V. V. Vinokurov terminning umum qo’llanishdagi so’zdan farqi haqidagi fikrini ayting terminning umumqo’llanishdagi so’zdan farqi unda definitiv funksiyaning mavjudligidir


Download 0.89 Mb.
bet42/42
Sana09.04.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1345928
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42
Bog'liq
AKADEMIK UCHUN KITOB

Zamonaviy akseleratorlar
Hozirgi davrda AQSH’da ishlaydigan barcha akseleratorlarni «yangi to‘lqin» vakili deb hisoblaydilar, sababi ular yangi biznes sharoitlariga yo‘naltirilgan. «Dotkom»lar shov-shuvidan keyin bozor jiddiy o‘zgarishlarni boshidan kechirdi, bu esa IdeaLab — proto-akseleratorini zamonaviy dasturlardan farqlanishini asosladi. Bugungi bozor texnologik loyihalar, veb-servislar va mobil ilovalar rivoji uchun yanada qulay sharoitlarni taqdim etmoqda.
Akseleratorlarning ommaviylashuvini aynan iqtisodiy sharoitlardagi o‘zgarishlar bilan bog‘laydilar. Ular texnologik mahsulotning bozorga chiqishini ancha arzonlashtiradi. Dastlabki bosqichda loyiha uchun ilgaridagi kabi unchalik ko‘p investitsiya talab etilmaydi. Bu esa IT-loyihalariga dastlabki bosqichda kam mablag‘ni (amerikaning akseleratorlariga — $10 000dan $50 000gacha) investitsiya qilish, shu bilan xavfni kamaytirish imkonini beradi.

Yangi dastlabki akseleratsion dastur 2005-yildagi Y Combinatordir. Uni taniqli dasturchi va ishbilarmon Pol Grem ishlab chiqqan. Y Combinator Grexemning mediyali ta’sir hamda mavqei evaziga keng ommaviylikka erishgan deb hisoblaydilar. Aslida, Y Combinator butun biznes olamiga trendsetter bo‘lib qoldi, biroq u klassik akselerator emas. U go‘yo bosh jamg‘armaga o‘xshaydi — loyihaga dastur asoschilarining mablag‘lari qo‘yiladi (klassik sxemadan farqli ravishda, akseleratorlar loyihani investorlar bilan «hamkorlashtiradi»). Biroq 2011-yil yanvar oyida investorlar Yuriy Milner va Ron Konveylar Y Combinatordan chiqariladigan ikki loyihaning har biriga $150 000dan investitsiya kiritishga tayyor ekanliklarini ma’lum qildilar.
Techstars — eng mashhur akseleratordir. U 2007-yilda investorlar Devid Koen (David Cohen) va Bred Feld (Brad Feld) tomonidan yaratilgan. Techstars to‘rtta shaharda amal qiladi, biroq butun jahon bo‘ylab izdoshlarining tarmoqlari ham mavjud.
Seedcamp dastlabki yirik Yevropa akseleratori bo‘lib, 2007-yildan amal qila boshlagan va o‘ziga yiliga 2000 startapni jalb etib, butun Yevropaga keng tarqalgan. Hozirgi davrda butun jahonda bir necha yuzlab akseleratorlar ishlamoqda.
15. Mutaxassislikka oid sо‘z va terminlarning imlosi,
yasalishi va qо‘llanilishi
Reja:
1.
Terminlarning struktur tuzilishi.
2.
Sodda terminlarning xususiyatlari.
3.
Yasama terminlar.
4.
Qo’shma terminlar.
5.
Birikmali terminlar.
Sodda terminlar - tarkibida so‘z yasovchi va so‘z o‘zgartiruvchi affikslarning
bor-yo‘qligiga qaramay, yolg‘iz bir o‘zakdan yoki negizdan paydo bo‘lgan,
birgina lug‘aviy ma’noli qism bo‘lgan so‘z hisoblanadi. Masalan: qo‘shin,
shtab, avtomat (harbiy); panjara, shpal, yog‘och (yog‘ochsozlik); voris,
guvoh (yuridik).
Sodda terminlar ikki guruhga bo‘linadi:
1.
Tub terminlar – yolg‘iz o‘zakdan hosil bo‘lgan terminlar: bola, jiyan,
tog‘a (qarindoshlik); mebel, go‘sha, eshik (yog‘ochsozlik); jarima,
huquq, jazo (yuridik).
2.
Yasama terminlar – tub terminlarga biror yasovchi affiksning
qo‘shilishi bilan hosil bo‘lgan terminlar: mebelsozlik,
duradgorlik (yog‘ochsozlik); dalolatchi, jinoyatchi (yuridik).
Qo‘shma termin - ikki va undan ortiq sodda terminlarning birikuvidan
tuzilgan terminlar.
Qo‘shma terminlar ham qo‘shma so‘zlar kabi o‘z qatlam so‘zlaridan, boshqa til
materiallaridan hamda har ikkala manbaning o‘zaro qo‘shilishidan yasaladi.
O‘zbek tili materiallari asosida yuzaga kelgan qo‘shma terminlar asosan
umumiste’moldagi tayyor qo‘shma so‘zlarning ilmiy termin yoki nomen sifatida
terminologik tizimlarga qabul qilinishi mahsulidir. Bunday ikki planda
qo‘llanuvchi leksik birliklar ko‘proq xalq tili bilan bog‘liq holda rivojlangan
terminologik sistemalarda tez-tez uchraydi. Shuningdek, o‘z tilimiz
materiallaridan tuzilgan qo‘shma terminlar ayni ruscha terminlarni to‘liq
kalkalash jarayonida ham yuzaga keladi1.
Ma’lumki, o‘zbek xalqi qadimdan boshqa xalqlar bilan hamkorlikda,
qo‘shnichilikda yashab kelgan. Shunga ko‘ra, tilimizda ayrim komponentlari
arabcha, forscha yoki ruscha-baynalmilal bo‘lgan, hatto har ikkala qismi ham
muayyan (o‘zbek tilidan boshqa) til materialidan yasalgan qo‘shma so‘zlar va
terminlar uchraydi. Demak, qo‘shma terminlarning komponentlari genetik
materialiga ko‘ra turlicha. Shunga ko‘ra, ya’ni qo‘shma terminlarni ularni
tashkil etgan komponentlarining kelib chiqish materialiga ko‘ra ikki guruhga
ajratish mumkin: 1) bir tildagi qatlamga mansub so‘z birliklaridan hosil etilgan
qo‘shma terminlar; 2) turli tillarga mansub so‘z birliklaridan hosil etilgan
qo‘shma terminlar2.
1.
Komponentlari bir leksik qatlamga mansub so‘z birliklaridan
hosil etilgan qo‘shma terminlar. Bunday qo‘shma terminlar ham, o‘z
navbatida, ikkiga bo‘linadi:
a) o‘zbek tilida avvaldan qo‘llab kelingan o‘zbekcha, arabcha,
forscha so‘zlarning o‘zaro qo‘shilishidan yuzaga kelgan qo‘shma
terminlar. Bunday terminlar quyidagi ko‘rinishlarga ega:
Ot+ot modelida yasalgan qo‘shma terminlar. Bu model botanika,
zoologiya singari tabiiy fanlarda, ularning terminologik tizimida mahsuldor
hisoblanadi. Masalan: ayiqtovon, ituzum, tuyaqush (botanika) kabi. Keyingi
davrda texnikaning bir qator terminologik tizimlarida ham shu tpidagi qo‘shma
terminlar miqdori ortib bormoqda: qismfazo, tagmaxraj, ustmaydon,
olovbardoshlik(fizika-matem.); qayin ona, katta buva (qarindoshlik); tintuv
qilish, huquqni cheklash (yuridik) kabi.
Sifat+ot modelida yasalgan qo‘shma terminlar qo‘proq tabiiy fanlar
terminotizimida uchraydi: to‘g‘ri burchak, qo‘shbog‘, issiqbardoshlik,
sovuqbardoshlik (fizika-matem.); huquqiy norma, yuridik konsultatnt (yuridik)
kabi.
Son+ot modelida yasalgan qo‘shma terminlar matematika fanida ko‘proq
qo‘llaniladi: uchhad, birhad, o‘nyoq, beshyoq, yarim doira, yarimyig‘indi,
yarimfazo, yarimo‘tkazgich (fizika-matem.) kabilar.
Ot+fe’l modelida yasalgan qo‘shma terminlar. Bunda ikkinchi komponentga –
ar sifatdosh ko‘rsatkichi qo‘shiladi. Masalan: o‘g‘itsepar, markaztopar,
go‘ngsochar (botanika), xususiy ajrim, adolatli sudlov (yuridik) kabi.
Keyingi vaqtlarda ikkinchi komponentga –gich (-kich, - qich, -g‘ich) affiksi
bilan ham ko‘plab yasalmoqda: havo qizdirgich, havo haydagich, go‘ng
sepkich, urug‘ o‘tkazgich, oqim keskich, ko‘chan tutqich, xamirkeskich,
go‘shtqiymalagich, yashinqaytargich kabi.
Ravish+ ot yoki harakat nomi modelida yasalgan qo‘shma terminlar: o‘ta
tuyinish (xim.), o‘takuchlanish, o‘taqizitish, o‘tauyg‘onish (fiz.), o‘ta struktura,
chala o‘tkazgich, qisqa tutashuv kabi.
b) komponentlari ruscha-baynalmilal termin yoki terminelementlardan iborat, rus tilidan tayyor holda o‘zlashtirilgan
qo‘shma terminlar. Bunday terminlar uchta holatda yuzaga keladi:
- agar ruscha-baynalmilal qo‘shma terminning har ikkala komponenti o‘zbek
tilida mustaqil termin yoki terminelement sifatida qo‘llansa, bunday terminlar
o‘zbek tilida ham qo‘shma sanaladi. Masalan: karbonvodorod, elektrstansiya,
radiostansiya, radiolampa, kinokomediya, kvarsgenerator, kristallgidrat kabi.
- birinchi komponenti muntazam takrorlanuvchi (anti-, avto-) elementdan
tashkil topgan qo‘shma terminlar. Masalan: antikosinus, antiparallel,
antisimmertiya, avtokataliz, avtokran, avtorentgen, avtobenzin kabi.
-boshqa holatlarda esa, ya’ni qismlarga ajraluvchi ruscha terminlarning
muayyan qismi mustaqil termindan va de-, per-, re-, so-, sub- kabi
prefikslardan iborat bo‘lganda yoki ikkinchi komponenti mustaqil
qo‘llanmaydigan suffiksoid orqali ifodalanadi: depolyarizator, peroksid,
reekstraksiya, rekristallizasiya, sopolimer, suboksid kabi.
2. Turli tillarga mansub so‘z birliklardan hosil bo‘lgan (gibrid)
qo‘shma terminlar. Bunday terminlar ikkita boshqa-boshqa qatlamlarga oid
so‘zlarning o‘zaro birikuvidan hosil bo‘ladi. Adabiyotlarda bunday terminlarni
“duragay qo‘shma so‘zlar3” yoki gibrid terminlar4 deb yuritmoqdalar.
Bunday terminlar ikki xil bo‘ladi:
a) gibridlarning har ikkalasi ham ruscha-baynalmilal, ham o‘zbekcha
komponenti mustaqil ma’no va qo‘llanishga ega bo‘lgan so‘z-terminlardan
iborat bo‘ladi: karbonsuvlar, elektrarra, xlorsirka, limitko‘rsatkich, elektrasbob,
yodmoy va boshqalar.
b) baynalmilal komponenti avto-, azo-, nitro-, psevdo- singari aniqlovchilar
bilan ifodalangan gibrid terminlar. Masalan, avtosug‘orgich, agroqoida,
azoqo‘shilma, allodolchin kislota, antixossa, aeropurkagich, geteroqutbiylik,
gidroqurilma, izotuzilish, makrodunyo, mikroiqtisod, pnevmog‘ildirak,
psevdoko‘paytma, protoyulduz, fotoqog‘oz, infraqizil, ultrako‘paytma,
multiturg‘unlik, videoyozuv kabi.
S.Usmonov metaforaga bag‘ishlangan maqolasida shunday bir dalilni alohida
ta’kidlab o‘tgan edi: Qo‘shma so‘z sostavidagi komponentlar, ko‘pincha,
ko‘chgan ma’noga ega bo‘ladi. O‘simliklarning nomlari bu jihatdan juda
xarakterli. Masalan: bo‘tako‘z (gul), otquloq, echkiichak, echkisoqol,
eshakmiya, chumchuqtil, ho‘kiztili... itburun (o‘simlik) va boshqalar5.
Tilshunos M.Mukarramov metaforalarning qo‘llanish xususiyatlari haqida so‘z
yuritib shunday degan edi: «… metaforalar doimo bir so‘zdan tarkib topmay,
balki birikmali bo‘lishi ham mumkin»6. O‘simliklarning nomlari bu jihatdan juda
xarakterli. Masalan:
1. «Zoologik termin + zoologik termin» yoki «zoologik leksema +
anatomik leksema» qolipli terminlar: kapalakqanot, mushukquyruq,
sigirquyruq, otquloq, bo‘tako‘z, echkiichak, echkisoqol, eshakmiya,
cho‘chqayol.
2. «Zoologik termin + botanik termin» qolipli botanik
terminlar: baqajo‘xori, baqaterak, baqayaproq va b.
3. «Zoologik termin + boshqa soha termini yoki oddiy leksema»
qolipli botanik terminlar: pashshaqopqon, to‘ng‘iztaroq, qushqo‘nmas,
pashshaqo‘nmas va boshqalar.
4. «Botanik termin + botanik termin» qolipli botanik terminlar: gulkara.
Keltirilgan botanik terminlardan ma’lumki, zoologiya sohasiga oid terminning
qaysidir xususiyati o‘simliklarda mavjud bo‘lganligi bois zootermin bilan birga
ifodalanadi7.
Tayanch tushunchalar: struktur tuzilish, sodda, qo‘shma, murakkab va
birikma terminlar, yasama, morfologik usul, sintaktik usul, semantik usul.
Birikma terminlar ko‘proq terminologik xarakterda bo‘ladi va u birikma holida
bir tushuncha beradi. Unda hokim bo‘lak tushuncha mohiyatini bildirib, tobe
bo‘lak uniig nimaga xosligini belgilaydi yoki ma’noni mo‘ljallangan tushuncha
hajmigacha toraytirib ifoda etishga xizmat qiladi. Masalan, agrar
masala birikma terminsining ma’no mohiyati masala so‘zidan anglashiladi.
Uning aniklovchisi esa uning nimaga taalluqniligini ko‘rsatib kelgan.
Yana melodiy yil, qamara yil, muchal yili birikma terminlarida birikma ma’nosi
mohiyati yil so‘zida ifoda topgan. U to‘rt fasl vaqtiga teng. Lekin unga aniqlik
kiritish uchun aniqlovchi berilgan. Aniqlovchi aniqlanmishdan anglashilgan
vaqtning aniq belgilanishida ahamiyat kasb etadi. Melodiy yil 365-366 kundan,
qamara yil 354 kundan, muchal yili esa 365 kunu qancha soat va daqiqadan
iborat bo‘ladi.
Birikma terminlar ma’nosi xoh u terminologik xarakterda bo‘lsin, xoh
terminologik xarakterda bo‘lmasin, albatta, nomlovchili xususiyatini o‘zida
saqlaydi. Bu uning nomlovchi ma’nosi ham hokim bo‘lakdan, ham tobe
bo‘lakdan tarkib topganligi bilan izoxlanadi.
Birikma terminlar asosan ot turkumida ekanligi bilan diqqatga sazovordir. Bu
birikma terminlar esa asosan terminlardan iborat. Masalan, aylanma harakat,
yo‘nalma harakat, ayirish belgisi, analitik geometriya kabi birikma terminlar
matematik, yetti og‘ayni, somon yo‘li, andromeda tumshig‘i kabi birikma
terminlar astronomik, absolyut monarxiya, demokratik hokimiyat, agrar
masala, vaziri akbar kabi birikma terminlar siyosiy terminlardir. Shularga
o‘xshash yana terminologik bo‘lmagan chin arafa, yolg‘on arafa, tashviqot
nuqtasi, katta maslahatchi, ilmiy xodim, ichki ishlar kabi birikma terminlar
o‘zbek tilida ot turkumiga oid lug‘aviy birliklar ichida ko‘plab uchraydi.
Birikma terminlar so‘z turkumi nuqtai nazaridan, aytilganiday, chegaralangan
emas. U sifat turkumida ham ko‘plab uchraydi. Masalan, avzoyi buzuq, amri
mahol, arzon-garov, arki namokob kabi birikma terminlarni ko‘rsatish mumkin.
Bunday birikma terminlarning hokim bo‘lagi sifat turkumiga mansub bo‘lib,
tobe bo‘lagi ot turkumida ham, sifat turkumida ham bo‘lishi mumkin.
Yuqoridagi birikma terminlarning 1- va 2-sida tobe bo‘lak ot, keyingi ikkitasida
esa sifatga oiddir. Birikma terminlar fe’l turkumida ham uchraydi.
Masalan, aholining absolyut o‘sishi, aybga buyurmoq, aksiga olmoq, aks
tegmoq kabi birikma terminlarni ko‘rsatish mumkin. Bunday birikma
terminlarning ham hokim bo‘laga fe’l bo‘lib, tobe bo‘lagi ot yoki sifat
turkumiga mansub ekanligi kuzatiladi. Tobe bo‘lak ot turkumiga mansub
bo‘lsa, birikma yo obyektli birikma, yo predikativ qo‘shilma qolipida tarkib
topadi. Yuqoridagi birikma terminlarning 2- va 3-si obyektli birikma qolipida
bo‘lib, oxirgisi predikativ qo‘shilma qolipidadir. Birinchi sifat birikmali
terminning tobe bo‘lagi esa uyushmagan aniqlovchilardan iborat.
Birikma terminlar ravish turkumida bo‘lishi ham mumkin. Biroq u tilda juda
kam uchraydi. Masalan, aks holda birikma termini ravish turkumidadir.
Birikma terminlar murakkab birikmadan tarkib topganligi ham tilda kuzatiladi.
Masalan, yuqorigi o‘rta kurak tish kabi. Bunday birikma terminlarda ham eng
so‘nggi o‘rindagi bo‘lak hokim bo‘lak bo‘lib, birikma ma’nosi mohiyatini
belgilaydi.
Turli korxona, muassasa, tashkilotga, gazetalarga berilgan nomlar ham
birikma terminlar tipiga kiradi.
Birikma terminlar ikki xil bo‘ladi8:
1.
Yig‘iq birikmalar. Bular ikki komponentli birikmalardir: yog‘och
to‘qmoq, kitob tokchasi, taxta pol, qo‘yim qoldirish (yog‘ochsozlik); odil
sudlov, sud taftishi (yuridik).
2.
Yoyiq birikmalar. Bular uch va undan ortiq mustaqil leksemalardan
tarkib topadi: a) uch komponentli biriikmalar: tob tashlab qiyshaytirish,
bo‘ylama tob tashlash (yog‘ochsozlik); b) to‘rt komponentli biriikmalar:
“qaldirg‘och quyruq” tiroqli birikmalar, dasta bet bog‘lash
usuli (yog‘ochsozlik); s) besh komponentli biriikmalar: uzunasiga
qirquvchi disk arrali stanok (yog‘ochsozlik); d) olti komponentli
biriikmalar: markazlar yordamida silindrik sirtlarni xomaki
yo‘nish (yog‘ochsozlik).
Birikma terminlar quyidagi modellarda yasaladi:
Ot+ot modeli. Taxta pol, yog‘och oyoq (yog‘ochsozlik); yo‘l boji, jinoyat
ishi (yuridik).
Sifat+ot modeli. Pog‘onali sirt, ponasimon ulash, shakldor
oyoqlar (yog‘ochsozlik); huquqiy vorislik, davomli jinoyatlar (yuridik); qattiq
tanglay, to‘g‘ri ichak (anatomiya).
Murakkab terminlar – bir yoki birdan ortiq so‘zlarning grammatik tobelik
munosabatiga asoslangan turg‘un birikma holatida bo‘ladi. Terminologiyaga
bag‘ishlangan adabiyotlarda murakkab terminlar birikmali terminlar tarkibida
o‘rganiladi. Ayrim adabiyotlarda esa, «tarkibli termin9», «murakkab termin»
sifatida talqin etiladi.
Murakkab tuzilgan terminlar yasashda quyidagi talablarga e’tibor berilishi
lozim: a) termin mumkin qadar ixcham, kam sonli so‘zlardan iborat bo‘lishi
kerak. Terminlarning ixcham bo‘lishi ularni qo‘llashda qulaylik tug‘dirishdan
tashqari, ulardan yangi terminlar yasash imkoniyatini beradi. Chunki, mavjud
terminlardan so‘z yasovchi affiks yordamida yangi termin yasash (son-teskari
son, yoy-yoyning gradusi) hodisalar, tushunchalar orasida mavjud bo‘lgan
aloqani ham ko‘rsatib turadi; b) murakkab termin tarkibidagi ba’zi so‘zni
izohlaydigan yana boshqa so‘z bo‘lmasligi (qavs ichida berilmasligi) kerak. Aks
holda termindan foydalanishda qiyinchilik bo‘ladi. Masalan, tuproqshunoslik
sohasida yaratilgan degradasiyalangan (aynigan) qora tuproq, matematika
sohasidagi erkin (bog‘liq) miqdor, o‘xshashlik (analogiya) metodi kabi
terminlar muvaffaqiyatli chiqmagan bo‘lib, ularni ishlatish ancha noqulaylik
tug‘diradi. Murakkab terminlar tarkibidagi har bir so‘z boshqasi bilan affikslar
yordamida yoki sintaktik tartib orqali birikkan bo‘lishi kerak. Ularning
ko‘makchilar va bog‘lovchilar vositasi bilan grammatik munosabatga
kirishishlari ma’qul emas. Chunki yordamchi so‘zlar vositasi bilan birikkan
so‘zlardan iborat bo‘lgan murakkab terminlarning terminlik xususiyati bilinmay
qoladi, oddiy, erkin birikmaga o‘xshab ketadi. Masalan, burchak bilan o‘lchash,
o‘rta va chet nisbatga bo‘lish (“zolotoye secheniye”) kabi. Ko‘rinib turibdiki, bu
terminlar tarkibidagi bilan ko‘makchisi hamda va bog‘lovchisining kelishi ularni
jonli nutq elementlariga o‘xshatib yuborgan.
Nutq va uning uslublari
Kishilar har qanday sharoitda va faoliyatning barcha sohalarida aloqa qilish
jarayonida tildagi leksik, frazeologik, Grammatik va fonetik vositalarni tanlash va
ishlatishda bir-birlaridan ma’lum darajada farq qiladilar. Umumxalq tili doirasida
til vositalarining bunday tanlab olinishi nutqda xilma xil ko`rinishlarning paydo
bo`lishiga olib keladi. Bunday xilma-xil nutq ko`rinishlari nutq uslublari deb
yuritiladi. Nutq uslublari ifoda vositalari tizimining muayyan aloqa doirasida
maqsadga muvofiq tanlash natijasida tarixan tashkil topgan nutq ko`rinishlaridir.
Nutq uslublari tilning vazifasi – funktsiyasi bilan bevosita bog`liq bo`ladi. Shuning
uchun ham ular funktsional uslublar deb yuritiladi.
Og`zaki nutq uslubi
Og`zaki nutq, ma’lum bir modal munosabatlarni ifodalash uchun asos bo`lsa, uslub
fanining ob’yekti bo`ladi. Bu holat – gap bo’laklari tartibining “buzilishi” bilan,
soda gap, to`liqsiz gaplarning bo`lishi, dialog nutqning mavjudligi bilan
xarakterlanadi. Shunisi xarakterliki, og`zaki nutqning ba’zi shakllari yozma nutqda
o`z o`rnini topadi: (keluvdi, kelardi). Og`zaki nutq uslubida qisqa hajmli
bog`lovchisiz qo`shma gaplar ko`p ishlatiladi, badiiy vositalar kam qo`llaniladi.
Ayniqsa, ko`p ma’noli so`zlar ko`proq ishtirok etadi. Og`zaki nutqda qochirma,
piching, hazil-mutoiba, askiya uchun keng imkoniyat mavjud bo`ladi. Og`zaki nutq
rasmiy – ish yuritish va ilmiy uslubda qo`llanilmaydi.
Og`zaki so`zlashuv uslubi ikkiga ajratiladi:
1. Adabiy so`zlashuv uslubi
2. Oddiy so`zlashuv uslubi.
Adabiy so`zlashuv uslubi tilning adabiy me’yorlariga mos, tartibga solingan va
ishlangan bo`lishi bilan xarakterlanadi. Oddiy so`zlashuv uslubida esa betakalluflik
bilan erkin muomala – aloqa qilish xarakterli xususiyatdir.
So`zlashuv uslubning quyidagi xususiyatlari bor:
1. Fonetik xususiyatlar.
2. Leksik-frazeologik xususiyatlar
3. Grammatik xususiyatlar
2. Rasmiy uslub.
Rasmiy (ish yuritish) uslubga hisob-statik organlar, sud, adliya, fuqarolik
holatlarini qayd etuvchi va notarial idoralar, prokuratura, ichki ishlar va boshqa
vazirliklarning, idora, muassasa, tashkilotlarning, ayrim shaxslarning rasmiy
hujjatlari nota, qaror, farmon, ko`rsatma, qo`llanma, konstitutsiya, hukm, ajrim,
shartnoma, tavsiya, izohnomalar va ariza, shikoyat, axborot, majlis bayoni, tilxat,
tarjimai hol, ishonchnoma, guvohnoma, e’lon, dalolatnoma, ma’lumotnoma,
hisobot kabilarning til xususiyatlari kiradi.
Rasmiy ish yuritish uslubining asosiy xususiyatlari quyidagilardir:
1) badiiy tasvir vositalar bo`lmaydi;
2) uslub leksikasi kitobiy va xolis so`zlardan iborat bo`ladi:
uslubda professional terminologiya mavjud bo`ladi;
3) eskirgan so`z va iboralar o`rni bilan ishlatiladi;
4) quyidagi Grammatik xususiyatlar mavjud bo`ladi;
a) tilga olinayotgan kishilar o`z nomi bilan atalmasdan, buning o`rniga ularning
belgisi yoki biror harakati, bir narsaga munosabatini ifodalovchi otlar ishlatiladi;
ijrochi, guvoh, da’vogar, jabrlanuvchi, ijaraga oluvchi va h.
b) noaniqlikka yo`l qo`ymaslik maqsadida, odatda, otlar olmosh bilan
almashtirilmaydi;
c) fe’lning ishlatilishi boshqa stillardagiga qaraganda, ayniqsa,farqlanib turadi;
oldini olish, chora ko`rish, aybni ochish, ko`riladi, beriladi, bo`shatilsin;
d) bu uslubda uyushiq bo`lakli gaplar keng qo`llanilib, ayrim o`rinlarda bo`laklar
soni 8-10 taga yetishi mumkin;
e) qo`shma gaplardan, xususan, shart ergash gapli qo`shma gaplardan keng
foydalaniladi;
f) so`roq va undov gaplar deyarli qo`llanilmaydi, asosan, darak va buyruq gaplar
ishlatiladi.
5) Hujjatlar matni birinchi shaxs yoki uchinchi shaxs tilidan yoziladi. Yakka
rahbar nomidan yoziladigan farmoyish hujjatlari birinchi shaxs tilidan bo`ladi.
Shuningdek, ayrim shaxs tomonidan yozilgan hujjatlar (ariza, tushuntirish xati)
ham birinchi shaxs, birlik sonida shakllantiriladi. Boshqa hujjatlar esa yo birinchi
shaxs ko`plik sonda, yoki uchinchi shaxs birlik sonda rasmiylashtiriladi.
6) Hujjatlar matnida turg`unlashgan, qoliplashgan so`z birikmalaridan ko`proq
foydalaniladi.
7) Hujjatning axborot tizimi aniq, mukammal, fikr mantiqan teran bo`lishi shart.
8) Hujjat matnida abzatslar tizimiga qat’iy rioya etiladi.
9) Hujjatda imlo, ishoraviy xatoga yo`l qo`yilmaydi.
3. Ilmiy uslub.
Ilmiy uslub fan, texnika va ishlab chiqarish bilan bog`liq vazifaviy uslubdir. U o`z
ichida yana ilmiy texnikaviy, ilmiy-hujjat, ilmiy-ommabop, o`quv-ilmiy kabi bir
necha sof ilmiy turlarga bo`linadi.
Ilmiy uslubning hozirgi zamon taraqqiyoti bilan bog`liq ravishda quyidagi umumiy
xususiyatlari bor:
1) axborotning ob’yektivligi, aniqligi;
2) nutqning ma’lumotlarga boyligi;
3) fikrning lo`nda, qisqa ifodalanishi;
4) muallif individualligining sezilmasligi;
5) emotsionallik, obrazlilikning bo`lmasligi;
6) atama, chizma, ramz va jadvallarning bo`lishi;
7) matnning siqiq sintaktik qurilmalardan tuzilishi;
8) adabiy til me’yorlariga qat’iy amal qilinishi;
9) fikrlarning mantiqiyligi va qat’iy tartibda bo`lishi;
10) ellipsis hodisasining bo`lmasligi (nazarda tutilgan birorta
so`zning tushib qolishi);
11) turli xil tushunchalarni ifodalovchi otlarning ko`p ishlatilishi;
12) otlarni, asosan, birlikda ishlatish;
13) matnda fe’lning majhul nisbatidan foydalanish;
14) maxsus bog`lash uchun xizmat qiladigan so`z, so`z
birikmalarining qo`llanishi.
4. Publitsistik uslub.
Publitsistika keng ma’noda ijtimoiy-siyosiy hayot masalalarini yoritadigan barcha
turdagi asarlarni o`z ichiga oladi. Bu uslub ham o`zining yozma va og`zaki
ko`rinishlariga ega. Hayotning muhim ijtimoiy-siyosiy masalalariga bag`ishlangan
bosh maqolalar, felyeton, murojaatnomalar, chaqiriqlar, deklaratsiyalar
uslubningyozma turidagi asarlaridir.
Publitsistik uslubning yozma va og`zaki ko`rinishlari o`ziga xos xususiyatlariga
ega bo`lsada, ular publitsistik uslubning umumiy talablariga bo`ysunadi.
Chunonchi, bu uslubning ikkala turida ham siyosiy faollik, hozirjavoblik, o`tkir va
ta’sirchan notiqlik, mantiqiy salobat, tashviqot va targ`ibot kabi xususiyatlar
mavjud bo`ladi.
5. Badiiy uslub.
Badiiy nutq uslubi inson amaliy faoliyati va hayotining hamma tomonlarini
qamrab olishi: umumga taalluqligi, barcha barobarligi bilan xarakterlanadi. Badiiy
nutq uslubi juda xilma-xil ko`rinishlarda namoyon bo`ladi. Bu uslub muallifga
asarning estetik ta’sirini kuchaytirish uchun tilning barcha leksik va Grammatik
vositalaridan ustalik bilan foydalanish, tanlash, shuningdek, yangidanyangi, ifoda
vositalari yaratish imkonini beradi. Badiiy nutq uslubida til obraz, xarakter va
manzaralar yaratish vositasi bo`lib xizmat qiladi. Bu uslub o`zining obrazliligi
bilan adabiy boshqa funktsional uslublaridan ajralib turadi.
Nazorat savollari
1. Nutqning uslubiy turlarining shakllanishiga qanday asoslar sabab bo`lgan?
2. So`zlashuv uslubining asosiy xususiyatlari nimalardan iborat?
3. Rasmiy uslubning qanday xususiyatlari bor?
4. Ilmiy-uslubning qanday xususiyatlari bor&
5. Publitsistik va badiiy uslubning qanday jihatlarini bilasiz?

Atamalar va kasb-hunar so’zlarining ma’noviy-vazifaviy xususiyatlari


Reja:

Atamalar va kasb-hunarga oid so’zlar leksik birlik sifatida.

Atamalar ma’nosidagi chegaralanganlik va ularning baynalmilallik xususiyati.

Kasb-hunarga oid so’zlarning vazifaviy uslublarda qo’llanilishi.

Kasb-hunarga oid so’zlarning ilmiy va rasmiyuslublardagi vazifasi.

Tayanch so’z va iboralar: ta’rifi, atama va termin, tarixiylik, atamalar shakllanishining xalq tarixi bilan bog’liqligi, “Devonu lug’otit-turk”, sohaviylik, tor doira, jamiyat taraqqiyoti, atamalar va dunyo tillari, boyish yo’llari, o’zlashtirish, milliylashtirish, jadidlar, “Davlat tili haqida”gi Qonun qabul qilinadigan keyingi o’zgarishlar, dubletlar, paralellar, o’rin egallash, xalqaro atamalar, vaqt sinovi, vaziyat, so’z valentligi va atama yasalishi, me’yor. Kasb-hunar atamalari,gilamchilik, kashtachilik, to’qimachilik, me’morchilik leksikasi, sohaviy me’yorlashgan atamalar, determinatsiya.


Ilmiy adabiyotlarda ta’kidlanishicha, ma’lum fan, ishlab chiqarish sohasidagina qo’llaniladigan va asosan o’sha soha kishilari tushunadigan maxsus so’zlar terminlar – atamalar sifatida qaraladi.

“Hozirgacha termin tushunchasi tilshunoslikda turlicha talqin qilinmoqda – deb qayd etishadi. “O’zbek tili leksikologiyasi” asarining mualliflari. – Ba’zi tilshunoslar terminga ilm va texnikaga oid so’z va iboralarnigina emas, barcha uy-ro’zg’or asboblari nomlarini, ishlab chiqarishning hozirgi darajasidagi qurollarnigina emas, balki o’tmishdagi ibtidoiy qurollarning barcha nomlarini, shuningdek, kustarchilik kasb-hunarga oid so’zlarni ham kiritadilar.

Agar masala shu taxlitda qo’yiladigan bo’lsa, har bir konkret predmet nomini termin deb atash lozim bo’lar edi. Gap terminnning aniq bir ma’noni ifodalashida emas, bu jihatdan qaraladigan bo’lsa, kasb-hunar leksikasining ilmiy-texnikaviy terminlardan deyarli farqi yo’q, termin har qanday tushunchaning aniq atamasi sifatidagina emas, balki ilmiy tushunchani ifodalovchi vosita sifatida asosan yozma shaklda maydonga keladi”.

Demak, “atama” so’zini “termin” tushunchasi ma’nosida qo’llaganimizda, uni umuman narsa-predmetlar, voqea-hodisalarning nomi sifatida emas, balki aniq bir ilmiy tushunchani ifodalaydigan va ma’lum bir fan sohasiga tegishli bo’lgan birliklarni anglashimiz lozim.

Shu ma’noda kasb-hunarga oid so’zlar atamalardan farqlanadi. Bu haqda quyiroqda to’xtalamiz.

O’zbek tilshunosligida atamalarni o’rganishga doir ko’pgina ishlar amalgam oshirilgan. Ko’plab ilmiy kitoblar, risolalar, lug’atlar, ilmiy va ilmiy-ommabop maqolalar yozilgan, dissertatsiyalar himoya qilingan. Bu borada 200 dan ortiq lug’atlarning nashr etilishi fanimizning katta yutug’I hisoblanadi. O’zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi, “Lotin yozuvi asosidagi o’zbek alifbosiga o’tish to’g’risida”gi Qonunning qabul qilinishi, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atamalar qo’mitasi olib borayotgan yirik hajmdagi ishlar atamashunoslik sohasining yanada yuqori bosqichga ko’tarilishiga sabab bo’ldi.

Atamalarning shakllanishi ham xalqning tarixi qadar qadimiydir. To’nyuquq, Kultegin, Bilga hoqon singari bitiktoshlarda xalqimiz mashg’ul bo’lgan hunarlarga oid atamalarni uchratamiz. Ular xalq tomonidan yaratilgan afsonalarda, qahramonlik qo’shiqlarida ham mavjud bo’lgan. Ularni mujassam qilgan Mahmud Qoshg’ariyning “Devonu lug’otit-turk” asari ularning bizgacha yetib kelishida katta tarixiy vazifani bajargan. Masalan, asardan ovchilik mavzusidagi parchalarni olib ko’raylik:

Chag’ri berib qushlatu,


Toyg’an izib tishlatu,

Tilki, to’ng’iz toshlatu

Ardan bila o’klalim

Mazmuni:(Yigitlarga) chag’ri (ov qushi) berib qush ovlaylik, ov itini (qushlarning) izidan solib tishlataylik. Tulki, to’ng’iz(larni) tosh bilan uraylik, yutuqlarimiz bilan maqtanauylik. Yana:


Yigitlarig ishlatu,
Yig’ach yanish irg’atu.

Qulan kiyik avlatu

Bazram qilib aynalim.

Mazmuni:Yigitlarni ishlataylik, Daraxt(lar)dan meva(larni)qoqtiraylik, qulon kiyik ovlataylik, (so’ng) bayram qilib ovunaylik.Shunday qilib, mana shu kabi tarixiy-ilmiy-badiiy manbalar orqali birgina jismoniy tarbiya va sportga oid kurash, chopish, sakrash, chavandozlik, yoy, o’zish, o’yin, tepish, tepki, to’p, to’r chavgon, qanot, qilich, kema yoki shaxmatga oid shatranj, shoxmot /shaxmat,shox/ shax, farzin, rux, fil, ot /asp, piyoda/ sipoh, mot, pot /pat, dona, oq qora, katak, qanot, yurish, kisht, hujum singari ko’plab atamalar bizgacha yetib kelgan. Bu hol ijtimoiy hayotning barcha sohalariga tegishli.


Mana shu tarzda har bir davrda jamiyatning taraqqiyoti bilan bog’liq holda sohaviy atamalar ham son, ham sifat jihatdan takomillashib bordi. Uning taraqqiyotida XIX asrning II yarmidan keyingi davr va yana oradan yuz yildan ortiq vaqt o’tib O’zbekistonning mustaqillikka erishgan davri alohida o’rin tutadi. Mana shu davr ichida jahonda yuz bergan o’zgarishlar O’rta Osiyo, jumladan O’zbekistonda ham sanoatning o’sishiga, dunyoviy fanlarning qaytadan rivojlanishiga sabab bo’ldi. Falsafa, huquq, tarix, filologiya, sotsiologiya, kimyo, fizika, matematika, biologiya, geografiya, sanoat, qishloq xo’jaligi, tibbiyotga oid maxsus atamalar shakllandi va ular tilimizga kirib keldi. Bunda rus tilining ta’siri katta bo’lganligidan ko’z yumib bo’lmaydi.

Atamalarning o’zbek tilida son jihatdan ko’pchilikni tashkil etishi ularni mavzuviy guruhlarga bo’lib o’rganishni taqozo qiladi. Chunki o’zbek atamashunoslari S.Ibrohimov, S.Akobirov, Olim Usmon, R.Doniyorov, X.Shamsiddinov, A.Madvaliyev va boshqalar ta’kidlaganlaridek, bunday tahlil atamalarning umumiy boyligini ko’rsatishga ko’maklashadi, sohalarga bo’lib o’rganishni osonlashtiradi.

Atamalarning dastlab ikki katta guruhga ajratish to’g’ri bo’ladi:

Umumiylik hususiyatiga ega bo’lgan atamalar.

Hususiylik hususiyatiga ega bo’lgan atamalar.

Umumiy atamalar sirasiga bir terminologik tizimning barcha yo’nalishlari uchun tushunarli bo’lgan atamalar kiradi. Masalan, sportdagi musobaqa, sovrin, sovrindor, yutuq, g’alaba, birinchilik, chempionat, ko’rik, trener, hakam atamalarini sportning barcha turlarida bemalol qo’llash mumkin. Fizikaga oid issiqlik, temperature, jism, elektr, magnit, gaz, harakat, energiya, maydon singari atamalar haqida ham shu gaplarni aytish mumkin.


Hususiy atamalar esa faqatgina bitta mavzuviy guruh doirasida amal qiladi. Masalan, yuqorida keltirilgan fizikaga oid atamalar uning barcha sohalarida qo’llanilishi mumkin bo’lgani holda, gravitatsiya, diod, termoster, kondensatsiya, kapillyar hodisalar singari atamalar yoki kimyoga oid gidroksid, oksid, sulfat kislotasi, xlorid kislotasi kabi atamalar tor ixtisos doirasida qo’llaniladi. Bunday holatni fanlarning barcha yo’nalishlari va sohalarida kuzatish mumkin.

O’zbek tilining barcha leksik resurslarida bo’lgani kabi atamalarning ham o’z boyish yo’llari bor va ular tilimiz taraqqiyotidagi umumiy qonuniyatlarga muvofiq keladi.

Dunyoda chetdan so’z o’zlashtirmagan birirta ham til yo’q, degan qarash uning terminologiyasiga ham to’g’ri keladi. “Hamma tillarda ham yangi tushunchani ifodalash uchun yo boshqa tildan tayyor termin qabul qilinadi, yo shu tilning o’zida mavjud bo’lgan so’z yoki termindan foydalaniladi, yo bo’lmasa yangi termin yasaladi” deb yozadi S.Akobirov.

E’tirof etish kerakki, o’zbek tilida chetdan qabul qilingan ilmiy-texnikaviy atamalarning salmog’I katta. An’anaga ko’ra ularni quyidagi yo’nalishlarda o’rganamiz:


Arabcha: amaliyot, asar, asos, izoh, ilm, in’ikos, ilova, isloh, istiloh, islohot, maqola, misol, masala, maxraj, manfiy, musbat, mavzu, mazmun, mantiq, ma’naviy, ma’rifiy, muqaddima, mushohada, tajriba, taqriz, tahlil, uslub, fan, falsafa va hokazo.

Forscha-tojikcha: bastakor, duradgor, zabtkor, navosoz, navoxon, shogird, peshqadam, sovrin, sozanda, ustoz, chavandoz, yakkaxon, havaskor, hamshira kabi.

Ruscha-baynalmilal: abzats, agronomiya, agrotexnika, arxeologiya, gazeta, kodeks, lingvistika, matematika, nekrolog, plenum, realism, romantiam, sessiya, syezd, fizika, fonetika, fonologiya va hokazolar. Ularning ma’lum qismlari:

Lotincha: abbreviatsiya, abstrakt ot, agglyutinatsiya, adverbializatsiya, adyektivatsiya, aktualizatsiya, aksentologiya, alliteratsiya, areal, artikulyatsiya, assimilyatsiya, affiks, affiksoid, affrikata kabi.

Yunoncha: allegoriya, allomorph, allofon, alfavit, amorf tillar, analitik tillar, analogiya, anomaliya, antiteza, antonym, antroponim, apokopa, arxaizm, aforizm singari.

Keyingi yillarda mustaqillik sharofati bilan respublikamiz miqyosida yuz bergan ijtimoiy-siyosiy o’zgarishlar tilimiz taraqqiyotiga, xususan uning terminologik rivojiga katta ta’sir ko’rsatdi.
“Davlat tili haqida”gi Qonunning yuzaga kelishi munosabati bilan fanlarning turli yo’nalishlari bo’yicha atamashunoslik sohasida islohotlar o’tkazish, ularni “o’zbekchalashtirish”ga imkoniyat yaratildi.

Hatto dastlab shunday bir vaziyat yuzaga keldiki, atamalarni “milliylashtirish”ga ishtiyoq kuchayib ketdi. Tavsiyalar ha nihoyatda ko’paydi. Jo’yali fikrlar bilan bir qatorda, hazm bo’lishi qiyin bo’lgan takliflar ham o’rtaga tashlandi. Bu gapning tasdig’I sifatida ayrim misollarni keltiramiz: matematika-riyoziyot, fakultet-kulliyot, rassom-musavvir, gazetxon-mushtariy, auditoriya-saboqxona, xona, o’quv xonasi, sirk-tomosaxona, sirkul-pargar, sellofan-suvqog’oz, seyf-zarf, attestatsiya-ko’rik, samolyot-aeroplan, tayyora, aeroport-tayyoragoh, familiya-naslnoma, klub-da’vatxona, titul list-sarvaroq va hokazo.

Bu kabi tavsiyalar mustaqillikdan keyin – “Davlat tili haqida”gi Qonun qabul qilingach, o’rtaga tashlandi. Ona tilimizning chin fidoyilari erksevar va millatsevar jadidlar tomonidan esa shu mazmundagi mulohazalar asrimizning boshlarida, mustamlakachilik paytlaridayoq o’rtaga tashlandi.

Ulug’ ma’rifatparvar Fitrat 1921 yildagi til, imlo qurultoyida kontrrevolyutsion “Chig’atoy gurungi” tashkilotining dasturini bayon etib, o’zbek tilidan yot so’zlar (arabcha, forscha, ruscha)ni chiqarib tashlasak, buyuk idealimiz bo’lgan turkchilikka birlashamiz, deb ochiq-oydin aytdi.

Ular(tilning sofligi uchun kurashuvchilar - mualliflar)… ko’plab qadimiy so’zlarni tiriltirishni, o’zbek adabiy tiliga qabul qilishni tavsiya qildilar. Masalan, arabcha zahmat, xalq, duo, nasihat, rais, olam, kitob,maktub so’zlari o’rniga emgak, el, oqish, o’g’ut, boshliq, ochun, bitik, yozoq so’zlarini, forscha shahar, guvoh, tajriba so’zlari o’rniga baliq, taniq, sipok so’zlarini, ruscha parovoz, poyezd, revolyutsiya, proletar, samovar, pochta, agronom, elektr, geografiya, botanika, astronomiya, morfologiya, sintaksis kabi so’zlar o’rniga o’txona, otash arava, o’zgarish, yo’qsil, o’zi qaynar, choparxona, ekin bilg’ich, simchiroq, yer biligi, o’simlik biligi, yulduz biligi, sarf, nahv kabi so’z va iboralarni ishlatishni ko’tarib chiqdilar.

Bu qarashlar shu ma’noda diqqatga sazovorki, ularda tilni mumkin qadar chet el unsurlaridan tozalash, umumturkiy birliklarni adabiy til me’yori sifatida belgilash g’oyasi yotadi. Masalaning qo’yilishi ana shu tarzda bo’lsa, yuqoridagi riyoziyot, kulliyot, musavvir, mushtariy, saboqxona, pargar, tayyora, tayyoragoh, naslnoma, da’vatxona kabi so’zlar bu g’oyaga mos kelmaydi. O’z-o’zidan savol paydo bo’ladi: qabul qilishga tavsiya etilayotgan so’zlar umumturkiy bo’lmagach, qanday farqi bor – ruscha-baynalmilal bo’ldi nima-yu, arabcha yoki forscha-tojikcha bildi nima?

Masalaning boshqa bir muhim tomoni bor: tavsiya etilgan birliklar adabiy leksik me’yor sifatida qabul qilinmadi. Nega? Shuning uchunki, birinchidan, tildagi o’zgarishlar jarayoniga o’sha davrdagi ijtimoiy-siyosiy ziddiyatlarning ta’siri bo’ldi. Millatsevatlik millatchilik deb ayblanayotgan bir davrda, tilimizga bo’lgan bu kabi munosabatlar, yangilikka intilishlar qo’llab-quvvatlanmadi. Ikkinchidan, asrimizning boshlarida, hatto hozirda ham narsa va tushunchalarni ifodalovchi birliklarni tavsiya etilgan so’zlar shaklida qo’llash hali me’yorlashmagan, odat tusiga kirmagan edi va shundayligicha qolib ketdi.

Tilimizda qo’llanilib kelinayotgan avtor, arxitektor, gumanizm, doklad, ideologiya, inspektor, intelligent, control, komandirovka, komandirovochnaya leksiya, ministr, oblast, ostanovka, planeta, problema, rayon, raport, redaktor, revolyutsiya, spravka, student, sekretar, tema, territoriya, traditsiya, forma singari so’zlar o’rnini muallif, me’mor, insonparvarlik, ma’ruza, mafkura, nozir, ziyoli, nazorat, safar, safarnoma, ma’ruza, vazir, voliyat, bekat, sayyora, muammo, tuman, bildirishnoma /xabarnoma, muharrir, inqilob, ma’lumot/ ma’lumotnoma, talaba, kotib/ kotiba, mavzu, hudud, an’ana, shakl kabi tavsiya etilgan so’zlar osonlik bilan egalladi. Chunki ular dubletlar sifatida tilimizda ozmi-ko’pmi oldindan ham qo’llanilib kelinayotgan edi.

Ko’pgina misollar tahlili atamalar, nomlanishlar turg’unligi murakkab masala ekanligini ko’rsatadi. O’zbekiston Respublikasi sobiq Ittifoq tasarrufida ekanligida, rus tilining Ittifoq hududidagi boshqa tillarga ta’siri kuchli bo’lgan paytlarda biz hech bir ikkilanmasdan respublika, oblast, rayon, avtor, agitatsiya, propaganda, ideya, plan, forma, protsent, protsess, komandirovka, raport, spravka, student, sekretar, ministr kabi so’zlarni, garchi ularning tilimizda(oldin qaysi tildan qabul qilingan bo’lishidan qat’iy nazar) muqobil variantlari bo’lsa-da, ishlataverar edik. Vatanimizning mustaqillikkka erishishi munosabati bilan tabiiy ravishda bu so’zlarga jamoatchilik tomonidan munosabat bildirildi. Jumhuriyat, viloyat, tuman, muallif, tashviqot, targ’ibot, g’oya, reja, shakl, foiz, jarayon, safar, bildirishnoma, ma’lumotnoma, talaba, kotib(a), vazir kabi muqobil variantlari ham 90-yillar boshlaridan ular bilan bab-baravar qo’llanila boshlandi va bu parallellik tilimizda me’yor sifatida ma’lum muddat saqlanib turdi.

Endi oradan o’n yildan ko’proq vaqt o’tgach, butunlay boshqa manzara kuzatiladi. Bu o’tgan vaqt orasida birinchi guruh so’zlar asosan ikkinchi guruh so’zlariga o’z o’rnini bo’shatib berdi, deb bemalol ayta olamiz. Nega asosan deb aytayapmiz? Shuning uchunki, saragi sarakka, puchagi puchakka deganlaridek, bu so’zlarning har biri vaqt g’alviridan o’tdi. Ayrimlari hozir ham parallellik xususiyatini saqlab qoldi: respublika-jumhuriyat, universitet-dorilfunun kabi. Ularning semantic-uslubiy ma’nolari aynan bir xil bo’lmagani uchun ham shunday bo’ldi.

Bunday parallel qo’llanishning boshqa sabablari ham bor. Biz tilshunosligimizda epitet – sifatlash, derivatsiya – so’z yasalishi, affiks – qo’shimcha, abbreviatura – qisqartma so’z, anaphora – misra boshidagi tovush takrori, antroponimlar – kishi ismlari, toponimlar – joy nmlari, atribut – aniqlovchi, affrikatlar – qorishiq undoshlar, stil – uslub, stilistika – uslubshunoslik kabi o’nlab atamalarni parallel holda hozir ham ishlatib kelmoqdamiz. Buning boisi atamalarning birinchisi xalqaro termin sifatida barcha tillarda qo’llanilib kelinayotganligidadir.

Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, yangi tavsya etilayotgan so’zlarning ma’qul kelishi va me’yorlashishi ularni tilda avval qo’llanilib kelinayotgan yoki kelinmayotganiga ham bog’liq. Boshqacha aytganda, ularni ko’rish va eshitishga odatlanish me’yorlashishga ko’maklashadi.

Atamalar qo’llashda me’yorni saqlab turish boshqa so’zlar, masalan, ko’p ma’noli yoki sinonim so’zlar me’yorini turg’un holatda ushlab turishga nisbatan osondek tuyuladi. Aslida esa bu yerda ham o’z muammolari bor. Masalan, shu paytgacha tilimizda faol ishlatilib kelinayotgan tovar so’zi o’rnida mol so’zini ishlata olamiz: mol, sanoat mollari, mol ayirboshlash, mol olib kelmoq, narxi tushirilgan mollar kabi. Ammo bunday ishlatish bemalol emas. Sanoat mollari deyish mumkin bo’lgan holda oziq-ovqat mollari deb bo’lmaydi, mol keltirdim deganda faqat sanoat mollari tushuniladiya, tovar keltirdim deganda farqlanmasdanmi yoki promtovari, prodtovari so’zlariga asoslanibmi, har ikkalasi ham tushunilaveradi. Tovar so’zidan tovaroved so’zini yasay olamizu, mol so’zidan ana shu ma’nodagi molshunos so’zini yasay olmaymiz. Yasagan taqdirimizda ham u mol so’zining asosiy ma’nosiga – hayvon ma’nosiga tortib ketadi va hayvonni yaxshi biladigan, hayvon bilan shug’ullanadigan kishi ma’nolarini anglatadi. O’zbek tilida esa bunday ma’nolarni ifodalashga zarurat bo’lmagan. Aytaylik, insonshunos, hatto hazil tariqasida ershunos deyish ham mumkin, ammo hayvonshunosh deb bo’lmaydi. Shunday ekan, tilimizda tovaroved yoki tovarshunos so’zidan foydalanib turishga to’g’ri keladi.

Ma’lum bo’ladiki, tilshunoslik ilmida, tilshunoslar va boshqa mutaxassislar faoliyatida, aynisa, atamalar bobida tildan foydalanishdagi vaziyatni muvofiqlashtirish, bir xillikni yuzaga keltirish, osonlik va qulaylik yaratish, eng muhimi, tushunarli bo’lishni ta’minlash maqsadida tavsiyalar berib boriladi. Aytaylik, agroprom, agroximiya, akvarel, annotatsiya, arxeolog, astronom, vacant so’zlari o’rniga dehqonchilik sanoati, dehqonchilik kimyosi, suv bo’yoq, muxtasar bayon, qadimshunos, falakiyotchi, bo’sh o’rin/bo’sh lavozim kabi so’z birikmalarni ishlatish taklifi.

Ammo bu tavsiyalar qanchalik ilmiy, amaliy va me’yoriy asosga ega? Bu variantlarning qaysi biri tilda yashab qolishi mumkin? Ularning qaysi biri narsa va hodisaning, predmet va tushunchaning moniyatini to’laroq ifoda etadi? Bu masalani, qaysi variant ma’qul bo’lishidan qat’i nazar, hayotning o’zi, til elementlaridan foydalanish jarayonini hal qiladi. Lekin bunday tavsiyalarning berilishi, tavsiya etilayotgan varizntlarning afzallik tominlari tushuntirib berilishi mutlaqo zarur bo’lgan faoliyatdir. Faqat shunday yo’l bilangina tilimiz takomillashib, sayqallashib, so’z ma’nolaridagi eng nozik imkoniyatlar ham reallashib boradi. Aytilganlarning tasdig’I sifatida bir misol keltiramiz: psixologiya faniga oid ko’plab atamalar shu soha mutaxassislarining tavsiyasiga binoan o’z o’rnini sharq ilmida qo’llanib kelingan atamalarga bo’shatib berdi. Psixologiya – ruhshunoslik, psixika-ruhiyat, psixik protsess-ruhiy jarayon, adaptatsiya-moslashish, nerv-asab, nerv sistemasi-asab tizimi, talent-iqtidor/iste’dod, temperament-mijoz, emotsiya-jo’shqin holat/jo’shqinlik, xarakter-xulq.

Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, tildagi me’yoriy holatlarni tayinlashda har bir tilning o’z ichki qonun-qoidalariga tayanib, ko’pchilikka ma’qul bo’lish-bo’lmaslik jihatlari e’tiborga olinishi kerak.

Kasb-hunar leksikasi bir qancha xususiyatlari bilan terminologik leksikadan farqlanadi.

Asrlar davomida yaratiladigan kasb-xunarga oid so’zlar ma’lumkasb-hunar kishilari orasidagina qo’llaniladi va ular og’zaki nutq jarayonida shakllangan bo’ladi. Bu guruh so’zlarning imkoniyati bir kasb-hunar va u bilan shug’ullanadigan kishilar doirasida chegaralangan. Shu tufayli ularning dialectal variantlari mavjud bo’lishi ham mumkin. Bunday xususiyatlari bilan ular atamalarga qarama-qarshi turadi. Chunki atamalar fan va texnika, sanoat va qishloq xo’jaligi, ma’naviyat va madaniyat sohasiga doir rasmiy tushunchalarni ifodalaydi va ular tegishli mutasaddilar tomonidan nazorat qilib boriladi. Ilmiy tushuncha ifodasi sifatida asosan yozma shaklda vujudga keladi va umumjahon yoki umummilliy ahamiyatga ega bo’ladi.

Kasb-hunarga oid til birliklari me’yorlari haqida so’z yuritish ham ahamiyatli. Mavjud lug’atlarni ko’zdan kechirish shundan dalolat beradiki, ulardan o’zbeklarning ijtimoiy hayoti, kasbi va hunarmandchiligiga oid atamalarning ma’lum qismigina joy olgan. T.Tursunovaning “O’zbek tili amaliy leksikasi” (T.,1978)asarida keltirilgan ayrim misollarga murojaat qilib ko’raylik: gilam turlarini bildiradigan julxirs, zulbaraq, arabi, olacha, palos, xoli/g’oli, sholcha, qoqma yoki bosma(1.chakmon. 2.ilma,chok turi), birishim, bo’zastar, gulburi, dorpech, dug/duk, duxoba, do’kon(1.dastgoh,stanok. 2.magazin), do’ppi yondori, jo’ypush, zardevol/zardevor, zardo’zi, zehdo’zlik, yo’rma, peshonaband/peshonabog’, popop, popopchilik, urchuq, choyshab, qo’chqorboshi/qo’chqorak va boshqalar. Ulardan gilamning turlarini bildiradigan arabi, palos, sholcha so’zlari hamda chakmonma’nosidagi zardo’zi, zehdo’zlik, zardevol, popup, popopchilik, peshonaband, peshonabog’, urchuq singari birliklar lug’atlarda keltirilgan.

XXI asrga kelib fan va texnika taraqqiyoti o’zbek milliy kosibchiligining ayrim tarmoqlari faoliyatini susaytirib qo’ydi. Ular tayyorlab yetishtiradigan mahsulotlarning ko’pchiligi kundalik ehtiyojlarni qondirishishi nuqtayi nazaridan ham, ma’naviy jihatdan ham eskirdi. Bu esa, o’z navbatida, ana shu sohalarga tegishli bo’lgan til birliklarining qo’llanishi darajasini pasaytirdi.

Tilimizning hozirgi mavqei nuqtai nazaridan nutqimizda unumli-unumsizligidan, me’yorlashgan-me’yorlashmaganligidan qat’I nazar, bu birliklar lug’atlarda qayd etilishi va kelgusi avlodlar uchun saqlab qolinishi lozim.

Ma’lum bo’ladiki, o’zbek tilida turli fan sohalari va kasb-hunarga oid ko’plab so’zlar mavjud hamda ular yozma va og’zaki ko’rinishlarda me’yorlashgan. Buni, ayniqsa, tilshunoslik, adabiyotshunoslik, matematika, fizika, kimyo, biologiya, tibbiyot, iqtisodiyot singari turli fan sohalariga oid atamalarda kuzatamiz. Ayni paytda o’zbek tilida shunday vositalar ham borki, ularning qo’llanilish chegarasini bir soha yoki bir vazifaviy uslub doirasida belgilab bo’lmaydi. Ular bir uslub doirasida yoki ma’lum sohada bir ma’nosi bilan me’yorlashgan bo’lsa, ikkinchi bir ma’nosi bilan boshqa uslub yoki sohadan me’yorlashgan. Masalan: ega, kesim, suv aylana, zamon, asos, o’q, tekislik, sirt singari birliklar umumiste’moldagi so’zlar bo’lish bilan birga, ega, sirt, o’q, tekislik geometriyada, zamon falsafada, asos qurilish-me’morchilikda atama sifatida me’yorlashgan.

Bir so’z ikki uslubda, fan sohasida atama sifatida me’yorlashgan bo’lishi ham mumkin. Masalan, morfologiya: 1) tilshunoslikda – tilda so’zlarning o’zgarish shakllari tizimi, grammatikaning so’z shakllarining yasalish usullari hamda so’z yasash qoidalari haqidagi bo’limi; 2) botanikada – tuproqning tuzilishi va shaklini o’rganadigan fan sifatida; assimilyatsiya: 1) biologiyada – organism faoliyati jarayonida organic moddalarning o’zlashishi, singishi va hazm bo’lishi; 2) tilshunoslikda – so’zlarning talaffuzida ularning tarkibidagi ikki tovushning bir-biriga ta’sir qilish natijasida bir-biriga muvofiqlashuvi, bir-biriga singib, o’zshab ketishi; 3) tarix va etnografiyada – biror xalqning ikkinchi bir xalq urf-odatlarini, madaniyati va tilini o’zlashtirishi natijasida unga aralashib qo’shilib ketishi kabi.

Til taraqqiyotida buning aksi ham kuzatiladi. Ma’lum fan sohasi yoki kasb-hunarga tegishli bo’lgan atamalarning ma’no doirasi kengayadi – determinlashish jarayoni ro’y beradi, ya’ni ular tor atamalilik doirasidan chiqib, ommalashadi va barcha vazifaviy uslublarda qo’llanila boshlaydi. Masalan: odamni operatsiya qilmoq – valyuta operatsiyasini amalga oshirmoq – harbiy operatsiyani bajarmoq kabi. Ular shu tariqa turg’un birikmalar tarkibida ham qo’llanila boshlaydi: gegemonlik, avtomat bo’lib ketmoq, reytingi baland, qo’shtirnoqqa olmoq va boshqalar.

Tilda ma’lum paytda paydo bo’lib, asosan so’zlashuv nutqida qo’llanilib va me’yorlashib, lug’atlarga kirib ulgurmasdanoq iste’moldan chiqib ketadigan birliklar ham uchraydi. Ayollar ko’ylak qilib tikadigan turli xil materiallar va ayrim kiyim nomlari haqida shunday deyishimiz mumkin: kelin kiysin, qaynonasi kuysin; marg’ilon nusxa, bargi karam, namozshomgul, tohir-zuhra, suv parisi, skarlet kabilar.

Mana shu tarzda o’zbek tilida mavjud bo’lgan barcha kasb-hunarga doir so’zlarning til me’yorlari xususida tahlilni davom ettirish mumkin.



TIL VA TERMINOLOGIYA
REJA:
1.Termin va terminologiya haqida umumiy ma’lumot.
2. O‘zbek tili terminoloiyasi fanining maqsad va vazifalari.
3.Til haqida tushuncha.
Termin grekcha terminus so ‘zidan olingan bo ‘lib, chek, chegara degan ma’noni bildiriadi. U fan-texnika, qishloq xo‘jaligi, san’at va madaniyat sohasiga xos so‘z hisoblanadi. Terminologiya - terminlar haqidagi ta’limot va terminlar majmui degan ma’nolarni anglatadi.
Termin grekcha terminus so ‘zidan olingan bo ‘lib, chek, chegara degan ma’noni bildiriadi. U fan-texnika, qishloq xo‘jaligi, san’at va madaniyat sohasiga xos so‘z hisoblanadi. Terminologiya - terminlar haqidagi ta’limot va terminlar majmui degan ma’nolarni anglatadi.
Termin so ‘zi o ‘rnida ba’zan atama, istiloh so ‘zlarini ishlatish hollari uchrab turadi. Ammo bu to ‘g ‘ri emas. Atama termin so’ziga nisbatan tor tashunchani ifodalaydi. Istiloh so’zi esa arabchadir. Uni xalq tushunmaydi va meyorga aylangan emas. Terminologiya masalalari hamisha tilshunoslikning dolzarb masalalaridan biri bo‘lib kelgan. Chunki terminlarning sohalar lug‘aviy qatlamlaridagi o‘rni va vazifasini belgilash, tushunchaning mazmun-mohiyatini to‘g‘ri anglash imkonini beradi.
Terminologiyaga bag‘ishlangan ishlarning barchasida u yoki bu sohaning muayyan tushunchalarini anglatadigan, definitsiyaga ega bo‘lgan va, asosan, nominativ funktsiyani bajaradigan birliklar termin hisoblanadi deb qaraladi.
Terminologiyaga bag‘ishlangan ishlarning barchasida u yoki bu sohaning muayyan tushunchalarini anglatadigan, definitsiyaga ega bo‘lgan va, asosan, nominativ funktsiyani bajaradigan birliklar termin hisoblanadi deb qaraladi.
. A.Reformatskiy terminga ta’rif berar ekan, “... terminlar – bu maxsus so‘zlardir” degan xulosaga keladi.
A.V.Kalinin muayyan fanlar va kasbkorlikda ishlatiladigan so‘zlarni “maxsus leksika” deb ataydi va uni ikki guruhga ajratadi. 1. Maxsus leksikaga, birinchi navbatda, terminlar kiradi. 2. Maxsus leksika tarkibiga terminlardan tashqari professionalizmlar ham kiradi. U o‘z fikrini davom ettirib, “Termin bilan professionalizmlar o‘rtasidagi farq shuki, termin bu muayyan fan, sanoat sohasi, qishloq xo‘jaligi, texnikadagi tamomila rasmiy bo‘lgan, qabul qilingan va qonunlashtirilgan biror tushunchaning ifodasidir, nomidir, professionalizm esa biror kasb, mutaxassislik, ko‘pincha jonli tilda tarqalgan, aslini olganda, tushunchaning qat`iy, ilmiy tavsifiga ega bo‘lmagan yarim rasmiy so‘zdir”,-deydi.
A.V.Kalinin muayyan fanlar va kasbkorlikda ishlatiladigan so‘zlarni “maxsus leksika” deb ataydi va uni ikki guruhga ajratadi. 1. Maxsus leksikaga, birinchi navbatda, terminlar kiradi. 2. Maxsus leksika tarkibiga terminlardan tashqari professionalizmlar ham kiradi. U o‘z fikrini davom ettirib, “Termin bilan professionalizmlar o‘rtasidagi farq shuki, termin bu muayyan fan, sanoat sohasi, qishloq xo‘jaligi, texnikadagi tamomila rasmiy bo‘lgan, qabul qilingan va qonunlashtirilgan biror tushunchaning ifodasidir, nomidir, professionalizm esa biror kasb, mutaxassislik, ko‘pincha jonli tilda tarqalgan, aslini olganda, tushunchaning qat`iy, ilmiy tavsifiga ega bo‘lmagan yarim rasmiy so‘zdir”,-deydi.
R.Doniyorov bu fikrga e`tirozan, “Bunday qat`iy da’vo, aslini olganda, tilni sinfiy deb hisoblagan ayrim “olim”larning qarashlari davomidir desak, xatoga yo‘l qo‘ymasmiz” deya munosabat bildiradi. H.Jamolxonov terminga munosabatda bo‘lar ekan quyidagicha yozadi: “Terminlar fan-texnika, adabiyot, san`at va boshqa sohlarga oid ixtisoslashgan, qo‘llanishi muayyan soha bilan chegaralangan tushunchalarni ifodalaydigan nominativ birliklardir: gulkosa, shona (botanikada); to‘rtburchak, kvadrat (geometriyada); ega, kesim (tilshunoslikda); qofiya, turoq, vazn (adabiyotshunoslikda) kabi ”.
R.Doniyorov bu fikrga e`tirozan, “Bunday qat`iy da’vo, aslini olganda, tilni sinfiy deb hisoblagan ayrim “olim”larning qarashlari davomidir desak, xatoga yo‘l qo‘ymasmiz” deya munosabat bildiradi. H.Jamolxonov terminga munosabatda bo‘lar ekan quyidagicha yozadi: “Terminlar fan-texnika, adabiyot, san`at va boshqa sohlarga oid ixtisoslashgan, qo‘llanishi muayyan soha bilan chegaralangan tushunchalarni ifodalaydigan nominativ birliklardir: gulkosa, shona (botanikada); to‘rtburchak, kvadrat (geometriyada); ega, kesim (tilshunoslikda); qofiya, turoq, vazn (adabiyotshunoslikda) kabi ”.
Terminalogiyaning rivojlanishi, boyish yoʻllari har xil: boshqa tillardan soʻz olish, yangi soʻz yasash, ayrim fammatik kategoriyalarning leksikalashuvi, soʻz birikmasining semantik bir butun holga kelib qolishi va boshqa bugungi kunda oʻzbek terminalogiyasining boyishi, asosan, boshqa tillardan soʻz olish va ichki soʻz yasash hisobiga roʻy bermoqda. U yoki bu soha terminologik tizimining barkarorligini belgilovchi asosiy omili uning tartibga solinganligi va muntazamligidir.
Terminalogiyaning rivojlanishi, boyish yoʻllari har xil: boshqa tillardan soʻz olish, yangi soʻz yasash, ayrim fammatik kategoriyalarning leksikalashuvi, soʻz birikmasining semantik bir butun holga kelib qolishi va boshqa bugungi kunda oʻzbek terminalogiyasining boyishi, asosan, boshqa tillardan soʻz olish va ichki soʻz yasash hisobiga roʻy bermoqda. U yoki bu soha terminologik tizimining barkarorligini belgilovchi asosiy omili uning tartibga solinganligi va muntazamligidir.
Terminalogiyaning oʻziga xos xususiyatlari mavjud. Masalan, umumadabiy tilda sinonimiya, omonimiya va kup maʼnolilik tilning boyligi boʻlsa, Terminalogiyada bular salbiy hodisa hisoblanadi. Masalan, birgina tushunchani ifodalash uchun oʻzbek tilida yarimoʻtkazgich — chalaoʻtkazgich — nimoʻtkazgich terminlari qoʻllanmoqda. Bu, oʻz navbatida, oʻqishoʻqitish va axborot almashish jarayonini qiyinlashtiradi.
Terminalogiyaning oʻziga xos xususiyatlari mavjud. Masalan, umumadabiy tilda sinonimiya, omonimiya va kup maʼnolilik tilning boyligi boʻlsa, Terminalogiyada bular salbiy hodisa hisoblanadi. Masalan, birgina tushunchani ifodalash uchun oʻzbek tilida yarimoʻtkazgich — chalaoʻtkazgich — nimoʻtkazgich terminlari qoʻllanmoqda. Bu, oʻz navbatida, oʻqishoʻqitish va axborot almashish jarayonini qiyinlashtiradi.
Shu sababli ham terminalogiyasi maʼlum darajada barqarorlashgan barcha tillarda terminlar doimiy tartibga solib turiladi. Tartibga solish maʼlum terminologik meʼyorlar asosida amalga oshiriladi. Terminalogiyaning rivojida fan sohalariga oid maxsus lugʻatlarni nashr qilib turish ham muhim ahamiyatga ega.
Shu sababli ham terminalogiyasi maʼlum darajada barqarorlashgan barcha tillarda terminlar doimiy tartibga solib turiladi. Tartibga solish maʼlum terminologik meʼyorlar asosida amalga oshiriladi. Terminalogiyaning rivojida fan sohalariga oid maxsus lugʻatlarni nashr qilib turish ham muhim ahamiyatga ega.
Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov aytganidek, “Xalqning milliy madaniyati va o‘ziga xosligini ifoda etuvchi vosita bo‘lmish o‘zbek tili”1 da mavjud bo‘lgan so‘z va iboralarni, atamalar va leksik boyliklarni o‘rganish hamda insoniy meros sifatida ilmiy tahlilini olib borish bugungi kunda eng dolzarb masalalardan biridir. A.A.Potebnya “keyingi ma’no” deb atagan va “u tilshunoslikning o‘rganish ob`ektiga kirmaydi, uni boshqa fanlar o‘rganadi”2 deb ko‘rsatilgan terminologik leksika uzoq davrlargacha alohida nominativ birlik, atama sifatida tilshunoslikda tadqiq qilinmadi. Tilshunoslik fani rivojlanib, o‘z tadqiqot doirasini kengaytirgan sayin terminlarni o‘rganish uning eng muhim va tarkibiy qismlaridan biriga aylandi. Hozirgi davrda terminlarni o‘rganish tilshunoslikning alohida sohasini – terminologiyani shakllantirdi.
Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov aytganidek, “Xalqning milliy madaniyati va o‘ziga xosligini ifoda etuvchi vosita bo‘lmish o‘zbek tili”1 da mavjud bo‘lgan so‘z va iboralarni, atamalar va leksik boyliklarni o‘rganish hamda insoniy meros sifatida ilmiy tahlilini olib borish bugungi kunda eng dolzarb masalalardan biridir. A.A.Potebnya “keyingi ma’no” deb atagan va “u tilshunoslikning o‘rganish ob`ektiga kirmaydi, uni boshqa fanlar o‘rganadi”2 deb ko‘rsatilgan terminologik leksika uzoq davrlargacha alohida nominativ birlik, atama sifatida tilshunoslikda tadqiq qilinmadi. Tilshunoslik fani rivojlanib, o‘z tadqiqot doirasini kengaytirgan sayin terminlarni o‘rganish uning eng muhim va tarkibiy qismlaridan biriga aylandi. Hozirgi davrda terminlarni o‘rganish tilshunoslikning alohida sohasini – terminologiyani shakllantirdi.
Ammo shuni ham aytish o‘rinliki, bu jarayonda ruscha va rus tili orqali kirib kelgan terminlarni o‘rinsiz, sun`iy ravishda yangi yasalmalar yoki arab va fors-tojikcha so‘zlar bilan almashtirish hollari ham kuzatiladi.
Ammo shuni ham aytish o‘rinliki, bu jarayonda ruscha va rus tili orqali kirib kelgan terminlarni o‘rinsiz, sun`iy ravishda yangi yasalmalar yoki arab va fors-tojikcha so‘zlar bilan almashtirish hollari ham kuzatiladi.
Masalan, bankrot – sinish, buxgalter – hisobchi, gazeta – ro‘znoma, deputat – noib (xalq noibi), jurnal – majalla (jarida, oybitik, oynoma), institut – oliygoh, (ta’limgoh), klub - tomashagoh (tadbirgoh), kompensatsiya – tovon, medal – nishon, fakultet – kulliyot, kurs – bosqich, fonetika – tovushshunoslik, sinonim – ma’nodosh, omonim – shakldosh, antonim – zid ma’noli va hokazo.
Masalan, bankrot – sinish, buxgalter – hisobchi, gazeta – ro‘znoma, deputat – noib (xalq noibi), jurnal – majalla (jarida, oybitik, oynoma), institut – oliygoh, (ta’limgoh), klub - tomashagoh (tadbirgoh), kompensatsiya – tovon, medal – nishon, fakultet – kulliyot, kurs – bosqich, fonetika – tovushshunoslik, sinonim – ma’nodosh, omonim – shakldosh, antonim – zid ma’noli va hokazo.
Til deb murakkab muloqot tizimiga yoki shu tizimni oʻrganish va ishlatish qobiliyatiga aytiladi. Tilni oʻrganuvchi sohaga tilshunoslik deyiladi. Jahon tillari miqdorini aniqlash uchun til va sheva orasida farq oʻrnatish zarur. Shunga qaramay, tillar soni 6—7 ming orasida, deb hisoblanadi. Tabiiy til soʻzlashuv yoki imo-ishora orqali tarqaladi, biroq har qanday til eshitish, koʻrish, sezish stimullari yordamida yozuv, braille yoki hushtak kabi ikkilamchi vositaga kodlanishi mumkin. Bu odam tili modallikdan mustaqil boʻlgani uchun ilojli.
Til deb murakkab muloqot tizimiga yoki shu tizimni oʻrganish va ishlatish qobiliyatiga aytiladi. Tilni oʻrganuvchi sohaga tilshunoslik deyiladi. Jahon tillari miqdorini aniqlash uchun til va sheva orasida farq oʻrnatish zarur. Shunga qaramay, tillar soni 6—7 ming orasida, deb hisoblanadi. Tabiiy til soʻzlashuv yoki imo-ishora orqali tarqaladi, biroq har qanday til eshitish, koʻrish, sezish stimullari yordamida yozuv, braille yoki hushtak kabi ikkilamchi vositaga kodlanishi mumkin. Bu odam tili modallikdan mustaqil boʻlgani uchun ilojli.
Keng maʼnoda til atamasi ostida biror muloqot tizimining tayinli qoidalari majmuasi tushuniladi. Barcha tillar semiozisga, yaʼni belgilarni tegishli maʼnolarga bogʻlash jarayoniga tayanadi. Ogʻzaki va imo-ishora tillari ramzlar ketma-ketligini soʻz yoki morfema qilib shakllantiruvchi fonologik tizim hamda soʻz va morfemalar ketma-ketligidan ibora va gaplarni hosil qiluvchi sintaktik tizimni oʻz ichiga oladi.
Keng maʼnoda til atamasi ostida biror muloqot tizimining tayinli qoidalari majmuasi tushuniladi. Barcha tillar semiozisga, yaʼni belgilarni tegishli maʼnolarga bogʻlash jarayoniga tayanadi. Ogʻzaki va imo-ishora tillari ramzlar ketma-ketligini soʻz yoki morfema qilib shakllantiruvchi fonologik tizim hamda soʻz va morfemalar ketma-ketligidan ibora va gaplarni hosil qiluvchi sintaktik tizimni oʻz ichiga oladi.
Til — jamiyat boyligi, u jamiyat aʼzolarining oʻzaro aloqasini amalga oshiradi, insonning moddiy va maʼnaviy turmushida roʻy beradigan barcha voqeahodisalar haqidagi bilimlarni jamlaydi va ulardan xabardor qiladi; til ayni maʼnoda asrlar mobaynida shakllanadi va mavjud boʻladi. Tafakkur tilga qaraganda birmuncha tezroq rivojlanadi va yangilanadi, leki tilsiz tafakkurni tasavvur etib boʻlmaydi: tilda ifodalanmagan fikr noaniq, tushunarsiz bir narsa boʻlib, insonga borliq voqea-hodisalarini anglab yetishida, fanni rivojlantirish va takomillashtirishida yordam bera olmaydi. Tafakkur tilsiz mavjud boʻlmas ekan, til ham tafakkursiz yashay olmaydi. Biz oʻylab turib gapiramiz va yozamiz, oʻz fikrlarimizni tilda aniqroq va tushunarliroq bayon etishga harakat qilamiz. Demak, fikrlar til negizida paydo boʻladi va unda mustahkamlanadi; til bilan tafakkur bir butunlikni tashkil etadi.
Til — jamiyat boyligi, u jamiyat aʼzolarining oʻzaro aloqasini amalga oshiradi, insonning moddiy va maʼnaviy turmushida roʻy beradigan barcha voqeahodisalar haqidagi bilimlarni jamlaydi va ulardan xabardor qiladi; til ayni maʼnoda asrlar mobaynida shakllanadi va mavjud boʻladi. Tafakkur tilga qaraganda birmuncha tezroq rivojlanadi va yangilanadi, leki tilsiz tafakkurni tasavvur etib boʻlmaydi: tilda ifodalanmagan fikr noaniq, tushunarsiz bir narsa boʻlib, insonga borliq voqea-hodisalarini anglab yetishida, fanni rivojlantirish va takomillashtirishida yordam bera olmaydi. Tafakkur tilsiz mavjud boʻlmas ekan, til ham tafakkursiz yashay olmaydi. Biz oʻylab turib gapiramiz va yozamiz, oʻz fikrlarimizni tilda aniqroq va tushunarliroq bayon etishga harakat qilamiz. Demak, fikrlar til negizida paydo boʻladi va unda mustahkamlanadi; til bilan tafakkur bir butunlikni tashkil etadi.
Ushbu rivojlanish miya hajmi oʻsishiga mos kelgan boʻlishi mumkin; aksariyat tilshunoslar til tuzilishini tegishli muloqot va ijtimoiy vazifalarga xizmat qilish uchun evolutsiyalangan, deb qarashadi. Til odam miyasining turli, xususan Broca va Wernicke sohalarida ishlanadi. Odamlar tilni yosh bolalik paytidagi ijtimoiy oʻzaro munosabat orqali oʻzlashtiradilar va oʻrtacha uch yoshga kelib ravon gapira oladilar. Til ishlatish odam madaniyatiga chuqur singgan. Binobarin, til faqatgina muloqot vositasi boʻlib qolmay, balki individuallik, ijtimoiy stratifikatsiya, parvarish va ermak kabi ijtimoiy va madaniy rollarga ham ega.
Ushbu rivojlanish miya hajmi oʻsishiga mos kelgan boʻlishi mumkin; aksariyat tilshunoslar til tuzilishini tegishli muloqot va ijtimoiy vazifalarga xizmat qilish uchun evolutsiyalangan, deb qarashadi. Til odam miyasining turli, xususan Broca va Wernicke sohalarida ishlanadi. Odamlar tilni yosh bolalik paytidagi ijtimoiy oʻzaro munosabat orqali oʻzlashtiradilar va oʻrtacha uch yoshga kelib ravon gapira oladilar. Til ishlatish odam madaniyatiga chuqur singgan. Binobarin, til faqatgina muloqot vositasi boʻlib qolmay, balki individuallik, ijtimoiy stratifikatsiya, parvarish va ermak kabi ijtimoiy va madaniy rollarga ham ega.
Tillar vaqt oʻtishi bilan oʻzgaradi, ularning evolutsiyasini qadimgi tillar keyingi bosqichlar sodir boʻlishi uchun qanday belgilarga ega boʻlganini aniqlovchi va ularni zamonaviy tillarga taqqoslovchi tarixiy tilshunoslik oʻrganadi.
Tillar vaqt oʻtishi bilan oʻzgaradi, ularning evolutsiyasini qadimgi tillar keyingi bosqichlar sodir boʻlishi uchun qanday belgilarga ega boʻlganini aniqlovchi va ularni zamonaviy tillarga taqqoslovchi tarixiy tilshunoslik oʻrganadi.
Umumiy ajdoddan keluvchi tillar guruhiga tillar oilasi deyiladi. Bugungi kunda jahonda eng keng tarqalgan tillar, jumladan inglizcha, ispancha, portugalcha, ruscha va hindcha hind-yevropa tillari; mandarin xitoychasi va kantoncha esa sino-tibet tillari; arabcha, amharcha va ivrit esa semit tillari; suahili, zulu va shona esa bantu tillari oilasiga kiradi. Tilshunoslar fikriga koʻra bugun mavjud tillarning 50 dan 90 foizigachasi 2100-yilga kelib yoʻqolib ketadi.
Til konkret nutq hodisalari (ayrim gaplar, hikoyalar, bir necha kishining suhbati va shu kabi), jumladan, ogʻzaki yoki mexanik usudda takrorlanadigan va yozuv orqali qayd etiladigan nutq hodisalarida mavjud boʻladi. Koʻplab nutq hodisalarining struktur xususiyatlarini taxlil qilish, qiyoslash va umumlashtirish muayyan tilda mavjud boʻlgan elementlar va ular oʻrtasidagi munosabatlar majmuini yaxlit murakkab belgi tizimi sifatida anglash va tavsiflash imkonini beradi. Hozirgi davrda turli millat, elat va qabilalarga tegishli 2500 dan 5000 tagacha (baʼzi manbalarda 3000—7000 oraligʻida) jonli til borligi maʼlum. Ularning har birida barcha tillar uchun umumiy boʻlgan baʼzi universal struktur xususiyatlar koʻzga tashlanadi.
Til konkret nutq hodisalari (ayrim gaplar, hikoyalar, bir necha kishining suhbati va shu kabi), jumladan, ogʻzaki yoki mexanik usudda takrorlanadigan va yozuv orqali qayd etiladigan nutq hodisalarida mavjud boʻladi. Koʻplab nutq hodisalarining struktur xususiyatlarini taxlil qilish, qiyoslash va umumlashtirish muayyan tilda mavjud boʻlgan elementlar va ular oʻrtasidagi munosabatlar majmuini yaxlit murakkab belgi tizimi sifatida anglash va tavsiflash imkonini beradi. Hozirgi davrda turli millat, elat va qabilalarga tegishli 2500 dan 5000 tagacha (baʼzi manbalarda 3000—7000 oraligʻida) jonli til borligi maʼlum. Ularning har birida barcha tillar uchun umumiy boʻlgan baʼzi universal struktur xususiyatlar koʻzga tashlanadi.
Til mehnat va ijtimoiy ong bilan birgalikda bir-biriga oʻzaro bogʻliq boʻlgan, insonni hayvondan farqlovchi 3 ta eng muhim xossalardan birini tashkil etadi. Ushbu hossalar ichida mehnat muhim ahamiyatga ega boʻlib, u jamiyat mavjudligining moddiy asosi hisoblanadi.
Til mehnat va ijtimoiy ong bilan birgalikda bir-biriga oʻzaro bogʻliq boʻlgan, insonni hayvondan farqlovchi 3 ta eng muhim xossalardan birini tashkil etadi. Ushbu hossalar ichida mehnat muhim ahamiyatga ega boʻlib, u jamiyat mavjudligining moddiy asosi hisoblanadi.
Tilning tafakkur, ijtimoiy ong bilan aloqasi nihoyatda uzviy, chambarchasdir. Til belgilari — soʻzlar, soʻz birikmalari va gaplar — moddiy shakllar boʻlib, ularda ongning ideal mahsullari — aniq tasavvurlardan tortib eng mavhum va umumlashtiruvchi tushunchalar yoki hukmlargacha obʼyektiv tarzda oʻz aksini topadi. Shunday kilib, til nafaqat fikrni ifodalash yoki fikr almashish vositasi, balki ijtimoiy ongda fikrlarni shakllantirish va mustahkamlash vositasi ham hisoblanadi.
XULOSA
Tilning , dastlabki tilning paydo boʻlishi masalasi insoniyatni qadimgi zamonlardan beri qiziqtirib keladi. Qadimgi davrlardan boshlab tilning kelib chiqishi haqida koʻplab nazariyalar, taʼlimotlar paydo boʻldi. Lekin bu nazariya va taʼlimotlar tilning kelib chiqish masalasini hanuzgacha uzil-kesil hal qilib bera olgani yoʻq.
Foydalanilgan adabiyoylar.
Akobirov S. Til va terminologiya. -T., 1968. Begmatov E.Hozirgi o‘zbek tilining lek sik qatlamlari
Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling