Va natijadorligini oshirish
Download 172.26 Kb.
|
budjet ijrosi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Maqsadli indikatori
- Yakuniy natija kо‘rsatkichi
- Moliyaviy va nomoliyaviy kо‘rsatkich
Rivojlantirish dasturi - bu mablag‘ taqsimlovchi organlar tomonidan
О‘zbekiston Respublikasini rivojlantirish strategiyasi, О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari, О‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasi hamda Hukumat qarorlariga asosan kelib chiqadigan, shuningdek mablag‘ taqsimlovchi organlarning konsepsiyalari va strategiyalarida belgilangan maqsadlar ijrosini ta’minlash maqsadida, uch yildan kam bо‘lmagan davr uchun tuziladigan dasturlar. Bunda rivojlantirish dasturlari о‘z ichiga ajratilgan mablag‘lar natijasida erishiladigan sifat va miqdor kо‘rsatkichlarni (maqsadli indikatorlarni) oladi. Maqsadli indikatori (Performance Indicators) - bu rivojlantirish dasturlarida belgilangan maqsadlarga pirovardida erishiladigan sifat va miqdor kо‘rsatkichlarini baholashda foydalaniladigan kо‘rsatkichlardir. Shuningdek, maqsadli inditkatorlar quyidagi shakllarga bо‘linadi: Yakuniy natija kо‘rsatkichi (Outcome indicator) – bu erishiladigan asosiy maqsadni tavsiflovchi kо‘rsatkich bо‘lib, mablag‘ taksimlovchi organlarning tegishli faoliyat sohasidagi vaziyatining sifat va miqdoriy о‘zgarishini aks ettiradi; Bevosita (tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri) natija kо‘rsatkichi (Output indicator) – bajarilgan ishlar, kо‘rsatilgan xizmatlar va har bir tadbir uchun sotib olingan tovar va xizmatlar hajmini tavsiflovchi kо‘rsatkich. Moliyaviy va nomoliyaviy kо‘rsatkich (Input indicator) - bajarilgan ishlar, kо‘rsatilgan xizmatlar va har bir tadbir uchun sotib olingan tovarlar uchun ajratiladigan moliyaviy va nomoliyaviy resurslar. Ushbu islohatlar natijasida О‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti xarajatlarining samaradorligini oshirish maqsadida 2021 yilda sinov tariqasida birinchi marta Xalq ta’limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Suv xо‘jaligi vazirligi va Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yо‘llari qо‘mitasining byudjet mablag‘laridan foydalanish bilan bog‘liq faoliyatining maqsadli indikatorlari tasdiqlandi. Mazkur vazirlik va idoralarning maqsadli indikatorlarining ijrosi tо‘g‘risidagi davriy hisobotlari Oliy Majlis palatalariga muhokama qilish uchun kiritib borildi. 2021 yil yakuni bо‘yicha sinov tariqasida qabul qilingan maqsadli indikatorlarning ijrosi bо‘yicha yillik hisoboti Hisob palatasi tomonidan baholandi va tegishli xulosalar berildi. Dasturiy byudjetlashtirish tizimini joriy etishning keyingi bosqichida xorijiy tajriba hamda xalqaro tashkilotlar ekspertlarining tavsiyalari asosida 2022 yil uchun Davlat byudjeti tо‘g‘risidagi qonunda 40 ta vazirlik va idoralarning byudjetlari xarajatlari va rivojlantirish dasturlarining maqsadli indikatorlari belgilandi. Bunda, Moliya vazirligi bir qator xalqaro tashkilotlar, jumladan, LINPICO SARL (Fransiya) konsalting tashkiloti, Amerika G‘aznachilik departamenti, Osiyo taraqqiyot banki va Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlik olib bordi. О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 30 dekabrdagi “О‘zbekiston Respublikasining “2022 yil uchun О‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti tо‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari tо‘g‘risida” PQ-73-sonli qarorida berilgan topshiriqqa muvofiq Dasturiy byudjetlashtirish tizimini joriy etishning dastlabki bosqichida vazirlik va idoralarning rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish, ijrosini ta’minlash va ularni samaradorligini baholash tartibi ishlab chiqildi va Vazirlar Mahkamasiga kiritildi. Download 172.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling