V- mavzu. Korxonaning aylanma mablag’lari


 Aylanma mablag’larni meyorlashtirish. Aylanishini tezlashtirish


Download 185.26 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/6
Sana01.04.2023
Hajmi185.26 Kb.
#1315743
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
5-MAVZU

5.4. Aylanma mablag’larni meyorlashtirish. Aylanishini tezlashtirish 
Sanoat korxonalari faoliyatining asosiy va aylanma fondlar hamda aylanma 
mablaglar bilan uzviy bog‘liqligi aloxida axamiyat kasb etadi. Muomaladagi ishlab 
chiqarish fondlarining yig‘indisi aylanma mablag‘larni ifodalaydi. Aylanma 
mablag‘lar 2 ta fondni о‘z ichiga oladi: 
 aylanma fondlar; 
 muomala fondlari. 
Aylanma fondlar, о‘z navbatida ishlab chiqarish jamg‘armasi, tugallanmagan 
ishlab chiqarish, kelgusi davr xarajatlari va omborlardagi tayyor mahsulotlardan 
iborat bо‘ladi. 


Muomala fondlariga jо‘natishga yuklangan mahsulotlar va davlat bankidagi 
pul mablag‘lari kiritiladi. 
Aylanma kapital doimo doiraviy aylanishda bo’ladi, uch bosqichda aylanib 
o’zining shaklini o’zgartirib turadi. 
Birinchi bosqich
P-T ... 
Ikkinchi bosqich T .... I .... T .... 
Uchinchi bosqich T-P .... 
Aylanma 
mablag’larning ta‘minotidagi uzilish kapitalning doiraviy 
aylanishiga salbiy ta‘sir qiladi, ishlab chiqarish to’xtaydi yoki ritm buziladi. 
Aylanma kapitalning aylanishini quyidagi ko’rsatkichlar ifodalaydi: 
1. Aylanma kapitalning aylanish soni (Ka). Bu quyidagi formula bilan aniqlanadi:
Ka = Sm / Am 
Bunda Sm – sotilgan mahsulot qiymati, so’m: 
Am – aylanma mablag’larning o’rtacha qoldig’i, so’m. 
Ka =2000:500 =4 marta aylangan bir yilda. 
2. Aylanma kapitalning bir aylanishiga ketgan vaqt, kun hisobida. Bu ko’rsatkich 
quyidagi formula bilan aniqlanadi: 
K=T:Ka = 360:4=90 kun 
3. Aylanma mablag’lardan foydalanish samaradorligi mahsulotning materiallarga 
bo’lgan talab koefitsienti bilan aniqlanadi. 
Ms=M:Sm; 
bunda, Ms–material sig’imi;
M–sarflangan aylanma mablag’lar, so’m. 
Sm–sotilgan mahsulot qiymati, so’m: Misol, Ms=300:1000=0,30 yoki 30%. 
4. Aylanma mablag’lardan foydalanish samaradorligi (Ams). Bu ko’rsatkich 
yuqoridagining teskarisi: Ams=Sm : M =1000 : 300 =3,3 
Korxonaning aylanma mablag‘lari kengaytirilgan takror ishlab chikarish 
jarayonida muxim rol о‘ynaydi. Chunki ular ishlab chikarish jarayonining 
uzluksizligiga sharoit yaratib boradilar. Aylanma mablag‘lari kamayib ketgan 
korxona (firma)lar bankrotlikka yuz tutadilar. 
Tashkil etilish usuliga qarab aylanma mablaglar normallashtiriladigan va 
normallashtirilmaydigan mablag‘larga bо‘linadi. 
Normallashtiriladigan aylanma mablag‘lar korxonaning uzluksiz ishlashini 
ta’minlash uchun kerak bо‘lgan mablag‘larning minimal mikdoridir. 
Aylanma mablag‘larning aylanish davri 3 qismdan iborat bо‘ladi: 
1. Mablag‘larning ishlab chikarishdagi jamg‘arma shakli; 
2. Ishlab chikarish jarayonidagi shakli; 
3. Tayyor mahsulot yoki xisob-kitob schyotidagi shakli. 
Normallashtirishning asosiy vazifasi ishlab chikarish jamg‘armalarini, 
tugullanmagan ishlab chiqarish xajmini, tayyor mahsulot qoldig‘ini aniklashdan 
iborat. 
Normalarga binoan ishlab chikarish jamg‘armalari rejalashtiriladi. Ularning 
mikdori korxonalarda kamroq, lekin ishlab chikarish jarayoniga yetarli bulishi 
kerak. 


Har bir korxona aylanma mablag‘larni saqlash va ulardan oqilona 
foydalanishni va ularning aylanishini tezlashtirishni ta’minlashi kerak. Faqat 
shundagina u samarali ishlagan bо‘ladi. Aylanma mablag‘larning iqtisodiy samara-
dorligi ularning doiraviy shaklda aylanishi tezlashishidir. Bunga erishilganda 
ortikcha mablag‘larning bо‘shashiga va ular boshka maqsadlarda qо‘llanishiga 
sharoit yaratiladi. 

Download 185.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling