V. А. Kostetskiy
Download 3.21 Mb. Pdf ko'rish
|
10 sinf huquq tahrirlangan @Huquq kitoblar
Huquqiy davlat — huquq va qonunning ustuvorligi hamda
sud mustaqilligi ta’minlanadigan, inson huquqlari va erkin- liklari kafolatlanadigan, davlat hokimiyatining tizimi qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlariga bo‘linishi prin- sipi asosida amalga oshiriladigan davlatdir. 31 7-§. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYAVIY TUZUMINING ASOSLARI KONSTITUTSIYAVIY TUZUMNING TARKIBI Konstitutsiyaviy huquq sohasi har bir mamlakat milliy huquq sohasining tarkibiy qismi, davlat va jamiyat hayotining muhim jihatlari, asosiy ijtimoiy munosabatlar tizimi hisoblanadi. Ushbu ijtimoiy munosabatlar, o‘z navbatida jamiyat hayotining siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va ma’naviy sohalarida namoyon bo‘ladi. Shu bilan birgalikda, ushbu ijtimoiy munosabatlar amalda jamiyat hayo- tini yo‘lga qo‘yish, davlat hokimiyatini amalga oshirish, boshqa ijtimoiy hokimiyatlar maqomini belgilash, shuningdek inson va fuqarolar huquq, er- kinlik hamda burchlari bilan bevosita bog‘liq. Bir so‘z bilan aytganda, inson, 32 fuqaro, jamiyat va davlat hayoti bilan bog‘liq eng asosiy ijtimoiy munosabat- lar tizimi konstitutsiyaviy huquqning asosi hisoblanadi va aynan shu muno- sabatlar zamirida konstitutsiyaviy tuzum asoslari vujudga keladi, shakllanadi va rivojlanadi. Mamlakatimiz milliy huquq tizimida O‘zbekiston Respublikasining konsti- tutsiyaviy tuzumi deb keng ma’noda konstitutsiya va qonunlar asosida quril- gan, umuminsoniy qadriyatlar ustuvor deb topilgan xalqimizning hayot tarzi tushuniladi. Konstitutsiya va qonunlarning ustuvorligi, ularda inson huquq va er- kinligining eng oliy qadriyat sifatida mustahkamlanishi, xalqaro huquqning kabi qoidalar bugungi kunda Konstitutsiyaviy huquq milliy huquq tizimidagi ko‘plab huquq tarmoqla- ridan biri hisoblanadi. Biroq ta’kidlash joizki, huquq fanida «konstitutsiyaviy huquq» atamasi turli ma’nolarda qo‘llaniladi. Bir tomondan, bu huquqning aniq bir tarmog‘i, bunda «konstitutsiyaviy huquq» huquqning ko‘plab xilma-xil tar- moqlaridan biri sifatida qatnashadi. Ikkinchi tomondan, mazkur atama «konsti- tutsiyaviy huquq»ning yuridik fan tarkibiy qismi sifatidagi mazmunini ochib beradi. Uchinchidan esa, bu atama ostida ta’lim muassasalarida o‘rganiladigan o‘quv predmeti tushuniladi. Huquqning tarmog‘i sifatida konstitutsiyaviy huquq jamoatchilik mu- nosabatlarini tartibga soladi. Fan sifatida davlat qurilishi, shaxs va fuqaro- ning huquqiy maqomi, davlatning faoliyati, tuzilishi va hokazolarni o‘rga- nadi. O‘quv predmeti sifatida esa ma’rifatchilik vazifasini bajaradi va sohada to‘plangan bilimlarni tarqatadi. Download 3.21 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling