40
2-topshiriq.
Konstitutsiyaning 20-moddasi amalda qanday bajarilayot-
ganini misollarda ko‘rsating: «O‘zbekiston Respublikasi fuqa-
rosi va davlat bir-biriga nisbatan bo‘lgan huquqlari va burchlari
bilan o‘zaro bog‘liqdirlar. Fuqarolarning Konstitutsiya va qo-
nunlarda mustahkamlab qo‘yilgan huquq va erkinliklari daxlsiz-
dir, ulardan sud qarorisiz mahrum etishga yoki ularni cheklab
qo‘yishga hech kim haqli emas».
1-topshiriq.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining fuqarolar
majburiyatlari to‘g‘risidagi moddalarini diqqat bilan o‘qing va
nima uchun aynan ushbu majburiyatlar Konstitutsiyaga kiritil-
gani haqida xulosa chiqaring.
60-modda. Fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga rioya etishga,
boshqa insonlarning huquqlari, erkinliklari, sha’ni va qadr-
qimmatini hurmat qilishga majburdirlar.
61-modda. Fuqarolar Oʻzbekiston xalqining tarixiy, maʼnaviy,
madaniy, ilmiy va tabiiy merosini asrab-avaylashi shart.
Tarixiy, maʼnaviy, madaniy, ilmiy va tabiiy meros davlat
tomonidan muhofaza qilinadi.
62-modda. Fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona
munosabatda bo‘lishga majburdirlar.
63-modda. Fuqarolar qonun bilan belgilangan soliqlar va
yig‘imlarni to‘lashi shart.
.
Bilimingizni sinang!
1. «Davlatda inson eng oliy qadriyatdir» hikmatini qanday
tushunasiz?
2. Huquqiy me‘yor nimaga xizmat qiladi?
3. Huquq qanday vazifalarni bajaradi?
4. Shaxsning konstitutsiyaviy maqomi asoslarini qanday tamoyil-
lar tashkil qiladi?
5. Fuqarolarning konstitutsiyaviy majburiyatlarini sanab o‘ting.
41
III-BO‘LIM. MA’MURIY HUQUQ ASOSLARI
5-
Do'stlaringiz bilan baham: |