Va mahoratini oshirish


Download 176.7 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/9
Sana21.11.2023
Hajmi176.7 Kb.
#1790730
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-semenar smo

Gandbol o‘yini taktikasi 
O‘yinda muvaffaqiyatga erishish asosan to‘g‘ri harakat qilishga bog‘liq. Buning uchun 
o‘yinni boshqarishda xilma-xil taktik vositalardan foydalanish kerak. 
Taktika- bu o‘yinchilarning raqib ustidan g‘alaba qozonishga qaratilgan shaxsiy, guruh 
yoki jamoa harakatlarining tashkil qilinishini, ya’ni jamoa o‘yinchilarining muayyan rejaga 
binoan, aynan shu aniq raqib bilan muvaffaqiyatli kurash olib borishga imkon beradigan 
birgalikdagi harakatlaridir. 
Taktikaning asosiy vazifasi hujum va himoya harakatlarining maqsadga yo‘naltiradigan 
eng qo‘lay vosita, usul va shakllarini belgilashdan iboratdir. Taktika turini tanlash jamoa
oldida turgan vazifalarga, kuchlar nisbati va o‘yinchilarning o‘zaro kurashuvchi guruhlariga
maydonning holatiga, iqlim sharoiti va boshqa omillarga bog‘liqdir.
O‘yin taktikasi doimiy rivojlanish xususiyatiga egadir. Ba’zi hollarda xujum himoyadan 
ustun kelib, u o‘yinchilardan himoyada taktik usullarning yangi variantlarini kashf etishni
talab qiladi. Lekin ba’zan himoya shuncha mustahkamki, o‘yinchilar g‘alabani qo‘lga kiritish
uchun hujumda yangi taktik usullar va vositalar ixtiro etishga majbur bo‘ladilar. Hozirgi zamon 
taktikasi yuqori shaxsiy texnik mahorat va o‘yinchilarning yuqori tezlikdagi o‘zaro
harakatlanishining asosida quriladi.
O‘yin taktikasining tasniflanishi O‘yin taktikasi- maydon o‘yinchisi taktikasi va
darvozabon o‘yini taktikasidan iborat.
Faoliyat yo‘nalishi jihatidan esa taktika xujum taktikasi va himoya taktikasini tashkil
etadi. Shu aytib o‘tilgan taktika turlari bir necha guruhlardan iborat bo‘lib, ular shaxsiy,
guruh va jamoa harakatlardan iborat. 
Shaxsiy harakatlar – bu o‘yinchining mustaqil harakati bo‘lib, jamoa oldiga qo‘yilgan 
taktik vazifalarini bajarishga qaratilgan va jamoadoshlar yordamisiz amalga oshiriladi.
Guruh harakatlari – bu ikki yoki uch o‘yinchining jamoa vazifalarini bajarishga
qaratilgan o‘zaro harakatlaridir.


Jamoa harakatlari – bu jamoa o‘yinchilarining jamoa vazifalarini bajarishga qaratilgan 
o‘zaro harakatlaridir. 
Har bir harakatlar guruhi bir qancha harakat turidan iborat. Harakat turi o‘yinchilarning 
o‘zaro joylashishi va o‘zaro harakatlanishi bilan tavsiflanadi. Boshqacha qilib aytganda,
harakat tizimi paydo bo‘ladi. O‘yin tizimi deb, o‘yinchilarning o‘zaro harakatlarini tashkil
etilishiga aytiladi. O‘yin tizimi bo‘yicha har bir o‘yinchining vazifalari aniqlaniladi va shu
mazkur vazifalarga ko‘ra, maydonda joylashtiriladi.
O‘yinchilarning har bir harakat turini qaysi usulda amalga oshirishi raqiblariga ta’sir 
qilishiga qarab qo‘llaniladi: o‘yinchilar maydonda to‘planib yoki, aksincha, yoyilib harakat 
qiladilar. Harakat usullari qo‘shimcha variantlarga ega. 

Download 176.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling