V-xi asrlarda katolik cherkovi


Download 0.91 Mb.
bet2/4
Sana08.03.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1250027
1   2   3   4
Bog'liq
Yuldasheva Xilola

2-rasm. Autodafe marosimi.

  1. Xristianlik dini va uning tarqalishi. Xristianlikning oqimlarga ajralishi

Milodiy 329-yilda xristianlik Rimda davlat dini sifatida tan olingan. Xristianlikning davlat diniga aylanishi munosabati bilan jamiyatdagi ijtimoiy-siyosiy va ma'naviy mavqei o'zgargan, cherkovning mulkdorlar sinfi vakillari manfaatlari va mavjud ijtimoiy-siyosiy tuzumni himoya qilish vazifalari ustunlik qila boshlagan. Davlat hokimiyati cherkovning aholi o'rtasidagi ta'sirini hisobga olgan holda, provinsiya (viloyat)larda ruhoniylarning yeparxiyalarini (grekcha eparchia - rahbariyat, hokimiyat degan ma'nolarni anglatadi), ya'ni cherkov ma'muriy okruglarini tashkil etgan. Yeparxiyalarga arxiyepiskop (grekcha episkopos - nozir, nazoratchi degan ma'nolarni anglatadi) rahbarlik qilgan.
Xristianlik davlatni mustahkamlashga xizmat qilish bilan birga hokimiyat va boylik uchun kurash jarayoniga tortilgan. O'sha davrda Rim davlatining zaiflashuvi cherkovning bu kurashdagi imkoniyatini yanada mustahkamlagan. Zero, kuchli markazlashgan davlat parchalanishi natijasida paydo bo'lgan kichik davlatlar cherkov kabi ittifoqchiga muhtoj edi. Aholining madadiga tayangan cherkov mavjud imkoniyatdan unumli foydalangan va siyosiy hokimiyat uchun kurashda faol ishtirok etgan. Bu kurashda Rim va Vizantiya xristian cherkovining yirik markaziga aylangan. Quddus, Aleksandriya, Antioxiya (Suriya, Arabiston, Kipr kabilarni birlashtirgan mustaqil pravoslav cherkovi) va boshqa yeparxiyalar ularga bo'ysundirilgan.
Rim yeparxiyasi xristian cherkovining eng qudratli tashkilotlaridan biri bo'lgan. G'arbiy Rim imperiyasi ag'darilganidan keyin (476 yil) uning hududida kichik davlatlar vujudga kelishi natijasida Rim yeparxiyasining qudrati yanada ortgan. Rimda hokimiyat yepiskopning qo'liga o'tgan. Keyinchalik Rim yepiskopi papa (lotincha papa - ota, ustoz, murabbiy degan ma'nolarni anglatadi) unvonini olgan. VIII asrning ikkinchi yarmida Apennin yarimorolida Papa viloyati vujudga kelgan. Rim papasi diniy va dunyoviy hokimiyatga rahbarlik qiladigan bo'lgan. Papa o'z hokimiyatini butun Rim imperiyasi hududiga va boshqa yerlarga yoyishga harakat qilgan.
Sharqiy Rim imperiyasida (Vizantiya) markazlashgan davlat G'arbiy Rim imperiyasi qulaganidan keyin ham uzoq vaqt davomida (XV asrning o'rtalarigacha) saqlanib qolgan. Konstantinopol cherkovi imperator hokimiyatiga bo'ysundirilgan. Kuchli imperator hokimiyati sharqiy cherkovni o'ziga bo'ysundirish bilan birga g'arbiy cherkovning mustaqilligini saqlab qolishga va o'z ta'sirini boshqa hududlarga yoyishiga ko'maklashgan.
Rim papasi va Vizantiya cherkovi o'rtasida xristianlikning markazi maqomini qo'lga kiritish uchun o'zaro kurash boshlangan. Bu kurash murosasiz tus olib, unda goh u, goh bu tomon ustun kelib turgan. Oqibatda, 1054 yilda Rim va Konstantinopol cherkovlarida uzil-kesil ajralish yuz bergan. Xristianlik shu sanadan boshlab rasman ikki yo'nalishga bo'linib ketgan. Rim papasiga bo'ysunuvchi yeparxiyalar katolik (butun dunyo) cherkovi, Konstantinopol patriarxiga bo'ysunuvchi yeparxiyalar esa pravoslaviye (chin e'tiqod) cherkovi degan nom olgan. Xristian dinini keng tarqalishida Chexiya qiroli Vatslavning xizmatlari katta bo’lgan bu shaxs o’z davlatida birinchi bo’lib Avliyovit ibodatxonasini qurishadi. Keyinchalik uning din borasidagi qolgan ishlari ayrim kishilarning qarshilik noroziligiga aylangan.
Shunday bo’lsada Chexiyada bu din keng tarqaldi. Dastlabki cherkov IV asrda qurilgan. Polshada cherkovlarning tashkil topishi umuman Chexiyada bu din keng tarqaldi. Dastlabki cherkov IV asrda qurilgan polilada cherkovlarning tashkil topishi umuman xristian dinining kirib kelishida Meilka 1 ning xizmatlari katta bo’lgan.
Rus davlatida esa xristian dinining tarqalishida Viladimirning xizmatlari katta xristian cherkovi g’arbiy Yevropa mamlakatlarida bo’lgani kabi markaziy janubiy-sharqiy Yevropa mamlakatlarida ham o’zining feodallashuv jarayonida katta ta’sirga ega bo’lgan.


Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling