Uzunlik birligini
Tutam-uzunlik o'lchov birligi
Download 105.06 Kb.
|
Maxsus tarix majmua yangi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Barmoq
- Hajm olchov birliklari.
- Kapgir
Tutam-uzunlik o'lchov birligi.
U tayoq yoki arqonni siqib ushlaganda qo'l 4 ta barmoqning kengligiga teng ya'ni uzunlik jihatidan to'rt barmoqqa teng uzunlik. Tutam ba‘zan mushtum deb ham yuritiladi. l tutam = 4 barmoq = 8,72- 9,12 sm. 1 tutam o'rtacha 9 smga teng. Tutamning 8,333 sm li qiymati ham mavjud. B.Ahmedov kitobida: „Vali Muhammadxon (1601 yil) Balxga hukmdor etib tayinlangandan keyin balandligi taxminan 30 zira‘, aylanasi bir jarib bo'lgan bir oliy bino qurdiradi va uning (tevarak atrofini ) obod qildi „ deb yozilgan.1 Barmoq – uzunlik o'lchov birligi; O'rta barmoqning o'rta bo'glni eniga teng uzunlik. 1 barmoq 2,078 sm dan 2,28 sm gacha qiymatga teng. O'rta Osiyoda 18 asrda 1 barmoq 2,18/2,28 sm ga teng bo'lganligini hisobga olib, o'rtacha qiymati 2,28 sm bo'lishiga qaramay, uni yaxlitlab, 2,25 sm ga teng deb qabul qilish mumkin. Hajm o'lchov birliklari. Hajm o'lchov birliklari-mavjud hajm o'lchovlari va o'lchov birliklari. Qadim zamonda insonlar sochiluvchi narsalarning jumladan bug'doy va arpa donlarining vaznini tortmasdan, ularni biror hajmga ega bo'lgan vosita, ya'ni hajm o'lchovi bilan o'lchar edilar. Shunday yo'llar bilan donlarning miqdori o'lchanar edi. Suyuqlik hajmlari ega ma'lum sig'imga ega bo'lgan idishlar yordamida o'lchanadigan bo'ldi. Mana shunday yo'llar bilan bobolarimiz hajm o'lchash uchun bir qator hajm o'lchovlarini hamda hajm o'lchov birliklarini kashf etdilar. Hajm -o'lchov birliklarini metrli tizimga o'tkazishda hajm birligi XBTda metr kub (m3) SGS tizimida santimetr kub(sm3), ya'ni 1 m3=106 sm3 bo'lishiga qaramasdan, amalda ko‘proq hajm birligi-litr qo'llaniladi. Bunday qilinishiga sabab 4 °s da 1 kilogramm suvning egallagan hajmi 1 litrga yoki 1,000028 dm3 hajmga teng (Il=ldm3) bo'lganidandir. Kaylaja-hajm o'lchov birligi; Ishlatilish davri va joyiga qarab qiymati har xil bo'lishiga qaramasdan 10-asrdan Eronda, O'rta Osiyoning ba'zi joylarida va boshqa joylarida qo'llanilgan 1 Kaylaja 1,875 kg bug'doyga - yoki 2,5 1 ga teng bo'lgan. Sharqiy Eronda l Kaylaja 1523,4 g bug'doy yoki 21 ga , Ozorbayjonda 1 -Kaylaja 1,354 kg bug'doyga yoki 1,75 1 ga, Falastinda l Kaylaja 6,31 ga teng bo'lgan. Abu Ali Ibn Sinoning ma'lumotiga ko'ra l Kaylaja 1275g narsa sig'adigan o'lchov idish bo'lgan, agar shu narsani bug'doy desak, u holda 1 Kaylajaning hajmi taxminan 1,65-1,75 1 ga to'g'ri keladi. Kapgir (arabcha, forscha-arabcha )-osh taqsimlashda taxminiy hajm o'lchov birligi vazifasini bajaruvchi oshpazlik anjomi; shartli ravishda: 2 kapgir=l lagan osh. Piyola-hajm o'lchovi, narsalarning taxminiy hajmlarini o'lchash da qo'llaniladi. Asosan 100,150,200,250,300 va 400 sm 3 hajmli piyolalar bo'ladi. Xalq orasida bir piyola suv yoki yog' deganda, ko'pincha, 0,41 suv yoki yog' tushuniladi. Sarjin-hajm o'lchov birligi. Juda qadimdan paxsa devor va o'tinlarning hajmini o'lchashda qo'llanilib kelingan. O'lchami aslida boyi 4 qari, balandligi 2 qari, eni l qari deb qabul qilingan. Shunda 1 S = l qari x 2 qari x 4 qari=8 kub qariga teng bo'lgan. Agar 1 qarining 0,5 m ga teng ekanligi hisobga olinsa, unda 1 kub qari=(0,5 m) 3= 0,125 m3 ga teng, shunda sm bo'ladi. Demak, 1 sarjin eni 0,5m, bo'yi lm va uzunligi 2 m bo'lgan narsaning hajmiga, ya'ni 1 m3 (1 sarjin= 1 m3)ga teng ekan. Download 105.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling