39
Fuqarolarning murojaatlari mazmuniga ko‘ra
uch shaklda
bo‘ladi:
– taklif;
– ariza;
– shikoyat.
Fuqarolarning murojaatlari,
qanday shaklda, ya’ni ariza,
shikoyat yoki taklif shaklida bo‘lishidan qat’i nazar, ular
rasmiylashtiriladi.
tutsiyada xalqning davlat va jamiyat ishlarini boshqarishda ishtirokini amalga
oshirish shakllari ifodalangan. O‘zbekiston fuqarolari oliy va mahalliy vakillik
organlariga saylaydigan o‘z vakillari orqali davlat
hokimiyatini boshqarishda
ishtirok etadilar.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida fuqarolarga siyosiy partiyalar
va jamoat birlashmalariga birlashish huquqini Konstitutsiya va qonunlarga zid
kelmagan holatlarda amalga oshirishlari mumkinligi belgilab qo‘yilgan. Vako-
latli
organlarga ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish — bu fuqaro-
larning davlat va jamiyat ishlarini boshqarishda
ishtirok etishining amaliy
shakllaridan biri bo‘lib, bu huquq — fuqarolarning siyosiy faolligini namoyon
qilishlarini, shuningdek o‘zlarining huquqlarini himoya qilishning muhim vosi-
talaridan biridir.
FUQAROLARNING KONSTITUTSIYAVIY
BURCH VA MAJBURIYATLARI
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi nafaqat fuqarolarning asosiy
huquqlari va
erkinliklarini, balki ularning majburiyatlarini ham belgilaydi.
Ijtimoiy hayot shunday tuzilganki, inson mutlaq erkinlikdan foydalana ol-
maydi. Chunki jamiyatda yashar ekan, atrofidagi odamlarni hisobga olmay iloji
yo‘q. Boshqa shaxslar manfaatlariga zid qo‘llanilgan erkinlik ushbu shaxslar-
ga muayyan zarar yetkazadi. Aynan shuning uchun O‘zbekiston
Respublika-
si Konstitutsiyasining 21-moddasida: «Fuqarolar o‘z huquq va erkinliklarini
amalga
oshirishda boshqa shaxslarning, davlat va jamiyatning qonuniy man-
faatlari, huquqlari va erkinliklariga putur yetkazmasliklari shart» ekanligi alohi-
da ta’kidlangan. 59-moddaga muvofiq esa: «Barcha
fuqarolar Konstitutsiyada
belgilab qo‘yilgan burchlarni bajaradilar».