V mavzu. Korxona faoliyatini rejalashtirish va bashorat qilish


Download 103.04 Kb.
bet6/15
Sana15.11.2023
Hajmi103.04 Kb.
#1775683
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
5-МАВЗУ

Moslashuvchanlik rejalashtirishning bozor sharoitlaridagi muhim tamoyili hisoblanadi. U ishlab chiqarish rejalariga o’z vaqtida o’zgartirishlar kiritish, iste’molchilar va xaridorlar talablarini hisobga olish, ishlab chiqarishning yuzaga kelishi mumkin bo’lgan pasayishi va inqirozlarning oldini olishga yordam beradi. “Korxonalar to’g’risida”gi qonun ishlab chiqarishni rejalashtirishda ushbu tamoyilni amalga oshirish uchun zarur bo’lgan sharoitlarni yaratadi.
Biroq hech qanday tamoyil, jumladan, yuqorida sanab o’tilgan tamoyillar ham, o’zidan-o’zi, ya’ni shu tamoyillar uchungina kerak emas. Agar amaliyotda qo’llanmasa bu tamoyillar faqat qog’ozda qolib ketishi yoki oddiy chaqiriq bo’lib qolishi mumkin. Shu sababli korxona rahbarining rejalashtirish jarayonini, aniqrog’i, rejaning bajarilishi hamda rejalashtirishning belgilangan va boshqa tamoyillari qanday aks ettirilganligini nazorat qilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Nazorat kerakli natijalarga erishish, yuzaga kelishi mumkin bo’lgan disproportsiyalarni aniqlash va ularning oldini olish, shuningdek, zahiralarni aniqlash va ulardan foydalanish yo’llarini belgilashga imkon berdi.
5.3. Korxonalarda rejalashtirish va bashorat qilish

Xo’jalik yuritishning bozor tizimiga xos bo’lgan iqtisodiy munosabatlar rivojlanishning noaniqligi, korxona iqtisodiyoti rivojlanishining mos keluvchi yo’nalishlarini ishlab chiqish zaruriyatini belgilab beradi. Bu vazifa amalda rejalashtirish va bashorat qilish yordamida amalga oshiriladi.


Basharot – bu, korxona, ob’ekt yoki hodisaning kelajakdagi ahvoli va ularni amalga oshirish variantlari va muddati to’g’risidagi ilmiy jihatdan asoslangan mulohazadir. Bashoratlarni ishlab chiqish jarayoni bashorat qilish, ya’ni kelajakni hozirgi paytdan kelib chiqqan holda oldindan ko’ra bilish deb ataladi.
Korxona hamda butun iqtisodiyot miqyosida bashorat qilishning ob’ektlari sifatida iqtisodiy, ijtimoiy, fan-texnika va boshqa jarayon va hodisalarni ko’rsatish mumkin. Korxonalar faoliyatida iqtisodiy bashoratlar alohida va etakchi o’rin egallaydi. Ularning asosiy vazifalari qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: rivojlanish maqsadlarini belgilash, optimal yo’nalishlar va ularga erishish vositalarini izlab topish, resurslarni va qo’yilgan vazifalarni bajarish muddatlarini belgilash, korxona rivojlanishiga ta’sir ko’rsatishi mumkin bo’lgan cheklashlarni aniqlash.
Rejalashtirish – qaror qabul qilishning uzluksiz bir jarayoni bo’lib, bu jarayon davomida korxona faoliyati va rivojlanishining maqsad va vazifalari atrofda ro’y berayotgan o’zgarishlarni inobatga olgan holda vaqt bo’yicha aniqlanadi va belgilanadi hamda ularni amalga oshirish uchun resurslar aniqlanadi. Mazmuniga ko’ra, rejalashtirish texnik-iqtisodiy va tezkor-ishlab chiqarish turlariga bo’linadi.

Download 103.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling