V-xi asrlarda katolik cherkovi


Katolik oqimining o’ziga xos jihatlari


Download 0.91 Mb.
bet3/4
Sana08.03.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1250027
1   2   3   4
Bog'liq
Yuldasheva Xilola

Katolik oqimining o’ziga xos jihatlari
Katolik oqimi Xristianlikning eng katta yo'nalishlaridan biri katolik cherkovidir. Katolitsizm ta'limotining manbaini muqaddas bitiklar va rivoyatlar tashkil etadi. Bu ikki manba xristianlikda ahamiyati jihatidan teng hisoblansa-da, katolitsizmda boshqa yo'nalishlardan farqli o'laroq, muqaddas rivoyatlardan kengroq foydalaniladi. Katolitsizmda «cherkov otalari»ning (patristika) ilohiyotga bag'ishlangan asarlari, Jahon soborlari va Rim papasining rasmiy hujjatlari, qadimiy ibodat tajribalari muqaddas rivoyatlar sifatida qabul qilingan.
Katolitsizm aqidalari va marosimlari pravoslaviyenikiga yaqin turadi. Unda pravoslaviyedagi kabi «e'tiqod ramzi»ning 12 aqidasi va 7 ta sirli marosimi tan olinadi. Lekin e'tiqod ramzi aqidalariga bir qator qo'shimchalar kiritilgan. 589 yilda qabul qilingan filioka (lotinchadan so'zma-so'z tarjimasi o'g'ildan ham degan ma'noni anglatadi) aqidasiga binoan, xudo Muqaddas Ruh xudo Ota va xudo O'g'il (Iso)dan paydo bo'lgan. Mazkur aqida katolitsizmda Isoning yerdagi noibi deb tan olingan Rim papasining hokimiyatini yanada mustahkamlaydi. Papa hokimiyati avliyolar va farishtalar hokimiyatidan ham yuqori qo'yiladi.
Shuningdek, katolitsizmda odam o'lganidan keyin ruhi jannat va do'zax oralig'idagi a'rofga tushishi to'g'risidagi aqida mavjud. Unga ko'ra, tirikligida gunohlari yuvilmagan, lekin «kechirilmas gunoh» sodir etmagan kishilarning ruhi a'rof olovida tozalanganidan keyin jannatga tushishi mumkin. Lekin bu murakkab jarayon, chunki ruhning a'rofdan chiqib ketishi uchun boshqa kishi o'zining ortiqcha savobini berishi lozim. Shu bois cherkov savob ishlarning zaxirasini vujudga keltiradi. A'rofda qiynoqqa duchor qilingan odamlar o'z ruhlarini jannatga o'tkazish uchun zaxiradan foydalanadilar. Savob ishlar zaxirasi Iso Masih, Bibi Mariyam, avliyolar va dindor kishilarning ortiqcha savob ishlari, xizmatlaridan hosil qilinadi va doimo to'ldirib boriladi. Zaxira doimo to'ldirib turilishi uchun cherkov kishilarni doimo savob ishlar qilishga da'vat etadi.
O'rta Asrlarda a'rof haqidagi aqida indulgensiyalar (lotincha indulgere - marhamat qilish, shafqat qilish degan ma'nolarni anglatadi) sotishdek noxush hodisani vujudga keltirgan. Qayd etish joizki, XII asrgacha indulgensiyalar cherkovga xush keladigan ishlarni bajaruvchilarga, ya'ni cherkov o'rnatgan tartiblarga qat'iy amal qilganlar, muqaddas joylarni ziyorat qilganlar va salib yurishlarida ishtirok etganlarga berilgan. XII asrdan boshlab indulgensiyani sotish tartibi joriy qilingan. Masalaning salbiy jihati Shundaki, mulkdor kishi «kechirilmas gunohi»dan tashqari, barcha sodir etgan gunohlarini pul to'lab yuvishi mumkin bo'lgan. Hattoki kishi qaysi gunohi uchun qancha pul to'lashi kerakligi to'g'risidagi jadval ishlab chiqilgan. Cherkov indulgensiyalarni sotish tartibini XIX asrgacha qo'llab kelgan.
Katolitsizmda Bibi Mariyamni ulug'lashga katta e'tibor beriladi. 1854-yilda papa Piy I Bibi Mariyamning ilohiy homiladorlik bilan tug'ilganligi to'g'risidagi aqidani tasdiqlagan. Keyinchalik Bibi Mariyam xudoning marhamati bilan birlamchi gunoh ta'siridan himoyalanganligi e'lon qilingan. Keyinchalik Bibi Mariyamning vafot etganidan keyin jasadi va ruhi osmonga ko'tarilib ketganligi qayd etilgan. Ushbu aqidaga asoslanib, 1954-yilda «falakning malikasi» sharafiga bag'ishlanuvchi diniy bayramning o'tkazilishi joriy qilingan. Katoliklar Bibi Mariyamni avliyolar kabi ulug'lash bilan birga xotin-qizlarning gunohlarini xudodan so'rab beruvchi homiy deb biladilar.
Katolitsizmda Rim papasi xristianlarning rahbari ekanligi to'g'risida aqida mavjud. Katoliklar o'z e'tiqodlarini xristianlik ta'limotini to'liq ifodalaydigan yo'nalish deb biladilar. Shu bois Rim papasi Isoning yerdagi noibi, Rimning birinchi yepiskopi, havariy Pavelning vorisi deb tan olinadi. 1870-yilda Vatikanda Rim papasining benuqsonligi haqidagi aqida qabul qilingan. Unga binoan, papaning rasmiy chiqishlarida din va axloq masalalarida aytgan fikrlari benuqson yoki, boshqacha aytganda, u xudoning irodasini yetkazuvchi vakildir.
Ruhoniylarning ijtimoiy ahvoli masalasida katolitsizm boshqa yo'nalishlardan sezilarli darajada farqlanadi. Katolik cherkovida ruhoniylarning maishiy turmushida XI asrdan boshlab selebat, ya'ni rohib va rohibalarning turmush qurmasligi qoidasiga amal qilinadi. Ruhoniy xudo va odamlar o'rtasidagi vositachi deb tan olinadi. Odamlarning o'zlari ruhoniyning yordamisiz va murabbiyligisiz mustaqil ilohiy haqiqatga erisha olmaydilar deb hisoblanadi. Ular diniy tashkilot vazifasini bajaruvchi ordenlarga birlashganlar. Katolik cherkovida iyezuitlar (Iso jamiyati), fransiskanlar, salezianlar, dominikanlar, kaputsinlar, xristian birodarlari, benediktlar kabi katta-katta rohiblik ordenlari mavjud. Orden a'zolari kiyim-kechagi bilan bir-biridan farq qiladilar.
Katoliklarning diniy marosimlarida ham xristianlikning boshqa yo'nalish va oqimlaridan farqlar mavjud. Masalan, yetti sirli marosimni olib ko'raylik. Cho'qintirish sirli marosimini bajarishda rohib cho'qintirilayotgan kishining ustidan suv quyadi yoki uni suvga botirib oladi. Miro yog'ini surish sirli marosimi katoliklarda «konformatsiya» deb ataladi. Marosim kishining bolalik yoki o'smirlik yoshida bajariladi. Non va vino tortish sirli marosimida pravoslaviyeda maxsus pishirilgan kulcha non (prosfora)dan foydalanilsa, katoliklarda kvas qo'shib qorilgan xamirdan tayyorlangan quymoq shaklidagi non (prosfora) ishlatiladi. Umuman, katoliklarning sirli marosimlarni bajarish usullarida qisman tafovut bo'lsa-da, aslida, pravoslaviyedagiga o'xshash ekanligini qayd etish mumkin.
Diniy ibodatni tashkil etishda ham bir qator o'ziga xos jihatlar mavjud. Diniy marosimlarni bajarish vaqtida cherkovda dindorlar o'tirishlari mumkin, faqat ayrim duolar tik turib o'qiladi. Shuning uchun katolik cherkovlarida kursilar qo'yilgan. Diniy marosimlar lotin tilida olib boriladi. Ularni bajarish vaqtida organ yoki dam berib chalinadigan musiqa asboblari (filgarmoniya)dan foydalaniladi.
Diniy tashkilotlarni boshqarishning murakkab tizimi vujudga keltirilgan. Yuqorida qayd etilganidek, katoliklar Yer sharining barcha qit'alariga yoyilgan va xalqaro markazi Vatikanda joylashgan. Unga Rim papasi rahbarlik qiladi. Vatikan Rim shahrining markazida joylashgan. XI asr boshidayoq rohiblar va ruhoniylar imperator hokimyatining xasisligidan, undan so’ng esa cherkov bilan bo’lgan dushmanlik munosabatlaridan shikoyat qilisha boshlaydilar. Feodal zodagonlar bilan birlashib, imperator hokimyatiga qarshi kurashishni rohiblar istamasdilar. Chunki bu ikki hukmron sinfning manfaatlariga bir-biriga zid edi. Shuning uchun rohiblar o’z muammolarini hal etishda papalikdan yordam so’raydilar.
Butun g’arbiy cherkovlarning boshlig’i etib tan olinishi istagan papalar cherkovga katta ta’sir o’tkazayotgan imperator va zodagonlarni o’z raqiblari deb hisoblar va norozi kayfiyatidagi rohiblar bilan birlashishga tayyor edilar. Dastlab ular markaziy hokimyatni yo’q qilishga kirishadilar. Shunday qilib, XI asr o’rtalarida Rim va rohiblar o’rtasida ittifoq tuziladi.
Biroq rohiblar papaga bergan yordamida monastirlarning to’liq mustaqil bo’lishi, dunyoviy feodallar ta’siridan tashqari, diniy feodallar, ya’ni yepiskop, mitropolit va arxiyepiskoplar nazorati ostidan ham ozod etilishlari kabi talablarni qo’yadilar.
Rohiblar o’z ustidan faqat papa hokimyatini tan olishlarini bildirib, faqatgina unga bo’ysunishlarini bildiradilar. Papalik bu talablarning bajarilishiga va’da beradi. Chunki bu uning hokimyati butun G’arbiy Yevropada kuchayishiga va
G’arbiy Yevropada bosh cherkovga aylanish uchun bo’lgan kurashini yengillashtirishga olib kelardi.
Nikolay II bu kurashni jiddiy tarzda olib boradi, ammo unda mag’lubiyatga uchraydi. Bu mag’lubiyat bilan papa masalasi hal etilmaydi. Kurash yangi kuchlar bilan boshlanadi. Uning yetakchisiga esa Nikolay II ning vorisi, klyuniychilik rohibi Gildebrand aylanadi. 1073 yilda u Grigoriy VII nomi ostida papalik lavozimini egallaydi va 1085 yilgacha bu lavozimida turadi.
1059 yildayoq Gildebrand amalda papalik lavozimining egasi bo’lib, papani saylashda muhim islohotni amalga oshiradi. Islohotga ko’ra, papani saylash huquqi faqatgina uning maslahatchilari bo’lgan kardinallar jamoasiga beriladi. Kardinallarning bunday saylov majlisi konklav (lotincha con clave – kalit bilan, to’g’rirog’i yopiq zal) deb atala boshlanadi.
Grigoriy VII ning fikricha, papalik kuchli bo’lishi uchun avvalo uning iqtisodiy bazasi mustahkam bo’lishi kerak edi. Hali subdiakon, to’g’rirog’i papa g’aznachisi bo’lgan paytidayoq Gildebrand uning kengayishi to’g’risida qayg’urgan. U o’zidan oldingi papalarga qaraganda to’plagan pullarni yig’may, balki papalikning qudratini oshirish uchun sarflagan. U katta yollanma qo’shin ega bo’lishi uchun ko’p mablag’lar sarf qilgan va shuni doimo ta’kidlaydiki, papa davlati qurol kuchi yordamida Italiyada to’lib toshgan tiranlarni yo’q qilishi kerak. Grigoriyning harbiy harajatlari shunchalik ulkan ediki, milanlik yilnomachi
Landulf Grigoriy hukmronligining oxirgi paytlarida g’azna hatto bo’shab qoladi, deb ma’lumot beradi. 1083 yili Grigoriy VII rim aholisini ko’magini olish maqsadida 30 ming solidni, ularga sarflab yuboradi. Hatto uning muxlisi reyxsberglik Gerxo uning bu harakatini tanqid qiladi.
Albatta, cherkovning moddiy bazasini mustahkamlash uchun yangi soliqlar tashkil etish va eskilarini oshirish kerak edi. Papalik barcha eski cherkov sistemasini isloh qilish zarur bo’lgan. Chunki cherkov mulklarining katta qismi dunyoviy feoadallarga tegishli edi.
Grigoriy VII na alohida cherkov, na desyatina yig’imi va umuman barcha cherkov mulklarini dunyoviy feodallarga tegishli deb hisoblamasdi. Hatto imperatorni ham bundan tashqarida deb bilardi. Bu huquqga faqat Xudoning o’zi, to’g’rirog’i cherkov haqli deb hisoblagan. Feodalarning cherkov mulklariga bo’lgan barcha da’volari papalik tomonidan rad etiladi.
Grigoriy VII ning asosiy maqsadi – dunyoviy hokimyatni mustaqil cherkov nazoratida bo’lishi kerak edi. Bu orqali papalik ulkan qudrat va tuganmas boylikka erishishini Grigoriy yaxshi anglardi. Ayniqsa, bunga papalik Germaniyada erishishi kerak edi. Bu yerda imperatorlar asrlar davomida cherkovga feodallarga qarshi kurashda yordam berganligi uchun ko’pgina yer mulklari va turli imkoniyatlar berishgandilar.
Masalan, 927 yili Genrix I Tulya yepiskopiga shaharlarga kirish uchun beriladigan to’lovlarni olish huquqini beradi. Otton I esa bunday huquqni Magdeburg, Maynts va Keln arxiyepiskoplariga taqdim qilgan. Freyzigen yepiskopiga esa Kador grafligining butun daromadlarini tortiq qilgan. Kador tuhfasi butun grafliklar tomonidan cherkovlarga tuhfalar berishning boshlanishiga sabab bo’ladi. Ba’zan esa tuhfalar bitta yepiskopning o’ziga tortiq etilgan.
Dastlab tuhfa qo’lyozmalarida faqatgina daromadlar haqida so’z yuritilgan, ammo tez orada yepiskop grafni siqib chiqara boshlagan va yepiskop “daromadi” hududi immunitet yeriga aylangan. Otton III davrida unga regimen, aniqrog’i davlat boshqaruviyati atamasi qo’llanila boshlanadi. Tez orada bu atama “knyazlik” atamasi bilan almashtiriladi. Shunday qilib, diniy knyazliklar – yepiskop va abbat (monastir) knayzliklari vujudga keladi.
Imperator ko’z o’ngida yepiskop va abbatlar knyaz bo’lishgan bo’lib, shaxsan o’zlari va mulklari bilan imperator hokimyatiga xizmat qilishlari shart bo’lgan. Gamburg yepiskopi Adaldag 5 yil davomida o’zining yepiskopligiga bora olmaydi, chunki imperator uning maslahatlariga saroyda yoki urushda muhtoj bo’lgandi. Maynts va Keln arxiyepiskoplari urush bo’lib qolsa, 100 ta ritsar jo’natishlari kerak bo’lgan.
Verden, Lyej, Fulda va Lorxa abbatlari esa urush bo’lgan taqdirda 60 ta og’ir qurollangan ritsarlar yuborishi shart bo’lgan. Imperator vassali yepiskop lavozimga o’tirganida, imperator unga diniy knayzalik hokimyati ramzi sifatida hassa taqdim etgan. Bu taqdim etish marosimi investitura deb atalgan. U cherkov marosimlariga kirmagan bo’lib, aksincha, unga qarshi xarakterda edi.
Hassadan tashqari, imperator yepiskopga uzuk ham berib, undan feodal ishonchlik qasamini ham olgan. Dunyoviy hokimyat yepiskoplar xizmatini yaxshilash uchun hatto qonunlarni rad etib, ruhoniylik firkrini e’tiborga olmay, saylovlar orqali emas, balki o’z istaklari bilan yepiskoplarni tayinlashgan.
Shuning uchun ham Grigoriy VII butun e’tiborini avvalo Germaniyaga qaratadi. Bu yerda imperator hokimyatiga dushman bo’lgan ko’pgina yirik feodallar mavjud bo’lib, papa imperator Genrix IV ga qarshi kurashda ulardan foydalanmoqchi bo’ladi. Bu imperator ittifoqchilari – yepiskoplar,
arxiyepiskoplarning uzoq yillar davomida imperatordan keng imkoniyatlar olishiga qaramay, sotqinlik yo’liga o’tishlari mumkinligini bildirardi. Darhaqiqat, bu yepiskoplar yuqori hokimyatning kuchsizlanishiga guvoh bo’lishayotgan bo’lib, uni o’z ta’siri ostiga olishga intiladilar.
Papa qudratining mustahkamlanishi ruhoniylikning oliy vakillarini xavotirga solmasdi. Chunki ular papa Alp ortida yashagani uchun german cherkovlari ishlariga faol darajada aralasha olmaydi, deb hisoblashardilar. “Uzoqdagi homiy” yaqindagisiga qaraganda, ular uchun xavfli hisoblanmagan.
Bularning barchasi Germaniyada Genrix IV ning pozitsiyasi kuchsizlanishiga va Girgoriy VII ning jiddiy harakatlari boshlanishiga olib keladi.
Grigoriy VII uzoqni ko’ra biladigan siyosatchi bo’lib, Gemaniya imperatori uchun qaqshatqich zarbani tayyorlagan edi.
U Germaniyaning ichkarisida jiddiy qarshilikga uchramasligini yaxshi bilar va butun e’tiborini Italiyaga qaratib, u yerda imperatorga qarshi o’ziga tayanch yarata yotgandi. Bu maqsadda u birinchidan, normanlar bilan bitim imzolab, ularga yerlarining bir qismini tortiq qiladi. Ikkinchidan esa, u Shimoliy Italiyadagi patarlar harakatini qo’llab quvvatlaydi. Uchinchidan, yirik mulkdor zodagonlarini kuchsizlantirishga erishadi. Bu choralar Grigoriy VII ning pozitsiyasini mustahkamlaydi.
Genrix IV bilan bo’lgan bir necha kurashlardan so’ng ham, imperatorning yepiskop va arxiyepiskoplarni tayinlashi tufayli papa uni cherkovdan chiqarib, taxtdan tushirilganligini e’lon qiladi. Uning fuqarolarini esa imperatorga bo’ysunish huquqidan ozod qiladi. Grigoriy VII simoniya, yepiskoplarning dunyoviy investiturasi, tayinlangan ruhoniylar tomonidan qonunlarning buzilishiga qarshi umumiy kurashga chaqirib, selibatning amal qilinishini qattiq nazorat qilishni talab qiladi. Chunki u selibat tufayli cherkov mulklari yo’q bo’lib ketadi, deb o’ylagan.
Bunday sharoitlarda Genrix IV papa qarshi kurashga jur’at qila olmaydi va 1077 yili Kanossa saroyida uning oldiga keladi. Bu yerda Grigoriy VII uni klyunilik abbat va grafinya Matilda Toskanskayalar bilan birgalikda kutib oladi.
Grigoriy VII imperator va “dunyoviy ruh” ustidan g’alabaga erishib, o’zining yutuqlarini keyinchalik 27 moddadan iborat “Papa diktatlari”da yozib qoldiradi.
“Diktat”da muallif, yepiskoplarni tayinlash, muhim yuridik masalalarni hal etish, soborlarni chaqirish, imperator va knyazlar ustidan sud qilish va jazo berish, “itoatsiz” imperatorning xizmatkorlarini unga bo’ysunishdan ozod etish huquqlariga faqatgina papa ega ekanligini aytib o’tadi. Unda yana hech kim papani sud qilishi mumkin emasligi, knyaz o’zining sodiqligini bildirish uchun papa oyoqlarini o’pishi ham aytib o’tiladi.

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling