V. А. Kostetskiy


Download 3.21 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/101
Sana02.12.2023
Hajmi3.21 Mb.
#1780354
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   101
Bog'liq
10 sinf huquq tahrirlangan @Huquq kitoblar

45 
1-vaziyat. 
Ulug‘bek: — Men yaqinda 18 yoshga to‘laman, meni harbiy 
xizmatga chaqirishlari mumkin. Men tibbiyot institutiga o‘qishga 
kirmoqchiman. Oliy o‘quv yurtlarining talabalari uchun harbiy 
xizmatga chaqirish muddati uzaytirib beriladimi? 
Qaysi idorada Ulug‘bekka muddatli harbiy xizmatga 
chaqirish tartibini to‘g‘ri tushuntirib berishadi? 
2-vaziyat. 
Sevara, 18 yosh: — Mening Germaniyada dugonam bor. Men 
uni O‘zbekistonga mehmonga taklif qilmoqchi edim, biroq taklifni 
qanday rasmiylashtirishni bilmayman. Menga qayerda yordam 
berishlari mumkin? 
U maslahat olish uchun davlat boshqaruvining qaysi 
idorasiga murojaat qilishi kerak? 
Bilimingizni sinang! 
1. Ma’muriy huquqning asosiy vazifasini ayting. 
2. Ma’muriy huquq subyektlarini sanab bering. 
3. Ma’muriy huquq jamiyat munosabatlarini tartibga solishda 
qaysi tamoyillarga amal qiladi? 
4. Jamoat birlashmalari ijtimoiy muammolarni hal qilishda qan- 
day o‘rin tutadi? 
2-topshiriq. 
Quyidagi vaziyatlarni yeching. 
1-topshiriq. 
O‘zingiz yashayotgan mahalla qo‘mitalari faoliyati bi- 
lan tanishib, ular ishi haqida xabar tayyorlang. Ular nima bilan 
shug‘ullanadi? Jamiyat hayotida ular qanday o‘rin tutadi? 


46 
6- 
§. MA’MURIY HUQUQBUZARLIK 
VA MA’MURIY JAVOBGARLIK
 
MA’MURIY JAVOBGARLIK TO‘G‘RISIDAGI 
QONUN HUJJATLARI 
Huquqshunoslik fanida jazoning muqarrarligi aytilgan. Bu narsa har qan- 
day huquqbuzarlik huquqiy javobgarlik bilan bog‘langanini anglatadi. Shuning 
uchun huquqning har bir sohasi, jumladan ma’muriy huquq ham belgilangan 
qoidalarni buzganlik uchun qonuniy javobgarlik choralarini nazarda tutadi. 
Huquqiy javobgarlikning maqsadi nafaqat huquqbuzarlikni ogohlantirish 
va uning oldini olishdan, balki insonni tarbiyalash, unga noqonuniy xatti-hara- 
katining xavfini anglashiga ko‘mak berishdan ham iboratdir. 
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeks qoidalari mazkur Kodeksga ki- 
ritilmagan qonun hujjatlarida sodir etganlik uchun javobgarlik nazarda tutilgan 
ma’muriy huquqbuzarliklarga ham taalluqlidir. 

Download 3.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling