V. V. Vinokurov terminning umum qo’llanishdagi so’zdan farqi haqidagi fikrini ayting terminning umumqo’llanishdagi so’zdan farqi unda definitiv funksiyaning mavjudligidir


Download 0.89 Mb.
bet3/4
Sana21.06.2020
Hajmi0.89 Mb.
#120796
1   2   3   4
Bog'liq
2 5402200175462581848

150. Quyidagi birikmalar qaysi uslubga xos: toq sonlar, to’g’ri chiziq - ILMIY USLUBGA

151. Quyidagi birikmalar qaysi uslubga xos: takror so’zlar, so’z yasovchi qo’shimchalar - ILMIY USLUBGA

152. Quyidagi birikmalar qaysi uslubga xos: amalga oshirilsin, ijro uchun qabul qilinsin - RASMIY USLUBGA



BA’ZI SAVOLLARDA VARIANTLAR HAM KERAK EKAN!

158. Maqola qaysi uslubda yoziladi? - ILMIY USLUBDA

161. Darsliklar nechta guruhga bo’linadi? - 2 GURUHGA

162. Darsliklar tarixi qaysi zamonlardan boshlanadi? - mil. av. 2-ming yillik

163. Arab tili grammatikasiga oid kitoblarni ko’rsating - "Haftiyak", "Chor kitob" "Bidon", "Qofiya"

164. Musulmon diniy qoidalari toʻplami — "Avvali ilm" qaysi tilda yozilgan? - FORS TILIDA

165. Toshkentda rus va rus-tuzem maktablari uchun ayrim darsliklar qachon nashr etilgan? - 19-asrning 70-y.larida(1870)

166. O’rta Osiyoni Rossiya bosib ulgunga qadar maktabxonalarda qanday kitoblarda ta’lim berishgan? - Islom diniga oid kitoblar bilan

167. S. M. Gramenitskiyning "Oʻqish kitobi" necha qismdan iborat qilib yozilgan? - 3 qism

168. V. P. Nalivkinning 1885 yilda qaysi darsligi yozildi? - "Azbuka dlya russko-musulmanskix shkol osedlogo naseleniya Turkestanskogo kraya" ("Turkiston oʻlkasidagi oʻtroq aholiga moʻljallangan rus-musulmon maktablari uchun alifbo")

169. V. P. Nalivkinning "Terma kitob" nomli xrestomatiyasi qaysi tillarda nashr etildi? - O’ZBEK, TOJIIK

170. 20-asrning boshlarida Toshkentda "Ustodi avval" alifbesini kim nashr qildi? - SAIDRASUL SAIDAZIZOV

171. "Taʼlimi avval" va "Taʼlimi soniy"larni kim nashr qildi? - RUSTAMBEK YUSUFBEK O’G’LI

172. "Birinchi muallim" ni kim nashr qildi? - ABDULLA AVLONIY

173. Shokirjon Rahimiyning "Sovgʻa" alifbesi qachon chiqarilgan? - 1919

174. "Handasa" va "Fizika" kitoblari aysi tildan tarjima qilgan? - OZARBAYJON

175 HAM 174-SAVOL BILAN BIR XIL!

176. Oʻzbekiston Respublikasining "Taʼlim toʻgʻrisida"gi qonuni qaysi yili qabul qilingan? - 1997

177. Oʻzbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasining 1998 yilda qaysi qarori qabul qilingan? - UZLUKSIZ TA’LIM TIZIMINI DARSLIKLAR VA O’QUV ADABIYOTLARI BILAN TA’MINLASHNI TAKOMILLASHTIRISH

178. O. Sharafiddinov yozgan "Alifbe" qaysi yillarda 1sinf oʻquvchilarining asosiy oʻquv qoʻllanmasi boʻlib keldi? 1938-1970

179. O. Sharafiddinovning kim bilan yozgan yangi "Alifbe" kitobi keng qoʻllanila boshladi ? - Q.ABDULLAYEVA

180. Umumlashtirish - TADQIQOT OLIB BORILAYOTGAN BIR QANCHA PREDMET YOKI HODISALAR BIR BUTUN QILIB FIKRLANILADI

181. Abstraktlash - TADQIQOT OLIB BORILAYOTGAN BIR QANCHA PREDMET YOKI HODISALARNING XUSUSIYATI, HOSSALARINI, O’ZIGA XOS BO’LGAN TOMONLARINI E’TIBORDAN SOQIT QILIB, TADQIQOT UCHUN KERAK BO’LGAN YOKI XUSUSIYATINI MIF HOLATGA KELTIRILADI

182. Konkretlashtirish - ABSTRAKTLASHTIRISH VA UMUMLASHTIRISHDA SAQLANIB QOLGAN XUSUSIYATLARINI YANA PREDMET YOKI HODISALAR BILAN BOG’LAB, SHU PREDMET YOKI HODISA HAQIDA ANIQ FIKR HOSIL QILISHDIR

183. O'rganilayotgan ob'yektga tuzilishi, fnksiyasiga ko'ra unga o'xshash lekin uning o'zi emas, uning nusxasini yaratib, shu nusxa orqali haqiqiyob'yektning xossa va xususiyatlarini o'rganish… - MODELLASHTIRISH.

184. Ilmiy tadqiqot nechta tarkibiy qismdan iborat? - 3 TA

185. Ilmiy tadqiqotlar ko'zlangan maqsadi, tabiat yoki ishlab chiqarish bilan bog'liqlik darajasi, ilmiy ishning harakteri va chuqurligiga qarab nechta turga bo'linadi? - 3 TA TURGA BO’LINADI

187. Referat bayonning to'liqligi bo'yicha necha turga bo'linadi? - 2 TA: Axborotli (referat – konspektlar); Indikativ (referat – rezyumelar)

189. referatlanadigan manbalar soni bo'yicha referatlar qanday turlarga bo'linadi - 2 TA: Monografik; Tahliliy

190. referatni yozishda foydalanilgan adabiyotlar ro'yxatid birinchi quyidagilardan qaysi biri keladi? - BIBLIOGRAFIK BAYON

191. referatni kompyuterda rasmiylashtirishdagi talablar… - Ilmiy rahbarga taqdim etiladigan referat kompyuterda 12-shrift bilan, 1,5 interval

orqali standart A 4 formatli qog’ozda, chap tomonidan 2,5 sm, o’ng tomonidan 1,5

sm, yuqorisi va pastidan kamida 2 sm lik hoshiyalar bilan terilishi kerak.

Matn sahifalari albatta raqamlanishi lozim. Ishning raqamlanishi uzluksiz bo’ladi

va 3-sahifadan boshlanadi (birinchi va ikkinchi sahifalar - bu titul varag’i va ish

rejasi bo’lib, ular raqamlanmaydi). Sahifa raqami yuqorida o’rtaga yoki o’ng

tomonga qo’yiladi.

Referat hajmi 16-20 sahifadan oshmasligi kerak.

192. Mazmuni va maqsadli vazifasi bo'yicha annotatsiya qanday turlarga bo'linadi? - 2 TURGA: bildirgichli (matnning tanqidiy bahosiz


tavsifnomasini beradi); tavsiyali (matnning iste’molchilarning muayyan
auditoriyasi uchun yaroqliligi jihatidan
tavsifini va bahosini beradi)

193. mazmunni to'liq qamrab olishiga ko'ra annotatsiya qanday turlarga bo'linadi? - 3 TAGA: umumiy (keng auditoriyani hisobga olib umuman


matnning tavsifini beradi); ixtisoslashgan (matnning tor doiradagi
mutaxassislarni hisobga olib muayyan
jihatlardagi tavsifini beradi);
guruhli (mavzui bo’yicha yaqin bir necha matnlar
tavsifini beradi).

194. Taqriz so'zi qaysi tildan olingan va qanday ma'no bildiradi? - ARABCHADAN, IJOBIY BAHO DEGANI

195. maqolalar asosan necha qismdan iborat? - 3 TA

196. 2013 yilning AKT shasidagi Eng ommabob so`zi keltirilgan qatorini toping. - SELFIE

197. Terminlar struktur tuzilishiga ko'ra necha hil bo`ladi ? - 3 LUG’AVIY TURGA BO’LINADI

198. Sodda terminlar necha xil bo`ladi ? - 2 GURUHGA BO’LINADI.

199. Sodda terminlar keltirilgan qatorni toping ? DIQQAT, USHBU SAVOLGA VARIANT BERILMAGAN EKAN! SODDA TERMINLARGA MISOLLAR: qo‘shin,

shtab, avtomat (harbiy); panjara, shpal, yog‘och (yog‘ochsozlik); voris,

guvoh (yuridik).

200. Sodda terminlar deb nimaga aytiladi ? - tarkibida so‘z yasovchi va so‘z o‘zgartiruvchi affikslarning



bor-yo‘qligiga qaramay, yolg‘iz bir o‘zakdan yoki negizdan paydo bo‘lgan,

birgina lug‘aviy ma’noli qism bo‘lgan so‘z hisoblanadi

1.Quyidagi birikmalar qaysi uslubga xos: takror so’zlar, so’z yasovchi qo’shimchalar.

Ilmi uslub

2.Quyidagi birikmalar qaysi uslubga xos: amalga oshirilsin, ijro uchun qabul qilinsin

Rasmi idoraviy uslub.

3.Quyidagi birikmalar qaysi uslubga xos: zimmasiga yuklatilsin, e’tiborga olinsin

Rasmi idoravi

4.Ilmiy uslubga xos terminlarni aniqlang

Qoidasi shunga qarab o’qib kegin belgileng: Fan-tеxnikaning turli tarmoqlariga doir ilmiy asarlar, darsliklar ilmiy uslubda yoziladi. Ilmiy uslub aniq ma'lumotlar asosida chiqarilgan ilmiy xulosalar (qoidalar, ta'riflar)ga boy bo’lishi bilan boshqa uslublardan farq qiladi: Yomg’ir - suyuq tomchi holidagi atmosfеra yog’ini. Tomchining diamеtri 0,5-0,6 mm bo’ladi.

Ilmiy uslubda har bir fanning o’ziga xos ilmiy atamalaridan foydalaniladi, bu uslubda so’zlar o’z ma'nosida qo’llanadi

5.Ilmiy uslubga xos terminlarni aniqlang

6.Tilshunoslikka doir terminlarni aniqlang
7.Maqola qaysi uslubda yoziladi?

Ilmi uslubda

8.quyidagilardan qaysi biri yozma muloqotda foydalaniladi
9.Darsliklar nechta guruhga bo’linadi?

2 turga

O’quvchilar un

Talabalar un


10.Darsliklar tarixi qaysi zamonlardan boshlanadi?mil.av. 2-ming yillikda sharqda

11.Arab tili grammatikasiga oid kitoblarni ko’rsating

Bidon , qofiya

12.Musulmon diniy qoidalari toʻplami — "Avvali ilm" qaysi tilda yozilgan?

Fors tilida
13.Toshkentda rus va rus-tuzem maktablari uchun ayrim darsliklar qachon nashr etilgan?

1902 yil
14.O’rta Osiyoni Rossiya bosib ulgunga qadar maktabxonalarda qanday kitoblarda ta’lim berishgan?

Arab fors va eski turk tillarida yozilgan diniy kitoblardan
15.S. M. Gramenitskiyning "Oʻqish kitobi" necha qismdan iborat qilib yozilgan?

3 qisim
16.V. P. Nalivkinning 1885 yilda qaysi darsligi yozildi?
azbuka diya russko musulmonka shkol osedligo maseleniya turkestankogo kraya”

17.V. P. Nalivkinning "Terma kitob" nomli xrestomatiyasi qaysi tillarda nashr etildi?

O’zbekcha tojikcha


18.20-asrning boshlarida Toshkentda "Ustodi avval" alifbesini kim nashr qildi?

Saidrasul Saidazizov

19."Taʼlimi avval" va "Taʼlimi soniy"larni kim nashr qildi?

Rustambek yusufbek o’g’li
20,"Birinchi muallim" ni kim nashr qildi?

Abdula avloni
21.Shokirjon Rahimiyning "Sovgʻa" alifbesi qachon chiqarilgan?
1919 yilda
22."Handasa" va "Fizika" kitoblari aysi tildan tarjima qilgan?

ozorbayjon


23.Oʻzbekiston Respublikasining "Taʼlim toʻgʻrisida"gi qonuni qaysi yili qabul qilingan?

1997 yil
24.Oʻzbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasining 1998 yilda qaysi qarori qabul qilingan?

Vijdon erkinligi va dini tashkilotlar to’g’risidagi
25.O. Sharafiddinov yozgan "Alifbe" qaysi yillarda 1sinf oʻquvchilarining asosiy oʻquv qoʻllanmasi boʻlib keldi?

1938-yil


26.O. Sharafiddinovning kim bilan yozgan yangi "Alifbe" kitobi keng qoʻllanila boshladi ?

Q, Abdullayex



27.Umumlashtirish…

Insonning voqeyilikni bilish tadqiq etishdagi muhum fikri ammallardan biri narsa va hodisalarning o’xshahs hamda muhum belgi


28.Abstraktlash

Tadqiqot olib borilayotgan bir qancha pidedment yoki hodisalarnng xususiyati hossalarining o’ziga xos bo’lgan tamonlarini etibordan sodiq qilib tadqiqot un kerak bo’lgan yoki xususiyatini mif holatga keltiriladi.


29.O'rganilayotgan ob'yektga tuzilishi, fnksiyasiga ko'ra unga o'xshash lekin uning o'zi emas, uning nusxasini yaratib, shu nusxa orqali haqiqiyob'yektning xossa va xususiyatlarini o'rganish…
modellashtirish

30.Konkretlashtirish

Mahkumlashtirishning teskari jarayoni bo’lib ayrim hususiyatlarini kankiret buyumida predmetga qo’lashdur


31,Ilmiy tadqiqot nechta tarkibiy qismdan iborat?

3 ta
32.Ilmiy tadqiqotlar ko'zlangan maqsadi, tabiat yoki ishlab chiqarish bilan bog'liqlik darajasi, ilmiy ishning harakteri va chuqurligiga qarab nechta turga bo'linadi?


3 ta
33.Ilmiy tadqiqotlar ko'zlangan maqsadi, tabiat yoki ishlab chiqarish bilan bog'liqlik darajasi, ilmiy ishning harakteri va chuqurligiga qarab qanday turlarga bo'linadi?
3 turga

34.Referat bayonning to'liqligi bo'yicha necha turga bo'linadi?
2 ta axborot (konspektlar) , indikativ ( rezyumelar)
35referatlanadigan manbalar soni bo'yicha referatlar qanday turlarga bo'linadi

2 ta monografik taxliliy

36,referatni yozishda foydalanilgan adabiyotlar ro'yxatid birinchi quyidagilardan qaysi biri keladi?
Bibliografik bayon

37.referatni kompyuterda rasmiylashtirishdagi talablar…

Ilmiyrahbargataqdimetiladiganreferatkompyuterda 12-shrift bilan, 1,5 interval

orqalistandart A 4 formatliqog’ozda, chap tomonidan 2,5 sm, o’ngtomonidan 1,5

sm, yuqorisivapastidankamida 2 smlikhoshiyalarbilanterilishikerak.

Matnsahifalarialbattaraqamlanishilozim. Ishningraqamlanishiuzluksizbo’ladi

va 3-sahifadan boshlanadi (birinchivaikkinchisahifalar - butitulvarag’ivaish

rejasibo’lib, ularraqamlanmaydi). Sahifaraqamiyuqoridao’rtagayokio’ng

tomongaqo’yiladi.

Referathajmi 16-20 sahifadanoshmasligikerak

38.Mazmuni va masadli vazifasi bo'yicha annotatsiya qanday turlarga bo'linadi?

2 TURGA: bildirgichli (matnningtanqidiybahosiz


tavsifnomasiniberadi); tavsiyali (matnningiste’molchilarningmuayyan
auditoriyasiuchunyaroqliligijihatidan
tavsifinivabahosiniberadi)

39.mazmunni to'liq qamrab olishiga ko'ra annotatsiya qanday turlarga bo'linadi?

3 TAGA: umumiy (kengauditoriyanihisobgaolibumuman


matnningtavsifiniberadi); ixtisoslashgan (matnning tor doiradagi
mutaxassislarnihisobgaolibmuayyan
jihatlardagitavsifiniberadi); guruhli (mavzuibo’yichayaqinbirnechamatnlar
tavsifiniberadi).
40.Taqriz so'zi qaysi tildan olingan va qanday ma'no bildiradi?

ARABCHADAN, IJOBIY BAHO DEGANI



41.maqolalar asosan necha qismdan iborat?
3 ta

42.2013 yilning AKT shasidagi Eng ommabob so`zi keltirilgan qatorini toping.
Selfie
43.Terminlar struktur tuzilishiga ko'ra necha hil bo`ladi ?

3 lug’aviy turga bo’linadi
44.Sodda terminlar necha xil bo`ladi ?

2 ta

45.Sodda terminlar keltirilgan qatorni toping ?

DIQQAT, USHBU SAVOLGA VARIANT BERILMAGAN EKAN! SODDA TERMINLARGA MISOLLAR:qo‘shin,

shtab, avtomat (harbiy); panjara, shpal, yog‘och(yog‘ochsozlik); voris,

guvoh(yuridik).

1-mavzu: Muloqot va kommunikatsiya jarayoni.


  1. Muloqot haqida tushuncha.

  2. Muloqotning inson filogenetik va ontogenetik rivojlanishidagi ahamiyati.

  3. Muloqot vazifalari va turlari .

  4. Muloqot axborot almashinuvi sifatida.

  5. Muloqot o‘zaro ta’sir sifatida.

  6. Muloqot odamlarning bir-birini idrok qilishi sifatida.

  7. Muloqotning rivojlanishi.

TAYANCH TUSHUNCHALAR:

Muloqot – odamlar o‘rtasida hamkorlik faoliyati ehtiyojidan yuzaga keladigan va axborot almashinuvi

Kommunikatsiya – o‘zaro hamfikrlilikka boshlovchi, ikki tomonlama axborot almashinuvi jarayoni.
Kooperatsiya - hamkorlik faoliyatini tashkillashtirish, guruh maqsadlariga erishishni ta’minlab beruvchi o‘zaro ta’sir.

Muloqot – hamkorlikda faoliyat ehtiyoji bilan taqazolangan aloqa o‘rnatish va uni rivojlantirish jarayoni

Verbal kommunikatsiya. Inson nutqi belgilar tizimi sifatida qo‘llaniladi

Kommunikatsiya-tirik va o‘lik tabiatdagi tizimlar o‘rtasida axborot almashinuvini anglatadi

Nutq faoliyati – odam tomonidan ijtimoiy-tarixiy tajribani o‘zlashtirish va avlodlarga berish yoki kommunikatsiya o‘rnatish, o‘z harakatla¬rini rejalashtirish maqsadida tildan foydalanish jarayonidir.

Nizo – muloqot ishtirokchilarining har biri muhim bo‘lgan muammoni hal etish vaqtida ular o‘rtasida vujudga kelgan qarama-qarshilik va kurashning keskin kuchayib ketish jarayonidir

Muloqot insonning ijtimoiy, ongli mavjudot sifatidagi, ong tashuvchi sifatidagi ehtiyojidir. Turli yuksak hayvonlar va odam turmush tarzlarining ikki taraf: tabiat bilan aloqalar va tirik jonzotlar bilan aloqalarga ajralishini kuzatamiz. Birinchi tur aloqalar odam faolligining maxsus turi sifatidagi faoliyat deb nomlangan. Ikkinchi tur aloqalar bir-birlari bilan o‘zaro ta’sirlashuvchi tomonlar axborot almashinuvchi tirik jonzotlar ekanligi bilan belgilanadi. Tur ichidagi va turlararo bunday aloqalar turi muloqot deb ataladi.

1. Мuloqot haqida tushuncha

«Muloqot» tushunchasining turlicha ta’riflari mavjud. Muloqot ikki yoki undan ortiq odamlar o‘rtasidagi bilish yoki affektiv-baholash xususiyatiga ega bo‘lgan axborot almashinuvida ularning o‘zaro ta’sirlashuvi sifatida ta’riflanadi. YOki: muloqot – odamlar o‘rtasida hamkorlik faoliyati ehtiyojidan yuzaga keladigan va axborot almashinuvi, o‘zaro ta’sirning yagona yo‘lini ishlab chiqish, boshqa odamni idrok qilish va tushunishdan iborat bo‘lgan aloqalarni o‘rnatish va rivojlatirishning murakkab, keng qamrovli jarayoni. Bu «muloqot» tushunchasining eng to‘liq va aniq ta’rifidir.[1]

Muloqot barcha tirik jonzotlarga xosdir, lekin odam darajasida u eng takomillashgan shakllarga ega bo‘ladi, nutq vositasida anglanadi. Muloqotda quyidagi nuqtai nazarlar ajratiladi: mazmun, maqsad va vositalar.

Muloqot mazmuni – bu individualliklararo aloqalarda bir tirik jonzotdan ikkinchisiga etkaziladigan axborot. Muloqot mazmuniga tirik mavjudotning ichki motivatsion yoki emotsional holati haqidagi ma’lumotlar kirishi mumkin. Muloqot orqali bir tirik mavjudotdan ikkinchisiga, tirik mavjudotni ma’lum tartibda aloqaga kirishishga yo‘naltiruvchi, ularning emotsional holatlari (mamnunlik, shodlik, g‘azab, qayg‘u, hijron va shu kabilar) haqidagi ma’lumotlar o‘tishi mumkin. Bunday axborot odamdan odamga etkaziladi va shaxslararo aloqalar o‘rnatish vositasi bo‘lib xizmat qiladi.

Biz, ochiq ko‘ngilli va shodlanayotgan odamga qaraganda, g‘azablanayotgan yoki azob chekayotgan odamga nisbatan o‘zimizni boshqacha tutamiz. Bir mavjudotdan boshqasiga etkaziladigan tashqi muhit holati haqidagi ma’lumot, masalan, xavfdan yoki yaqin atrofda ijobiy, biologik muhim omillarning, deylik, ozuqaning mavjudligi haqidagi ogohlantirish muloqot mazmuni bo‘lishi mumkin. Odamda muloqot mazmuni hayvonlarnikiga qaraganda ancha kengroqdir. Odamlar bir-biri bilan dunyo haqidagi bilimlar, orttirilgan tajriba, layoqatlar, malaka va ko‘nikmalarni jamlagan axborot bilan almashadilar. Inson muloqoti ko‘p jismli bo‘lib, ichki mazmuniga ko‘ra turli-tumandir.

Muloqot maqsadi – bu insonda ushbu faollik turi yuzaga keladigan sabab. Hayvonlarda muloqot maqsadi bo‘lib boshqa tirik jonzotni ma’lum harakatga chorlash, u yoki bu harakatni amalga oshirmaslik kerakligi haqidagi ogohlantirish xizmat qilishi mumkin. Masalan, ona o‘z tovushi yoki harakati bilan bolasini xavfdan ogoh etishi mumkin; podadagi ba’zi hayvonlar boshqalarni ularga hayotiy muhim daraklar etib kelgani haqida ogohlantirishlari mumkin.

Odamda muloqot maqsadlari soni ko‘payadi. Ularga yuqorida sanab o‘tilganlardan tashqari, dunyo haqidagi bilimlarga ega bo‘lish va etkazish, ta’lim va tarbiya, odamlarning hamkorlik faoliyatlaridagi turli harakatlarning muvofiqlashuvi, shaxsiy va ish bo‘yicha o‘zaro munosabatlarning oydinlashtirilishi, o‘rnatilishi va boshqalar ham kiradi. Agar hayvonlarda muloqot maqsadlari ular uchun dolzarb bo‘lgan biologik ehtiyojlarni qondirishdan iborat bo‘lsa, odamlarda ular ko‘plab turli: ijtimoiy, madaniy, bilish, ijodiy, estetik, aqliy o‘sish, ahloqiy rivojlanish kabi ehtiyojlarni qondirish vositasi bo‘lib hisoblanadi.

Muloqot, odatda, beshta: shaxslararo, kognitiv, kommunikativ-axborotli, emotiv va konativ tomonlarining birligida namoyon bo‘ladi.

Muloqotning shaxslararo tomoni insonning bevosita atrof-muhiti: boshqa odamlar va o‘z hayotida bog‘liq bo‘ladigan umumiyliklar bilan o‘zaro ta’sirini aks ettiradi.[2]

Muloqotning kognitiv tomoni suhbatdoshning kim, qanday odam ekanligi, unlan nima kutish mumkinligi haqidagi, shuningdek, sherikning shaxsi bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa ko‘pgina savollarga javob berish imkonini beradi.

Muloqotning kommunikativ-axborotli tomoni tasavvurlar, g‘oyalar, qiziqishlar, hissiyotlar, mayllar va sh.o‘.lari turlicha bo‘lgan odamlar o‘rtasidagi almashinuvdan iborat.

Muloqotning emotiv tomoni sheriklarning shaxsiy aloqalaridagi his-tuyg‘ular, kayfiyatning vazifa bajarishlari bilan bog‘liq.

Muloqotning konativ (hulq-atvor tomondan) tomoni sheriklar qarashlaridagi ichki va tashqi qarama-qarshiliklarni muvofiqlashtirishga xizmat qiladi.



Muloqot vositalarini muloqot jarayonida bir tirik jonzotdan boshqasiga etkaziladigan axborotni kodlashtirish, uzatish, qayta ishlash va ochib berish vositalari sifatida ta’riflash mumkin.

Muloqot vositalariga quyidagilar kiradi:

1. Til – muloqot uchun qo‘llaniladigan so‘zlar, ifodalar va ularni muloqotda qo‘llash uchun ma’noli iboralarga birlashtirish qoidalari tizimi, shuningdek, turli ko‘rinish va shakllardagi (matnlar, chizmalar, suratlar), axborot yozish, etkazish va saqlashning texnik vositalari (radio- va videotexnika, yozuvning mexanik, magnitli, lazerli va boshqa shakllari) dagi belgilar tizimlari va yozuvdan iborat.

2. Ohang, emotsional ifodalanganlik, bir xil iboraga turlicha ma’no berishga qodir.

3. Suhbatdoshning mimikasi, gavda holati, nigohi ibora ma’nosini kuchaytirishi, to‘ldirishi yoki rad etishi mumkin.

4. Imo-ishoralar muloqot vositasi sifatida umumiy qabul qilingan, ya’ni, belgilangan ma’noga ega bo‘lishi yoki ekspressiv, ya’ni, nutqning ifodaliligini yanada oshirishi mumkin.

5. Suhbatdoshlar muloqotidagi masofa madaniy, milliy an’analarga, suhbatdoshga bo‘lgan ishonch darajasiga bog‘liq bo‘ladi.

Inson o‘zining tur ichidagi muloqot usullari va vositalarini tanlashdagi kashfiyotchiligi bo‘yicha Er sayyorasida bizga ma’lum tirik mavjudotlarni ancha quvib o‘tdi.

Muloqot quyidagi bosqichlarga bo‘linadi:

- muloqotga bo‘lga ehtiyoj (axborotni etkazish yoki undan xabardor bo‘lish, suhbatdoshga ta’sir ko‘rsatish zarur, va h.k.) boshqa odamlar bilan aloqaga kirishishga undaydi;

- muloqot maqsadlari, muloqot vaziyatini to‘g‘ri belgilash;

- suhbatdosh shaxsini belgilash;

- o‘z muloqoti mazmunini rejalashtirish, odam aynan nima haqida so‘z yuritishini tasavvur qiladi (odatda anglanmagan holda);

- inson ongsiz ravishda (ba’zan ongli) foydalanishi mumkin bo‘lgan aniq vositalar, nutqiy iboralarni tanlaydi, qanday gapirib, o‘zini qanday tutishini o‘ylab qo‘yadi;

- suhbatdoshning javob reaksiyasini idrok qilish va baholash, qaytar aloqa o‘rnatish asosida muloqot samaradorligini nazorat qilish;

- muloqot yo‘nalishi, uslubi, metodlariga tuzatishlar kiritish.

Agar muloqot aktining biror-bir halqasi izdan chiqqudek bo‘lsa, so‘zlovchi muloqotdan kutgan natijalariga erisha olmaydi.
Insonning hayvonot olamidan farq qiluvchi, uning fiziologik, psixik va ijtimoiy rivojlanish qonuniyatlarini aks ettiruvchi asosiy xususiyatlardan biri nutq deb ataluvchi alohida psixik jarayonning mavjudligi hisoblanadi. Nutq – bu odamlarning til vositasida muloqot qilishi. Gapira olish va begona tilni tushunish malakasiga ega bo‘lish uchun tilni bilish va undan foydalana olish zarur.[2]

2. Мuloqotning inson filogenetik va ontogenetic rivojlanishidagi ahamiyati vazifalari va turlari

Inson muloqotda shakllanadi, rivojlanadi va shaxs sifatida namoyon bo‘ladi. Ijtimoiy muloqotda ruhiyat taraqqiy etadi va individ o‘zini hayotga joriy etadi. Ruhiy jihatdan rivojlangan odamlar bilan muloqotda bo‘lish orqali, ilm olishga bo‘lgan keng imkoniyatlar evaziga inson o‘zining barcha yuksak qobiliyat va sifatlarini egallab borib, shaxsga aylanadi.[2]

Tirik mavjudotlar muloqoti filo- va ontogenezda rivojlanadi. Bu rivojlanish jarayonning barcha asosiy tomonlari: mazmuni, maqsadlari va vositalarini egallaydi. Muloqotning filogenetik taraqqiyoti muloqot mazmunining o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lib, quyidagi fikrlarda o‘z ifodasini topadi:

- bir mavjudotdan ikkinchisiga etkaziladigan muloqot mazmunining yangi axborot bilan boyitilishi. Avvalo – bu organizmning ichki, biologik holatlari haqidagi ma’lumotlar; so‘ngra – tashqi muhitning hayotiy muhim xossalari haqida axborot. SHundan so‘ng muloqot mazmuniga kognitiv xususiyatga ega bo‘lgan, ob’ektiv, tirik jonzotning xususiy ehtiyojlaridan mustaqil bo‘lgan tushunchalar ko‘rinishidagi olam haqida bilimlarini ifoda etuvchi axborot kiradi. Bu, endi, inson darajasida, muloqot evolyusion rivojlanishining birinchi ikki bosqichi esa hayvonlar darajasi sodir bo‘ladi;

- maqsadlarning boyitilishi o‘zaro muloqotda bo‘ladigan organizmlar ehtiyojlarining o‘zgarishi va rivojlanishi bilan bog‘liq: bu ehtiyojlar qanchalik turlicha va yuksak bo‘lsa, muloqotning maqsadli nuqtai nazari ham shunchalik xilma-xil va takomillashgan bo‘ladi.

Muloqot vositalarining filo- va ontogenezdagi taraqqiyoti bir necha yo‘nalishlarda boradi. Birinchidan, bu muloqotchanlik vositalarining maxsus organlari. masalan. qo‘llarning ajralishi. Ikkinchidan, ekspressiv ko‘rinishdagi harakatlar (imo-ishora, mimika, pantomimika)ning rivojlanishi. Uchinchidan, axborotlarni etkazish va kodlashtirishning vositasi bo‘lgan belgili tizimlarni kashf etish va qo‘llash. To‘rtinchidan, insonlar muloqotida qo‘llaniladigan axborot etkazish va qayta tuzish, saqlashning texnik vositalarini rivojlantirish va takomillashtirish (matbuot, radio, televidenie, telefon, telefaks, texnik yozuvning magnitli, lazerli va boshqa usullari va h.k.).

Bolaning ruhiy taraqqiyotida ontogenezning dastlabki bosqichi davridagi uning kattalar bilan muloqoti, ayniqsa, muhim ahamiyatga ega. Muloqotda, avvalo,to‘g‘ridan-to‘g‘ri taqlid qilish, keyinchalik vikar o‘rganish, so‘ngra esa, verbal o‘rganish – iborali qoidalar orqali bolaning hayotiy tajribasi orttirilib boriladi. U bilan muloqotda bo‘ladigan odamlar bola uchun bu tajribani tashuvchi bo‘lib xizmat qiladi va muloqotdan tashqari, boshqa hech qanday vosita yordamida bunga erishib bo‘lmaydi.[1]

O‘z tadqiqotlarida R.S. Nemov inson muloqoti taraqqiyoti ontogenezi va uning asosiy bosqichlarini ko‘rib chiqadi. Uning ta’kidlashiga ko‘ra, inson bolasi o‘zida odamlar bilan emotsional muloqotga kirishishga bo‘lgan layoqatni uch oyligida sezadi (jonlanish kompleksi), bir yoshga etganda esa uning ekspressiyasi shunchalik boyib ketadiki, muloqotning verbal tilini tezda o‘zlashtirib olish, tovushli nutqdan foydalanish imkonini beradi.

R.S. Nemovning fikriga ko‘ra, maktabgacha bo‘lgan davrda odam muloqotining ontogenetik taraqqiyoti bosib o‘tadigan asosiy bosqtchlarni quyidagicha tasavvur qilib, ta’riflash mumkin:

1. Tug‘ilgandan 2-3 oylikkacha bo‘lgan yosh davri. Mazmun jihatidan biologik bo‘lgan, bolaning hayotiy ehtiyojlarini qondirish vositasi bo‘lib xizmat qiluvchi aloqaviy muloqot. Muloqotning asosiy vositasi – sodda mimika va oddiy imo-ishoralar.

2. 2-3oylikdan 8-10 oylikkacha yosh davri. Asosiy his-tuyg‘u organlari faoliyatining boshlanishi va yangi taassurotlarning paydo bo‘lishi bilan bog‘liq bo‘lgan bilish muloqotining dastlabki bosqichi.

3. 8-12 oylikdan taxminan 1,5 yoshgacha bo‘lgan davr. Kognitiv ehtiyojlarga xizmat qiluvchi boshqariladigan, verbal-neverbal muloqot. Tildan muloqot vositasi sifatida foydalanishga o‘tish.

4. 1,5 yoshdan 3 yoshgacha. Jismli faoliyat va o‘yinning paydo bo‘lishi bilan bog‘liq faoliyat va o‘yin muloqotining yuzaga kelishi. Faoliyat va shaxs muloqotiga bo‘linishning dastlabki bosqichi.

5. 3 dan 6-7 yoshgacha bo‘lgan davr. Tabiatdan berilgan turli xildagi tabiiy belgilar yoki orttirilgan muloqot vositalarini ixtiyoriy ravishda tanlash va ulardan foydalanish. Syujetli-rolli o‘yinlarga jalb qilish asosida paydo bo‘ladigan syujetli-rolli muloqotning rivojlanishi.



Maktabga qadam qo‘yishi bilan bolaning aqliy va shaxsiy o‘sish jarayoni jadallashadi. Muloqot mazmuni chuqurlashadi va xilma-xillashadi, maqsadlar ko‘payib, muloqotchanlik vositalari takomillashadi.3[3]

Muloqot turli-tuman vazifalarni bajaradi. Turli mualliflar muloqotning turli vazifalarini ajratib ko‘rsatadilar. G.M. Andreeva kommunikativ, interaktiv va perseptiv vazifasini sanab o‘tadi. M.I. Enikeev axborotli-kommunikativ, boshqaruv-kommunikativ, perseptiv-samarali va affektiv-ekspressiv (emotsional o‘zini ifodalash) vazifalarini ko‘rsatadi. A.A. Brudnыy: instrumental, sindikatli, translyasiya, o‘zini ifodalash vazifalarini ajratadi. Instrumental – bu muloqotning harakatni bajarish uchun muhim axborotni etkazishdan iborat bo‘lgan asosiy ishchi vazifasi. Bu vazifaga yaqin bo‘lgan, lekin unga o‘xshash bo‘lmagan vazifa, birlashtirish – sindikativ vazifa. Ko‘pchilik muloqot aktlarining bevosita maqsadlari katta va kichik guruhlardagi odamlar o‘rtasidagi umumiylikni aniqlash va mustahkamlashdan iborat. Sindikativ vazifa bilan o‘zini ifodalash vazifasi bir-biriga yaqindir. O‘zini ifodalash o‘z mohiyatiga ko‘ra, hamfikrlikka, aloqaga qaratilgan. Alohida o‘rinni ijodiy faoliyatdagi o‘zini ifodalash egallaydi, u faoliyat mahsuli sifatida ijtimoiy ahamiyatga ega, chunki u, odamlar o‘rtasidagi muloqot predmetiga aylanadi. Va, nihoyat, muloqotning translyasion – faoliyatning aniq usullari, baholash mezonlari va dasturlarni etkazish vazifasi muhim ahamiyatga ega. Bu vazifa ta’lim olish asosida yotadi: muloqot orqali shaxsning ta’lim olishi amalga oshadi. L.A. Karpenko maqsadga ko‘ra muloqotning sakkiz xil vazifasini belgilaydi: aloqaviy – xabarlarni qabul qilish va etkazish, hamda o‘zaro aloqada bo‘lishga ikkala tomonning shayligi holati sifatida aloqa o‘rnatish; axborotli – xabarlar, fikrlar, maqsadlar, echimlar va boshqalar almashinuvi; chorlovchi – muloqot bo‘yicha sherikni u yoki bu harakatlarni bajarishga yo‘naltiruvchi faolligini rag‘batlantirish; boshqaruvchi – hamkorlik faoliyatini tashkil etishda haraktlarni o‘zaro yo‘naltirish va muvofiqlashtirish; anglash vazifasi – etkazilgan ma’lumotning mohiyatini mutanosib holda idrok qilish va tushunishgina emas, balki, sheriklarning ham o‘zaro bir-birlarini tushunishlari (istaklari, mayllari, kechinmalari, holatlari va h.k.larni); amotiv – sherikda zarur hissiyotli kechinmalarni uyg‘otish («hislar almashinuvi»), shuningdek, uning yordamida shaxsiy kechinma va holatlarni o‘zgartirish; munosabatlarni o‘rnatish – individ mavjudligi kutilayotgan jamiyatdagi rolli, darajali, ish bo‘yicha, shaxslararo va boshqa aloqalari tizimlarida o‘z o‘rnini anglash va qayd etish; ta’sir o‘tkazish – sherikning holati, hulq-atvori, shaxsiy-mazmunli hosilalari, shuningdek, istaklari, mayllari, fikrlari, echimlari, tasavvurlari, ehtiyojlari, harakatlari, faolligi va boshqalarni o‘zgartirish. B.F. Lomov muloqotning quyidagi vazifalarini taklif etadi: axborotni qabul qilish-etkazish jarayonlarini o‘z ichiga olgan axborot-kommunikativ; hamkorlik faoliyatini amalga oshirishda harakatlarni o‘zaro tuzatish bilan bog‘liq boshqaruvchi-kommunikativ, inson hissiyotlari sohasiga tegishli bo‘lgan va o‘z emotsional holatini o‘zgartirishdagi ehtiyojlarga javob beruvchi affektiv-kommunikativ vazifalar.[2]

3. Мuloqot vazifalari va turlari.

Ko‘rsatib o‘tilgan vazifalar real muloqot amaliyotida amalga oshiriladi.

Mazmun-maqsadlari va vositalariga ko‘ra muloqotni bir nechta turlarga bo‘lish mumkin. Mazmuniga ko‘ra, u moddiy (faoliyat jismlari va mahsulotlari almashinuvi), kognitiv (bilimlar almashinuvi), konditsiv (ruhiy va jismoniy holatlar almashinuvi), motivatsion (xohishlar, maqsadlar, qiziqishlar, motivlar, ehtiyojlar almashinuvi), faoliyatli (harakatlar, muolajalar, malakalar, ko‘nikmalar almashinuvi) bo‘lishi mumkin.

Moddiy muloqotda sub’ektlar, shaxsiy faoliyat bilan mashg‘ul bo‘lgan holda, uning mahsulotlari bilan almashadilar, ular o‘z navbatida dolzarb ehtiyojlarni qondirish vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Konditsiyali muloqotda odamlar o‘zlarini ma’lum jismoniy yoki ruhiy holatga keltirishga mo‘ljallangan bir-birlariga nisbatan o‘zaro ta’sir ko‘rsatadilar. Masalan, kayfiyatni ko‘tarish yoki, aksincha, uni tushirib yuborish; bir-birini qo‘zg‘atib yuborish yoki tinchlantirish, va, oqibatda, bir-birining kayfiyatiga ma’lum ta’sir o‘tkazish. Motivatsiyali muloqotning mazmuni bir-biriga ma’lum istak, mayllarni etkazish yoki ma’lum yo‘nalishda harakatlanishga shay bo‘lishlikdan iborat. Bunday muloqot sifatida insondagi biror maqsadga, boshqa odamda biror-bir intilishning paydo bo‘lishi yoki yo‘qolishi, kimdadir harakatga bo‘lgan ma’lum maylning yuzaga kelishi, qandaydir ehtiyojning dolzablashtirilishi uchun etishish istagining kuchliligi kabi vaziyatlarni keltirish mumkin. Kognitiv va faoliyatli muloqotning ifodasi bilish yoki o‘quv faoliyatining turlari bilan bog‘liq muloqot bo‘la oladi. Bunda sub’ektdan sub’ektga dunyoqarashni kengaytiruvchi, layoqatlarni rivojlantiruvchi va takomillashtiruvchi axborot etkaziladi.[2]



Maqsadlariga ko‘ra, muloqot xizmat ko‘rsatish ehtiyojlariga muvofiq holda biologik va ijtimoiy turlarga bo‘linadi. Biologik – bu organizmni mustahkamlash, muhofazalash va rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan muloqot. U asosiy hayotiy ehtiyojlarni qondirish bilan bog‘liq. Ijtimoiy muloqot maqsadlari shaxslararo aloqalarni kengaytirish va mustahkamlash, individ shaxsiy kamolotining interxususiy munosabatlarini o‘rnatish va rivojlantirishdan iborat. Biologik va ijtimoiy ehtiyojlarni nechta turga ajratish mumkin bo‘lsa, muloqotning ham shuncha xususiy maqsadlari bo‘lishi mumkin.

Vositalariga ko‘ra, muloqot bevosita va vositali, to‘g‘ridan –to‘g‘ri va bilvosita bo‘lishi mumkin.

Bevosita muloqot tirik mavjudotga tabiat tomonidan berilgan tabiiy organlar: qo‘llar, bosh, tana, tovush paylar va boshqalar yordamida amalga oshiriladi. Vositali muloqot muloqot va axborot almashinuvni tashkil etishda maxsus vosita va qurollardan foydalanish bilan bog‘liq. Bular yo tabiiy (yog‘och, erdagi izlar va h.k.) yo madaniy (belgilar tizimlari, matbuot, radio, televidenie, internet va h.k.) jismlar.

To‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot shaxsiy aloqalar va muloqot aktining o‘zida qatnashayotgan odamlarning bir-birini bevosita idrok qilishini belgilaydi, ularga, masalan, jismoniy aloqalar, odamlarning bir-birlari bilan suhbatlashishlari, bir-birlarining harakatlarini bevosita ko‘rib turgan holda, ularga javob qaytarishlari kiradi. Bilvosita muloqot vositachilar sifatida ish yuritadigan boshqa odamlar orqali amalga oshiriladi.

Muloqot turlari orasida, shuningdek, ish bo‘yicha va shaxsiy, instrumental va maqsadli kabi turlarni ajratish mumkin.



Ish bo‘yicha muloqot, odatda, xususiy qism sifatida insonlarning hamkorlikdagi samarali faoliyatiga kiritilgan va bu faoliyatning sifatini oshirish vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Uning mazmuniga odamlar ichki dunyosining muammolari emas, balki ularning nima bilan mashg‘ulliklari kiradi. Ish bo‘yicha muloqotda suhbatdoshning shaxs, xarakter, yosh, kayfiyat xususiyatlari hisobga olinadi, lekin ishdan ko‘riladigan manfaat shaxsiy ixtiloflardanda ustun va muhimdir. Ish bo‘yicha muloqotdan farqli ravishda shaxsiy muloqot, aksincha, asosan, ichki xarakterning psixologik muammolariga, inson shaxsini chuqur va yaqinlik bilan ochib beradigan: hayot mazmunini izlash, muhim insonga, atrofdagi voqealarga, qandaydir ichki nizolini hal etishga nisbatan munosabatini aniqlashga qaratilgan.

Instrumental muloqot sifatida mustaqil ehtiyoj bilan rag‘batlantirilmaydigan, maqsadga aylanmagan, lekin muloqot aktining o‘zidan qoniqishdan tashqari, qandaydir boshqa maqsadga qaratilgan muloqotni keltirish mumkin. Maqsadli – bu o‘z holicha maxsus ehtiyojni, ushbu vaziyatda muloqotga bo‘lgan ehtiyojni qondirish vositasi bo‘lib xizmat qiluvchi muloqot.

Ta’kidlab o‘tish lozimki, odamlarning amaliy faoliyatida muloqotning quyidagi turlarini ajratadilar:

1. «Niqoblar aloqasi» - suhbatdoshning shaxs xususiyatlarini tushunish va hisobga olishga intilish mavjud bo‘lmagan rasmiy muloqot bunda haqiqiy hissiyotlar, istaklar, munosabatlarni yashirish imkonini beruvchi rasmiy iboralar, odatiy xushmuomalalik, dimog‘dorlik niqoblari, yuz, imo-ishora ifodalarining to‘plami qo‘llaniladi.

2. Oddiy muloqotda boshqa odamga zarur yoki xalal beruvchi ob’ekt sifatida baho beradilar: agar zarur bo‘lsa, aloqaga faollik bilan kirishadilar, agar xalal beradigan bo‘lsa, – itarib yuboradilar, yoki tahdidli qo‘pol iboralarni qo‘llaydilar.

3. Rasmiy-rolli muloqot – bu sheriklarning ijtimoiy rollari darajasidagi muloqot (boshliq – qo‘l ostidagi xodim, sotuvchi – xaridor, servis xizmati xodimi – mijoz). Bunda ma’lum qoidalar va xohishlar asosida ish yuritilib, muloqot mazmuni va vositalari ularga bo‘ysundirilgan.[1]

4. Boshqariladigan muloqot suhbatdoshning shaxs xususiyatlaridan kelib chiqib, turli usullarni ( xushomad, qo‘rqitish, aldov va boshqalar) qo‘llagan holda undan foyda olishga qaratilgan.

5. Dunyoviy muloqot – bu turning mohiyati biror mavzuga oid bo‘lmasligidan iborat, ya’ni, odamlar o‘z fikrlarini emas, balki bunday vaziyatlar uchun umumiy bo‘lgan fikrlarni bildiradilar.

6. Havoyi muloqot – bu muloqot uchun muloqot.

7. Do‘stlarning ma’naviy, shaxslararo muloqoti vaqtida istalgan mavzuni qo‘zg‘atish va bir-birlarini yuz ifodasi, tovush ohangi va harakatlar yordamida tushunish mumkin.

Inson hayotida muloqot alohida jarayon yoki faollikning mustaqil shakli sifatida mavjud bo‘lmaydi. U jadal va ko‘p tomonlama muloqotsiz paydo bo‘lmaydigan individual yoki guruhli amaliy faoliyatga kiradi.



Odamlar o‘rtasidagi muloqotning eng muhim turlari verbal va noverbal muloqotdir ( 6.1 rasm).

Noverbal muloqot til, tovush nutqining qo‘llanilishiga asoslanmagan bo‘lib, bu mimika, imo-ishoralar, pantomimika, sensor yoki tana orqali aloqalar vositasidagi muloqot. Bu boshqa odamdan qabul qilinadigan taktil, ko‘rish, eshitish, hid bilish, hamda, boshqa sezgi va tasavvurlar. Odam muloqotining noverbal shakl va vositalarning ko‘pchiligi tug‘ma bo‘lib, faqat o‘ziga o‘xshashlar bilan emas, balki, boshqa tirik jonzotlar bilan ham hissiyot va hulq-atvor darajalarida hamfikrlikka erishish orqali o‘zaro ta’sir ko‘rsatishga imkon beradi.

Verbal muloqot faqat insonga xos bo‘lib, zarur shart sifatida tilni o‘zlashtirishni belgilab beradi. Nutq muloqot vositasi sifatida bir vaqtning o‘zida ham axborot manbai sifatida, ham suhbatdosh bilan o‘zaro ta’sirlashuv vositasi sifatida namoyon bo‘ladi. Buyuk shoir Sa’diyning so‘zlarini yodda tutish lozim: «Aqling bormi yoki yo‘q, buyukmisan yo kichik, biz bilmaymiz, sen bir so‘z atmaguningcha». Verbal (nutq) muloqot tarkibiga: so‘zlariboralar ma’nosi va mohiyati kiradi. Asosiy o‘rinni so‘zning qo‘llanilish aniqligi, uning ifodalanishi va hammabopligi, tovushlar, so‘zlar talaffuzi, ohang ifodasi va mohiyati egallaydi. Nutqdagi tovush hodisalari: nutq jadalligi, tovush balandligi modulyasiyasi, tovush toni, nutq vazni, tovush sifati, ohangi, aniqligidan iborat. Tovush sifatining ifodalanishi: o‘ziga xos maxsus tovushlar: kulgu, hiqillash, yig‘i, pichirlash, xo‘rsinishlar va boshqalar; ajratuvchi tovushlar – bu yo‘tal; ahamiyatsiz tovushlar – tanaffuslar, shuningdek, nazalizatsiya tovushlari – «xm, xm», «e-e-e», «o-o-o» va boshqalar.

Tadqiqotlarga ko‘ra, odam kommunikatsiyasining har kungi aktida so‘zlar – 7%, tovush va ifodalar – 38%, nutqiy bo‘lmagan o‘zaro ta’sir – 53%ni tashkil etadi. Publitsiy aytganidek: «Ovoz orqali gaplashamiz, butun tanamiz orqali suhbatlashamiz».[1]

Kundalik muloqotda odamlar ko‘proq quyidagi fanlar o‘rganadigan muloqotning noverbal vositalaridan foydalanadilar: kinestetika (inson hissiyotlarining tashqi ifodalanishi), mimika (yuz mushaklarining harakati), imo-ishoralar (tana alohida qismlarining ishoratli harakatlari), pantomimika (butun tana: gavda holati, qomat, egilish, yurish harakatlari), takesika (muloqot vaziyatidagi yaqinlashishlar: qo‘l siqish, o‘pishish, tegib ketish, siypalash, itarib yuborish va h.k.), proksemika (odamlarning muloqot vaqtida fazoda joylashishi, inson aloqalarida quyidagi masofalar sohalarini ajratadilar: yaqinlik sohasi (15-45 sm), shaxsiy yoki xususiy soha (45-120 sm), ijtimoiy soha (120-400 sm), ommaviy soha (400 smdan ortiq)).

Mimika, nigoh, imo-ishoralar – noverbal muloqotning ko‘proq ma’lumot olish mumkin bo‘lgan vositalari. Peshona, qoshlar, og‘iz, ko‘zlar, burun, iyak – bu yuz qismlari insonning asosiy hissiyotlari: hijron, g‘azab, shodlik, ajablanish, qo‘rqinch, nafrat, baxt, qiziqish, qayg‘u va boshqalarni ifodalaydilar.

Muloqot turlaridan tashqari, uning ba’zi shakllarini ham ajratish mumkin, bular: rasmiy-ish yuzasidan, mutaxassislik, xususiy, ommaviy, pedagogik muloqot, autokommunikatsiya (o‘zi bilan muloqot)lardir.[2]

Muloqot o‘zining maxsus masalalari hal etiladigan ma’lum davrlarga ega. Eng mas’uliyatli davr tayyorgarlik davri – muloqotni rejalashtirish, o‘zi uchun muloqot natijalariga qaratilgan mayllarni aniqlab olish zarur. Muloqotning birinchi bosqichi – aloqaga kirishish. Bunda vaziyatga kirishish, sherikning holati, kayfiyatini his etish, o‘zi kirishib ketib, boshqasiga ham yo‘nalishini belgilab olishga imkon yaratish muhimdir. Bu davr ruhiy aloqa o‘rnatilishi bilan yakunlanadi. So‘ngra qandaydir muammo, tomonlarning vazifasi va mavzuni ishlab chiqishda diqqatni jamlash davri boshlanadi. Keyingi bosqich – motivatsion zondaj. Uning maqsadi – suhbatdoshning motivlari va qiziqishlarini anglash. So‘ngra diqqatni mustahkamlash bosqichi boshlanadi, keyin esa fikrlarda nizolilar bo‘lsa, asoslash va ishontirish bosqichi keladi. Va, nihoyat, natijalarni qayd etish bosqichi boshlanadi. Agar mavzular ko‘rib chiqilgan bo‘lsa yoki sherik notinchlik alomatlarini namoyon qilgan taqdirda muloqotni yakunlash zarur. Muloqotni doimo davom ettirish istiqboli bilan yakunlash kerak. Eng oxirgi daqiqalar, yakuniy so‘zlar, qarashlar, qo‘l siqishlar o‘ta muhimdir, ba’zida ular ko‘p vaqt davom etgan suhbat natijasini butunlay o‘zgartirib yuborishi mumkin.

Muloqot tuzilishida uch xil o‘zaro bog‘liq bo‘lgan tomonlar: kommunikativ yoki kommunikatsiyani, interfaol va perseptiv nuqtai nazarlarni ajratib ko‘rsatadilar.



Kommunikatsiya – bu o‘zaro hamfikrlilikka boshlovchi, ikki tomonlama axborot almashinuvi jarayoni. Gap tor ma’nodagi kommunikatsiya haqida ketganida, odamlarning hamkorlikdagi faoliyati davomida ularning o‘zaro turli taassurotlar, g‘oyalar, qiziqishlar, kayfiyatlar, hissiyotlar, mayllar va h.klar bilan almashinuvi ko‘zda tutiladi. Lekin kommunikativ jarayonda ma’lumotlarning oddiy almashinuvi emas, balki, kamida ularning faol almashinuvi sodir bo‘ladi.

4. Мuloqot axborot almashinuvi sifatida

Odamlar o‘rtasidagi axborot almashinuvining xususiyati sheriklarning belgili tizim vositasida bir-birlariga o‘zaro ta’sir ko‘rsatishlari bilan belgilanadi, boshqacha aytganda, bunday axborot almashinuvi sherikning holati, hissiyoti va hulq-atvoriga ta’sir ko‘rsatishini taxmin qiladi. Bunday vaziyatda muloqot belgisi mehnat quroliga o‘xshash vazifani bajaradi.[2]

SHunday qilib, kommunikativ ta’sir bir kommunikantning boshqasiga uning hulq-atvorini o‘zgartirish maqsadida ko‘rsatadigan psixologik ta’siridan o‘zga narsa emas. Kommunikatsiya samaradorligi bu ta’sirning, aynan, qanchalik ro‘yobga chiqqanligi bilan o‘lchanadi.

Istalgan axborot belgili tizimlar vositasida etkazilishi mumkin. Psixologiyada verbal (nutq) va noverbal (nutqiy bo‘lmagan vositalar) kommunikatsiyu mavjud. Nutq kommunikatsiyaning universal vositasidir. Nutq insonning boshqalar bilan tabiiy til vositasida amalga shiriladigan muloqot jarayoni demakdir. Muloqot samaradorligi muloqotdagilar uchun umumiy tilni, shuningdek, ta’lim, umumiy madaniyat va nutq madaniyati kabi muhim bo‘lgan omillarni belgilab beradi. Verbal nutq muloqotning noverbal vositalaridan foydalanish bilan to‘ldiriladi.

Psixologiyada noverbal muloqotning to‘rt xil shakllari mavjud: kinesika, paralingvistika, proksemika va vizual muloqot.[2]

Kinesika – bu imo-ishoralar, mimika va pantomimikadan iborat bo‘lgan muloqot vositalari tizimi. Paralingvistik va ekstralingvistik belgilar tizimi, shuningdek, nutq kommunikatsiyasi «qo‘shimchalar»idan iborat. Paralingvistik tizim – bu vokallashtirish tizimi, ya’ni, tovush sifati, uning ko‘lami, tonalligi. Ekstralingvistik tizim – nutqqa tanaffus va boshqalarni, masalan, tin olish, yo‘talish, yig‘i, kulgu, nutq jadalligini kiritish.

Proksemika – psixologiyaning muloqotni fazoda va vaqt bo‘yicha tashkil etish talablari bilan shug‘ullanadigan maxsus sohasi. Proksemikaning asoschisi amerikalik antropolog E. Xolldir. Proksemik xususiyatlarga sheriklarning muloqot vaqtidagi yo‘nalishi va ular o‘rtasidagi masofa kiradi.

Vizual muloqot – bu ko‘zlar orqali aloqa. SHuni ta’kidlab o‘tish joizki, servis sohasi bilan bog‘liq ish faoliyatida verbal, hamda noverbal aloqalar bo‘yicha o‘z malakalarini muntazam oshirib boradiganlarga omad kulib boqadi.

Samarali muloqot uchun odam o‘zida kommunikativ omilkorlikni rivojlantirishi kerak, bu boshqa odamlar bilan zarur aloqalarni o‘rnatish va quvvatlab turish qobiliyatidir. Samarali kommunikatsiyaning belgilari: sheriklarning hamfikrligiga, vaziyat va muloqot predmetini yaxshiroq tushunishga erishish. Salbiy kommunikatsiya, kommunikativ to‘siqlarning sabablari quyidagilar bo‘lishi mumkin:[1]

- stereotiplar – alohida shaxs yoki vaziyatga tegishli bo‘lgan soddalashtirilgan fikrlar, natijada odamlar, vaziyatlar, muammolarning ob’ektiv tahlili va anglashga erishilmaydi;

Insonning rivojlanishini, ijtimoiylashishini, individning shaxs bo‘lib shakllanishini, uning jamiyat bilan aloqasini muloqotsiz aslo tasavvur etib bo‘lmaydi. Muloqot ham o‘ziga xos ehtiyoj. Polshalik olim E.Melibruda aytganidek, “shaxslararo munosabatlar biz uchun suv bilan havodek ahamiyatga egadir”. Muloqot o‘ta murakkab jarayon bo‘lganligi sababli unga yagona to‘g‘ri ta’rif berish oson emas. Shuning uchun odatda “muloqot” tushunchasining mazmuni uning ayrim tomonlariga urg‘u berish orqali ochib beriladi.Mashhur rus psixologi A.V.Petrovskiy tahriri ostida chiqqan «Umumiy psixologiya» darsligida muloqotni ikki va undan ortiq kishilar o‘rtasidagi axborot ayirboshlash, o‘zaro ta’sir va bir-birini tushunishdan iborat jarayon sifatida talqin etilgan.

O‘zbek psixologiya fanining oqsoqollaridan biri M.G.Davletshin muallifligidagi «Umumiy psixologiya» o‘quv qo‘llanmasida esa, muloqot “ikki yoki undan ortiq kishilar orasidagi affektiv baholovchi xarakterda va bilish bo‘yicha ma’lumot almashinishdan iborat bo‘lgan o‘zaro ta’sir etishdir”- deb ta’kidlanadi. Sotsiologiyadan entsiklopedik lug‘atda muloqotga quyidagicha ta’rif beriladi: “Insonning boshqa kishilar bilan aloqaga kirishish ehtiyojini qondirish uchun individlar yoki ijtimoiy guruhlar o‘rtasida bevosita faoliyatlar, bilimlar, malakalar, tajribalar, axborotlar almashinuvidagi o‘zaro ta’sir”[1]. Demak, muloqot ikki va undan ortiq kishilarning bir-biri bilan aloqa qilish ehtiyojini qondiriga qaratilgan o‘zaro ta’sir jarayoni bo‘lib, bunda axborotlar almashiniladi, munosabatlar o‘rnatiladi va rivojlantiriladi.

Muloqotning hamkorlikda harakat qilish va faoliyat ko‘rsatish jarayonida odamlarni birlashtiradigan vosita til bo‘lib, u muloqotga kirishuvchilar o‘rtasida aloqa bog‘lanishini ta’minlaydi. Axborotni boshqaga yo‘llayotgan kishi (kommunikator) va uni qabul qilayotgan kishi (retsepient) munosabat va birgalikdagi faoliyat maqsadlariga erishish uchun mohiyatlarni kodlashtirish va kodini ochishning bitta tizimidan foydalanishlari, ya’ni «bitta tilda» so‘zlashishlari kerak. Agar kommunikator va retsepiyent turlicha «til»da so‘zlashsalar, ular o‘zaro hamjihatlikka va birgalikda faoliyat borasida muvaffaqiyatga erisha olmaydilar. Qo‘llanadigan belgilar (so‘zlar, imo-ishoralar va boshqalar) zamiridagi mohiyat muloqotda ishtirok etayotganlarga tanish bo‘lgan taqdirdagina axborot almashish imkoni bo‘ladi.



“Muloqot” tushunchasini “kommunikatsiya” tushunchasidan farqlash lozim. Kommunikatsiya jonli va jonsiz tabiatdagi tizimlar o‘rtasida axborot almashinuvini anglatadi. Hayvonlar o‘rtasidagi signallar almashinuvi, daraxtlardagi irsiy belgilarning uzatilishi, insonning turli-tuman texnik vositalar bilan aloqaga kirishishi – bularning barchasi kommunikatsiya hisoblanadi. Muloqot faqat insonlar o‘rtasidagina amalga oshirilishi mumkin. Inson bolasi aynan boshqalar bilan muloqotda, munosabatda bo‘lish jarayonida ijtimoiylashib, shaxsga aylanib boradi. Muloqot tufayli inson ijtimoiy tajriba va madaniyatni egallaydi. Umuman olganda, muloqot fenomeni psixologiya fanida atroflicha o‘rganilgan. B.F.Lomov [2], L.A.Karpenko va boshqalar muloqotning funksiyalari, ichki tuzilishi, xususiyatlari borasida jiddiy tadqiqotlar e’lon qilishgan. Ularning fikriga tayangan holda muloqotning kommunikativ (axborot uzatish), interaktiv (hamkorlikda harakat qilish) va pertseptiv (o‘zaro birgalikda idrok etish) funksiyalarini alohida ko‘rsatish mumkin. Ana shu uchta funksiyaning birligi muloqot jarayonida hamkorlikdagi faoliyat va ishtirokchilarning o‘zaro ta’sir etishdagi harakatlarini tashkil etish usuli sifatida maydonga chiqadi.

  1. Muloqotning kommunikativ jihatida individlarning o‘zaro ma’lumot almashinishi sodir bo‘ladi.

  2. Muloqotning interaktiv jihatida individlar nafaqat bilim va g‘oyalar, balki harakatlar bilan ham o‘zaro ta’sirni amalga oshiradilar. Yanada aniqlik kiritadigan bo‘lsak, muloqot shaxslararo birgalikdagi harakat, ya’ni odamlarning hamkorlikdagi faoliyati jarayonida tarkib topadigan aloqalari va o‘zaro bir-birlariga ta’sirining yig‘indisi sifatida yuzaga chiqadi. Hamkorlikdagi faoliyat va munosabat ijtimoiy qoidalar – odamlarning birgalikdagi harakati va o‘zaro munosabatlarini qat’iyan belgilab qo‘yadigan hamda jamiyatda udum bo‘lgan xulq-atvor namunalari asosida amalga oshiriladigan ijtimoiy nazorat sharoitida yuz beradi. Jamiyat ijtimoiy qoidalar sifatida qabul qilgan, ma’qul topgan, udumga aylangan va tegishli vaziyatda turgan har bir kishidan bajarilishini kutayotgan namunalarning o‘ziga xos tizimini yaratadi. Ularning buzilishi qoidadan chetga chiqadiganlarning xulq-atvori to‘g‘rilanishini ta’minlaydigan ijtimoiy nazorat mexanizmlari (ma’qullamaslik, ta’na qilish, jazolash)ni o‘z ichiga oladi.

  3. Muloqotning pertseptiv jihati muloqot jarayonida o‘zaro bir-birini idrok qilish orqali tushunishdir, ya’ni muloqotning ushbu jihatida bir kishining ikkinchi kishi tomonidan idrok qilinishi, tushunilishi, baholanishi kuzatiladi. Muloqotning mazkur jihatida idrok qilinayotgan odamni idrok qiluvchi o‘zining shaxsiy xislatlari bilan qiyoslash natijasida anglaydi va tushunadi. Idrok qilinayotgan shaxsning o‘rniga idrok qiluvchi o‘z xohishi bo‘yicha mulohaza yuritishi, uni tushunishga intilishi o‘z-o‘zini anglash negizida namoyon bo‘ladi.

Yuqorida qayd etilgandek, muloqot – bu birinchi navbatda axborot bilan bog‘liq noyob hodisa, o‘ziga xos axborot jarayonidir. Umuman olganda, axborot jarayonlari axborotni qabul qilish, saralash, saqlash, uzatish va boshqalardan iborat ijtimoy jarayonlardir. Axborot jarayonlari butun jamiyat organizmini qurshab olib, barcha ijtimoiy tizimlarni qamraganligi, ijtimoiy hayotning har qanday, hatto, eng kichik qismida ham mavjudligi bilan ahamiyatlidir. Ko‘rinib turibdiki, ijtimoiy axborot asosiy turlari ichida axborot almashinuvidan iborat muloqot turi ustunlik qiladi. Insonlar muloqotining chuqur ijtimoiy determinatsiyasi hayot faoliyati va umuman olganda, butun jamiyat rivojlanishi uchun axborot almashinuvining o‘rni qanchalik muhimligidan dalolat beradi.

«Kommunikatsiya» atamasi fanga XX asrning boshida kirib kelgan. «Kommunikatsiya» lotincha communicatio, communico so‘zlaridan kelib chiqqan bo‘lib, bog‘layman, muloqot qilaman ma’nolarini anglatadi. Ijtimoiy fanlarda kommunikatsiya birgalikda harakat qilish, o‘zaro ta’sir haqidagi ilmiy bilim sohasi hamda ushbu jarayonlar va ularning natijalarini ifodalash uchun qo‘llaniladi. Kommunikatsiya muammolariga tadqiqotchilar, ayniqsa, Ikkinchi jahon urushidan keyin qiziqa boshlashdi. Bunga yaqqol misol sifatida 1960-yillar boshiga kelib, falsafa va sotsiologiya ilmiy adabiyotlarida kommunikatsiya tushunchasining yuzdan ortiq ta’riflari mavjud bo‘lganini aytish mumkin. Tasavvur hosil bo‘lishi uchun mazkur ta’riflardan faqat to‘rttasni keltirib o‘tamiz:



  1. «Kommunikatsiya – bu murakkab dinamik tizimlar va uning axborotni qabul qilish, to‘plash, o‘zgartirish imkoniga ega qismlari o‘rtasida axborot almashinuvi».

  2. «Kommunikatsiya – bu axborotni o‘ziga xos almashish, uning emotsional va intellektual mazmunini aks ettirish jarayoni».

  3. «Kommunikatsiya – insonlarning kongitiv va mehnat faoliyati jarayonida o‘zaro munosabatlarga kirishishning o‘ziga xos shakli».

  4. «Kommunikatsiya – noverbal va verbal harakatlar natijasida axborot olish».

Ko‘rinib turibdiki, bu ta’riflarda mazkur fenomenning ayrim jihatlarigagina urg‘u berilgan. Shuning o‘zi kommunikatsiyaning naqadar qamrovi keng va murakkab hodisa ekaniga ishoradir. Kibernetika asoschisi Norbert Viner ta’kidlashicha: «Axborot almashinuvi – bu jamiyatni birlashtiruvchi sement» [3]. Ijtimoiy kommunikatsiya – insonlarning o‘zaro munosabatlarga kirishishning o‘ziga xos shakli bo‘lib, unda axborot uzatish til va boshqa belgilar tizimlari yordamida amalga oshiriladi. Kanadalik sotsiolog Marshal Maklyuen fikricha, kommunikatsiya usulining almashishi tarixning rivojlanish bosqichlarini ifoda etadi. Shunga ko‘ra u insoniyat rivojlanishning quyidagi davrlarini ajratgan:

— og‘zaki kommunikatsiya (bu davrda jamoa doirasida kommunikativ muhit kommunikantlarni bevosita har tomonlama qamrab olgan);

— yozma kommunikatsiya (yozilgan xabarlar vaqt va makon to‘siqlarini kesib o‘tgan);

— nashr-kommunikatsiya (kommunikantlarni yalpi qamrab olishning oshishi, «Gettenberg galaktikasi»ning yaratilishi, ya’ni bosma kitoblar chop etish texnologiyasining ixtiro qilinishi);

— multimedia kommunikatsiyasi (bevosita muloqotga global miqyosda kirishish).

M.Maklyuenning g‘oyasiga binoan, kommunikativ muhit madaniyat xususiyatlarini belgilab beradi. Uning fikricha, zamonaviy madaniyat mazmunan vizual, XIX asr oxiri XX asr boshi madaniyati esa asosan yozma bo‘lgan. Shunday qilib, hozirgi vaqtda sotsiomadaniy kommunikatsiya – bu umume’tirof qilingan tushunchalarda asoslangan, kommuntatorlar o‘zaro munosabatlari mazmuni hamda ularning ijtimoiy muhiti bilan shartlangan xabarlarni almashish bo‘yicha ikki tomonlama jarayon.



Kommunikatsiya muammolarini gumanitar, tabiiy va texnik fanlar vakillari tadqiq qilishadi. Faqat insonlararo emas, balki hayvonlararo, kompyuterlararo, «inson-mashina» va aloqa tizimlarida axborot almashinuvini o‘rganuvchi fanlarning vakillari – kibernetiklar, biologlar, etologlar, semiotiklar axborot almashinuvini “kommunikatsiya” deb ataydilar. Shuningdek, XX asrning 60-yillarida amerikalik sotsiloglar (Lazarsfeld, Lippman, Lassuell, Merton, Maklyuen va boshqalar) o‘z tadqiqotlarida «ommaviy kommunikatsiya» atamasini ham qo‘llay boshladilar. Shu tariqa, kommunikatsiya nazariyasi mustaqil fan sifatida shakllanib borib, o‘zining predmeti, kategoriyalar apparati, o‘z qonuni va tarixiga ega bo‘ldi. U falsafa, sotsiologiya, psixologiya, siyosatshunoslik, madaniyatshunoslik iqtisodiyot va boshqa fanlar bo‘yicha tadqiqotlarning natijalarini o‘zida mujassam qilgan ilmiy bilimning kompleks sohasi hisoblanadi. Kommunikatsiya nazariyasi axborot almashinuvining universal mexanizmlari va qonuniyatlarini o‘rganadi. Shuningdek, uning ommaviy kommunikatsiya nazariyasi, shaxslararo kommunikatsiya nazariyasi kabi tarmoqlari ham mavjud. Kommunikatsiyani amalga oshirish imkoniyati muayyan shartlar bajarilgandagina paydo bo‘ladi. Ular quyidagilar:

  • kommunikativ jarayon uchun kamida ikki tomonning ishtiroki zarur;

  • kommunikatsiya doimo teskari aloqa tamoyiliga tayanadi;

  • kommunikatsiya ma’lum belgilar tizimisiz amalga oshirilmaydi.

Hаr qanday nazariyada bo‘lganidek, kommunikatsiya nazariyasi ham «axborot», «kommunikatsiya», «axborot almashinuvi», «kommunikativ makon» kabi o‘ziga xos tushunchalari (kategoriyalari) ga ega. M.Veber, G.Gadamer, G.Shpetler ilgari surgan kommunikatsiya modelida kommunikatsiyaning asosiy natijasi bu insonning boshqa inson tomonidan tushunilishi, o‘zaro tushunish [4] deb ataladi. Axborot jamiyati nazariyasi vakillari (D.Bell, A.Toffler, G.Maklyuen) kommunikatsiyaga futurologik yondashadilar. Ushbu nazariyada kommunikatsiya vositalari yagona rag‘batlantirish va ijtimoiy rivojlanishning manbai tarzida talqin qilinadi. Axborot bu holda madaniyat va barcha madaniy qadriyatlarning tarkibiy qismi sifatida namoyon bo‘ladi. Kommunikatsiya – bu o‘ziga xos axborot almashinuvi bo‘lib, uning natijasida jo‘natuvchidan qabul qiluvchiga intellektual va emotsional axborotni uzatish jarayoni kechadi. Kommunikativ jarayonning turli modellari mavjud. Misol uchun, Aristotel kommunikatsiya jarayonining uchta (notiq – nutq – auditoriya) komponentini ajratgan bo‘lsa, zamonaviy variantda u «kommunikator – xabar – kommunikant» ko‘rinishiga ega. Axborot almashinuvi kommunikatsiyaning ham, muloqotning ham markaziy xususiyati ekanligi tufayli bu kategoriyalarni tushuntirish, izohlash borasida, tabiiy ravishda, xilma-xilliklar kelib chiqdi va bir qator yondashuvlar paydo bo‘ldi. Birinchi yondashuv mazmunan ikki tushunchani ma’no jihatdan aynanlashtirishdan iborat. Bu yondashuv yuzaga chiqishiga yetakchi psixolog va faylasuflar L.C.Vigotskiy, V.N.Kurbatov, A.A.Leontevlar katta hissa ko‘shgan. Qator qomusiy va izohli lug‘atlarda «kommunikatsiya» atamasi «xabar yo‘li, muloqot» deb talqin qilingan.

Ukrainalik tadqiqotchi, muloqot nazariyasi sohasida taniqli mutaxassis Yu.D.Prilyuk tarixiy-lingvistik tadqiqotlar asosida ushbu atamalarning dastlabki va hozirgi ma’nolarini etimologik va semantik jihatdan bir-biriga yaqin, shuning uchun «jamiyatda axborot almashinuvi»ni bildiruvchi tushunchalar sifatida ular o‘zaro tengdir, degan to‘xtamga keladi. Shunga o‘xshash fikrlarni T.Parsons va K.Cherri kabi etakchi xorijiy olimlar ham bildirishgan. Ikkinchi yondashuv «kommunikatsiya» va «muloqot» tushunchalarini farqlash bilan bog‘liq. Taniqli faylasuf M.S.Kagan fikricha, kommunikatsiya va muloqot kamida ikki jihatdan farqlanadi. Birinchidan, «muloqot amaliy, moddiy va ma’naviy axborot almashinuvidir va u amaliy-ma’naviy xarakterga ega, kommunikatsiya esa … u yoki bu xabarlarni uzatish bilan bog‘liq sof axborot jarayonidir»[5]. Ikkinchidan, ular o‘zaro munosabatga kirishayotgan tizimlarning aloqa xossalari bo‘yicha bir-biridan ajralib turadi. Kommunikatsiya subyekt-obyekt aloqasi bo‘lib, unda subyekt ma’lum axborotni uzatadi, obyekt esa axborotning passiv qabul qiluvchi sifatida namoyon bo‘ladi, uning vazifasi axborotni qabul qilish, tushunish, yaxshi anglash va shu axborotni inobatga olib, harakatlanishdan iborat. Shunday qilib, M.S.Kagan fikricha, kommunikatsiya bir tomonga yo‘naltirilgan jarayondir[6]. Muloqot esa, aksincha, subyekt-subyekt aloqasi bo‘lib, unda «xabarlar jo‘natuvchisi va qabul qiluvchilar yo‘q, balki suhbatdoshlar, umumiy faoliyat ishtirokchilari bor». Muloqotda axborot sheriklar o‘rtasida harakatlanadi, demak, muloqot jarayoni kommunikatsiyadan farqli ravishda ikki tomonlama yo‘naltirilganlik xarakteriga ega[7].

Yirik psixolog olim G.M.Andreyevaning fikricha, muloqotni kommunikatsiyaga qaraganda kengroq kategoriya sifatida talqin etib, muloqot tuzilmasida uchta o‘zaro bog‘langan jihatlarni ajratishni taklif qiladi[8]. A.V.Sokolov muloqot kommunikativ faoliyatning shakllardan biri, bu shakllar kommunikatsiyaga kirishayotgan sheriklarning maqsadlariga qarab bir-biridan farqlanadi, deya mazkur fikrga qarshi chiqadi[9]. Yana bir yondashuv bo‘yicha muloqot jamiyatdagi barcha axborot jarayonlarini qamrab olmaydi, degan fikrni ilgari suruvchi olimlar guruhi mavjud. Vaholanki, axborot jarayonlari jamiyat organizmini, barcha ijtimoiy tizimostilarni qamrab oladi va ijtimoiy hayotning har qanday, hatto, eng kichik qismida ham mavjud, shu bilan birga, ular hamisha ham so‘z, nutq yoki matn shaklida bo‘lmasligi mumkin. Aslida, verbal (so‘z) shaklidagi xabarlar jamiyatda axborot almashinuvining kichik bir ulushini tashkil qiladi, qolgan vaziyatlarda axborot almashinuvi tildan foydalanmasdan amalga oshiriladi hamda axborot tashuvchilari sifatida noverbal signallar (mimika, intonatsiya, harakatlar va h.k.), shu bilan birga, madaniyatning moddiy shakllari, buyumlar xizmat qiladi. Madaniyatning moddiy shakllari axborotni ham makon, ham zamon bo‘yicha uzatishga imkon beradi. Aynan shuning uchun muloqot insonlar o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlikni o‘rnatish va ta’minlashga qaratilgan hamda, birinchi navbatda, verbal, ya’ni til (nutq yoki matn) yordamida amalga oshiriladigan o‘ziga xos axborot almashinuvi jarayonlarini bildiradi.

“Klaster” grafigi asosida o’quvchining muloqot mavzusiga doir bilimlarini tizimlashtirish


1-topshiriq


Til

Nutq

Muloqot


















2-topshiriq.




Muloqot vazifalari





















3-topshiriq.




Muloqot funktsiyalari












4-topshiriq.







Muloqot tomonlari






























Muloqotning interaktiv tomoni

5-topshiriq













Muloqotning kommunikativ tomonlari





«BIRGALIKDA O’QIYMIZ» TEXNIKASI

Birgalikda o’qish: o’quv guruhi kichik guruhlarga bo’linadi. Har bir kichik guruh o’rganilayotgan mavzuning ma’lum bir sohasida ekspert bo’ladi va bosh-qalarni o’rgatadi.

Har bir guruhning maqsadi boshqa barcha guruhlar ishtirokchilari mavzu savollarini to’la hajmda egallab olishdan iborat.



«Birgalikda o’qiymiz» texnikasidan foydalangan
holda guruhlarda ishni tashkil etish jarayonining tuzilishi

1. Bilim darajasiga qarab 3-5 kishidan iborat bo’lgan har xil turdagi guruhlar tuziladi.

2. Harbirguruhgabittatopshiriqberiladi –umumiymavzuningbirqismi, uningustidabutuno’quvguruhiisholibboradihamdatayanchlar – ekspertvaraqlari– taqdimetiladi.



3. Harbirguruhichidaumumiytopshiriqtaqsimlanadi.

4. Hammayakkatartibdagitopshiriqnibajaradi.



5. Barchaguruha’zolariningmini-ma’ruzalaritinglanadi.Umumiynatija (butunekspertvarag’ibo’yichasavollarjavobi)nishakllantiradivaunitaqdimotgatayyorlashadi.



  1. Spikeryokiguruhbarchaa’zolaribirgalikdabajarganishnatijalarinitaqdimotetishadi.

Guruhlardaishlashqoidasi

Sherigingiznidiqqatbilantinglang.

Guruhishlaridao’zarofaolishtiroketing, berilgantopshiriqlargamas’uliyatbilanyondashing.

Agar yordamkerak bo’lsa, albattamurojaatqiling.

Agar sizdanyordam so’rashsa, albattayordambering.

Guruhlarfaoliyatiningnatijalarinibaholashdahammaishtiroketishishart.

Aniqtushunmog’imizlozim:


  • Boshqalargao’rgatishorqalio’zimizo’rganamiz;

  • Bizbittakemadamiz: yokibirgalikdasuzibchiqamiz,yokibirgalikdacho’kibketamiz.



2-ilova

3-ilova

Ekspert guruhlar ish natijalarini baholash mezonlari

Mezonlar

Maks.

Ball

Guruh natijalarini baholash

1

2

3

4

5

Axborotning to’liqligi


3 b.
















Axborotning grafik shaklda ifoda etilishi

1 b.
















Guruhning faolligi


1 b.
















Ballarning maksimal summasi, jami

5 b.
















4-ilova

  1. Muloqot tushunchasining mohiyatini izohlang?

  2. Muloqot turlarining mohiyatining izohlang?

  3. Muloqotvazifalari nimalardan iboratligining ko’rsating?

  4. Muloqotning verbal vositalariga nimalar kiradi?

  5. Muloqotningnoverbalvositalariga nialar kiradi?

  6. Muloqotshaxslararoo’zaro taьsir etish asosiy funktsiyalari nimalardan iborat?

O‘Z – O‘ZINI TEKSHIRISHGA OID SAVOLLAR:

1. «Muloqot» tushunchasi, uning maqsadi va mazmunini ochib bering.

2. Insonlar muloqotining vazifalari va turlari nimadan iborat?

3. Qanday muloqot vositalarini bilasiz?

4. Muloqotning nuqtai nazarlari haqida gapirib bering.

5. MuloqotdagiKauzalatributsiya, refleksiya, tenglashtirish vapersepsiyanimani bildiradi?

6. Tirik jonzotlar filogenezi va odam ontogenezidagi muloqot taraqqiyotini ochib bering.

Mavzu yuzasidan savollar:



  1. Odamning shaxs bo'lib rivojlanishida eng asosiy omil nima?

  2. Rus psixologi Petrovski ta'rifiga ko'ra «muloqot» nima?

  3. O'zbek psixologi Davletshin ta'rifiga ko'ra «muloqot» nima?

  4. «kommunikator» va «retsipiyent» tushunchalariga ta'rif bering.

  5. «Kommunikatsiya» nima?

  6. Muloqot funksiyalari haqida gapiring.

  7. Muloqotning kommunikativligi nima?

  8. Muloqotning interaktivligi nima?

  9. Muloqotning persperktivligi nima?

  10. «Kommunikatsiya» atamasi qachondan fanda qo'llanila boshlangan?

  11. Kommunikatsiyaning amalga oshirish uchun shartlar nimalar?

  12. «muloqot» va «kommunikatsiya» atamalari va ushbu jarayonlar haqidagi ta'riflarini tushuntirib bering.

2-mavzu: Muloqot texnologiyasi shakllari.

Texnologik taraqqiyotning o‘rni

Hozirgi muloqot va ma’lumot asrida nutqiy jarayonga keng miqyosda kirishish boylik hisoblanadi. Bu manbalarga yechimlardan biri ma’lumotning qo ‘llanishida qaytarish uslublarini qo‘llashga asoslangan, yangi kommunikatsion texnologiyalarningpaydo bo ‘lishiga katta hissa qo ‘shdi.

Yangi kommunikatsion texnologiyaning qo ‘llanilishi keng ko ‘lamdagi korporativ biznes faoliyatlarning asosiy muammolaridan ba’zilarini, xususan, aniqlik, narx, tezlik, sifat, miqdor nuqtai nazaridan hal etishni boshlaydi. Shunday qilib, kommunikatsiya keng geografik hudud, mamlakatning ichki hamda tashqi hududlarida, muqobil metodlarning qidirilishi zamonaviy murakkab biznes tashkilotlarida zaruriy bo ‘lib qoldi. Radio, televideniye, kompyuter, audio va video kassetalari, video disk, telefonlar va ko ‘pgina mexanik uskunalar kabi an ’anaviy media vostalari ko‘plab tashkilotlarda muvaffaqiyatli foydalanib kelinmoqda. Ular rejalashtirish, nazorat, yo ‘naltirish, motivatsiya va hokazo boshqaruv funksiyalarida ham foydalidir.

Biznes dunyosi yangi texnologiyalarni kommunikatsiya tufayli jamiyatda ijtimoiy mas’uliyat sifatida xizmat qilishi uchun qabul qilishi shart yoki raqobatbardosh rivojlanish yo ‘lida omon qolish qiyin bo ‘ladi.

Dunyoda SMS xabarlarini yuborish ma’lumotlaridan eng ko‘p foydalanuvchi 2.4 milliard faol qo‘llanuvchilar telefonlarida xabarlarni yuboruvchi va qabul qiluvchi barcha mobil telefon abonentlarining 74%ini tashkil qiladi. Matn so'z yoki raqamlar yo bo ‘lmasa harfli-raqamli birikmasi shaklida bo ‘lishi mumkin.

Faol mobil telefon qurilmasi orqali, ayni paytda rivojlantirilayotgan ovozli va ma’lumot qo‘ng‘irog‘idan qat’i nazar, har qaysi payt qisqa xabarlarni qabul qilishi va yuborishi mumkin.

Qisqa xabarlar xizmati (SMS) ning afzalliklari:

1.Xabar har qaysi payt jo‘natilishi mumkin.

2.Bu shoshilinch paytda foydalidir.

3.Buxarajat bilan birgalikda va qtni ham tejaydi.

Qisqa xabarlar xizmati (SMS) ning kamchiliklari:

1.Tarmoq aloqasi tufayli xabarning yetkazilishidagi kechikish

2.Qabul qiluvchi tomonidan ba’zan juda qisqa12 so 'zlar yoki gaplar noto ‘g ‘ri sharhlanishi mumkin.



  1. Telekonferensiya va videokonferensiya.

Har bir ofisda mikrofonlar bilan qatnashchilar soni oshirilishi mumkin. Ikki tomonlama qo‘ng‘iroqlardan foydalanganda, barcha qatnashuvchilar boshqa

Vikram Bisen Priya.Business communication.New Delhi.2009, 43-44 betlar. 

barcha qatnashuvchilar bilan gaplashishlari mumkin. Bir tomonlama muloqot qo‘ng‘iroqlarida, og'zaki xabarlar (masalan, kompaniya prezidenti nutqi) turli joylarga bir vaqtning o 'zida yetkazilishi mumkin. Telekonferensiyaning afzalliklari:

1.Foydalanish uchun qulay.

2.Oson erishib bo ‘ladigan.

3.Dunyodagi har qanday telefon liniyasidan qatnashsa bo ‘ladi.

4.Konferens qo‘ng‘iroqlarini tuzish uchun faqatgina bir necha daqiqa ketadi.

5.Xarajatlar, energiya va vaqt tejaladi.Telekonferensiyaning kamchiliklari:

l.Telekonferensiyaning asosiy cheklovi odamlar o‘rtasidagi yuzma-yuz faoliyatning o ‘mini bosa olmaydi.

2.Odamlar yuzma-yuz faoliyatni afzal ko‘rgan holda telekonferensiya haqiqiy maqsadga xizmat qilmaydi.

Videokonferensiya. U to ‘liq interaktiv va deyarli yuzma-yuz yig‘ilishlarga o‘xshash bo'ladi. Ishlatilgan texnologiyaning darajasiga qarab interaktiv tarzda ikki joyni bog‘lashi mumkin yoki videoni uzatish saytlari ko ‘pchilik saytlarga ko ‘rinishi (imiji) uzatilishi mumkin.

Bu standart telefon liniyasi orqali muloqot qilinishi mumkin.Murakkabroq tizim va jihozlar bilan ikki joydagi insonlarning barchalari bir-birlarini xuddi haqiqiy yig‘ilishdagidek ko‘rishlari ehtimolini yaratadi. Videokonferensiya bir vaqtning o'zida turli joylardagi insonlarni ko ‘rish va eshitish imkoniniyaratadi.

Videokonferensiyaning afzalliklari:

1.Bu yuzma-yuz muloqot uchun o‘rnini bosuvchi bo ‘lib xizmat kiladi.

2.Muloqot real vaqtda sodir bo ‘ladi.

3.U masofa to ‘siqlarini bosib o‘tadi.

4.Ijrochilarning sayohat xarajatlarini tejashni keltirib chiqaradi.

5.Yig‘ilishlarni o'z vaqtida o‘tkazishda tejashni keltirib chiqaradi.

6.Turli joylarda o‘tirgan odamlarning bilimini jadal o‘sishini yengillashtiradi.

Videokonferensiya kamchiliklari:

l.Siz so'zlashmoqchi bo‘lgan insonda kompyuter bilan birgalikda konferensiya uchun talab etilgan uskunalar va dastur bo ‘lishi kerak.

2.Uyali telefonga o‘xshab, kompyuterni olib yursa bo‘ladi. Shundan kelib chiqib, konferensiyangizning olib yurilishiga ta ’sir qiladi.

3.Videokonferensiyaning maxfiyligi har doim ham kafolatlanmaydi.

Muloqot texnikasi va uning tarkibiy qismlari.

Muloqot texnikasi tug'ma iste’dod yoki nasldan naslga o‘tuvchi xususiyat emas. Balki izlanish, ijodiy mehnat mahsulidir. Ushbu faoliyat zaminida ijodiy mehnat yotadi. Shuning uchun ham muloqot mahorati hamma uchun standart, ya’ni bir qolipdagi ish usuli emas, balki u har bir kishining o'z ustida ishlashi, ijodiy mehnati jarayonida tashkil topadi va rivojlanadi. Muloqot texnikasini san’at va mahorat deb tushunish to‘g'riroq bo'ladi.

Chunki nutqiy san’at - bu qandaydir qo'l bilan tutib bo'lmaydigan, balki

fahm-farosat bilan amalga oshiriladigan xatti-harakatdir. 

Muloqot texnikasining zaruriy sharti - bu o‘qituvchining o'z e’tibori va o‘quvchilarning e’tiborlarini boshqara olish demakdir. U 2 omilga bog‘liq bo‘ladi:

Mehnat - bu behad izlanish va o'z ustida ishlash, qilgan ishlaridan xursand bo‘lish, boshdan kechirilgan quvonchdan qanoat hosil qilish.

San'at - bu qandaydir qo‘l bilan ushlab bo‘lmaydigan, aql farosat bilan amalga oshiriladigan xatti-harakat.

Muloqot texnikasida uchraydigan kamchiliklar:

1. Nuqsonli ovoz

2. Tovushni noaniq aytish

3. Nafas olishdagi tartibsizliklar

4. Nutq tempi, tezligini to‘g‘ri belgilamaslik

Muloqot texnikasining tarkibiy qismlari:

1.Muloqot madaniyati - savodli gapirish, o'z nutqini chiroyli va tushunarli, ta ’sirchan qilib bayon etish, o 'z fikr va his- tuyg‘ularini so 'zda aniq ifodalash.

2.Mimik pantomima - aniq imo-ishora, ma’noli qarash, rag‘batlantiruvchi yoki iliq tabassum.

3.Hissiy holat - jiddiylik darajasi, xayrxohlik kayfiyatini saqlash, o'zining hissiy holatini tashkil etish.

Muloqot texnikasiga qo‘yiladigan talablar:

1. Ovozning sifatiga e’tibor berish;

2. Muloqot jarayonida to‘g‘ri nafas olish;

3. Tovush va so'zlarni aniq talaffuz qilish;

4. To‘liq va aniq diksiya;

5. So'z va gaplarning «chaynalmasligi»;

6. Fonetikaga oid bilimlardan xabardor

7. Nutqdagi nuqsonlarni bartaraf etishga yordam beradiga mashqlardan muttasil foydalanib borish.

Muloqotning ta’sirchanligini ta’minlash nafaqat lingvistik, balki ekstralingvistik omillarni ham o'z ichiga oladi. Bamisoli ummon bo‘lgan tilimizdan bir fikrni bir qancha shaklu shamoyillarda ifodalash imkoniyatlari mavjud, ya’ni tilimizda har qanday voqea-hodisalarni ifodalash uchun so‘z va iboralar topiladi, lekin muloqot vaziyati uchun eng uyg‘un ifodani topa bilish o‘qituvchining bilimi, ma’rifatu madaniyati, mahoratu malakasiga bog‘liq.

Muloqotdagi ohangning tezligi, yuqori-pastligi ham ta’sirchanlikni oshiruvchi omillardir. Bunday nutqlar, odatda, muhim qarorlar, axborotlar, farmoyishlar o‘qilganda ishlatiladi.

Mashhur qadimgi yunon notig‘i Demosfenning dastlab ovozi past, talaffuzi yomon, nafasi qisqa bo‘lganligidan chiroyli va ta’sirli nutq ayta olmaganligi haqida tarixchilar yozganlar. Bu sohani chuqur o'rgangan olim S.Inomxo‘jayev ta’kidlaganidek, keyinroq Demosfen muloqot texnikasi asoslarini egallashga juda jiddiy kirishgan. U bir yerto‘la qazib, shu yerto‘lada ovozini rivojlantirish, diksiya, deklamatsiya bo‘yicha oylab mashqlar qiladi. Talaffuzidagi nuqsonlar, "r" tovushini aytolmaslik, ba’zi tovushlarni noaniq aytish kabilarni bartaraf etish maqsadida og‘ziga mayda toshlarni solib, she’rlar, turli matnlarni o‘qish bilan shug‘ullanadi.Ovozini rivojlantirish, ovoz apparatlarini chiniqtirish uchun esa tepaliklarga yugurib chiqib, yugurib tushib, nafasini ushlab turgan holda she’rlarni

deklamatsiya qiladi. Demosfen gapirayotganda bir yelkasini hadeb ko‘taraverish odatidan qutulish uchun yerto'lasining shiftiga uchi o‘tkir xanjarni osib qo‘yib, yelkasini xanjarning ayni uchiga to‘g‘rilab turib, mashqlarini davom ettiradi. Ana shunday mashaqqatli va muntazam mashqlar tufayli Demosfen notiqlikning eng cho‘qqisini zabt etgan.

Fonatsiya jarayonida nafas olish va nafas chiqarish fazalari shunday yo‘lga qo‘yilishi kerakki, nafas olish zo‘riqishsiz, bir qadar jadalroq, nafas chiqarish esa tekis, bir me’yorda va davomliroq kechishi lozim. Nafas chiqarish qanchalik davomli, uzun bo‘lsa, shunchalik yaxshi. Zotan, tovush, nutq ayni shu nafas chiqarish jarayonida hosil bo‘ladi. Fonatsiyada nafas olish va nafas chiqarish fazalarining ketma-ketligi, almashinish tartibini to‘g‘ri tasavvur etmoq kerak.

Bu fazalar bilan nutqning hajmiy va albatta, mazmuniy-estetik qurilishi o‘rtasidagi mutanosiblikni to‘g‘ri belgilamaslik oqibatida nafasning yetmay qolishi, shunga ko‘ra bir nafas bilan yaxlit aytilishi lozim bo‘lgan nutq parchasining bo‘linib ketishi, mantiqiy mazmunni buzadigan noo‘rin pauzaning paydo bo‘lishi kabi nuqsonlar o‘rtaga chiqadi. Masalan, qadimiy va boy tilimizning sofligini saqlash har birimizning burchimizdir jumlasi aytilarkan, masalan, har so'zidan keyin nafas tugab qolsa, ilojsiz, nafas olish uchun to‘xtalish majburiyati paydo bo‘ladi, bu esa jumlaning noto‘g‘ri bo‘linishiga olib keladi. Yoki ba’zan noto‘g‘ri taqsimlangan nafas jumlaning oxiriga borib yetmay qolsa, jumladagi so‘nggi so'z "yamlanib" talaffuz qilinadi, so'zlovchi xuddi bo‘g‘ilib qolganday, juda qiynalganday tuyuladi, bu tinglovchi uchun ham sezilarli darajada qiyinchilik tug‘diradi. Yana bir misol. Odam o‘ta hayajonlanganida, qattiq qo‘rqqanida yoki og‘ir musibat ichida bo‘lganida, umuman, turli hissiy holatlarga tushganida so'zlarkan, nafas olish va nafas chiqarish fazalarini nazorat qila olmay qoladi. Buning natijasida normal fonatsiya uchun nafasi to‘g‘ri taqsimlanmaydi, ko‘pincha oddiy bir so'z uchun ham nafasi yetmay qoladi.

Muloqot texnikasini egallashda umumiy tarzda bo‘lsa-da, fonetik bilimlardan boxabarlik zarur. Ayrim kishilar ko‘pincha muloqot jarayonida boshqa joylardagiga qaraganda anchayin baland ovozda gapiradilar. Yana ba’zilar borki, ular muloqot jarayonida deyarli past ovozda so'zlaydilar. Bunda ularning o'zlari qiynaladilar, sezilarli samaraga erishilmaydi, faqat bunday ovoz bo‘g‘iq, tussiz eshitiladi.

Muloqot texnikasi bilan bog‘liq nuqsonlardan yana biri nutq tempi, tezligini to‘g‘ri belgilamaslik yoki tezlik-sekinlikning maqsadga ko‘ra mo‘’tadilligini saqlay olmaslikdan iborat. Muloqotning tempi, albatta, bayon qilinayotgan materialning mohiyatiga, ifodalanayotgan fikr strukturasiga uyg‘un bo‘lishi maqsadga muvofiq. Tinglovchining ruhiyati, charchagan yoki charchamaganligi, materialni qanday qabul qilayotganligidan kelib chikqan holda nutq tempini tanlasa, uni o‘rni bilan o'zgartirib tursa, ham pedagogiq ham psixologik jihatdan to‘g‘ri bo‘ladi. Muloqot jarayonida diksiya masalasi ham alohida o‘rin tutadi. Masalan, ba’zan "z" tovushini jarangsiz "s" tovushiga moyil tarzda talaffuz qilish uchraydi: siz — sis, eshitdingiz — eshit-dingiz kabi. Bu singari nuqsonlar nutq tovushlarining hosil bo‘lish o‘rinlarini yaxshi bilmaslik va artikulyatsion apparat (tovush hosil qilishda ishtirok etadigai nutq a’zolari)ning yyetarli darajada faol emasligi natijasida paydo bo‘ladi. Noto‘g‘ri yoki noaniq talaffuz qilinadigan tovushning hosil bo‘lishida ishtirok etadigan nutq a’zolarining faolligini oshirish yo‘li bilan kishi nutqidagi ana shunday diktsion xatolarni tuzatish mumkin. Buning uchun xilma-xil mashqlar yaxshi yordam beradi. Masalan, turli tez aytishlar, maqol va matallar, turli mazmundagi matnlarni muntazam ovoz chiqarib takrorlash ana shunday mashqlarning bir ko‘rinishidir. Umuman, muloqot texnikasini takomillashtirish borasida doimiy qayg‘urish, fonetika, fonologiyaga oid bilimlardan umumiy tarzda bo‘lsa-da, xabardor bo‘lish, kerak bo‘lganda, o'z nutqidagi nuqsonlarni bartaraf etishga yordam beradigan mashqlardan muttasil foydalanib borish maqsadga muvofiqdir. Chunki muloqot texnikasisiz so'zlovchining og‘zaki nutq madaniyatini aslo shakllangan deb bo‘lmaydi.

Muloqot texnikasini shakllantirishda zamonaviy pedtexnologiyalarning o‘rni.

Mustaqil yurtimizda ma’naviy islohotlar jadal sur’atlar bilan olib borilayotgan bir paytda muloqot texnikasiga bo‘lgan e’tibor ham ortmoqda. Har bir shaxs, har bir fuqaro, qolaversa, har bir pedagog his- tuyg‘ularini ifodalashda, boshqalar bilan muloqotda, fikr almashuvda, o‘z faoliyatini olib borishda nutqning ahamiyati katta ekanligini bilmog‘i zarur. Nutqni aniq, to‘g‘ri, chiroyli, ixcham va sof tuzish uchun esa tilni, uning imkoniyatlarini yaxshi bilish talab etiladi. Hamma ham birday chiroyli so'zlash qobiliyatiga ega emas, hammada ham notiqlik san’ati, nutqiy salohiyat bir xilda shakllangan deb bo‘lmaydi. Shunday ekan, o‘sib kelayotgan yosh avlodga vatanparvarlik, insonparvaplik va yuksak ma’naviyatni muloqot texnikasi orqali singdirish lozim. Muloqot jarayonidagi asosiy vositalardan biri bu ovoz texnikasidir. Ovoz nafas olish bilan uzviy bog‘liq, nafas olmasdan tovush chiqarib bo‘lmaydi, so'zlash uchun esa avval o‘pka havo bilan to‘ldiriladi. To‘g‘ri nafas olish tovush va nutqning jaranglab chiqishi uchun juda zarur. Ammo ko‘pchilik o'z nafas olishini boshqara olmaydilar. Natijada havo yetmay urg‘u noto‘g‘ri ishlatilishi, mavzuning ma’nosi o'zgarib ketishi mumkin. Normal ovozga ega bo‘lmagan, xirildoq, bo‘g‘iq ovozli suhbatdoshning muloqoti esa barchaning g‘ashiga tegadi. Ovozdagi bunday nuqsonlarni ko‘proq mashq qilish orqali yo‘qotish mumkin. Muloqot texnikasida suhbatdoshlar o'z ovozlarini ehtiyot qilishlari uchun ayrim tartiblarga rioya etishlari zarur. Ovoz kuchli, past-baland, ingichka-yo‘g‘on, uzun- qisqa, yoqimli-yoqimsiz kabi xususiyatlarga ega bo‘ladi. Ovozning ana shu xususiyatlari ma’ruza o‘qishga ta’sir qiladi. Shundagina tinglovchining nafaqat qulog‘ini, balki qalbini ham zabt eta oladigan namunali nutq shakllanadi.

Pedagog muloqot qilish san’atiga ega bo‘lishi lozim, kerakli muomala ohangi va munosabat usulini tanlashni bilishi kerak, boshqacha aytganda, o‘quvchilarga individual yondashishni bilishi lozim. O‘quvchilar bilan sun’iy pand-nasihatli, oshna-og‘aynilik ohangida gaplashish mumkin emas. Pedagog doim bolalarning katta guruhi va ular bajarayotgan ko‘p jarayonlar bilan ish olib boradi, ularning barchasi o‘qituvchi nazaridan chiqib ketmasligi kerak. Pedagog uchun yana bir muhim narsa bu o‘quvchining tashqi ko‘rinishidan uning ruhiy holatini aniqlash.

Pedagogik munosabat - pedagogning o‘quvchilar bilan tarbiya maqsadida aloqa o‘rnatishidir. Pedagogik munosabatda gapirish madaniyatiga (talaffuz tarzi, nutq ohangi, orfoepiya) to‘g‘ri nafas olishga, ovozni qo‘ya bilishga o‘rganish muhim ahamiyatga ega. Og‘zaki nutq mahoratini mukamalligi o‘qituvchining kasbida ko‘p gapirishi bilan emas, balki ma’noli so'z orqali ta’sir uslublarini qo‘llash orqali belgilanadi. Pedagog o‘z ovozini, yuzini boshqarishga, pauza tutishga, gavdani, imo-ishorani, mimikani tutishga o‘rganishi kerak. Pedagogik munosabat muammolariga amerikalik pedagoglar katta e’tibor beradi. J.Brofi va T.Guddning «O‘qituvchi va o‘quvchi munosabatlari» kitobida o‘qituvchining o‘quvchilarni ajratib munosabat qilishga asoslangan «subyektiv» munosabatlar xususiyatlari tahlil qilinadi. Masalan, shu narsa aniqlanganki, pedagoglar ko‘proq yoqimtoy o‘quvchilarga yaxshi munosabatda bo‘lar ekan. Ular uchun beparvo o‘quvchilar e’tibordan chetda qolib, aql-zakovatli, intizomli, harakatchan o‘quvchilarga nisbatan yaxshiroq muomalada bo‘lishadi. Sust, erksiz, lapashang o‘quvchilar ikkinchi o‘rinda qolib, mustaqil, faol, o'ziga ishongao‘quvchilarni yoqtirmas ekan.



3. Yozma muloqot va uning o’ziga hosligi.

Yozma muloqot bildirishnomalar, eslatmalar, hisobotlar, moliyaviy hisobotlar, biznes xatlari va shu kabilarning barcha turlarini qamrab oladi. Muloqotning bu turi tashkilotlarda keng qo‘llaniluvchi xabar yozish jarayonini yozishga aylantiradi. Rasmiy muloqot, qoidalar, buyruqlar, ma’lumotnomalar, siyosiy masalalar va hokazolar doimo yozma shaklda bo'lishi kerak.

Yozma nutq yuqori darajada bo'lmas ekan, og'zaki nutq ko'ngildagidek bo'lmaydi. Yozma nutqda esa til vositalarini tanlash va qo'llashga to'liq imkoniyat bo'ladi. Yozma nutqni xohlagancha tahrir qilish mumkin. Yozma nutqda og'zaki nutqdagi kabi hayajon bo'lmaydi, notiq shoshilmasdan, o‘ylab nutq tuzadi. Shu sababdan ham yozma nutq og'zaki nutqdan ko'ra ravon, aniq va izchilroq bo'ladi.Yozma nutq barqaror va qat’iy bo'ladi, u har doim avvaldan o‘ylanadi hamda matnga tushiriladi. Yozma nutq og'zaki nutqning rivojiga bevosita ta’sir etadi. Og'zaki nutq esa yozma nutq asosida rivojlanadi. Yozma mashqlar - bamisoli tafakkur mashqlaridir. 

Biror voqelik yoki hodisa to‘g'risida fikrlash yozma mashqlar orqali takomillashadi. Yozma nutq mashqlari muayyan mavzu doirasida bevosita fikrlashga majbur etadi. Yozma nutq bilan doimiy shug'ullanadigan kishi doim o‘ylab gapirishga odatlanadi. Yozma nutq bilan muttasil shug'ullanmagan kishining yozma nutqi bilan og'zaki nutqi hech qachon muvofiqlashmaydi.

Yozma kommunikatsiya — maktublar, eslatmalar, protokollar, belgilar yoki matnlar orqali izohlanishlari juda qiyin, chunki muloqotda bo'lgan odamni ovozini eshitmaymiz va imo-ishoralarini ko'rmaymiz. Lekin fikrni yozma ravishda ifodalash yozuvchiga nima demoqchi bo'lganligini o‘ylash va eng yaxshi variantini tanlash imkonini beradi. Har qanday menejergayozma so'z bilan ishlash qobiliyati juda ham muhimdir. Samarali yozish usullari so'zlar, qisqa jumlalar va qisqa abzatsdan foydalanishda va muvofiqlashtirishda ham soddalikka urg'u beradi. Xabarga ko'ra alohida o'quvchiga murojaat qilishda so'zlarning muvofiqlashtirilishi barcha o 'quvchilar ham xabarni tushunishda bir xil qobiliyatga ega emaslar, ularning barchalarining so'z boyliklari bir xil emas, mavzu bo'yicha bir xil bilimga ega emaslar. Shunday qilib, aniq muloqot qilish uchun, biz muloqot qilishni xohlagan kishimizni bilishimiz kerak. Xabar shaxsning ongiga mos bo 'lishi kerak.

Muvofiqlashtirish va so'zlarni tanlash

1.Tanish so’zlardan foydalaning. Baxtga qarshi, ko'pchilik biznes sohasida faoliyat yurituvchi kotiblar tanish so'zlardan foydalanish o‘rniga o'z fikrlarini qog'ozga ko‘chirishni boshlasharkan, uning xarakterini o'zgartirishga moyil bo'lishadi. Masalan, urinmoq - harakat qilmoq, aniqlamoq - bilmoq, chek qo'ymoq - tugatmoq, namoyon qilmoq - ko'rsatmoq, istifoda qilmoq/ qo'llamoq - foydalanmoq.

2.Uzun so'zdan ko'ra qisqasini tanlang. Umuman olganda, qisqa so 'zlarda xabar yaxshiroq yetkaziladi, chunki uzun so'zlarning og'irlik nisbati o'quvchini chalkashtiradi. Gipnoz qilish, gippopotam va avtomobil kabi ba’zi uzun so'zlar bilan oson muloqot qilinadi. Ammo ba’zi vibrofon

(vibes), raqobatlashmoq (vie), achchig'i chiqqan (vex), shtreykbrexer (scab) kabi qisqa so'zlarfaqatgina kamchlik uchun tushunarli bo'lishi mumkin. Shunday qilib, uzun so'zlardan ozgina ehtiyotkorlik bilan foydalanish donolik bo'ladi. Bundan tashqari, siz ishlatayotgan so'zlaringiz o'quvchingiz uchun tanish bo'lishiga amin bo'ling.

3.Terminologiyadan ehtiyotkorlik bilan foydalaning. Barcha sohalarning o'z terminologiyasi, ya’ni «jargon»i bor, ular kundalik ish leksikasining bir qismini tashkil qiladi. Aslida, ularning idrokimizda shunchalik ko'p paydo bo'lganidan, sohaga taalluqli bo'lmagan insonlar ham biladigandek tuyuladi. Va o'z sohangizdan tashqaridagi insonlarga yozayotganingizda bu muloqotda tushunmovchilikni keltirib chiqaradi.  

Aniq yozish qobiliyati faqatgina so'zlar bilan cheklanib qolmaydi. Bu aniq gaplardan foydalanishni ham anglatadi. Sodda gaplarni yozish qisqaroq gaplarni yozishni anglatadi. Gap da’vo, savol, buyruq yoki his-hayajon shaklida bo'lishi mumkin. Murakkab strukturalarni taqdim etish bilan muammo yaratmaydi. Uzun gaplar grammatik xatolarga ega bo'lishdek katta o'zgarishlarni qisqa gaplar tuzilishi tasavvur qilinadi. Malakali kotiblar matnda turli xil maqsadlarda birikmalar, qisqa va uzun gaplarni mohirlik bilan qo 'llaydilar hamda tajriba qiladilar.

Yozuvdagi aniqlik faqatgina so'zlarning diqqat bilan tanlanishi va aniq gaplarni yozishga bog'liq bo'lmaydi. Bu yana ehtiyotkorlik bilan tuzilgan abzatsni talab etadi. So 'zlar gaplarga birikkandek, abzatsdagi gaplar ham mantiqiy ketma- ketlikka asoslanadi. Shunday qilib, abzats bir gapdan boshqasiga yo ‘nalgani va bosqichma-bosqich rivojlangani sababli, abzats kimningdir fikrlash jarayoni bo'ladi.

O'qish va yozuv yozma nutqning ikki “pallasi”dir, birinchisida yozilgan material o'qiladi, ikkinchisida esa odatda o'qishda o'zlashtiriladigan fikr yozma bayon etiladi. Axborotni yozma bayon etish ikki yo’l bilan ro'yobga chiqariladi: chunonchi (1) o'z fikrni yozish va (2) aytib (o'qib) turilgan o'zga shaxs nutqini yozuvda ifodalash. Har ikkala holatda ham yozma matn yaratiladi. Yozish texnikasi deganda grafika (tovush – harf munosabati va harfning ma'no bildirish vazifasi), kaligrafiya (husnixat), orfografiya (imlo) nazarda tutiladi. Yozma nutq atamasi esa grafik tarzda ifodalangan axborot va nutq muloqoti jarayoni ma'nolarini qamlab oladi. Husnixat tushunchasi tarkibiga tovush va tovush birikmalarini yozuvda tasvirlaydigan yozuv-chizuv vositalari majmuasi kiradi. Imlo – so'zlarni (gaplarni) yozish va ularga doir qoidalar yig'indisidir.

Husnixat, harf, harf birikmasi, so'z asosida, imlo esa morfema, so'z (gap) darajasida, yozma nutq esa gap, abzats va bog'lanma matn materialida o'rgatiladi.

Yozma nutq boshqa nutq faoliyati turi – gapirish zaminida, ya'ni uning lisoniy materiali va mavzulari doirasida shakllanadi. Yozma nutq tegishli xususiy malakalarga asoslanadi. Yozuv (ya'ni yozma nutq) malakalari quyidagi ko'nikmalardan tashkil topadi: (1) husnixat ko'nikmasi; (2) imlo ko'nikmasi; (3) tuzish (yozma fikr bayon etishmaqsadida gaplarni biriktirish) ko'nikmasi; (4) yozuvning leksik va grammatik ko'nikmalari kabilar.

Yozma nutq avval kishi ongida shakllanadi va aqliy faoliyatga oid murakkab faoliyat va amaliyotni taqozo qiladi. Yozma ravishda bayon qilishga mo’ljallangan fikr avval ichki nutqda rejaga solinadi.

So’ngra leksik birlik tanlash, ularni grammatik jixatdan ko’rish va jumla holiga keltirish, jumlalarni mano va shakl jihatdan bir biri bilan bog’lash, kabilarni aqliy faoliyat bajaradi. Bu jarayon ichki nutqda takrorlash va uni qog’ozga tushurish bilan yakunlanadi.

O’z fikrini yozma bayon qilayotgan kishi o’ylash va qayta o’ylash uchun yetarli vaqtga va qo’shimcha manbalarga ega. Og’zaki nutqda esa bunday imkoniyatlar yo’q.

Fikrni og’zaki va yozma bayon qilish nutq faoliyatining reproduktiv turiga kiradi. Fikirni yozma ravishda bayon qilish uni qog’ozga tushurish jarayonining ortiqchaligi bilan og’zaki nutqdan farq qiladi. Shunga qaramasdan og’zaki nutqni o’stirishga mo’ljallangan mashqlar yozma nutqni o’stirish uchun ham xizmat qiladi.Yozma nutq o’z navbatida og’zaki nutq malakalarini o’stirish uchun vosita vazifasini bajaradi.Yozuv va yozma nutq o’qishga oid malakalarni rivojlanishi uchun vosita vazifasini bajaradi.



Yozma nutqqa qo`yiladigan talablar:

1. Har bir so`z, har bir jumla mazmunni va muallif maqsadini ochishga xizmat etishi, shuningdеk, nutq ixcham, izchil va mantiqli ifodalanishi zarur.

2. Yozma nutqdagi fikr qiziqarli, ifodali, uslub jihatdan sodda va ravon bayon etilishi kеrak.

3. Bildirilgan fikrlar asosida zarur xulosa chiqarishga alohida e'tibor bеrish zarur.

Yozma nutqning mohiyatli chiqishi uchun matеrial yig`ilgandan so`ng ularni sistеmalashtirish, rеja tuzish, ishning xomaki nusxasini tayyorlash, matn ustida qayta ishlab, takomillashtirish va oqqa ko`chirish zarur.

Yozma nutqning sifati fikrning mustaqil ravishda bayon etilishi bilan bеlgilanadi.

Yozma nutq turli yozma ishlar orqali yuzaga chiqadi.

Nutqning ikkinchi turi, ya'ni yozma nutqni rivojlantirish og`zaki nutqqa qaraganda ancha murakkab jarayon hisoblanadi. Chunki u o`quvchidan grammatik va mazmun jihatdan to`g`ri jumla qurishni, har bir so`zni o`z o`rnida qo`llashni, fikrni ixcham, izchil. ifodali, uslub jihatdan sodda va ravon ifodalashni, bayon qilingan fikrlar asosida xulosalar chiqarishni talab etadi.

Yozma nutqning murakkab tabiati yana shundaki, u imlo, tinish bеlgilari va uslub bilan bog`liq. So`zni to`g`ri yozish, tinish bеlgilarini o`rinli qo`llash, fikrni uslub talabiga muvofiq bayon qilish o`quvchidan katta mas'uliyatni talab etadi. ana shu sababli nutqning bu turini o`stirish ancha sеkin va murakkab kеchadi.

Yozma nutqning o`ziga xos xususiyatlaridan yana biri uni tеkshirish, tuzatish, takomillashtirish mumkinligidir. Bu jihatdan u og`zaki nutqqa qaraganda ancha qulay imkoniyatlarga ega. O`quvchi yozma nutqidagi xato va kamchiliklar ustida ishlaydi, ularni bartaraf etadi, kеyingi ishlarida bu xato va kamchiliklarga yo`l qo`ymaslikka intiladi.



O`quvchi nutqiga qo`yiladigan talablar:

1. Nutqning nutq sharoitiga mosligi.

Nutq sharoiti nutq shaklini bеlgilashda juda muhim omildir. Chunonchi, bir-biridan uzoqda bo`lgan so`zlovchi va tinglovchi faqat yozma nutq (ya'ni xat, maktub, axborot, voqi'anavislik va hokazo) vositasida fikr almasha oladi. Shuning uchun bolalarni maktub yozishga o`rgatish ayni bir fikrni turli shaklda bayon etish ko`nikmalarini shakllantirishga samarali ta'sir ko`rsatadi.

2. Nutqning mazmundorligi. O`quvchi faqat bilgan narsalarini, o`zi xabardor bo`lgan voqеa–hodisalarni og`zaki va yozma shakllarda bayon qila oladi. Aniq dalillar, kuzatish va taassurotlar, his – tuyg`ular asosida yaratilgan fikrgina o`zgalar diqqatini o`ziga tortadi. Mazmunsiz fikr so`zlovchining o`ziga ham, o`zgalarga ham yoqmaydi. Suhbat, hikoya, insho uchun o`qilgan badiiy asarlar, tomosha qilingan sahna asarlari va kinofilmlar, shaxsiy kuzatish va taassurotlar, kundalik hayot voqеalari boy matеrial bo`lib xizmat qiladi.

3.Nutqning to`g`ri, aniq va izchil bo`lishi. Nutqda har bir fikr mantiqan asoslangan bo`lsagina, uning ta'sirchanligi ortadi. Buning uchun o`quvchidan narsa, voqеa, hodisaga sinchkovlik bilan qarash, ularga to`g`ri baho bеra bilish, shu yo`l bilan nutqni muntazam va izchil qurish, uni isbotlay bilish talab etiladi. O`quvchi fikrini bayon qilayotganda bir fikrni ikkinchisi bilan mantiqan to`g`ri bog`lay olishi, mavzuga aloqador bo`lgan asosiy fikrlarni

ikkinchi darajali fikrlardan farqlay bilishi zarur.

Nutq - mantiqan fikrlash mahsuli. U taqqoslash, guruhlash, umumlashtirish kabi aqliy faoliyat usullari bilan chambarchas bog`langan.

Taqqoslash shunday bir mantiqiy usuldirki, u bilan moddiy olamdagi narsalar va voqеalarning bir-biriga o`xshashligi va farqi aniqlab olinib, shu asosda hukm hamda xulosalar chiqariladi. O`quvchi bu faoliyat usulidan foydalanmay turib, mantiqan to`g`ri fikr yurita olmaydi.

Nutqning mantiqiy to`g`riligi esa avvalo fikrlarning aniq va bir–biriga izchil bog`langan bo`lishi, fikr yuritilayotgan mavzudan chеtga chiqmaslik, mazmunda mantiqiy ziddiyatlar va mujmal jumlalar bo`lmasligi, hukm va xulosalar asosli, ishonarli bo`lishi dеmakdir.

4. Nutqning boy va rang-barang bo`lishi avvalo fikrni bayon qilishda o`zbеk tilining lеksik imkoniyatlaridan, shuningdеk, nutqning badiiy qiymatini oshiruvchi vositalardan, badiiy asarlardan olingan parchalar va yorqin adabiy timsollardan, o`zbеk xalqining qochiriq so`zlari va frazеologik iboralaridan, o`xshatish, sifatlash, jonlantirish, istiora, mubolag`alardan, ritorik so`roq gaplardan foydalanishda namoyon bo`ladi. Tilning bu tasviriy vositalari nutqqa go`zallik, joziba va rang-baranglik baxsh etadi.

5. Nutqning grammatik jihatdan to’g’ri qurilgan bo’lishi.

O`quvchi so`z, so`z birikmasi va gaplarni bir-biriga bog`lash, egalik va kеlishik qo`shimchalarini o`rinli qo`llash, gapning ega va kеsimini moslashtira olish kabi malaka va ko`nikmalarga ega bo`lishi kеrak.

6.Nutqning soddaligi va sofligi. Sodda nutq tushunarli bo`ladi. Buning uchun matnda fikr lo`nda, aniq bayon qilinishi kеrak. Tushunarsiz, g`aliz jumlalardan saqlanish lozim. Nutqning sofligi uning tozaligi dеmakdir. Nutqni har xil qaytarishlar, ortiqcha jumlalar, o`zbеk tiliga xos bo`lmagan so`zlardan tozalab borish, fikrni sof adabiy tilda, tilning boy imkoniyatlaridan foydalanib bayon qilish yozma nutqning soddaligini ta'minlaydi.

Yuqoridagi talablar o`zaro chambarchas bog`langan. Bu talablarga doimo amal qilish yo`li bilan nutq o`stirish samarali kеchadi.



Mavzu yuzasidan mashq va topshiriqlar

1-Topshiriq. Matnni o‘qing

Kitob - tafakkur ko‘zgusi

O‘zbek xalq adabiyotining tarbiya usullarida alohida ta’kidlanishicha, kitob-insonning eng yaqin do‘sti va maslaxatchisi, aql qayrog‘I va bilim manbaidir. Kitob – fikrlash quroli, xazinalar kaliti, tafakkur manbai. Kitob – nonday aziz, mo‘tabar va muqaddas. Xalq kitobni ana shunday deb tushunadi. Darvoqe, xalq o‘rtasida kitobga, u diniymi, dunyoviymi – baribir, ma’naviy tafakkur, xazinalar maskani, odob-axloq go‘shasi – kutubxonaga hurmat – e’tibor beqiyos. Ha, xalq qadim zamonlardan boshlab kitobni hayot darsligi, mo‘jiza, axloq – odob dasturi deb biladi.

Kitobga muhabbat, uni qadrlash, o‘qishga ishtiyoq xalqimizning qon-qoniga singib ketgan. Buning isboti uchun xalqimizning merosidan, kundalik hayotidan, og‘zaki ijodi asarlaridan hamda an’anaviy tarbiya usullaridan juda ko‘plab misollar keltirish mumkin. Darhaqiqat, O‘rta Osiyo xalqlari, shu jumladan, o‘zbek xalqi yaratgan betakror moddiy va madaniy boyliklarni ko‘zdan kechirar ekanmiz, ular orasida, M. Gorkiy ta’biri bilan aytganda, “…baxt va qudratli istiqbol yo‘lida odamzod yaratgan, ehtimol, eng murakkab va mo‘jizalar ichidagi eng buyuk mo‘jiza” bo‘lgan kitobning o‘ziga xos faxrli orinni egallab kelganini ko‘ramiz. Xalqimiz ilm va fan, adabiyot va san’atga oid nodir qo‘lyozma – kitoblari bilan, haqli ravishda faxrlanadi. Dunyoning qaysi bir mashhur kutubxonasida bo‘lmang, xalqimizning ulug‘ allomalari – tafakkur xazinasini yaratgan donishmandlarning qo‘lyozmalarini ko‘rish mumkin.

О'tmish zamonlardan tortib shu kungacha ota-bobolarimiz kitobning g‘oyatda mashaqqatli mehnat evaziga dunyoga kelishini yaxshi anglab, uning oyoq osti bo‘lishiga, hatto biron-bir varag‘ining ham bekorga nes-nobud bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaganlar. Kitobga muhabbat, uni oqishga ishtiyoq, undan bahramand bo‘lish istagi kishilarga tinchlik bermagan.

Naql qiladilar: o‘tgan zamonda bir humkdor vaziru ulamolarini chaqirib, “Dunyoda eng zo‘r, kerakli, hamma narsadan xabardor qiluvchi nima?” deb savol beribdi. Kishilar u deyishibdi, bu deyishibdi; birovi dunyoda eng zo‘r narsa –qilich desa, ikkinchisi eng keraklisi non, debdi. Hamma narsadan xabar beruvchi narsa “Oynai jahon”deyuvchilar ham topilibdi.


  • Uch kun muhlat beraman,-debdi podsho hech kimning javobi yoqmaganligidan darg‘azab bo‘lib.

Qo‘shni podsholikda ta’rifi yetti iqlimga ketgan donishmand yashayotganligidan vazirning xabari bor ekan. Vazir: “Podshohning savollariga shu donishmanddan boshqa hech bir kishi javob topa olmaydi”,-deb o‘ylabdi-da, uni izlab topib podshohning oldiga olib kelibdi.

Podshohning birinchi savoliga “Kitob!”-deb hech ham ikkilanmay dadil javob beribdi donishmand.-Chunki kitob bilim beradi. Dunyodagi eng qudratli narsa esa-bilimdir. Bilimli esa yengilmasdir.

- Savolingizga to‘g‘ri javob topdi,-deyishibdi a’yonlari xursand bo‘lishib.

- Dunyoda eng kerakli narsa nima?

- Kitob!–debdi donishmand hech ikkilanmay.

- Kitob?!-ajablanibdi hukmdor.

- Ha, dunyoda eng kerakli narsa kitob,-takrorlabdi so‘zini donishmand.–Inson uchun hayotda ikki narsa eng mo‘tabar va aziz. Bu non bilan kitob. Shu boisdan ham non qanchalik mo‘tabar sanalsa, kitob ham shunchalik aziz. Non rizq-ro‘z, dasturxon ko‘rki, hayot barakasi. O‘tmishdan hikoya qiluvchi-tarix, bugunni aks ettiruvchi ko‘zgu, ertangi kunni aytib beruvchi mo‘jiza esa kitobdir. Poklanish, iymon butunligi, ruhiy boylik ham kitobdandir. Kitob insonning maslahatgo‘yi, doimiy hamrohidir. “Kitob ko‘rmagan odam nodondir, kitob kirmagan uy qorong‘u zimistondir”,-deydi donishmandlar.

- Shohanshoh, donishmand bu savolingizga ham to‘g‘ri javob qildi,-deyishibdi saroy ahli.

- Suvu-quruqlikdagi hamma joylar, dunyodagi ezgu elatlar haqida xabar beruvchi ham seningcha kitobmi?–achchiqlanibdi hukmdor.

- Ha, kitob,-dadil javob beribdi donishmand.–Dunyoni shundoqqina ko‘z oldingizga keltirib qo‘yadigan ham, hech ko‘rmagan va bir umr ko‘rolmaydigan kishilar hamda jo‘ylar bilan tanishtiradigan ham shu kitobdir. Mana meni olib ko‘ring. Men tug‘ilib o‘sgan qishlog‘imdan boshqa hech bir joyda bo‘lmaganman. Ammo Marvdan-Mashriqqacha, Yamandan –Yasargacha yaxshi bilaman, desam maqtanmagan bo‘laman. Yer yuzida jamiki odamzod bor-ularning hayoti, odatlari, rasm-rusumlaridan ozmi-ko‘pmi xabardorman. Bunga ana shu kitob orqali erishganman. Qur’oni karim, hadisi sharifning mo‘jizasini aytmay qo‘ya qolaylik.

Podsho: “Saroyimda qolib bosh maslahatgo‘yim bo‘l”,-deb qanchalik yalinmasin, donishmand ko‘nmabdi, undan olgan oltinlarga esa bozordan kitob xarid qilib, qishlog‘iga qaytibdi…

Mo‘jizalar olami bo‘lgan kitobni ulug‘lovchi, uning qadr-qimmatiga yetishni ta’kidlovchi bunday afsonalar xalq o‘rtasida ko‘p. Ular xalq an’anaviy pandnomasining eng zarrin sahifalarini tashkil etadi. Xalq kitob haqida naql-rivoyatlargina emas, qanchadan-qancha maqollar, aforizmlar, topishmoqlar, hikmatlar ham yaratganki, bu kishilarning kitobga, ilm-fanga azaldan chanqoqligini ifodalaydi:

Qatra yig‘ilib daryo bo‘lur, kitob o‘qib dono bo‘lur.

Kiyim ustingni bezaydi, kitob-aqlingni.

Kitob-ko‘zgu, unda olamni ko‘rasan.

Oltin yer tagidan kavlab olinadi, bilim kitobdan.

Kitobsiz uy - quyoshsiz kun.

a)Matn yuzasidan savol va topshiriqlar.

1. Matn mazmunini qisqartirib so‘zlab bering.

2. Kitob haqida yana qanday maqol va hikmatli so‘zlarni bilasiz?

b)Klaster usulidan foydalanib kitobning xususiyatlarini ochib bering.


KITOB



аqlli


2- topshiriq

“Maktab-tarbiya o’chog’idir” mavzusida o’ylab ko’ring va fikrlaringizni insho tarzida 1 bet qog’ozga tushuring. Inshoda o’z fikrlaringizni berishingiz va boshqalar fikridan foydalanganda manbani ko’rsatishingiz lozim. Yozganlaringizni gapirib bering.



3- topshiriq.

1 va 2-topshiriqni bajarish jarayoni haqida o’ylang. Ularni bajarishda sizdan qanday ko’nikmalar talab qilindi. Qaysi birini bajarish osonroq va nima uchun? Og’zaki va yozma nutqni tayyorlash va amalga oshirish haqida fikr yuriting. Barchasini 1 varoq qog’ozga tartib bilan insho tarzida tushiring.



4-MAVZU: ILMIY USLUB, HUSUSIYATLARI, KO'RINISHLARI

Tilshunoslar uchun ilmiy tadqiqotlar mavzusi bo'lgan ilmiy uslub, birinchi navbatda ilmiy, ilmiy, texnik va ommabop fan sohasida ishlatiladigan o'ziga xos nutq texnikasi to'plami bo'lib, mazmun va maqsadda turli xil g'oyalar, farazlar va yutuqlarni ifodalash va shakllantirish uchun ishlatiladi.

ILMIY MATNNING UMUMIY TAVSIFI

Ilmiy matn - bu his qilish va baholash uchun tegishli malakaga ega bo'lgan kishilar doirasi uchun yaratilgan tadqiqot faoliyati natijasi yoki natijasi. Buni iloji boricha informatsion qilish uchun muallif yozma tilni, maxsus vositalarni va materiallarni taqdim etish usullarini qo'llashi kerak. Ko'pincha, ilmiy matn - nashr etilgan yoki chop etishga mo'ljallangan ish. Ilmiy rejaning matnlari og'zaki taqdimot uchun maxsus tayyorlangan materiallarni, masalan, konferentsiya yoki akademik ma'ruza hisobotini o'z ichiga oladi.

Ilmiy uslubning xarakteristik xususiyatlari - ohang, obyektiv yondoshuv va axborotning betartibligi, matnning tuzilishliligi, terminologiyaning mavjudligi va olimlar o'rtasida materiallarning mantiqiy va etarlicha taqdim etilishi uchun qabul qilingan maxsus tillar vositasi.

ILMIY USLUBLARNING TURLARI

Ilmiy uslubdagi asarlarning yozma shaklining tarqalishi ularning mazmuni va dizaynining haqiqiyligi, vaziyati, aniqligi bilan belgilanadi.

Ilmiy matnlarni turlari va turlari bo'yicha taqsimlash, birinchi navbatda, ko'p fanlardan tasvirlangan ob'ektlardagi farqlar, olimlar tadqiqot faoliyatining mazmuni, potentsial auditoriya istiqbollari bilan izohlanadi. Matnlarni ilmiy-texnik, ilmiy, gumanitar, ilmiy va tabiiy jihatlarga ajratadigan ilmiy adabiyotlarning asosiy xususiyatlari mavjud. Algebra, botanika, siyosatshunoslik va hokazo. Fanlarning har birida mavjud bo'lgan alohida shaxsiy pastki yozuvlarni ajratib ko'rsatish mumkin.

MP Senkevich yakuniy mahsulotning "ilmiy xarakterini" darajasida ilmiy uslublar turlarini tuzdi va quyidagi turlarni ajratdi:

1. Darhaqiqat, ilmiy uslublar (aks holda - akademik) tor doiradagi mutaxassislar uchun mo'ljallangan va mualliflik monografiyalari, maqola va ilmiy ma'ruza kontseptsiyasini o'z ichiga olgan jiddiy asarlar uchun xosdir.

2. Ilmiy merosni taqdim etish yoki umumlashtirish ikkilamchi axborot materiallarini (tezislar, izohlar) o'z ichiga oladi - ular ilmiy-ma'rifiy yoki ilmiy-xulosaviy uslubda yaratiladi.

3. Ayrim reklama va ilmiy sohalarda aniq mahsulotlarning natijalari va afzalliklarini aks ettiruvchi sanoat reklama - texnologiya, elektronika, kimyo, farmakologiya va boshqa ilg'or ilm sohalarida yangi yutuqlar mavjud.

4. Ilmiy adabiyotlar (kitoblar, kollektsiyalar, lug'atlar, kataloglar) o'quvchilarga juda aniq, aniq, batafsil ma'lumot bermasliklari uchun ma'lumot beradi.

5. Ta'lim va ilmiy adabiyotlarda qo'llaniladigan maxsus soha, bu erda fan bazalari yaratilgan va takroriy takrorlanadigan elementlar va materiallar (turli ta'lim muassasalari uchun o'quv adabiyotlari) beradigan didaktik komponentlar qo'shilgan.

6. Ommaviy ilmiy adabiyotlar taniqli kishilarning biografiyasini, turli hodisalarning kelib chiqishi tarixini, voqealar va kashfiyotlarning xronikasini taqdim etadi va illyustratsiya, misollar, tushuntirishlar orqali ko'plab manfaatdor shaxslar uchun ochiqdir.



Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling