V. А. Kostetskiy
Download 3.21 Mb. Pdf ko'rish
|
10 sinf huquq tahrirlangan @Huquq kitoblar
- Bu sahifa navigatsiya:
- FUQAROLARNING SIYOSIY HUQUQLARI
XALQ HOKIMIYATCHILIGI
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq xalq davlat hokimiyati- ning birdan-bir manbayidir. Demos (yunoncha) – «xalq», kratos – «boshqaruv» de- gan ma’noni bildiradi. Demak, demokratiya – xalqning xohish-irodasini aks ettira- di. Demokratiya – insonning davlat ishlarini hal qilishda yashirin ovoz berish orqali yoki boshqa shaklda bevosita ishtirok etishidir. Vakillik demokratiyasi — insonning davlat ishlarini hal etishda o‘zi saylagan vakillari, ya’ni deputatlar orqali ishtirok etishidir. Shuning uchun ham O‘zbekiston xalqi nomidan faqat u saylagan respubli- ka Oliy Majlisi va Prezidenti ish olib borishga haqli. Bevosita demokratiya shakllari xalq suverenitetining aniq ifodasi sifatida maydonga chiqadi. Davlat va boshqa ijtimoiy hokimiyatlar xalq irodasiga bilvo- sita xizmat qilsa, bevosita demokratiya shakllari, ya’ni referendum va xalq mu- hokamasi kabi siyosiy tadbirlar xalq hokimiyatchiligining negizi hisoblanadi. Insonparvarlik prinsipi shuni bildiradiki, respublikamizdagi barcha fuqarolar umumiy asosda teng huquqlardan foydalanadi- lar va teng majburiyatlarga ega bo‘ladilar. 38 O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining faoliyati inson huquqlari- ni himoya qilish, ta’minlash va kafolatlashdan iborat bo‘lib, mazmunan yan- gi konstitutsiyaviy tuzum yaratish borasida amalga oshirilgan barcha islohotlar zamirida «Islohotlar – islohot uchun emas, avvalo inson uchun, uning manfaat- lari uchun» deb yuritilgan hayotiy shior yotadi. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida mustahkamlangan normalar yuqorida keltirilgan vazifalarni bajarish uchun asos bo‘ladi. FUQAROLARNING SIYOSIY HUQUQLARI Fuqarolarning huquqlari va erkinliklari tizimida siyosiy huquqlar alohida o‘rin egallaydi, chunki bu huquqlar fuqarolarning davlatni va jamiyat ishlarini boshqarishidagi ishtiroki bilan bog‘liqdir. Siyosiy huquq va erkinliklar deyilganda insonlarning bevosita siyosiy man- faatlariga tegishli huquqlar tushuniladi. Siyosiy huquqlar shaxsning siyosiy ja- rayon va davlat hokimiyatini amalga oshirishda ishtirok etish imkoniyatlarini ifo- dalaydi. Siyosiy huquq va erkinliklar insonning davlat fuqaroligiga ega bo‘lishi bilan bog‘liqdir. Fuqarolarning davlat ishlarini boshqarishda, davlat hokimiyati organlari va mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlarini saylov yo‘li bilan shakl- lantirishda ishtirok etish huquqi eng muhim siyosiy huquqlardan biri hisoblanadi. Fuqarolarning davlat va jamiyat ishlarini boshqarishda ishtirok etish huquqi demokratik huquqiy davlatning muhim prinsiplaridan biridir. Konsti- Xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbaidir. Oʻzbekiston Respublikasida davlat hokimiyati xalq manfaatlarini koʻzlab va Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda uning asosida qabul qilingan qonunlar vakolat bergan organlar tomonidangina amalga oshiriladi. Konstitutsiyada nazarda tutilmagan tartibda davlat hokimiyati vakolatlarini oʻzlashtirish, hokimiyat organlari faoliyatini toʻxtatib qoʻyish yoki tugatish, hokimiyatning yangi va muvoziy tarkiblarini tuzish Konstitutsiyaga xilof hisoblanadi va qonunga binoan javobgarlikka tortishga asos boʻladi. Download 3.21 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling