V. А. Kostetskiy
Download 3.21 Mb. Pdf ko'rish
|
10 sinf huquq tahrirlangan @Huquq kitoblar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-topshiriq.
- O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASIDA INSON HUQUQ VA ERKINLIKLARINING BELGILANISHI
Bilimingizni sinang!
1. «Konstitutsiyaviy huquq» atamasi qanday ma’nolarda qo‘llani- ladi? 2. Konstitutsiyaviy huquq fan sifatida qanday xizmat qiladi? 3. O‘quv predmeti sifatida konstitutsiyaviy huquq qanday vazifa- larni bajaradi? 4. Konstitutsiyaviy huquqning boshqa huquq tarmoqlari orasidagi yetakchi o‘rni nimada ko‘rinadi? 5. Konstitutsiyamiz muqaddimasining asosiy maqsadini ayting. 6. Konstitutsiyaning normalari davlatimizda huquqiy tartibni qanday belgilab beradi? 1-topshiriq. Olingan bilimlardan foydalanib, quyidagi belgilarni qo‘lla- gan holda kichik hikoya tuzing. 36 4- §. INSONPARVARLIK PRINSIPI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYAVIY TUZUMINING ASOSI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASIDA INSON HUQUQ VA ERKINLIKLARINING BELGILANISHI Konstitutsiya fuqarolarning, ular qayerda bo‘lishlaridan qat’i nazar, qonun tomonidan kafolatlangan davlat himoyasida ekanliklarini tasdiqlaydi. Bundan tashqari, asosiy qonunda jamiyatning hayot faoliyati sohalaridan kelib chiqib, huquq va erkinliklar taqsimlab berilgan. Shaxs va davlat munosabatlari nafaqat har bir milliy huquq tizimi, balki xalqaro huquqning ham eng muhim obyekti hisoblanib, ushbu munosabatlarni insoniylik mezonlari asosida tashkil qilish har bir jamiyat va davlat zimmasiga ulkan mas’uliyat yuklaydi. 37 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 1-av- gustdagi Farmoniga muvofiq 2008-yil 1-yanvardan boshlab mamlakatimizda jinoiy jazolashning o‘limga mahkum etish turi bekor qilindi. Konstitutsiyamiz insonning erkinligi va shaxsiy daxlsizligi huquqlarini qat’iy belgilabgina qolmay, uning sha’ni va obro‘yini ham muhofaza etadi. Fuqarolar huquq va erkinliklarining ta’minlanishi mamlakat gullab-yashnashi- ga zamin yaratadi va demokratik davlat qurilishining kafolati bo‘lib xizmat qiladi. Konstitutsiya inson huquqlari va erkinliklari butun tizimining poydevoridir. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi xalqaro hamjamiyat e’tirof etgan insonparvarlik prinsiplariga ko‘ra, xalqimiz farovonligini ta’minlash uchun xiz- mat qilmoqda, inson haq-huquqlari va erkinliklarining ustuvorligini ta’minla- moqda. Bu esa xalqaro huquqning umume’tirof etilgan, umumjahon miqyosida tan olingan barcha muhim qoidalari va prinsiplariga to‘la mos keladi. Download 3.21 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling