V- mavzu. Korxona
Download 28.11 Kb.
|
5-MAVZU KORXONANING AYLANMA MABLAG’LARI
V- MAVZU. KORXONANING AYLANMA MABLAG’LARI 5.1. Aylanma fondlar va aylanma mablag’lar: tarkibi va tuzilishi Sanoat sohasida turli mahsulotlarni tayyorlash jarayonida moddiy va moliyaviy mablag‘larga bо‘lgan extiyojlar doimo oshib boradi. Sanoat korxonalarida asosiy fondlar bilan bir vaqtda mexnat buyumlari xam harakatda bо‘ladi. Shu sababli ularni aylanma fondlar deb aytiladi. Aylanma fondlar — ishlab chiqarish jarayonida bir marta qatnashib, о‘z qiymatini tayyor maxsulotga о‘tkazib, о‘z shaklini xam о‘zgartiradigan, butunlay yukotib yuboradigan mehnat buyumlaridir. Aylanma fondlarga ishlab chiqarish jamg‘armalari va ishlab chiqarishdagi mablag‘lar, tugullanmagan ishlab chiqarish va kelgusi davr xarajatlari kiradi. Ishlab chiqarish jamg‘armalari aylanma fondlarning asosiy kismini tashkil etadi. Ular korxonalarga keltirilgan, lekin ishlab chiqarish jarayonida hali foydalanilmagan mexnat bumlari, xususan, xomashyo, yarim tayyor mahsulotlar, yoqilg‘i, asosiy va yordamchi materiallar, energiya, ta’mirlash uchun extiyot kismlar, xо‘jalik jihozlari va tez yemiriluvchi buyumlardan iborat. Aylanma fondlarning yana bir qismini tugallanmagan ishlab chiqarish tashkil etadi. Ular ishlab chiqarish jarayoniga allakachon tushgan, lekin ishlov berish tugamagan mexnat buyumlaridir. Bularga korxona о‘zi yaratgan, lekin chala tayyor maxsulotlar va tugallanmagan ishlab chiqarishlar kiradi. Aylanma fondlarning yana bir qismi kelgusi davr xarajatlari xisoblanadi. Ularga yangi turdagi maxsulotlarni loyixalash, tayyorlash va о‘zlashtirish, mutaxassislarni о‘qitish va qayta tayyorlash, xonalarni ijaraga olish, tog‘-sanoat korxonalariga taalluqli xarajatlardan iboratdir. Bu xarajatlarning hammasi tayyor mahsulotning tannarxiga kiritish evaziga koplanadi. Aylanma fondlarning tarkibi turli tarmoqlarda turlicha bо‘ladi. Masalan, umuman, sanoat buyicha ishlab chiqarish jamg‘armasi 64% ga yakin bо‘lsa, elektroenergetika va issiklik energiyasi ishlab chiqarish sohasida 56% ni, mashinasozlikda 54%, kumir sanoatida 33% ni tashkil etadi. Aylanma fondlarning tarkibi fakat tarmoklarda emas, korxonalarda xam bir-biridan farq kilishi mumkin. Bu ishlab chiqarishning texnikaviy darajasiga, joriy etilayotgan texnologiyaning usuliga, yо‘liga, korxonani ixtisoslashish darajasiga, ishlab chiqarish jarayonining davomiyligiga, ishlatiladigan materiallarning tarkibiga bog‘liq. Aylanma fondlarning tarkibini iqtisodiy taxlil etish va ularning tarkibiga ta’sir etuvchi omillarni aniklash xamda ularning ta’sir kuchi natijalarini topish, tarmoklar va korxona tarakkiyotini belgilashga katta yordam beradi. Aylanma fondlarning tarkibini aniklash, ulardan foydalanishni yaxshilash yо‘llarini belgilash uchun moddiy balanslar tuziladi. Bu balanslar xar bir tarmok ikkinchi tarmokka qanday buyumlar yetkazib berishini tavsiflaydi. Sanoat korxonaga ishlab chiqarishni amalga oshirish uchun asosiy vositalar bilan birga aylanma mablag’lar ham kerak bo’ladi. Aylanma mablag’lar asosan korxonaning hisob raqamida pul ko’rinishida jamg’ariladi. Tovar, xom-ashyo, materiallar, yoqilg’i, yem-xashak, mineral o’g’itlar va boshqa mablag’lar negizida ishlab chiqariladi. Aylanma mablag’larni mehnat buyumlari deb ham ataladi. Asosiy kapitalning bir marta aylanishiga aylanma kapitalning bir necha aylanishi to’g’ri keladi. Aylanma kapital yetishmasa asosiy kapitaldan foydalanish yomonlashadi. Shu sababdan aylanma kapital muammolarini o’rganish korxona faoliyatida muhim rol oynaydi. Download 28.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling