Va komunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi toshkent axborot texnalogiyalari universiteti
Ehtimollar nazariyasi va amaliy tadqiqotlar natijalariga matematik-statistik usul bilan ishlov berish
Download 0.94 Mb.
|
ilmiy tadqiqotlar
Ehtimollar nazariyasi va amaliy tadqiqotlar natijalariga matematik-statistik usul bilan ishlov berishIlmiy izlanishlarda albatta tajribalar o‘tkaziladi, aktiv yoki passiv kuza- tuvlar natijalari olinadi, ilmiy xulosalarga kelinadi. Jiddiy xulosalarga kelish va olingan natijalar ishonchli bo‘lishi uchun kuzatuv va o‘lchovlar ko‘p marotaba qaytarilishi kerak. Injener texnik xodimlarning qishloq xo‘jaligi elektrotexnik qurilmalarini loyihalash va ekspluatatsiyalash bilan bog‘liq faoliyatda keng miqyosda statistik materiallarga ishlov berish ishlariga duch keladi. Matematik statistika asoslangan xulosalarga erishish maqsadida statistik ma’lumotlarga ishlov berish uslublari va klassifikatsiyasini o‘rganadigan matematikaning bir yo‘nalishi bo‘lib u ehtimollik nazariyasiga asoslangan. Boshqacha aytganda matematik statistika kam zaruriyatli katta hajmdagi kuzatilayotgan tasodifiy kattaliklarni uncha katta bo‘lmagan kat- taliklarga imkon qadar ko‘p ma’lumotga son jihatidan kam sonli ma’lu- motlarni almashtirish usullari haqidagi ta’limdir. Ko‘p marotaba olingan o‘lchovlar, kuzatuvlarga asoslanib natijalar olish, ilmiy-amaliy xulosalarga kelish statistik usul hisoblanadi. Obyekt, jarayon yoki mexanizm haqida uning ko‘rsatkichlarini o‘lchashda xatoliklar che- garalanadi. Masalan, texnik izlanishlarda 5% gacha xatolik bo‘lsa normal hol hisoblanadi. Matematik statistika tasodifiy hodisalarni va voqeliklarni hamda ularning o‘zgarish qonuniyatlarini o‘rganadi. Bunda tasodifiy natijalar ko‘p marta bir xil sharoitda olinib borilib, jamlanadi, ularga matematik ishlov berilib xulosalarga kelinadi. Masalan, elektr motorning ishdan chiqish sabablarini, muddatini o‘rganish uchun xo‘jalikdagi barcha elektr motorlarning ro‘yxatini olib ularni bir, ikki yoki besh yil davomidagi ishdan chiqish holatlari o‘rganiladi, ishlab turgan motorlar holati diagnostika qilinadi. Izolyatsiya qarshiligi, yuklanish darajasi, atrof muhit sharoiti, kunlik, yillik ish grafigi kuzatiladi. Bu o‘lchovlar, kuzatuvlardan olingan natijalar tahlil qilinib, o‘rtacha qiymat, har bir o‘lchov natijasidagi o‘rtacha qiymatdagi og‘ishlar tahlil qilinadi, qo‘pol xatoliklar (o‘lchov xatoliklari, tasodifiy yuzaga kelgan tashqari ta’sir natijasidagi xatoliklar) yakunlari tashlab yuboriladi. Tasodifiy ehtimollik xarakteriga ega ommaviy hodisa va voqealarni tahlil qilish va ularni umumlashgan xarakteristikalarini olish maqsadida maxsus matematik statistik ishlob berish yo‘li bilan kerakli ma’lumot olish metodikasini ishlab chiqishda matematik statistika keng qo‘llaniladi. Ko‘p marotaba qaytariladigan hodisa va voqealar ommaviy deb hisob- lanadi va ular shartlarni o‘zgarmasligiga qaramasdan katta yoki kichik dara- jada bir-biridan farq qiladi, boshqacha aytganda tasodifiy kattaliklarga egadir. Download 0.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling