Va komunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi toshkent axborot texnalogiyalari universiteti


Matematik modellar tasnifi, turlari va shakllari


Download 0.94 Mb.
bet22/44
Sana17.06.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1525740
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   44
Bog'liq
ilmiy tadqiqotlar

Matematik modellar tasnifi, turlari va shakllari


Quyidagilar matematik modellarning tasnifiy belgilari hisoblanadi:

      • texnikaviy obyektning tasvirlanayotgan xossasining tavsifi;

      • iyerarxik darajasiga taalluqlilik;

      • bir daraja ichida tavsifning detallashtirilish darajasi;

      • texnikaviy obyekt xossasini tasavvur etish usuli;

      • modelni olish usuli.

Obyekt xossasining ifodalanish tavsifi bo‘yicha matematik modellar funksional va tuzilmaviylarga bo‘linadi.
Funksional modellar texnikaviy obyektda u ishlayotganda yoki tayyor- lanayotganda kechadigan fizik yoki informatsion jarayonlarni aks ettiradi. Bu modellar faza o‘zgaruvchilari, ichki, tashqi va chiqish parametrlarini bog‘lovchi tenglamalar sistemalari sifatida namoyon bo‘ladi.
Funksional modellarning odatdagi misoli bo‘lib yoki elektrik, issiqlik, mexanik jarayonlar, yoki informatsiyaning qayta o‘zgarish jarayonini tavsiflovchi tenglamalar sistemasi hisoblanadi.
Tuzilmaviy modellar texnikaviy obyekt tuzilish xossasini uning geometrik shakli, unsurlarning fazoda o‘zaro joylashuvi va h.k.larni aks ettiradi. Bu modellar tipologik va geometrik modellarga bo‘linadi.
Tipologik matematik modellarda obyekt unsurlarining tarkibi va o‘zaro aloqasi aks etadi. Shunday modellar yordamida jihozlarni mutanosiblash, detallarni joylashtirish, qo‘shilmalarni trassirovkalash, texnologik jarayon- larni ishlab chiqish va h.k. masalalar yechiladi. Tipologik matematik modellar grafalar, turli matritsalar, ro‘yxatlar va shu kabilar tarzida beriladi. Geometrik matematik modellar bevosita texnikaviy obyektning geometrik xossasini aks ettiradi va konstruksiyalash, konstruktorlik hujjatlarini rasmiy- lashtirish uchun, texnologik jarayonlarni ishlab chiqishda boshlang‘ich ma’- lumotlar kiritishda qo‘llanadi. Geometrik matematik modellar liniyalar va sirtlar tenglamalari, algebraik nisbatlar, sohani tavsiflovchi, obyekt jismini tash- kil etuvchi grafalar, ro‘yxatlar va h.k.lar majmui sifatida aks ettirilishi mumkin.
Iyerarxik darajaga taalluqliligi bo‘yicha matematik modellar mikrodaraja, makrodaraja va metodarajaga xos bo‘lishi mumkin, ularda murakkab texni- kaviy obyektlarning turli xossalari ifodalanadi.

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling