Va mahoratini oshirish
Download 176.7 Kb. Pdf ko'rish
|
1-semenar smo
- Bu sahifa navigatsiya:
- To‘pni ikki qo‘llab to‘sish
To‘pni urib chiqarish To‘pni to‘sish. Darvozaga yo‘naltirilgan to‘pga qarshilik ko‘rsa-tishda qo‘llaniladigan asosiy vosita hisoblanadi. Yuqoridan, o‘rta va pastdan kelayotgan to‘pni bir va ikki qo‘l bilan to‘sish mumkin. To‘sishni bajarayotgan himoyachi qanchalik xujumchiga yaqin bo‘lsa, to‘p yunalishni aniqlash shunchalik oson bo‘ladi. Shuning uchun himoyachi to‘pni ushlashga tayyorlanishda diqqat bilan hujumchini, shuningdek, to‘pni kuzatishi va o‘z vaqtida to‘p otayotgan o‘yinchini to‘xtatish uchun chiqishi lozim. Hujumchi to‘p otishidan oldin himoyachi bevosita qo‘llarini yuqoriga ko‘tarib, kaftlarini oldinga qaratib bir-biriga yaqinlashtiradi va to‘pni to‘sishda qo‘l barmoqlarini jarohatdan saqlash uchun mushakla-rini taranglashtiradi. To‘pni ikki qo‘llab to‘sish Yerdan sakratib otilgan to‘pni to‘-sish sakrab amalga oshiriladi. Shuning uchun himoyachi oldindan oyoqlarini buk-kan holatda tayyorlanib turishi kerak. Qo‘shilish. Bu usul o‘yinchilarni nazorat qilishni yo‘qotish xavfi tug‘ilganda qo‘llaniladi. Himoyachilar qo‘shi-lishib joy almashtirsa, bu holda ular kuzatuvidagi o‘yinchilari ham o‘zgaradi. To‘siq qo‘yilgan hujumchi orqaga harakat qilsa, shu zahoti uning raqibi oldinga chiqib, hujumchi ketgan tomonga o‘tadi. Odatda, bunday usul to‘siq qo‘yishda va hujumchilarning qarama-qarshi o‘rin al-mashtirishida qo‘llaniladi. Hujumchi himoya harakatlariga qo‘shilganda, uni ta’qib qiluvchi yoki darvozaga yaqin turgan himoyachi javobgar bo‘lmog‘i kerak. Hujumchining hujum harakatlarini qiyinlashtirish uchun himoya qilishga o‘tgan o‘yinchi hujumchining kirish yulini va faol harakatini to‘xtatishga harakat qilishi kerak. Buni amalga oshirish uchun himoyachi qarama-qarshi harakat qilib, ta’qibchidan ozod bo‘lishi maqsadga muvofiqdir. Download 176.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling