V-xi asrlarda katolik cherkovi


Download 0.91 Mb.
bet4/4
Sana08.03.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1250027
1   2   3   4
Bog'liq
Yuldasheva Xilola

Provaslav oqimi. Sharqiy Rim imperiyasi hududida qadimgi madaniy markazlarning mavjudligi Konstantinopol cherkovidan mustaqil cherkovlarning ajralib chiqishiga shart-sharoit yaratgan. III-IV asrlarda Sharqiy Rim imperiyasi hududida Konstantinopol cherkovidan tashqari, Aleksandriya (Misr), Antioxiya (Suriya), Iyerusalim (Isroil) kabi mustaqil cherkovlar paydo bo'lgan va undagi bo'linish jarayoni keyingi davrlarda ham davom etgan.
Sharqiy Rim (Vizantiya)da mustaqil cherkovlarning mavjudligi bu yerda aslo diniy-siyosiy markaz yo'qligini anglatmaydi. XI asrgacha Vizantiya imperiyasi Sharqning eng qudratli davlatlaridan biri bo'lgan. Konstantinopol cherkovi imperiya hududidagi mustaqil cherkovlarni vaqtinchalik bo'ysundirib, xristianlikning markaziga da'vogarlik qilib, Rim papasiga qarshi kurash olib borgan.
Sharqiy cherkov rasman grek-kafolik cherkovi deb atalgan. «Cherkov» atamasiga «kafolik» so'zining qo'shib ishlatilishidan, uning o'z e'tiqodini katolitsizm kabi jahon diniga aylantirishga intilganligini ko'rishimiz mumkin. Yuqorida qayd etilganidek, Sharqiy Rim imperiyasidagi vaziyat tamoman boshqacha bo'lgan. Islom davlatlarining qattiq siquvi imperiyani siyosiy va iqtisodiy jihatdan zaiflashtirgan. Birin- ketin unga bo'ysundirilgan cherkovlar yana o'z mustaqilligini tiklab olgan.
Pravoslaviye ta'limotiga ko'ra, xudo bitta, lekin u uch qiyofalidir: Ota xudo, O'g'il xudo va Muqaddas Ruh. Xudoning qiyofalari teng va bir- biridan ajralmasdir. Muqaddas Ruh Ota xudodan kelib chiqqan.
P ravoslav xristianlar birinchi insonlar - Adam va Yeva sodir etgan dastlabki gunoh, O'g'il xudo (Iso Masih)ning ilohiy ravishda tug'ilganligi, odamlar gunohini o'limi bilan o'z zimmasiga olganligi, oxiratda tiriklar va o'liklarni qayta so'roq qilish uchun yerga qaytib kelishi hamda ilohiy podsholikni qurishiga ishonadilar. Shuningdek, pravoslaviyeda ham jannat va do'zax, ruhning abadiyligi, cherkovning xudo va odamlar o'rtasidagi vositachilik vazifasini bajarishi to'g'risidagi ta'limotlar mavjud.

3- rasm. Avliyo Petr ibodatxonasi. Vatikan.



Har bir dinning o'z marosimlari bo'lganidek, pravoslaviyeda yetti sirli marosim alohida ahamiyatga ega. Bu marosimlarning sirli deb atalishiga sabab shuki, ruhoniylarning muayyan harakatlarni bajarishlari va duolarni o'qishlari bilan obyektga odamning ko'ziga ko'rinmaydigan xudoning marhamati o'tadi
Katolik oqimi. Xristianlikning yirik yo‘nalishlaridan biri katoliklardir. U Evropa, Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlarida tarqalgan bo‘lib, muxlislari taxminan 800 mln. kishini tashkil etadi.
Katolisizm umumiy, dunyoviy degan ma’nolarni ifodalaydi. Uning manbai - uncha katta bo‘lmagan Rim Xristian jamoasi bo‘lib, rivoyatilarga ko‘ra uning birinchi Episkopi apostol Petr bo‘lgan. Katolisizmda Bibliyani sharxlash huquqi faqatgina ruhoniylarga beriladi, chunki ular uylanmaslik haqidagi diniy talabga amal qiladilar.
Diniy ibodatlar dabdabali va sohtalashtirilgan ko‘rinishga ega, diniy o‘qish, duo, iltijolar lotin tilida olib boriladi. provslaviyadagi kabi katolisizmda ham farishta, ikona, ilohiy kuch, chirimaydigan marhum jasadlariga sig‘inish odatlari mavjuddir. Katolisizm xristianlikning yo‘nalishlaridan biri sifatida uning asosiy aqida va qoidalarini tan oladi, biroq diniy ta’limot, sig‘inish va tashkiliy masalalarda bir qator xususiyatlar bilan ajralib turadi.
Katolik diniy ta’limotning asosini Muqaddas kitob va Muqaddas yozuvlar tashkil qiladi. Biroq Pravoslav cherkovidan farqli o‘laroq katolik cherkovi Muqaddas yozuvlar deb nafaqat avvalgi etti Butun Olam Xristian Soborlarining qarorlarini, balki hozirgacha bo‘lib o‘tgan barcha Soborlar qarorlarini, bundan tashqari Papaning maktublari va qarorlarini ham hisoblaydi.Katolik cherkovi tashkiloti qat’iy markazlashuv bilan ajralib turadi. Rim papasi bu cherkovning boshlig‘i. U diniy axloq masalalariga oid qonun-qoidalarni belgilaydi. Uning hokimiyati dunyoviy soborlar xokimiyatidan yuqori turadi.
Katolik cherkovining markazlashuvi jumladan diniy ta’limotni noan’anaviy tahlil qilish (sharhlash) huquqida aks etgan dogmatik taraqqiyot tamoyilini keltirib chiqaradi. Masalan, Pravoslav cherkovi tomonidan tan olingan diniy ramzda ta’kidlanishicha, Muqaddas ruh ota xudodan kelib chiqadi. Katolik aqidasiga ko‘ra esa Muqaddas ruh ota xudodan va o‘g‘il xudodan kelib chiqadi. Cherkovning najot borasidagi roli haqida ham o‘ziga xos alohida ta’limot shakllangan. Najotning asosi imon va xayrli ishlar hisoblanadi. Cherkov, Katolik ta’limotiga ko‘ra, xayrli zaruriy ishlar xazinasiga Iso tomonidan yaratilgan «Xayrli ishlar zaxirasiga» ega.Cherkov Iso, Bibi Maryam, Muqaddas Ruh nomidan bu xazinani tasarruf qilish, undan muhtojlarga ulashish, ya’ni gunohlarni avf etish, nadomat chekuvchilarga pul yoki tufha evaziga avf - kechirim tufha qilish huquqiga ega. Pul evaziga yoki cherkov oldidagi xizmatlari uchun gunohlarini kechirish - indulgensiya haqidagi ta’limot mana shundan kelib chiqqan.
A’rof haqidagi (do‘zax va jannat oralig‘idagi mavze) aqida faqat katolik ta’limotida mavjud. Gunohi katta bo‘lmagan gunohkorlarning ruhi u erda o‘tda kuyadi (ehtimol bu vijdon va nadomat azobining ramziy in’ikosidir), keyin jannatga yo‘l topadi. Ruhning a’rofda bo‘lish muddati xayrli ishlar tufayli qisqartirilishi (ibodat va cherkov foydasiga xayr-ehson qilish bilan) mumkin. Bu ibodat va xayr ehsonlar o‘lganlar xotirasiga yaqinlar tomonidan qilinadi.
A’rof haqidagi ta’limot I asrdayoq paydo bo‘lgan edi. Pravoslav va Protestant cherkovlari a’rof haqidagi ta’limotni rad etadi.
Xulosa:
Katolik cherkovi xristianlikning yetakchi yo'nalishlaridan biri sifatidagi ahamiyatini saqlab qoldi. Uning tarkibidagi rasmiy va muxolif yo'nalishlar ijtimoiy hayotdagi turli manfaat va ehtiyojlarni to'liqroq ifodalashga yordam bermoqda. Xristianlikda, katolik cherkovi bilan bir vaqtda pravoslaviye yo'nalishi vujudga kelgan. Pravoslaviye G'arbiy Rim imperiyasidagidan keskin farq qiladigan ijtimoiy-siyosiy va madaniy muhitda rivojlangan. Vizantiyada markazlashgan davlat hokimiyatining kuchli boshqaruv tizimi G'arbiy Rim imperiyasi qulaganidan keyin yana uzoq vaqt davomida saqlanib qolgan. Davlatga imperator rahbarlik qilgan. Imperator cheklanmagan hokimiyatga ega bo'lib, unga Konstantinopol cherkovi ham bo'ysungan. Cherkov davlat apparatining tarkibiy qismiga aylantirilgan va u imperiya manfaatlariga xizmat qilgan.
Markaziy Osiyo va xususan, O’zbekiston hududiga xristianlik yo’nalishining oqimlari milodimizning IV asrida kirib kelgan.
Men ushbu mustaqil ishni yozish jarayonida o`rta asrlarda katolik cherkovi va uning faoliyati haqida o`rgandim.
Shuningdek, ushbu mustaqil ishni yozish jarayonida axborot kommunikatsiya vositalari, internet tarmog`i va boshqa adabiyotlardan foydalanish ko`nikmalarimni yanada kengaytirdim. Ushbu mustaqil ish yozish jarayonida o`rganganlarimdan kelajakda pedagogik faoliyatim mobaynida foydalanishni maqsad qildim.


Foydalanilgan adabiyotlar:

https://arxiv.uz/uz/documents/darsliklar/tarix/o-rta-asrlarda-xristianlik-7-sinf


www.google.com
www.wikipedia.com
https://elib.buxdu.uz/index.php/pages/referatlar-mustaqil-ish-kurs-ishi/item/12014-xristianlikda-katolik-cherkovi
Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling