V. А. Kostetskiy


(imzo)  (F. I. Sh)  Bilimingizni sinang!


Download 3.21 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/101
Sana02.12.2023
Hajmi3.21 Mb.
#1780354
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   101
Bog'liq
10 sinf huquq tahrirlangan @Huquq kitoblar

 
(imzo) 
(F. I. Sh) 
Bilimingizni sinang! 
1. Fuqarolik-huquqiy shartnomasi bilan mehnat shartnomasi 
o‘rtasida qanday umumiylik va farqlar mavjud? 
2. Fuqarolik-huquqiy shartnoma belgilarini ayting. 
3. Fuqarolarning shaxsiy nomoddiy huquqlarini buzadigan shaxs- 
lardan ma’naviy zarar yetkazganlik uchun kompensatsiya un- 
dirish kerakmi? Jismoniy va axloqiy-ma’naviy azoblarning 
miqyosini o‘lchash mumkinmi? Javobingizni asoslang. 
4. «Shartnoma», «bitim», «ayirboshlash» tushunchalari o‘rtasi- 
dagi farqni aniqlang. 
5. Qanday fuqarolik-huquqiy shartnomalarni bilasiz? Ularning 
farqi nimadan iborat? 


74 
Iste’molchi — foyda chiqarib olish bilan bog‘liq bo‘lma- 
gan holda shaxsiy iste’mol yoki xususiy xo‘jalikda foydalanish 
maqsadida tovar sotib oluvchi, ish, xizmatga buyurtma beruvchi 
yoxud shu niyatda bo‘lgan fuqaro (jismoniy shaxs). 
«Iste’molchilarning huquqlarini himoya 
qilish to‘g‘risida»gi Qonun, 1-modda. 
1-topshiriq. 
Yuqorida aytilgan ta’rifdan kelib chiqib, quyidagi shaxslar 
iste’molchilarmi yoki yo‘qligini ayting: 
— oyoq kiyim xarid qilgan fuqaro
— do‘konga kirgan fuqaro; 
— Toshkentdan Samarqandga sayohatga ketayotgan xorijiy 
fuqaro; 
— kvartirasini ta’mirlash uchun xususiy shaxs bilan shartnoma 
tuzayotgan fuqaro; 
— keyinchalik sotish uchun tovar turkumini sotib olayotgan 
fuqaro; 
— keyinchalik bozorda sotish uchun dehqondan katta miqdor- 
da qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini xarid qilayotgan fuqaro. 
12- 
§. ISTE’MOLCHILAR HUQUQLARI VA MAJBURIYATLARI
 
ISTE’MOLCHI 
Biror tovar xarid qilayotgan, shahar transporti xizmatidan foydalanayotgan, 
teatrga borayotgan va hokazolarni bajarayotgan odam tovarlar, xizmatlar iste’mol- 
chisi hisoblanadi. Shu tariqa, biz hammamiz — iste’molchi hisoblanamiz, chunki 
har kuni tovarlar xarid qilamiz hamda turli xizmatlardan foydalanamiz. 
Oliy Majlis tomonidan 1996-yil 26-aprelda qabul qilingan O‘zbekiston Res- 
publikasining «Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi Qonunida 
iste’molchi shunday ta’riflanadi. 
«Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi Qonun bozor- 
ni iste’molchilar, ya’ni hammamizning manfaatlarimizga bo‘ysundirish maqsa- 
dida qabul qilingan. 

Download 3.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling