V mavzu. Korxona faoliyatini rejalashtirish va bashorat qilish
Download 103.04 Kb.
|
5-МАВЗУ
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch iboralar
Qisqacha xulosalar
Tadbirkorlik faoliyatining muvaffaqiyatga erishishi ko’p jihatdan ishlab chiqarishni ichki rejalashtirishning sifatiga bog’liq bo’ladi. U har bir korxonani boshqarishda eng muhim vazifa hisoblanadi. Bozor sharoitlarida korxonalar rejalashtirishning ustunliklaridan raqobatchilik kurashida foydalanadilar. Rejalashtirishning turli tarzda belgilanishi orasidan reja, biznes-reja, loyiha, texnik-iqtisodiy asoslash va umumiy rejalashtirishni ajratib ko’rsatish mumkin. Rejalashtirish yordamida boshqaruv qarorlarini amalga oshirishning maqsad, vazifa va usullari aniqlanadi. Rejalashtirish ilmiylik, moslashuvchanlik, uzluksizlik, optimallik kabi tamoyillarga asoslanadi. O’z mazmuniga ko’ra, rejalashtirish texnik-iqtisodiy va tezkor-ishlab chiqarish, reja hisob-kitoblarini aniqlashtirish darajasi va muddatiga ko’ra esa, strategik va taktik turlarga bo’linadi. Bozor sharoitlarida korxona hamda investorlar va hamkorlar uchun biznes-rejani tayyorlash muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda bozorni tadqiq etishdan tortib to xaridorlarga sotuvdan keyingi xizmat ko’rsatishgacha bo’lgan ko’plab savollarga javob topiladi. Biznes-reja korxonaning turli tuzilmaviy bo’linmalari oldiga qo’yiluvchi bir qator vazifalarni kompleks ravishda hal qilish imkoniyatini yaratuvchi ko’rsatkichlar va bo’limlardan iborat bo’ladi. Iqtisodiyotni reja asosida boshqarishni mukammallashtirishning muhim vazifalari qatorida norma va normativlarni tayyorlash, zaruriy ko’rsatkichlar tizimi hamda ularning rejadagi darajasini tanlash va yaratishni ko’rsatib o’tish mumkin. Tayanch iboralarRejalashtirish, indikativ reja, prognoz, strategik rejalashtirish, joriy rejalashtirish, bashoratning maqsadi, rejalashtirish uslubiyati, balans usuli, normativ usuli, norma, normativ, rejalashtirishning asosiy vazifalari, rejalashtirishning tamoyili, texnik-iqtisodiy rejalashtirish, tezkor-ishlab chiqarish rejalashtirish Kalendar rejalashtirish Dispetcherlashtirish Umumiy va umumlashtiruvchi ko’rsatkichlar Xususiy ko’rsatkichlar Miqdor ko’rsatkichlari Sifat ko’rsatkichlari Rejalarni ishlab chiqish biznes-reja Tadbirkorlik Download 103.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling