V. А. Kostetskiy
Download 3.21 Mb. Pdf ko'rish
|
10 sinf huquq tahrirlangan @Huquq kitoblar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ma’muriy jazoning maqsadi
- JARIMA SOLISH, NARSANI OLIB QO‘YISH (MUSODARA QILISH), MAXSUS IMTIYOZLAR (HUQUQLAR)DAN MAHRUM ETISH TARTIBI
50
1-topshiriq. Sizningcha, nima uchun quyidagi qoidalarni buzganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilanadi: — metropolitendan foydalanish qoidalarini; — jamoat transportidan foydalanish qoidalarini; — transport vositasi haydovchisi tomonidan temiryo‘lni ke- sib o‘tish qoidalarini; — shaharlar va boshqa aholi punktlarida it, mushuk boqish- ning qoidalarini; — o‘rmonlarda уоng‘in xavfsizligi qoidalarini; — tarix va madaniyat yodgorliklarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish qoidalarini; — ota-onalarning bolalarga ta’lim-tarbiya berish borasidagi burchlarini; — yozishma sir tutilishi to‘g‘risidagi qoidalarni; — fuqarolar turar joyi daxlsizligi qoidalarini? Ma’muriy jazoning maqsadi: — ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxsni qonunlarga rioya etish va ularni hurmat qilish ruhida tarbiyalash; — ana shu huquqbuzarning o‘zi tomonidan ham, boshqa shaxslar tomoni- dan ham yangi huquqbuzarlik sodir etilishining oldini olish. JARIMA SOLISH, NARSANI OLIB QO‘YISH (MUSODARA QILISH), MAXSUS IMTIYOZLAR (HUQUQLAR)DAN MAHRUM ETISH TARTIBI O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi- ning 332-moddasiga muvofiq, jarima huquqbuzar tomonidan unga jarima solish to‘g‘risidagi qaror topshirilgan kundan boshlab o’ttiz kundan kechiktirmay, bunday qaror xususida shikoyat berilgan yoki protest bildirilgan taqdirda — 51 shikoyat yoki protest qanoatlantirilmaganligi to‘g‘risida xabar berilgan kundan boshlab o‘n besh kundan kechiktirmay to‘lanishi lozim. mish kundan kechiktirmay, bunday qaror xususida shikoyat berilgan yoki protest bildirilgan taqdirda esa, shikoyat yoki protest qanoatlantirilmaganligi to‘g‘risida xabar berilgan kundan e’tiboran o‘ttiz kundan kechiktirmay to‘lashi lozim. O‘n olti yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan shaxslarning mustaqil ish haqi bo‘lmagan taqdirda, jarima ularning ota-onalari yoki ular o‘rnini bosuvchi shaxslardan undirib olinadi. Ma’muriy huquqbuzarlik sodir etganlik uchun solingan jarima huquqbuzar tomonidan tegishli bank muassasasiga to‘lanadi, huquqbuzarlik sodir etilgan joyning o‘zida undirib olinadigan jarima bundan mustasno. Ma’muriy huquqbuzarlik sodir etish quroli yoki bevosita shunday ashyo bo‘lgan narsani musodara qilish to‘g‘risidagi qaror O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi organlarining davlat ijro- chilari tomonidan amalga oshiriladi. Transport vositalarining haydovchilari va ov qilish qoidalarini buzgan shaxslar maxsus huquqdan mahrum etish to‘g‘risida qaror chiqarilgan kundan boshlab shunday huquqdan mahrum etilgan deb hisoblanadilar. Maxsus avtomatlashtirilgan foto va videoni qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun solingan jarima- ni huquqbuzar jarima solish to‘g‘risidagi qaror chiqarilgan kundan boshlab olt- |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling