Va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi


Egov dastalari va ularni tanlash, egovlashga tayyorlash va egovlash usullari


Download 6.33 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/60
Sana07.10.2023
Hajmi6.33 Mb.
#1694642
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   60
 
Egov dastalari va ularni tanlash, egovlashga tayyorlash va egovlash usullari 
Egovlarning dastalari zarang qayin, shumtol, presslangan qog‟ozdan 
tayyorlanadi. Ularning uzunligi egov quyrug‟i uzunligidan 1,5 marta katta olinadi. 


Egovga dastani mahkamlash uchun parmalab yoki kuydirib kichkina teshik 
ochiladi. Egovning quyrug‟i shu teshikka tiqiladi va dastani dastgohga urib 
mahkamlanadi. Dasta yorilib ketmasligi uchun dastaga metall halqa kiydirib 
qo‟yilgan. 
Odatda detallar tiskilarga qisib qo‟yib egovlanadi. Zagatovkaning 
ishlanadigan sirti tiski jag‟laridan sathidan 8-10 mm chiqib turadigan qilib 
gorizontal holatda mahkamlanadi. Agar tiskilarga ishlov berilgan sirt 
mahkamlangan bo‟lsa, ularni shikastlamaslik uchun tiski jag‟lariga burchaklik 
qo‟yiladi. Ishlanadigan sirtlarda qolip aralashmasi, qasmoq, ifloslik, moy bo‟lsa, 
uni oldindan metall cho‟tka bilan tozalab olish kerak. 
Odatda, egovlash uchun 1 mm gacha qo‟yim qoldiriladi. Qo‟yim bundan 
katta bo‟lsa, ortiqchasini kesib tashlash yoki arra bilan qirqish lozim. 
 
Egovlash usullari. 
Tekis yuzalarga ishlov berish. Yuzaning chetlari dumaloqlanmay, to‟g‟ri 
chiqishi uchun egovni to‟g‟ri chiziq bo‟yicha yuritish kerak. Ensiz sirtlar 
bo‟ylamasiga yoki ko‟ndalangiga egovlanadi. Enli sirlarni egovlashda quyidagi 
ikki usulni qo‟llash mumkin: har gal egovni sirt enidan kamroq masofaga 
yurgizganda egov ko‟ndalang yo‟nalishda suriladi; egov ayni vaqtda oldiga va yon 
tomonga suriladi.
Bo’yoq surib egovlash yo‟li bilan sirtning tekisligi aniq chiqishiga erishish 
mumkin. Egovlanadigan detalь yupqa bo‟yoq qatlami sutkalgan plita bo‟ylab 
suriladi. Sirtning chiqiq joylariga bo‟yoq tegib, botq joylari bo‟yalmay qoladi. 
Bo‟yoq tekkan joylar egovni doiraviy usulda yurgizib egovlanadi. 
90
0
burchak ostida yotgan sirtlarga ishlov berish. Oldin baza deb qabul 
qilingan sirt egovlanib, uning tekisligi ta‟minlangach, unga perpendikulyar bo‟lgan 
sirt egovlanadi. Tashqi burchaklar yassi egov bilan egovlanadi.
Egri chiziqli sirtlarga ishlov berish. Oldin zagatovka tayyorlab olinadi-
hamma tomonidan ishlanadi, profilli uchastkalari rejalanadi. So‟ngra ortiqcha 
metall qirqib tashlanadi. 
Egri chiziqli qavariq sirtlarni ikki usulda: egovni tebrantirib yoki tomonlar 
sonini ikki marta ko‟paytirib egovlash mumkin. Birinchi xolda egov ishlanadigan 
sirt bo‟ylab yurgiziladi. Ikkinchi usulda qo‟ndalang yo‟nalishda harakatlantiriladi. 


Egri chiziqli botiq sirtlar egrilik raradiuslari qandayligiga qarab dumaloq 
yoki yarim dumaloq egov bilan egovlanadi. Egov murakkab xarakatlantiriladi
ya‟ni oldinga va o‟z o‟qi atrofida buragan holatda bir tomonga surib yurgiziladi. 
Tutashmalarni egovlashda egri sirtdan to‟g‟ri sirtga rovon o‟tishi uchun 
oldin egri sirt bo‟ylama shtrix tushirib, keyin tekis sirt ko‟ndalang shtrix tushirib 
egovlanadi. 
Yupqa planstinkalarga ishlov berishda zagatovka yog‟och plastinkalar 
orasiga olib qisiladi va ular bilan birga egovlanadi. Lekin bunda egovning tishlari 
qipiqqa to‟lib qolaveradi. 
Plastik massalardan yasalgan detalь va zagatovkalarga ishlov berishda
ular tiskiga mahkamlashda darz ketmasligi uchun tiski jag‟lari bilan detalь orasiga 
fanera yoki mis, yumshoq materialdan qilingan qistirma qo‟yiladi.
Egovlangan sirtlarni pardozlashda bo‟ylama, ko‟ndalang yoki doiraviy 
shtrixlar tushiriladi. Pardozlash ishlari mayda tishli egovlar, brusoklar va jilvirlash 
qog‟ozlari bilan bajariladi. 

Download 6.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling