silindr-konussimon, boʻyi 12—15 sm, eni 6—8 sm, vazni 100—130 g . Gʻujumi oʻrtacha, dumaloq, och yashil, eti sershira, tarkibida 17—19% qand, 8—9% kislota bor.
Hosildorligi 80—100 s/ga (Oʻzbekiston sharoitida eng yuqori hosildorlik 290 s/ga). Qurgʻoqchilik va sovuqqa bardoshi yuqori, kasallik va zararkunandalarga chidami past. Risling uzumidan, umuman, ovqat ustida ichiladigan yengil oq vinolar, mashhur Reyn va Model yengil vinolari, Oʻrta Osiyoda esa kuchli va desert vinolar tayyorlanadi.

Rizamat


oʻrtapishar mahalliy xoʻraki va mayizbop uzum navi. Shreder nomidagi Bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy tekshirish institutining Samarqand filialida Kattaqoʻrgʻon va Parkent uzum navlarini chatishtirib chiqarilgan (K. V. Smirnov, A. F. Gerasimova). Mashhur sohibkor Rizamat Musamuhamedov sharafiga uning nomi bilan atalgan. Tupi oʻrtacha oʻsadi. Barglari oʻrtacha, yumaloq, besh boʻlmali, sal kertikli, ters tomoni silliq. Guli ikki jinsli. Uzumi avgust sentyabrda pishadi. Uzum boshi yirik, tigʻizligi oʻrtacha, konussimon, vazni 300—550 g , gʻujumi yirik, silindr shaklida, yonbosh tomoni pushti. Poʻsti yupqa, eti zich, karsildoq, uzumi koʻrinishining bejirimligi va yaxshi taʼmi bilan ajralib turadi. Kurtagi boʻrtgandan keyin faol harorat yigʻindisi 3000° boʻlganda 150 kunda pishadi. Tarkibida 20—22% qand bor. Hosiddorligi 200—250 s/ga. Novdalari yaxshi pishadi. Sovuqqa chidamsizroq, ragʻa, kul kasalligiga bardoshi yuqori emas.

Download 320.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling