64
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA MULK SHAKLLARI.
MULK HUQUQINING SUBYEKTLARI VA OBYEKTLARI
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va «O‘zbekiston
Respubli-
kasida mulkchilik to‘g‘risida»gi Qonunga ko‘ra mamlakatimizda mulk daxlsiz-
dir. Har bir kishi mulkka egalik qilish huquqiga ega. O‘zbekiston Respublika-
sida iqtisodiyotning samarali amal qilishiga va xalq farovonligining o‘sishiga
imkoniyat yaratuvchi har qanday shakldagi mulkchilik bo‘lishiga ruxsat berila-
di. Mulkchilikning hamma shakllari daxlsiz bo‘lishiga
va ularning rivojlanishi
uchun teng sharoit yaratilishiga qonun kafolat beradi.
Mulk huquqi shaxsning o‘ziga qarashli mol-mulkka o‘z
xohishi bilan va
o‘z manfaatlarini ko‘zlab egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish,
shuningdek o‘zining mulk huquqini, kim tomonidan bo‘lmasin, har qanday buzish-
ni bartaraf etishni talab qilish huquqidan iboratdir. Mulk huquqi muddatsizdir.
O‘zbekiston Respublikasi mulkdorga qarashli bo‘lgan mol-mulkni saqlash
va ko‘paytirib borish uchun barcha zarur sharoitlarni yaratib beradi.
Mulkka
egalik huquqi
daxlsizdir, uni qonun himoya qiladi.
O‘zbekiston Respublikasida mulk xususiy mulk va jamoat mulki shakllarida
bo‘ladi. Bunda xususiy mulk huquqining subyektlari fuqarolar hamda nodavlat yu-
ridik shaxslar bo‘lishi mumkin, jamoat mulki huquqi subyekti esa davlat hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: