Va komunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi toshkent axborot texnalogiyalari universiteti


Download 0.94 Mb.
bet43/44
Sana17.06.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1525740
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   44
Bog'liq
ilmiy tadqiqotlar

Bog‘liq bo‘lmagan o‘zgaruvchi (kattalik) faqat tadqiqotchi izmi bilan o‘zgartiriladi. Masalan, o‘zgarmas tok motorni sun’iy mexanik xarak- teristikasini qurish uchun uni zanjirdagi qarshilikni o‘zgartirishni tadqiqotchi amalga oshiradi yoki elektr motorni buzilmasdan ishlash muddatini tashqi muhit parametrlariga bog‘liqligini o‘rganishda elektr motor qo‘yilgan, sun’iy iqlim hosil qilish kamerada haroratni, namlikni yoki havoni kimyoviy tarkibini tadqiqotchi o‘zgartiradi.
Bog‘langan o‘zgaruvchi (kattalik) – bog‘liq bo‘lmagan o‘zgaruvchini o‘zgarishi natijasida o‘zgaruvchi fizik kattalik. Masalan, o‘zgarmas tok motorining yakor zanjiridagi qarshilikni o‘zgartirganda yakorni aylanish chastotasi yoki sun’iy iqlim hosil qilish kamerasi haroratini, namligini yoki havoni kimyoviy tarkibini o‘zgartirilishi elektr motorning buzilmasdan ishlash muddatini o‘zgarishiga olib keladi.
Tashqi o‘zgaruvchi – tadqiqotchi xohishidan tashqari eksperiment natijalariga ta’sir ko‘rsatuvchi sodir bo‘ladigan fizik kattaliklar. Masalan, mexanik xarakteristikasi o‘rganilayotgan elektr motor ulangan elektr tar- moqda kuchlanish va chastotaning o‘zgarishi tashqi o‘zgaruvchi hisob- lanadi. Bog‘liq bo‘lmagan kattaliklarni ilmiy izlanishlarda o‘zgartirilib o‘lchab nazorat qilishimiz mumkin. Boshqa kattaliklarga bog‘liq bo‘lgan kattaliklar boshqa kattaliklar bilan birga o‘zgaradi, shuning uchun ular faqat nazorat qilinadi.
Tashqi kattaliklar faqat hisobga olinishi mumkin: tashqi muhit harorati, shamol tezligi va shunga o‘xshashlar.
O‘lchov asboblari statsionar va ko‘chma bo‘ladi. Masalan, elektr tarmoq simlari o‘rganilayotganda izolatorlarning grlyandlarni sinash uchun ko‘chma sinash stendidan foydalaniladi. Elektr mashinalar, taransformatorlarni kapital ta’mirlangandan keyingi sinash statsionar stendlarda o‘tkaziladi.
Fizik asosiga ko‘ra o‘lchov priborlari va vositalari mexanik, optik, pnevma- tik, gidravlik, akustik, elektr va maxsus turlariga bo‘linadi (klassifikatsiyalanadi). Noelektrik o‘lchov priborlari va vositalari, asosan, statik va sekin o‘zgaruv- chan jarayonlarda qo‘llaniladi. Murrakkab va tez o‘zgaruvchan jarayonlarda ularning ko‘rsatkichlarini elektr o‘lchov priborlari va vositalari yordamida o‘lchanadi. Elektr o‘lchov priborlari va vositalari ishlash prinsipi bo‘yicha elektromagnit, elektrodinamik, magnitoelektrik, elektrostatik, induksion
va elektron turlarga bo‘linadi.
Elektr o‘lchov priborlari va asboblaridan foydalanib, elektr ta’minot tizimidan uzatilayotgan energiya (W), quvvat (S, P, Q), tok kuchi kattaligi

  1. , qishloq xo‘jaligi elektr uskunalarining energetik ko‘rsatkichlari (S, P, Q, cos), energotexnologik jarayonlar parametrlari (T, , ) va h.k. kattaliklarni o‘lchash mumkin.

Ilmiy izlanishlarda o‘lchanadigan kattaliklar turlicha bo‘lishi mumkin: geometrik: hhiziqli, hajmiy o‘lchamlar, burchak, siljish, amplituda; kinematik: tezlik, tezlanish, aylanish chastotasi soni;

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling