Va adabiyoti universiteti
Download 0.77 Mb. Pdf ko'rish
|
bmi gulnoza saidova
- Bu sahifa navigatsiya:
- Darsning jihozi
- “Aqliy hujum”
3.2. Ochiq dars ishlanmasi
Sifatlarning yasalishi 6-sinf (Bir soatlik dars ishlanmasi) Darsning ta’limiy maqsadi: sifatlarning yasalishi, sifat yasovchi qo‘shimchalar haqida ma’lumot berish. Tarbiyaviy: o‘quvchilarda oilaga va ona tabiatga mehr-muhabbat tuyg‘usini uyg‘otish, insonparvarlik xususiyatlarini shakllantirish. Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini o‘stirish, ijodiy qobilyatlarni rivojlantirish, erkin fikrlashga, muammoli vaziyatlar yechimini topishga o‘rgatish. Darsning jihozi: sinf taxtasi, darslik, elektron darslik, rangli rasmlar, flomaster, gul, kompyuter. Darsning usuli: “Aqliy hujum”,“Tushunchalar tahlili” usuli Mashg‘ulot “Bahor valsi” kuyi bilan boshlanadi. Salomlashilgandan so‘ng uyga vazifa tekshiriladi. “Tong” mavzusidagi matnni o‘qib berish bilan dars davom etadi. Tong. Tonggi shudring, tonngi shabada, tonggi shabnam – soflik ramzi. Quyosh nurlarning porlab turishi hayotning yer yuzida davom etayotganidan darak beruvchi elchidir. Maysalarning, gullarning, barglarning ustiga tushgan shudring tomchilar olmos kabi yaltirab, ko‘ngilni shod etadi… O‘quvchilar matnni diqqat bilan eshitib, matnda keltirilgan sifatlarni eslab qilishga harakat qiladi. Matnni tuzishda ijodkorlik bilan yondashib, badiiy so‘z san’atidan mohirlik bilan foydalana olgan va matndagi sifatlarni yaxshi eslab qolgan o‘quvchilar rag‘batlantiriladilar. “Aqliy hujum” metodi. Sinf o‘quvhilari bunda gurhularga bo‘linadi, o‘tilgan mavzulari yuzasidan har bir guruhga 2 tadan savol beriladi. Savollar quyidagilar bo‘lishi mumkin: 1-guruh: Qanday so‘zlar sifat so‘z turkumiga oid bo‘ladi? Sifatlar gapda qanday gap bo‘lagi bo‘lib keladi? Download 0.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling