V. А. Kostetskiy


 — Davlat va huquq asoslari, 10-sinf  65


Download 3.21 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/101
Sana02.12.2023
Hajmi3.21 Mb.
#1780354
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   101
Bog'liq
10 sinf huquq tahrirlangan @Huquq kitoblar

— Davlat va huquq asoslari, 10-sinf 
65 


66 
Ikki yoki bir necha shaxsning fuqarolik huquqlari va 
burchlarini vujudga keltirish, o‘zgartirish yoki bekor qilish 
haqidagi kelishuvi shartnoma deyiladi. 
O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, 
353-modda. 
11- 
§. FUQAROLIK-HUQUQIY SHARTNOMALAR SHARTLARI
 
FUQAROLIK-HUQUQIY SHARTNOMALARNI TUZISHNING 
ASOSIY SHARTLARI 
Fuqarolik-huquqiy shartnomalar hayotimizning barcha sohalarida, shu 
jumladan davlatlararo munosabatlarda ham keng qo‘llaniladi. Chunonchi, fuqa- 
rolar huquq munosabatlarini tartibga solishda shartnomalar asos bo‘lib xizmat 
qiladi. Jismoniy va yuridik shaxslar ularning ishtirokchilari bo‘lishi mumkin. 
Shartnoma ishtirokchilar o‘rtasida har xil munosabatlar o‘rnatilishining 
samarali shakli hisoblanadi. U taraflar o‘zaro munosabatlari xususiyatlarini hi- 
sobga olish, har birining manfaatlarini kelishtirish imkonini beradi, shuningdek 
ishtirokchilarga yuridik kafolatlar taqdim etadi. 


67 
Fuqarolik-huquqiy shartnomaning asosiy belgilari: 
— shartnoma ixtiyoriy asosda tuziladi; 
— shartnoma taraflari ikki yoki undan ortiq shaxs bo‘lishi mumkin; 
— shartnomalarda taraflarning bir-biriga nisbatan huquqlari va burchlari 
vujudga kelishi, o‘zgarishi yoki bekor qilinishi qayd etiladi
— taraflar taklif etgan barcha shartlar bo‘yicha kelishilganidan keyin 
shartnoma tuzilgan hisoblanadi. 
Taraflar shartnoma tuzilishi uchun barcha asosiy shartlarni o‘z ichiga olgan 
takliflarni kiritadi. Odatda oferta (lotincha offertus — taklif qilingan) muayyan 
shaxsga qaratilgan bo‘ladi. Noaniq shaxslar doirasiga yo‘naltirilgan oferta om- 
maviy deb ataladi, masalan, gazetada avtomobil, xonadon, mebel va hokazolar- 
ni sotish to‘g‘risida chop qilingan e’lon. 
Keyinchalik taraflar shartnoma shartlarini batafsil kelishib oladi. 

Download 3.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling