Uzunlik birligini
Download 105.06 Kb.
|
Maxsus tarix majmua yangi
Chaqirim (chaqirmoq so'zidan ) - uzunlik o'lchov birligi. Qadimdan O'rta Osiyo katta masofalarni o'lchash uchun qo'llanilib kelingan. Qiymati 1200 qadamga teng. Agar bir qadam o'rtacha 0,75 m ekanligini hisobga olinsa, unda 1 chaqirim = 1200x0,75=900m=0,4 km ga teng bo'ladi. Biroq 19-asrning oxiri va undan keyingi vafftlarda chop etilgan adabiyotlarda 1 chaqirim 1500 gazga, ya'ni 1500 olchinga teng ekanligi to'g'risida ham ma'lumotlar uchrab turadi. Bunda gaz va olchinlarning o'zaro tengligi, shuningdek, ularning 0,71 : 0,72 m ekanligi hisobga olinsa, unda 1 chaqirim
=1500(0,71-0,72)=l,065-l,08 km bo'ladi. Umuman Chor Rossiyasining 1894 yilda rus o'lchov birligiga o'tish to'g'risidagi ko'rsatmasi chiqqan davrgacha 1 chaqirim = 0,9 km,ko'rsatma chiqqandan keyin 1chaqirim =1,06-1,08 km ga teng bo'lgan. Hozirgi vaqtda esa 1 chaqirim deganda 1 km tushuniladi. ‖O'zbekiston xalqlari tarixi‖ kitobida VII-asrda shaharlar unchalik katta emas edi, masalan, Afrosiyob harobalari 3,5 chaqirim (1 chaqirim -1,6 km) atrofida bo'lgan deb yozilgan. Gaz -1) Uzunlik va masofalarni o'lchashdagi asosiy o'lchov birligi; arshinning o'zginasi O'rta Osiyoning, shu jumladan O'zbekistonning ba'zi joydarida zar deb ham yuritilgan. Qiymati 0,71 m deb qabul qilingan. Gaz uch xil uslda aniqlangan: 1-usulda o‘zatilgan qo'lning barmoqlar uchidan yelkagacha bo'lgan masofa (70-75 sm) (birinchisi); kukrakning o'rtasigacha bo'lgan masofa, (80-90 sm) (ikkinchisi); to ikkinchi yelkagacha bo'lgan masofa (105-110 sm) (uchinchisi), 2- usulda gazning o'lchami 1 barmoq = 6 arpa doni, 1 arpa doni-6 ishchi otning yoliga tengligi orqali aniqlanadi. Respublikamiz hududida 1 gaz = 24 barmoq bo'lgan; arag bir barmoq 2,28 sm bo'lsa, 1 gaz taxminan 52,32 -54,72 sm bo'lgan. 3 -usul bo'yicha gazning o'lchami mushtum (tutam) orqali aniqlanadi. Bunda bir mushtum 4 barmoqqa tengligi, shuningdek, bosh barmoqning ko‘tarilgan holatdagi uzunligi 3 barmoqqa tengligidan yangi uzunlik o'lchov birligi -«mushtum ko'tarilgan bosh barmoq bilan» paydo bo'ladi va u miqdor jixatidan 7 barmoq qiymatiga teng hisoblanadi. Shulardan: 1 gaz =6 mushtum +1 mushtum ko'tarilgan bosh barmoq bilan = 6,4 barmoq +7 barmoq =31 barmoq. Demak; bu usulda 1 gaz 31 barmoqqa teng ekan. Endi 1 barmoq o'rtacha 2,18 6- 2,28 sm ga tengligidan 1 gazning qiymati aniqlandi: 1 gaz = 31 barmoq = 31 x (2,18- 2,28) = 67,586-70,68 sm. Gaz qayerda va nima uchun qo'llanilishiga qarab uning qiymati har xil bo'ladi: l)Xorazmda gaz ikki xil o'lchovga ega bo'lgan; yer o'lchash uchun, mato o'ichash uchun, ya'ni 1 yer gazi = 49 barmoq, 1 mato gazi = 28 barmoq ; 1 barmoq Xorazmda 2,078 sm ekanligi hisobga olinsa, 1 yer gazi =101,822 sm;l mato gazi = 58,184 sm ekanligi kelib chiqadi. Agar 1 barmoqni 2,18 sm ga teng deb olinsa, unda 1 yer gazi = 49x 2,18 = 106,82 sm; 1 mato gazi = 28x2,18 = 61,04 sm ekanligi kelib chiqadi. Shunday qilib, Xorazmda yer o'lchash uchun qo'llaniladigan gaz 106-107 sm ga, mato o'lchash uchun qo'llaniladigan gaz 61 sm ga teng ekan; 2) Buxoroda ham ikki xil gaz o'lchami qo'llanilgan. Birinchisi -oddiy gaz 24 barmoqqa teng. Har bir barmoq (Xorazmdagidek) 2,078 sm qilib olingan. Shunda 1 gaz = 24 barmoq = 49,875 sm bo'lgan. Ikkinchisi - Buxoro qarisining uchdan biriga teng bo'lgan Buxoro shox gazi 106,82 sm ga teng. Yana gazning ikki shox gaziga teng bo'lgan qiymati ham bo'lgan va u xalq orasida katta gaz deb ham yuritilgan. Shunday qilib, 1 katta gaz = 2 shox gazi = 213,064 sm bo'lgan. Buxoroda 1740-yildan boshlab qiymati 36 barmoqqa teng bo'lgan gaz ham qo'llanilgan. Uning qiymati bir gaz = 36 barmoq =36x2,18 = 78,48 sm bo'lgan, 3) Samarqand, Toshkent va Farg'onada ham gazning ikki xil qiymati qo'llanilgan. Ulardan biri 40 barmoqqa, ikkinchisi esa 49 barmoqqa teng bo'lgan. 1 barmoq = 2,18 sm ekanligidan, birinchisi -1 gaz = 40 barmoq = 87,2 sm; ikkinchisi -1 gaz = 49 barmoq = 106,82 sm. Toshkent va Samarqandda ko'p roq bir barmoq = 2,28 sm bo'yicha aniqlangan, Xo'jandda bir barmoq 2,18 -2,28 sm bo'yicha aniqlangan 1 gaz = 67,58-70,68 sm ga teng bo'lgan. Yuqorida keltirilganlarga asoslanib shuni aytish mumkinki, gaz o'lchovining qiymati qo'llanish davri, joyi va nimani o'lchashga qarab har xil bo'lgan. Lekin shunga qaramasdan, bu o'lchov birligi amalda 1000 yillardan beri qo'llanilib kelingan hatto hozirgi kunda ham xalq orasida, ya'ni muomalada miqdori 0,71 m bo'lgan uzunlik o'lchovi birligi sifatida qo'llanilmoqda. 2) Azaldan xalqimiz orasida qo'llanilib kelingan uzunlik jihatidan 0,71 m ga teng bo'lgan arshin yoki olchin kabi uzunlik o'lchov vositasi; 3) Respublikamizning ba'zi joylarida gaz hajm o'lchashda ham qo'llanilgan. Masalan; gaz bilan moy hajmi o'lchangan. l gaz hajmi = 310 - 325 kub sm ga teng bo'lgan, bu esa 0,310 - 0,325 1 ga to'g'ri keladi. Xiva xonligining harbiy ahvoli haqida rus sayohatchisi Nikolay Muravyov mana bu ma'lumotlarni beradi: ‖Muhammad Rahimxon‖ saltanat kursiga o‘lturgunga qadar qabilalar orasida avjiga mingan o'zaro urush-talashlar va tashqaridan qilingan bosqinlar oqibatida xalq, (ayniqsa) badavlat kishilar o'zini bosqin va talon-talojlardan saqlash uchun uylarini mustahkamlab qal'aga aylantirganlar. Bu mustaxkamlangan (kichik) qal'alar, yoki qo'rg'onlar ko'pincha o'zlarining dala bog'lari o'rtasida qurilgan. Uning ichida turar joylar, hovuzlar, qo'rg'on sohibi va xizmatkorlarning uylari, tegirmon, qushxona, molxona, omborxona va boshqalar favquloldda yuz bergan hodisalar vaqtida 100-150 kishini saqlaydigan narsalar bor. Bu qal'alalar to'rt burchakli paxsadan bino qilingan, ba'zilarida devor tagida tosh qo'yilgan. Devorning past qismi to'rt arshin (Arshin-Rossiyada amalda bo'lgan uzunlik o'lchovi; 0,711 metrga teng bo'lgan) tepa qismi yarim arshin balandligi 3 sajen (sajen- 2,13 metrga barobar bo'lgan uzunlik o'lchovi) atrofida, devor tashqarisida, (har yer-har yerdaj paxsadan dumaloq suyanchiqlar qo'yilgan. Devorning tepa qismiga ko'ngiralar qilingan... Xonlikning yuqorida tilga olingan beshta shahari: Xiva, yangi Urganch, Shovot, Kot va Gurlan ham mustahkam paxsa devor bilan o'ralgan. Shu sababdan Xivaliklar qal'a deb ataydilar... Qal'alarda birorta ham zambarak yo'q; ularda askar ham yo'q shaharlarini aholisining o'zi himoya qilishi kerak bo'ladi. Xivaliklarda muntazam qo'shin yo'q. Urush chiqib qolgudek bo'lsa, qo'shin o'zbeklar va turkmanlardan tuziladi. Qo'shin asosan sipohiylar tabaqasidan. U xonning buyrug'i bilan belgilangan yerga to'planadi va asosan otliq askarlardan iborat bo'ladi. N. Muravyovning esdaliklarida o'zbeklarning fe'l atvori, tabiati va qiyofasi haqida ham e'tiborga loyiq ma'lum otlar keltirilgan. Unda xususan o‘qiymiz: ‖O'zbeklar umuman aqlli va yokimli, hazil mutoyibani yaxshi ko'radigan, biror ishga jazm qilgudek bo'lsa, qaroriga qat'iy to'g'ri so'z, yolg‘onni va egrilikni yomon ko'radigan, ruhi tetik, xushbichim va jismonan kuchli xalq ...Harbiy ishlarda xorib charchamaydiganlar, qo‘rqmas va jasur kishilardir ‖.1 Chorak (fors -tojik ) - 1) O'rta Osiyoda, shu jumladan respublikamizda uzunlik o'lchovi - gaz yoki olchinning 1/4 ini belgilash uchun ishlatiladigan o'lchov. Agar 1 gaz = 1 olchin = 52 : 107 sm bo'lsa ,u holda 1 chorak =1/4 oilchin-1/4 x 52-107) =13- 26,75 sm bo'ladi; 2) O'rta Osiyoda eng ko'p qo'llaniladigan og'irlik o'lchov birligi. U ba'zi joylarda 5 pudga, ba'zi joylarda 5 qadoqqa ya'ni 2,04756 kg ga teng bo'lgan . Umuman chorak ishlatilish joyiga qarab har xil qiymatlarga ega bo'lgan. Buxoro, Samarqand va Toshkentda 1 misol = 4,8 g bo'lsa , u holda 1 chorak = 856 misqol 856x 4,8 = 4,1088 kg bo'lgan va u katta chorak deb yuritilgan. Uning yarmi ya'ni 1 chorak = 428 misqol = 428 x 4,8 = 2,0544 kg bo‘lib u kichkina chorak deb yuritilgan. Shunday qilib Buxoro, Samarqand va Toshkentda 1 chorak, 2,0544 kg dan 4,1088 kg gacha qiymatga ega bo'lgan. Farg'onada masalan; 1830-yilga 1 chorak = 2 pud = 32,762 kg bo'lsa, 1841 -yilda 1 chorak = 4 pud = 65,522 kg bo'lgan. 19- asrning ikkinchi yarmidan oldin 1 chorak = 4,5 pud =73 712 kg, keyinroq esa 1 chorak = 5 pud = 81,902 kg bo'lgan. Bulardan tashqari chorakning shu 5 pudga yaqinroq qiymatlari ham bor, ya‘ni u 87,36 kg gacha bo‘lgan. Qadam -uzunllk o'lchov birligi; odamning uzunasi. Asosan ikki joy orasidad masofani o'lchash uchun qo'llaniladi. Adabiyotlar (13) da qadam= 15 qari ekanligi yozilgan. Agar 1 qarining 50 sm ligi hisobga olinsa, u holda 1 qadam o‘rtacha 75 sm gat eng bo‘ladi. Z.M. Bobur o‘z asarida qadam o‘lchov birligidan fodalanib Samarqand haqida:‖ Temurbek poytaxr qilib edi. Temurbekdan burun Temurbekdek ulug‘ podshoh Samarqandni poytaxt qilg‘on emastur, qo‘rg‘onni faslning ustidan buyurdumkim, qadam urdilar. O‘n ming olti yuz qadam chiqti‖ , deb yozgan.1 Shar - milga teng bo'lgan uzunlik birligi. Mil esa turli davrda turli qiymatlarga ega bo'lgan uzunlik o'lchovi. Lekin shar ko'p hollarda 3 km li milga teng bo'lgan. Boshqacha qilib aytganda, shar yog'ochning uchdan biriga yoki toshning yarmiga, ya'ni 1 shar 3 kmga teng bo'lgan. Download 105.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling