V- mavzu. Korxonaning aylanma mablag’lari


Aylanma mablag’lar ishlab chiqarishning aylanma fondlarini va


Download 185.26 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana01.04.2023
Hajmi185.26 Kb.
#1315743
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
5-MAVZU

Aylanma mablag’lar ishlab chiqarishning aylanma fondlarini va 
muomila fondlarini tashkil qilishga qaratilgan pul mablag’laridan iborat. Har 
bir korxonaning aylanma mablag’lari asosiy fondlarning texnik holati va mahsulot 
yoki xizmat ko’rsatish dasturi bilan bog’liq. Korxona qanchalik katta va ishlab 
chiqarayotgan mahsulotlari turi ko’p bo’lsa, aylanma mablag’larga talabchanligi 
ham shunchalik yuqori bo’ladi. Ishlab chiqarish fondlari o’z qiymatini tayyor 
mahsulotga o’tkazishiga qarab ikki qismga ajratiladi: 
Aylanma kapital tarkibiga mehnat predmetlari, kam qiymatli va tez 
eskiradigan mehnat qurollari kiradi. Masalan: granulalar, butlovchi 
qismlar,asboblar, xom-ashyo va b. Aylanma ishlab chiqarish fondlarining qiymati 
birdaniga tayyor mahsulot tannarxiga kiritiladi. 
Muomala fondlari tarkibiga tovar sotish va sotib olish sohasida xizmat 
qiluvchi fondlar, tayyor mahsulotlar va pul mablag’lari kiradi. 
Aylanma mablag’lar va muomala fondlari kapitalning doiraviy aylanishiga 
xizmat qiladi, avanslangan kapital pul shaklidan tovar shakliga tovar shaklidan 
unumli kapitalga, so’ngra tovar va yana pul kapitali shakliga o’tadi.
P-T < ... I...CH – T takrorlanadi 
Aylanma ishlab chiqarish fondlarini va muomala fondlarini tashkil qilish
ulardan foydalanish uchun avanslangan kapitalni aylanma mablag’lar deyiladi. 
Aylanma mablag’lar ikki qismga bo’linadi:
A) aylanma ishlab chiqarish fondlari;
B) muomala fondlari. 
Aylanma ishlab chiqarish fondlari – korxona ishlab chiqarish fondlarining bir 
qismi bo’lib, bir ishlab chiqarish davrida sarflanadi va moddiy-ashyoviy shaklini 
o’zgartirib, o’z qiymatini to’lig’icha tayyor mahsulot tannarxiga o’tkazadi.
Aylanma ishlab chiqarish fondlari tarkibiga quyidagilar kiradi:
 aylanma ishlab chiqarish zahiralari;(butlovchi qismlar, xom-ashyo)
 aylanma ishlab chiqarish vositalari;(ayrimdetallar, turlivositalar g’amlash)
tugallanmagan 
ishlab 
chiqarish;(konveyerdagijihozlar, 
tugallanmagan 
binolar)
 ishlab chiqarishning kelgusi davri uchun qilingan xarajatlar. 
 Muomala fondlari tarkibiga quyidagilar kiradi:
 muomala uchun zarur bo’lgan o’lchov asboblari;
 tayyor mahsulotlar;
 barcha turdagi pul mablag’lari;
 debitor qarzlar. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalar yetarli miqdorda aylanma ega 
bo’lishi muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bilan birga, ishlab chiqarilayotgan 
mahsulot birligiga sarflanayotgan xom-ashyo va materiallar, yoqilg’i va energetik 


resurslar miqdori mahsulot sifatiga salbiy ta‘sir ko’rsatmagan holda qanchalik kam 
bo’lsa, mahsulot shunchalik arzonlashadi hamda aylanma mablag’lar kamroq 
sarflanib, 
ulardan 
foydalanish 
samaradorligi 
yuqori 
bo’ladi. 
Aylanma 
mablag’larning tarkibi korxonaning ixtisoslashuviga, ishlab chiqarishning 

Download 185.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling