Va mahoratini oshirish


Download 176.7 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/9
Sana21.11.2023
Hajmi176.7 Kb.
#1790730
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-semenar smo



1-MAVZU: GANDBOL O‘YINIDA TAYYORGARLIK TURLARINING O`RNI VA 
AHAMIYATI. 
GANDBOL 
O‘YINIDA SHUG‘ULLANUVCHILARNING O‘YIN 
TEXNIKASI VA TAKTIKASI USULLARINI O‘RGATISHNI TAKOMILLASHTIRISH 
VA MAHORATINI OSHIRISH. 
Reja: 
1. Gandbolda xujum va himoya o‘yin texnikasi. 
2. To‘pni olib qo‘yish, yеrga urib yurish texnikasi 
3. Gandbolda xujum va himoya taktikasi 
4. Gandbolda individual xarakatlar
Tayanch iboralar: Texnika, xujum, himoya, to‘xtash, sakrash, taktika, texnika, guruh, 
jamoa, tasnif
Gandbol o‘yinida turli-tuman to‘p bilan va to‘psiz usullar bajariladi.Qo‘yilgan maqsadga 
erishmoq uchun o‘yinda qo‘llaniladigan xilma-xil maxsus usullar yig‘indisi Gandbol texnikasini 
tashkil etadi.
1
Texnik usullar — bu Gandbol o‘yinini vujudga keltirish vositasi demakdir.
Yuksak sport natijalariga erishish ko‘p jihatdan Gandbol o‘yinchilarning ana shu xilma-
xil vositalarni qanchalik to‘liq bo‘lishiga, raqib jamoa o‘yinchilari qarshilik ko‘rsatayotgan,
ko‘pincha esa charchoq orta borayotgan sharoitda o‘yin jarayonidagi turli holatlarda ularni
qanchalik mohirlik bilan, samarali qo‘llashiga bog‘liq. Gandbol texnikasini yaxshi bilish
o‘yinchining har tomonlama tayyorgarligi va har jihatdan kamol topishining ajralmas qismidir. 
O‘yin taraqqiyotining yuz yildan ortiq tarixi mobaynida Gandbol texnikasida muayyan 
o‘zgarishlar ro‘y berdi. Bu taraqqiyotning asosiy yunalishlari quyidagilardan iborat: avval
keng tarqalgan 11x11 o‘yini o‘rniga hozirgi kunda shiddatli, doimiy yuqori tezlikda harakat
qilishni talab qiladigan 7X7 o‘yini vujudga keldi. 
O‘yin texnikasida hujum va himoya bir-biridan farq qiladi. To‘pni ilish, uzatish, olib 
yurish va darvozaga otish hujum texnikasiga tegishlidir. To‘p yo‘lini to‘sish, uni tutib olish,
urib qaytarish va darvozabon uyinining texnikasi himoyada qo‘llaniladi. 
Maydonda hujumchi va himoyachi sifatida harakat qilish hamda aldamchi harakatlar
o‘yin texnikasining asosini tashkil etadi. Dastlabki holat — turish, tayyorgarlik va harakat
qilishni belgilaydi. Baland va past holatda turishlar vaziyatdan kelib chiqqan holda 
belgilanadi. Zamonaviy qo‘l to‘p o‘yinida ko‘pincha baland holatda turish (oyoqlar ozgina 
bukilsa), oralig‘i еlka kengligida, gavda sal oldinga egilib, qo‘llar bukilgan holatda tutiladi. 
Qaysi o‘yinchi maydonda tez va tejamli harakat qilsa, usha o‘yinchi ko‘proq foyda 
keltiradi. Shuning uchun har bir o‘yinchi tez start olishni, yugurayotib yo‘nalishni
o‘zgartirishni, to‘xtash va sakrashni, orqa bilan erkin oldinga yurishni, yon tomon bilan
yurishlarni o‘zlash-tirib olishi shart. 
Gandbol o‘yinining tasnifi texnik usullarni umumiy maxsus belgilarga qarab guruhlarga 
bo‘lishdan iborat. O‘yin faoliyati tavsifiga qarab Gandbol texnikasida ikkita yirik o‘lim 
ajratiladi: 
1. Maydon o‘yinchisi texnikasi
1
Pavlov SH., Abduraxmanov F., Akromov J. “Gandbol” darslik. T, O‘zDJTI 2005 y 


2. Darvozabon texnikasi 
Har qaysi bo‘lim harakatlanish texnikasi va to‘pni boshqarish texnikasi bo‘limchalariga 
ajratiladi. Kichik bo‘limlar turli usullarda ijro etiladigan aniq texnik usullardan -
harakatlanish texnikasi uslublari va usullaridan iborat. Bulardan maydon o‘yinchilari va
darvozabon foydalanadi. Usul va turlarda harakatning asosiy mexanizmi umumiy bo‘lib,
detallari bilangina farqlanadi. Har xil usullarni ijro etish shartlari Gandbol texnikasini yanada 
turli-tuman qiladi. O‘rganilayotgan materialni takrorlash usul turlarini barqaror tushunishga,
ularni to‘g‘ri tahlil qilishga, olingan bilimlarni takomillashtirish vazifalarini muvaffaqiyatli 
еchishga yordam beradi. 

Download 176.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling