Va boshqalar
Hajm – o‘lchov, o‘rin va paytni bildiruvchi sifatlar
Download 60.06 Kb.
|
Xususiyat
Hajm – o‘lchov, o‘rin va paytni bildiruvchi sifatlar
Bu kabi sifatlar predmetning o‘lchovi, umuman, ko‘lamini bildiradi. Bu qatorga keng, tor, uzun, chuqur, chog‘(choqqina uy), yirik, jajji, hayhotday, ixcham, mayda, mitti, azim, muazzam, mo‘jaz, katta, kichik, og‘ir, vazmin, yengil, so‘ngsiz, bepayon, tubsiz (ummon), teng, ulkan, ulug‘ sayoz, uzoq, yaqin va hokazolar mansub. Hajm-o‘lchov bildiruvchi sifatlar tuzulishiga ko‘ra sodda (tub va yasama), juft, takror va qo‘shma holatda bo‘ladi. Hajm-o‘lchov bildiruvchi tub sifatlar tarkibiga keng, tor, uzun, chuqur, chog‘(choqqina uy), yirik, jajji, hayhotday, ixcham, mayda, mitti, azim, muazzam, mo‘jaz, katta, kichik, og‘ir, vazmin, yengil, so‘ngsiz, bepayon, tubsiz (ummon), teng, ulkan, ulug‘ sayoz kabilar misol bo‘ladi. Hajm-o‘lchov bildiruvchi yasama sifatlarga so‘ngsiz, bepayon, tubsiz (ummon) kabi so‘zlar mansubdir. Hajm-o‘lchov bildiruvchi juft sifatlar guruhiga kalta-uzun, katta-kichik, og‘ir-vazmin, yengil-yelpi, baland-past,kalta-kulta kabilar misol bo‘ladi. Poetik nutqda ham bu kabi so‘zlar faol qo‘llanganicha guvoh bo‘lishimiz mumkin. Nasriy asarlarda bu kabi hajm-o‘lchov sifatlari odatda o‘z asl ma’nosida qo‘llanadi. Hovli tor, devorlari baland, xuddi kattakon hovuzga o‘xshar, buning ham to‘rtdan birini ayvon egallagan edi. (Abdulla Qahhor) Nazmiy asarlarda esa o‘z ma’nosi bilan birga ko‘chma ma’noda ham qo‘llanadi. Bahaybat, haybatli so‘zlari ma’no darajani oshirish uchun qo‘llanadi. Bular ta`sirchanlikni oshirish maqsadida qo‘llanadi Ulkan so‘zi manbalarda eskirgan so‘z sifatida keltiriladi. Gigant kitobiy uslubga xos bo‘lib, asosan inshootlarga nisbatan qo‘llaniladi. Yirik so‘zi meva, tosh va boshqa so‘zlar bilan birikadi. Mazkur so‘z barcha so‘z bilan ham sintagmatik munosabaga kirishavermaydi. Masalan, yirik uy, yirik daraxt kabi qo‘llanishlar usluban noto‘g‘ri. Shu jumladan, gigant so‘zi ham shunday. Gigant so‘zini har qanday so‘z bilan biriktirish mumkin emas. Masalan, gigant shoir birikmasi usluban g‘aliz hisoblanadi. Ko‘lam me’yorini bildiruvchi sifat leksemalar orasida predmetning enini bildirishga xizmat qiluvchi keng, tor sifat leksemalar ma’lum bir oraliq masofani ifodalash uchun qo‘llaniladi. Ko‘lam me’yorini bildiruvchi sifat leksemalar orasida chuqur, sayoz so‘zlari predmetning pastlikka tomon bo‘yini, chuqurligini ifodalashga xizmat qiladi. Bunda sayoz leksemasi chuqurlikning kuchsiz darajasini “tagi yuza joylashgan” semasini ifodalasa, chuqur leksemasi esa bunday belgining kuchli darajasini, aksini bildiradi. Ko‘lam me’yorini bildiruvchi sifat leksemalar doirasiga kiruvchi uzoq, yaqin leksemalari uzunlik belgisining umumiy nomini ifodalaydi. Mazkur so‘zlar ham fe’l oldidan kelib, ish-harakatning miqdoriy belgisini ifoda etishga ixtisoslashgan: Yaqin kelma, o‘ldiraman, - dedi do‘sti. (O‘.Umarbekov) Uzoq ketib qolsangiz, men nima qilaman? (P.Qodirov). Download 60.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling