Va komunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi toshkent axborot texnalogiyalari universiteti
Download 0.94 Mb.
|
ilmiy tadqiqotlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Analitik shakl
Mikrodarajada matematik modellar obyekt unsurlaridagi fizik holat va jarayonlarni aks ettiradi. Bu modellar (xususiy hosilalardagi differensial tenglamalar sistemalari)da mustaqil o‘zgaruvchilar bo‘lib fazoviy koordinata va vaqt hisoblanadi.
Makrodarajada fazo ayrim detallar unsurlarining sifatini farqlagan holda diskretlash amalga oshiriladi. Shu bilan birga mustaqil o‘zgaruvchilar ichidan fazoviy koordinatalar chiqariladi. Tegishli matematik modellar (algebraik yoki oddiy differensial tenglamalar sistemalari)da erkin bo‘lmagan o‘zgaruv- chilar vektorlari diskretlangan fazoning yiriklashtirilgan unsurlari holatini tavsiflovchi fazoviy o‘zgaruvchilarini hosil qiladi. Fazoviy o‘zgaruvchilarga elektr va tok kuchlanishi, kuchlanishlar, tezliklar, haroratlar, sarflar va ka- bilar kiradi. Bu o‘zgaruvchilar elementlarni o‘zaro va tashqi muhitga ta’si- rida tashqi xususiyat yuzaga chiqarishini tavsiflaydi. Metodarajada matematik modellar ancha murakkab detallar majmuini ifoda etuvchi unsurlar o‘zaro aloqasigagina taalluqli fazoviy o‘zgaruvchilarni tavsiflaydi. Bunda abstraktlash yordamida fizik jarayonlar tavsifida loyiha- lanayotgan obyektda kechuvchi informatsiyaviy jarayonlarni ifodalashga ega bo‘linadi. Metodarajada turli-tuman matematik modellardan foyda- laniladi: oddiy, differensial tenglamalar sistemalari, mantiqiy modellar sis- temalari, ommaviy xizmat ko‘rsatish sistemasi imitatsiya modeli, topologik modellar. Har bir daraja ichki tavsifini detallashtirish darajasi bo‘yicha matematik modellar to‘liq va makromodellarga bo‘linadi. Birinchisi loyihalanayotgan obyekt barcha elementlararo aloqasining ahvolini tavsiflasa, ikkinchisi unsurlarni yiriklashtirib ajratishdagi aloqani tavsiflaydi. Texnikaviy obyekt xossasini ifodalash usuli bo‘yicha matematik modellar quyidagi asosiy shakllarga ega bo‘lishi mumkin. Analitik shakl – modellarni kirish va ichki parametrlar funksiyasi sifatida chiqish parametri ifodasi ko‘rinishida modelning yozilishi. Bu modellar yuqori tejamkorligi bilan ajralib turadi, lekin sezilarli yo‘l qo‘yishlar qabul qilinganda va cheklanishlar belgilanganida ularning aniqligi pasayadi va ayniylik sohasi torayadi. Download 0.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling