V a guruh elementlari. REJA V a guruh elementlari. Mineral o’g’itlar
Download 154.06 Kb.
|
11 V a guruh elementlari
Fosfor va uning birikmalari
Tabiatda fosforning 1531P izotopi barqaror bo’lib,1530P va 1532Plar sun’iy usulda olingan radioktiv izotoplardir.Fosfor atomining radiusi azot atomi radiusida katta bo’lganligi sababli,electron qabul qilishi azotnikiga qaraganda qiyinroq;electron berishi esa osonroqdir.Fosfor bir necha allotropic shakl o’zgarishiga ega.Bulardan amaliy ahamiyatga ega bo’lgani oq va qizil fosfordir. Oq fosfor-rangsiz,kuchli zaharli,kimyoviy faol,+44oCda suyuqlanib,+280,5oCqaynaydigan,(p=183g/sm3) 50o Cda yonuvchi kristall massa.Suv bilan reaksiyaga kirishmaydi.Shuning uchun ham oq fosfor suv tagida yig’ib olinadi: 2Ca3(PO4)2+10C+6SiO2=P4+6CaSiO3+10CO Oq fosfor molekulasing kristall panjarasi tetraedr ko’rinishida bo’lib,P4-holida mavjuddir. Oq fosfor havosiz joyda 250oC-300oCda qizdirilsa,qizil fosforga aylanadi. Qizil fosfor-zaharsiz,kukun holidagi to’q qizil modda bo’lib,250oCdan yuqorida yonadi.Qizil fosfor qizdirilganda suyuqlikka aylanmasdan turib bug’lanadi.Uning bug’I quqyuqlashib,oq fosfor hosil qiladi. Fosfor ko’pgina moddalar(kislorod,galogenlar,metallar)bilan bevosita birikadi.Yuqori haroratda qariyb hamma metallar bilan fosfidlar hosil qiladi.Metall fosfidlari suv va suyiltirilgan kislotalar ta’siridan fosforning vodorodli birikmasi-fosfinni hosil qiladi: Ca2P2+6HCl=2PH3+3Ca(OH)2 Ca2P2+6H2O=2PH3+3Ca(OH)2 Fosfin (PH3) sarimsoq hidli juda zaharli gaz.Ammiadan farq qilib,suvda oz eriydi va u bilan reaksiyaga kirishmaydi.Fosfin eng kuchli kislotalar bilangina reaksiyaga kirishib,fosfoniy PH+4 tuzlarini hosil qiladi; PH3+HCIO4=PH4CIO4 PH3+HI=PH4I. F osforga ishqor qo’shib qaynatish orqali fosfin olish mumkin. 2 P4+3Ba(OH)2+6H2O 3Ba(H2PO2)2+2PH3 Difosfin P2H4rangsiz suyuqlik,kuchli qaytaruvchi,havoda o’z-o’zidan alangalanadi.Fosfidlar gidrolizlanganda fosfin bilan birgalikda hosil bo’ladi. Fosforning bir necha kislorodli birikmalari mavjud bo’lib, ularning ichida fosfor (V)oksid eng ahamiyatlisidir.Fosfor (V) oksid suv bilan shiddatli birikib,sharoitga qarab har xil fosfor kislotalarini hosil qiladi. P2O5+H2O=2HPO3 P2O5+2H2O=H4P2O7 P2O5+3H2O=2H3PO4 Bu fosfat kislotalari kristall moddalar bo’lib,tarkibidagi suv miqdori bilan bir-biridan farqlanadi. 2 H3PO4 -H2O250C H4P2O4 450C -H2O 2HPO3 H3PO4 t suyuql. =42oC;H4P2O7 t suyuql .=61Oc;HPO3 t suyuql=40oC. Metafosfat kislota –suvda yaxshi eriydigan zaharli kislota.Ortofosfat kislota havoda tursa suyuqlanib ketadigan rangsiz kristall modda.H3PO4 o’rtacha kuchli,uch negizli kislota.Pirofosfat kislota –yumshoq shishasimon massa,suvda oson eriydi,zaharsiz. Bu kislotalar orasida eng ahamiyatlisi ortofosfat kislotadir.Chunki uning tuzlari mineral o’g’it sifatida keng ko’lamda ishlatiladi.Ortofosfat kislota oddiy qilib fosfat kislota deb ataladi. Fosfat kislota uch negizli kislota bo’lganligi sababli 2 xil nordon tuzlar digidrofosfatlar,gidrofosfatlar hamda o’rta tuzlar fosfatlarni hosil qiladi.Barcha digidrofosfatlar,ammoniy va ishqoriy metallarning fosfatlar va gidrofosfatlari suvda yaxshi eriydi.Qolgan metallarning fosfatlari va gidrofosfatlari oz eriydi. Ishqoroiy metallarning fosfatlari va gidrofosfatlari gidrolizlanadi. Eritma muhiti ishqoriy bo’ladi: P O3-4+HOH HPO2-4+OH- H PO2-4+HOH H2PO-4+OH- Digidrofosfatlar termik parchalanib,metafosfatlarni: N aH2PO4 t H2O+NaPO3 Gidrofosfatlar esa pirofosfatlarni: 2 Na2HPO4 t Na4P2O7+H2O hosil qiladi.Fosfatlar harorat ta’siridan parchalanmaydi. Fosfor ham azotga o’xshab,modda almashuvida katta ahamiyatga ega.Uning odam tanasidagi miqdori 1% atrofida bo’lib,shundan 85% suyak va tish tarkibida 3Ca3(PO4)2 . Ca(OH)2va 3Ca3(PO4)2*CaCO3*H2O Ko’rinishida bo’ladi.Fosfor va uning birikmalari qonda,miya qatig’Ida va asab tolalari tarkibida ham uchraydi.Odam tanasida ro’y beradigan barcha fiziologik jarayonlar fosfor organic moddalarning o’zgarishi natijasida ro’y beradi.Fosfat kislota uch negizli kislota bo’lganligi uchun spirtlar bilan har xil efirlar hosil qiladi.Kishi tanasida mono-vadi-efirlar uchraydi.To’qimalardagi adenazin trifosfat kislotalari organizmda asosiy energiya manbai hisoblanadi.Natriy va kaliy fosfatlar esa tanada kislota-asos muvozanatini ushlab turishda muhim ro’l o’ynaydi.Insonning kundalik fosforga bo’lgan ehtiyoji 1-2g bo’lib,u ovqat hisobiga to’liq qoplanadi. Tibbiyotda yurak,asab tizimi xastaligida va kamqonlikda fosforning organik birikmalari ishlatiladi.Bularga adenazin trifosfat kislotaning natriyli tuzlari,kalsiy glitserofosfat,fitin,fitoferrolaktal va boshqalar kiradi. Download 154.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling