V. А. Kostetskiy
SHARTNOMANI TUZISHNING ASOSIY QOIDALARI
Download 3.21 Mb. Pdf ko'rish
|
10 sinf huquq tahrirlangan @Huquq kitoblar
SHARTNOMANI TUZISHNING ASOSIY QOIDALARI
Agar taraflar o‘rtasida shartnomaning barcha muhim shartlari yuzasidan shunday hollarda talab qilinadigan shaklda kelishuvga erishilgan bo‘lsa, shartnoma tuzilgan hisoblanadi. Shartnoma taraflardan birining oferta (shart- noma tuzish haqida taklif) yo‘llashi va ikkinchi taraf uni akseptlashi (taklifni qabul qilishi) yo‘li bilan tuziladi. Muhim shartlarga birinchi navbatda shartnomaning predmeti to‘g‘risi- dagi shartlar kiritiladi. Shartnomalar aynan predmetiga ko‘ra bir-biridan ajra- tiladi. Masalan, oldi-sotdi shartnomasi, ayirboshlash shartnomasi, mulk ijarasi shartnomasi, pudrat shartnomasi va hokazo. Shartnoma taraflarning kelishuvi bo‘lib hisoblangani uchun, taraflar yoki ulardan birontasi u yoki bu masalada kelishuvga erishish zarurligini talab qilsa, bu ham shartnomaning muhim shartini tashkil etadi. Bunda tarafning bayon qi- lish shakli og‘zaki ham, yozma ravishda ham bo‘lishi mumkin. Oferta yo‘llagan shaxs uning akseptini olgan paytda shartnoma tuzilgan hi- soblanadi. Agar qonunga muvofiq shartnoma tuzish uchun mol-mulkni topshi- Fuqarolik huquqida kontragentning shartnomani tuzish to‘g‘risidagi taklif bilan roziligi xat yoki telegramma, faks, SMS va boshqa shakllarda ifodalanadi. 68 1-topshiriq. Mulk oldi-sotdisi, mulkni meros bo‘yicha berish, lotereya chiptasini xarid qilish, televideniye, radio va hokazolardagi reklama, kimoshdi savdosida qatnashish bitimlari shartnoma hisoblanadimi? 2-topshiriq. O‘ylab ко‘rib javob bering, mamlakatda fuqarolik-huquqiy shartnomalarning kafolatli bajarilishi qanday shartlarga bog‘liq? rish ham zarur bo‘lsa, shartnoma tegishli mol-mulk topshirilgan paytdan bo- shlab tuzilgan hisoblanadi. Shartnomaning ijro muddati taraflar tomonidan kelishiladi va shartno- maning o‘zida qayd qilinadi. Bunda shartnomani bajarish muddatlari buzilsa. qo‘llaniladigan jazo choralari ham shartnomaga kiritilishi mumkin. Shartnoma mamlakat qonunlariga zid ravishda tuzilgan bo‘lsa yoki boshqa (bitim paytida kelishib ko‘rsatilgan) hollarda haqiqiy emas, deb topilishi mumkin. 1-vaziyat. N. tijorat do‘konidan tilla soat xarid qildi. Bir necha kundan keyin R. uning oldiga kelib, soat 3 oy oldin undan o‘g‘irlab ke- tilganini aytdi va qaytarib berishini talab qildi. Isboti sifatida soat pasporti va chekini ko‘rsatdi. N. R.dan tilxat olib, soatni unga qay- tarib berdi, lekin bir oy o‘tgach, haqiqatan ham R.dan xuddi shun- day soatni o‘g‘irlab ketgan o‘g‘ri ushlanganini eshitib qoldi. Download 3.21 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling