V. А. Kostetskiy
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQAROLIGINI OLISH
Download 3.21 Mb. Pdf ko'rish
|
10 sinf huquq tahrirlangan @Huquq kitoblar
- Bu sahifa navigatsiya:
- FUQAROLIKDAN CHIQISHNI TAQIQLASH
- FUQAROLIKNI YO‘QOTISH UCHUN ALOHIDA ASOSLAR
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQAROLIGINI OLISH
«O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi to‘g‘risida»gi Qonunda fuqarolikni olishning bir nechta asosi keltirilgan: — tug‘ilganligi bo‘yicha; — O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini olishi natijasida; — O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra; — «O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi to‘g‘risida»gi Qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda. Bolaning tug‘ilishi tug‘ilgan davlati fuqaroligini o‘z-o‘zidan olish uchun tabiiy asos bo‘lib xizmat qiladi. Bola O‘zbekiston hududida yoki undan tashqa- rida tug‘ilganiga qaramay, agar uning ota-onasi O‘zbekiston fuqarolari bo‘lish- sa, u o‘z-o‘zidan uning fuqaroligini oladi. Agar ota-onasidan biri O‘zbekiston fuqarosi bo‘lmasa ham, bola O‘zbekiston fuqaroligini olishga haqli. Ota-ona- si apatrid bo‘lib, ular doimo O‘zbekiston hududida yashashsa ham, bola O‘zbekiston fuqaroligini oladi. Hatto ota-onasi noma’lum bo‘lgan taqdirda ham bola o‘z-o‘zidan fuqarolikka ega bo‘ladi. 24 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQAROLIGINING TO‘XTATILISHI O‘zbekiston fuqaroligining to‘xtatilishiga quyidagilar asos bo‘ladi: — davlat fuqaroligidan chiqish; — fuqarolikning yo‘qotilishi oqibatida; — O‘zbekiston xalqaro shartnomalarida nazarda tutgan boshqa asoslarga ko‘ra. FUQAROLIKDAN CHIQISHNI TAQIQLASH Iltimosnoma bilan murojaat qilgan shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan yoki unga nisbatan ijro etiladigan sud hukmi kuchga kirgan hollarda fuqarolik- dan chiqishga yo‘l qo‘yilmaydi. Fuqarolikdan chiqishi O‘zbekiston davlat xavfsizligi manfaatlariga zid bo‘lgan taqdirda ham bunday iltimosnoma rad etiladi. FUQAROLIKNI YO‘QOTISH UCHUN ALOHIDA ASOSLAR Qonunda shuningdek fuqarolikdan chiqishning alohida asoslari keltirilgan. Bunday asoslarga quyidagilar kiradi: — shaxs chet davlatda harbiy xizmatga, xavfsizlik xizmati idoralariga, po- litsiyaga, adliya idoralariga yoki davlat hokimiyati va boshqaruvining boshqa idoralariga ishga kirganligi natijasida; — agar chet elda doimiy yashovchi shaxs 7 yil ichida uzrli sabablarsiz konsullik hisobiga turmagan bo‘lsa; — agar O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi yolg‘onligi shak-shubhasiz ma’lumotlar yoki soxta hujjatlar taqdim etish natijasida olingan bo‘lsa; — agar shaxs chet davlat foydasini ko‘zlab faoliyat yuritish yoki tinchlik va xavfsizlikka qarshi jinoyatlar sodir etish orqali jamiyat va davlat manfaatlariga jiddiy zarar yetkazgan, shuningdek, terrorchilik tashki- lotlarida ishtirok etgan bo‘lsa; — agar shaxs chet davlatning fuqaroligini olgan bo‘lsa. Download 3.21 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling